Авторы

  • Osiyo Eshdavlatova
    Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti talabasi
  • Gavhar Jòrayeva
    Ilmiy rahbar: Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.61912

Ключевые слова:

Shukur Xolmirzayev Boysun Surxon eli o'zbek tabiat va inson hikoya shafqatsizlik ijodiy prinsip.

Аннотация

Shukur Xolmirzayev XX asr o'zbek adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan taniqli yozuvchidir. U o'zining yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan betakror nasri bilan o'zbek xalqi ma'naviyatining yuksalishida o'ziga xos o'ringa ega. Sh.Xolmirzayev J.London, E.Xeminguey, S.Tompson kabi jahonning mashhur yozuvchilari qatorida tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo'rtib ko'rinib turuvchi bir qirrasidir. Maqolada Shukur Xolmirzayevning hikoyachilikdagi badiiy mahorati uning tabiat va inson munosabatlari aks etgan hikoyalari orqali tadqiq etilgan.  


background image

34

SHUKUR XOLMIRZAYEV O‘ZBEK MILLIY HIKOYACHILIK SAN’ATININING

SAN'ATKORI

Eshdavlatova Osiyo Bobur qizi

Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti talabasi

Jòrayeva Gavhar

Ilmiy rahbar: Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14602927

Annotatsiya:

Shukur Xolmirzayev XX asr o'zbek adabiyotining rivojlanishiga katta hissa

qo'shgan taniqli yozuvchidir. U o'zining yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan betakror nasri
bilan o'zbek xalqi ma'naviyatining yuksalishida o'ziga xos o'ringa ega. Sh.Xolmirzayev J.London,
E.Xeminguey, S.Tompson kabi jahonning mashhur yozuvchilari qatorida tabiat mavzusida
takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo'rtib ko'rinib turuvchi bir
qirrasidir. Maqolada Shukur Xolmirzayevning hikoyachilikdagi badiiy mahorati uning tabiat va
inson munosabatlari aks etgan hikoyalari orqali tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar

: Shukur Xolmirzayev, Boysun, Surxon eli, o'zbek, tabiat va inson, hikoya,

shafqatsizlik, ijodiy prinsip.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori,

"Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Shukur Xolmirzayev o'zining rang-barang va sermazmun ijodi
bilan hozirgi o'zbek adabiyoti taraqqiyotining gullab-yashnashiga, yangi rivojlanish bosqichiga
ko'tarishga samarali hissa qo'shgan zabardast adibdir. XX asr o'zbek nasrining 60-70 yillardan
keyingi taraqqiyotini bu o'ziga xos yozuvchi ijodisiz tasavvur qilish qiyin. Yozuvchi ijodida tasvir
prinsiplarining paydo bo'lishi, shakllanishi, o'ziga xos tarzda namoyon bo'lishi avvalo adabiyotga
olib kirilgan hayot materialining mazmundorligi, rang-barangligi, takrorlanmasligi bilan
bog'liqdir. Shukur Xolmirzayev «adabiyotga Surxon koloritini - o'zi tug'ilib o'sgan Boysun
tog'larining manzaralarini, surxondaryoliklar hayotini, udumlarini, betakror so'zlash tarzini -
dialektini olib kirdi» [1]. Bu xususiyat ko'proq yozuvchining milliy - mahalliy koloritga boy
bo'lgan hikoyalarida ko'zga tashlanadi.

Adib ijodining, xususan, hikoyalarining o'ziga xosligi, betakrorligi ham mana shu

sabablardan kelib chiqqan.Sh.Xolmirzayev hikoyachiligining endigina shakllanib kelayotgan
davrida - 60-yillarda ko'proq asarlar mavzui uchun tabiat va inson masalasi tanlab olingan. Bu
bejiz emas, chunki bolaligi aynan tabiat qo'ynida o'tgan yozuvchi qalbiga bu mavzu juda yaqin
edi. Bu yillarda yaratilgan hikoyalarida adib inson va hayvonot dunyosining, inson va o'simliklar
olamining bir-biriga uzviy bog'liqligini, ularning ayrim yashay olmasligini, birining ikkinchisiga
ta'sirini, tabiatning insonni tarbiyalashdagi ahamiyatini ko'rsatadi va bu bilan yozuvchi o'z
maqsadiga erishadi. Shukur Xolmirzayev ijodi yuzasidan ko'plab maqolalar va tadqiqotlar, ,
jumladan, H.Karimovning «Shukur Xolmirzayev ijodiy portreti» risolasi, akademik
B.Nazarovning «Shukur Xolmirzayev» nomli ijodiy portreti yaratilgan. Bundan tashqari yozuvchi
hikoyalari haqida U.Normatov, S.Mamajonov, Q.Yo'ldoshev, H.Boltaboev, O.Otaxonov,
R.Qo'chqorovlarning, adibning qissalari to'g'risida M.Qo'shjonov, A.Rasulov, M.Olimov; romanlari
haqida U.Normatov,O.Tog'aev, I.G'afurov, S.Sodiqov va boshqa adabiyotshunos olimlarning
maqolalari e'lon qilingan.

Biroq bu tadqiqot va maqolalarda Sh. Xolmirzayev ijodining ayrim qirralari yoritilgan

edi.Shukur Xolmirzayevning hikoyachilikdagi mahorati, badiiy so'z san'ati, tasvir uslubi haqida
ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilgan. Jumladan, G.N.Tavaldieva (2001), Sh.Doniyorova (2001)


background image

35

kabi adabiyotshunoslar yozuvchining hikoyachilikdagi o'ziga xos tasvir uslubi, voqyelikni badiiy
idrok etish tamoyillari haqida ilmiy xulosalar berganlar.Bundan tashqari, "Shukur Xolmirzayev
zamondoshlari xotirasida" (2010) kitobida Shukur Xolmirzayevga zamondosh ko'plab
adabiyotshunoslar tomonidan adib mahoratining, yetuklik darajasining o'ziga xos tomonlari
haqidagi noyob xotiralari jamlangan. Olim Toshboevning "Abadiy zamondosh" (2018) kitobida
yozuvchi asarlarining yozilish tarixi, sababi, yozuvchi shaxsiyati haqida fikr yuritiladi. O'zbek
adabiyotida tabiat va inson mavzui alohida yoritilgan asarlar kam uchraydi, ayniqsa, yozuvchi
ijodining salmoqli qismi bu mavzuga bag'ishlangan jihat Shukur Xolmirzayevgagina xosdir. Shu
jihatdan yozuvchi ijodida tabiat va inson tasvirining badiiy tadqiq etilishi uning ijodining o'ziga
xos qirralari haqida ham ilmiy xulosalar berishga imkon beradi Shukur Xolmirzayev ijodining
ma'lum bir qismini tabiat va inson munosabatlarini badiiy tadqiq etishga bag'ishladi. Bu
munosabatlar haqida adibning o'zi iqror tarzida yozgan ushbu so'zlaridan ham anglash mumkin:
«Men Boysun rayonida tug'ilganman. Boysun - tog'lik joy. O'n ikki yoshimda o'zim yolg'iz miltiq
ko'tarib ovga chiqib ketardim. So'ngra, bu yerda yashirishning hojati yo'q: qaysarroq edim...

Lekin bitta narsani yaxshi ko'rardim: masalaning mohiyatini tushunishni» Bu so'zlardan

anglashiladiki, 70-yillarning boshlarida, ya'ni ijodiy prinsiplari hali to'la shakllanib ulgurmagan
paytda yosh yozuvchi voqealikni badiiy idrok etish yo'llarini o'rgana boshladi. U inson hayotini,
yashash tarzini, abadiy tiriklik manbaini tabiat bilan uyg'unlikda, bog'liqlikda, birlikda deb biladi.
Bu xulosaga u hozirgi Surxon elining olis avlod-ajdodi bo'lmish qadimgi baqtriyaliklar hayoti
tarzini kuzatish asnosida keladi, bu o'lkaning ko'hna ibtidoiy xalqlari dastlab tabiatga
sig'inishganini, uni ulug' bir ne'mat sifatida qadrlashganini anglaydi.

Yomg'ir yog'may

qurg'oqchilik bo'lgan paytda ko'kdan yomg'ir tilab qo'shiq aytishlar, bahorning birinchi
darakchisi bo'lmish boychechak chiqishi bilan bolalarning uyma-uy yurib xabar berishlari va
qariyalarning eson-omon bahorni qarshilaganlari bois ko'zlariga giyohni surib, tavof qilishlari,
Navro'z quvonchlari o'sha qadim davrlardan to hozirgacha, ayniqsa, Surxondaryoda saqlanib
qolganligi, yozuvchining bolalik xotiralarini ham band etgani sezilib turadi.Yozuvchi bolaligida
eshitgan qadimgi afsonalar mazmunida ham inson va tabiat o'rtasidagi uyg'unlikda katta ma'no
yashiringanini anglaydi:

«Momomning Tiniqoy kampir haqida aytgan ertagining mazmunini keyinchalik chaqishga

urinib ko'rdim. Shundan keyin mening tabiatga - jonivorlar, parrandalar, hatto yirtqich
hayvonlarga ham munosabatim o'zgarib ketib, ularni o'zimga qandaydir qarindosh deb biladigan
bo'ldim. Gap shunda ekanki, ibtidoiy odamlar o'zlarini tabiatdan ajratmagan, balki uning bir
bo'lagi, uzluksiz bir bo'lagi, deb bilganlar. Shuning uchun ular tabiatdagi har bir giyoh, har bir
jonli jonivorda ham til bor, ular ham odamzodga o'xshaydi, deb o'ylaganlar. Shuning uchun
hayvonlarning odamlarga yordami yoxud odamlarning hayvonlar bilan do'stligi haqida afsonalar
to'qishgan». Sh.Xolmirzayev «Tiniqoyning «ayiq eri» hasratida aytadigan qo'shig'i mazmunida
ham insonning tabiatga yaqinligi ifodalanganini ko'radi. Sh.Xolmirzayev jahonning mashhur
yozuvchilari qatorida, ularga bo'ylasha oladigan darajada tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar
yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo'rtib ko'rinib turuvchi bir qirrasidir. Mana shu
sababdan ham katta imkoniyati tufayli tabiat qonunlari, hayvonlarning yashash tarzlari, har bir
giyohning o'ziga xos xususiyatlari haqida puxta bilimga ega. Bu jihatdan J.London, E.Xeminguey,
S.Tompson asarlarining yozuvchi ijodiga ta'siri ham kattadir. Tanqidchi U.Normatov «Zaminda
yashaymiz, zaminni o'ylaymiz» maqolasida Sh.Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat
haqida shunday deydi: «Inson va tabiat munosabati Sh.Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi


background image

36

leytmotiviga aylanib qoldi. Shunisi xarakterliki, yozuvchining so'nggi yillarda yaratgan deyarli
barcha hikoyalari shu mavzu atrofida aylansada, ular bir-birini takrorlamaydi, har gal avtor
masalaning yangi qirrasini kashf etadi, yangi xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi
tomonini ochadi...». Shu nuqtai nazardan yozuvchining inson va tabiat mavzuidagi hikoyalarini
ko'zdan kechirsak, inson xarakterining qanchalar murakkab ekanligi, bu murakkabliklar, uning
hatto, tabiatga munosabatlarida ham namoyon bo'lishini kuzatamiz.

Chunonchi, «Kulgan bilan kuldirgan» (1972) hikoyasida Shukur Xolmirzayev vatan

go'zalligi, boyligi, umuman, tabiatga befarq bo'lmagan, uni sevuvchi kishilarni tashvishga
solayotgan - tabiat boyliklarini asrash masalasini ilgari suradi va bu masalaning mohiyatini
oddiy bir voqea tasviri orqali ko'rsatadi.

«Kulgan bilan kuldirgan» hikoyasida bosh qahramon

tog'dagi kakliklar haqida qayg'uradi, bir-ikki qushni emas, umuman, hududdagi barcha qushlarni
qahraton ayozdan omon chiqarib olish g'amini yeydi. «Jarga uchgan odam»da esa o'zi tabiat va
uni asrash xususida film yaratmoqchi bo'lgan kinorejissyor butun boshli ayiqni o'ldirib ikki
bolasini yetim qilgani uchun tegishli tashkilotlar tomonidan emas, oddiy bir tabiat jonkuyari
qo'lidan ayovsiz jazolanadi.

Yozuvchining bu kabi asarlarida aks etgan o'zboshimchalik oqibatida

yuzlab tog' qishloqlari aholisi vohalarga ko'chirilib, yashnagan go'shalar vayronaga aylangani,
ming yillik tarixiy obidalarning qarovsiz qolib ketgani, xalq kelajagini ta'min qiladigan yer-
suvning isrof bo'layotgani haqidagi fikrlar va tashvishli mulohazalar ijodkor izhor qilayotgan
xalq dardining in'ikosidir. Tabiatga yondashishdagi mazkur prinsipni izohlab, Sh.Xolmirzayev
aytadi: «...Gap shunday ekan, gap tabiatni qo'riqlash, uni boyitib, boyliklarini saqlash va kelgusi
avlodlarga yetkazishdek sharafli ekan, bu masalaga hamma bir yoqadan bosh chiqarishi kerak...
Ana shunda bebaho tog'larning jamoli xira tortmaydi, uning go'zalligi boyligi o'zi bilan
qoladi...».Sh.Xolmirzayevning inson va tabiat mavzusiga bag'ishlangan hikoyalarining bir qismida
tabiatning maftunkor go'zalligi aks ettirilsa, boshqalarida tabiatga yovuzlarcha munosabat, uni
talon-taroj qilishlar qoralanadi.

Mana shu keyingi hikoyalarida yozuvchi tabiat hodisalaridan «sovuq tasvirlar» topadi va

muayyan badiiy g'oyani ifoda qilish maqsadida o'rinli foydalanadi. Masalan: havoning tundligi,
osmonni past tushgan qora bulutlar qoplab olishi, guvillab kuchli shamol esishi,
chumchuqlarning chirqillashi, bo'rining uvlagani, qor uchqunlarining deraza oynasiga shitirlab
urilishi, quyunning qorlarni to'zg'itib o'ynashi, "bo'ronning qori qalin betlarini yalab -supurib"
ketishi odamning kayfiyatiga yomon ta'sir qiladi. Bu tasvirlar hikoyalardagi qahramon
xarakterini yoritib beruvchi vositalar, xolos. Sh.Xolmirzayevning mana shunday ruhda yozilgan
hikoyalaridagi tasvirda sovuqqonlik bor, chunki bir suhbatida yozuvchining o'zi ta'kidlaganidek,
manzarada shafqatsizlik bor; «sovuq, shafqatsiz go'zallik bor. Tog'larida, so'qmoqlarida,
archalarida... Odamni tarbiya qiladi».

«Muallif tabiatning qaysi hodisasi yoki holatidan material olmasin, u avvalo naturalist

sifatida tabiat hodisalarining ob'ektiv mohiyatidan kelib chiqadi va ularni o'z g'oyaviy maqsadiga
mohirlik bilan yo'naltiradi. Tabiatning har bir hodisasi muallif tafakkurida, tuyg'ular olamida
sayqal topadi va qisman bo'rtgirilgan, birmuncha izohlangan tarzda ko'tarayotgan muammolar
kontsepsiyalarni yaqqol ochib beruvchi syujetga aylanadi». Xususan, «Zov ostida adashuv»,
«Cho'loq turna», «Yangi zot», «Boychechak ochildi», «Qush tili» va boshqa asarlarni o'qib
shunday xulosaga kelish mumkin. Sh.Xolmirzayev qahramonlari ona yurtga, tabiatga mehr
qo'ygan yuksak e'tiqodli kishilardir. Lekin uning «Yovvoyi gul», «Boychechak ochildi»
hikoyalaridagi asosiy gap tabiatga munosabat haqida emas, balki tabiatning insonga ta'siri, oddiy


background image

37

giyohinng sehrli qudrati orqali ibratli mulohazalarni o'rtaga tashlaydi. «Boychechak ochildi»
(1971) hikoyasida esa ilm-fan rivojiga katta hissa qo'shgan adabiyotshunos olim katta shaharda
yashab, ona tabiatdan biroz uzoqlashib qolgani natijasida tabiatga yaqinlashish bilan uning
ruhiyatidagi o'zgarishlar ko'rsatiladi. "Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tadqiq etilgan inson va
tabiatning o'zaro aloqasi masalasi yozuvchi ijodiy evolyusiyasining deyarli barcha bosqichlarida
asosiy o'rinni egallaydi. Bunday hikoyalarning bir qismida tabiatni asrab-avaylash haqida gap
ketsa, boshqa bir guruhida tabiat go'zalliklarini tasvirlash bilan birga, inson va tabiat
munosabatlari go'zalligini tarannum etuvchi asarlar ko'proq o'rinni egallagani ko'rinadi, chunki
yozuvchi insonda tabiatga munosabat orqali yaxshilikni, ezgulikni, katta bir mehrni ko'rishni
istaydi. Bu hol, ayniqsa, inson va hayvonot dunyosi, inson va o'simliklar olami tasvirida yaqqol
ko'rinadi" [3].

Sh.Xolmirzayevning «Ot egasi», «Podachi» hikoyalarida insonning hayvonga muhabbati

«Ko'kboy» hikoyasida hayvonning insonga sadoqatini ko'ramiz. E'tibor qilgan o'quvchi
yozuvchining aksar hikoyalarida ayni mavzuga murojaat etilib, tabiatga aloqador gaplar katta
ijtimoiy-axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy muammolar, inson va uning taqdiri, tarbiyasi haqidagi falsafiy
fikrlar bilan tutashib ketganligini ko'radi. Inson tabiatdan tirqishsiz devor orqali ajralib
turmaydi, barcha borliq, mavjudot biri ikkinchisidan oladi yoki beradi.

Ushbu prinsip nafaqat inson va tabiat o'rtasidagi munosabatda amal qilinadi, balki bu

tuyg'u inson va hayvonot dunyosida, ularning o'zaro munosabatida ham ko'rinadi. Bunday uzviy
bog'liqlikni aks etgirgan hikoyalarda bir dunyo bilan ikkinchi dunyoni, bir olam bilan ikkinchi
olamni vafo, sadoqat, mehr-muhabbat tushunchalari bog'lab turadi. Hayvonot dunyosi haqida
jahon xalqlari adabiyotida yaratilgan Redyard Kipling, Jek London, Seton-Tompson, Orosio
Kiroga, Lev Brandt, Yuriy Kazakovlarning turli ma'naviy va ijtimoiy muammolarni o'rtaga
tashlagan ko'pgina asarlari o'quvchilarga ma'lum va manzur. Ana shunday muammo, ma'no
Sh.Xolmirzayevning inson va hayvonlar munosabatiga bag'ishlangan hikoyalarida ham o'ziga xos
tarzda yozuvchi tug'ilib o'sgan Boysun tab iati va kishilari xarakteridan kelib chiqib badiiy talqin
qilingan. Shukur Xolmirzayevning tabiat va inson munosabatlariga bag'ishlangan hikoyalari
o'zining rang-barang badiiy talqiniga ega ekanligini kuzatish mumkin. Bu jihat yozuvchining
nafaqat hikoyalarida, balki uning qariyb barcha asarlarida - qissa, esse, romanlarida ham ko'zga
tashlanadi, ularda doim tabiatga murojaat etiladi, o'quvchiga tabiatning yangi-yangi sir-asrorlari
oshkor qilinadi.

Chunki tug'ilgan yurtidan uzoqda yashasada, tabiat, uning go'zalliklari hamma-hammasi

yozuvchining qon-qoniga, ongiga singib qolgan. U o'zi tug'ilib o'sgan Boysundan, hatto, ruhan
ham ajralib yashay olmaydi. Adabiyotshunos Y.Solijonov tabiat tasvirida yozuvchining detallarga
alohida ahamiyat berishi haqida quyidagicha ifodalaydi: "Shukur Xolmirzayevning asarlarida eng
ko'p qo'llaniladigan detallar bu — tabiat unsurlari: turli daraxtlar, o't-o'lanlar, gullar, qushlar,
hashoratlar va hayvonlardir. Ularni inson obraziga nisbat berish bilan adib tabiat va odamning
yaqinligini, biri ikkinchisisiz yashay olmasligini uqdirmoqchi bo'ladi. Ayni chog'da tabiat
hodisalaridagi o'zgarishlarga, ularning o'ziga xosligi (masalan, yarmi qurigan do'lananing hamon
gullab, meva tugishi, gap tomirning chuqur ketganligi, ya'ni mohiyatda ekani)ga urg'u berish
orqali odamni o'z hayotiga e'tiborliroq bo'lishga undaydi. Ha, Shukurning asarlarida tabiat
gapiradi, harakat qiladi, ko'rkini namoyish etish uchun quturib gullab, bizni maftun etadi.
Ruhiyatimizga osoyishtalik bag'ishlab, umrimizni uzaytiradi"


background image

38

Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tabiat o'quvchiga estetik zavq, lirik kayfiyat bag'ishlovchi

vosita, siqilgan yurakka taskin beruvchi maskan sifatida talqin qilinadi. Qator hikoyalaridagi
Islom, Ehson, Qo'ng'irot domla obrazlari orqali yozuvchining o'zi ona tabiatning maftuni,
himoyachisi, kurashchisi kabi ish tutadi. Uning asarlarida osmon baravar tog'lar, jiyaklarida
boychechaklar o'sib yotgan so'qmoqlar, shishadek tiniq osmon, oppoq momiq bulutlar, shoxlari
osmonga tekkudek azim daraxtlar, sokin o'rmonlar, kakliklarning sayrashi kishining bahri-dilini
ochadi; tandir og'ziday alangalanib turgan quyosh, yam-yashil yaproqlari tagidan no'xatdek-
no'xatdek zangor mevalari ko'rinib turgan archa ko'ngillarga shodlik baxsh etadi; cho'l havosi,
uning kengligi, sarg'ish tuman ichra suzayotgan oy, bo'g'iq ovoz chiqarib, afsonaviy bir
maxluqdek kilkillab oqayotgan daryo asabni xotirjam qiladi. Bu manzaralar qandaydir tashqi
kuzatuv asosidagi tasvir emas. Bu yeru osmondagi barcha go'zalliklar ham birdaniga, bir vaqtda
yozuvchi ko'z o'ngida gavdalanmaydi, bu eshitish va ko'rish orqali qabul qilinadigan tabiat
manzarasi emas, balki bu murakkab va aniq qonunlarga asoslangan tabiat hayotining umumiy
manzarasi. Tabiatni har tomonlama, ikir-chikirlarigacha, chuqur bilimdonlik bilan tasvirlash
yozuvchi ijodiy prinsipining asosiy xususiyatlaridan biridir. Sh.Xolmirzayev asarlarida tog', cho'l,
qishloq tabiati tasvirlari ko'p uchrasada, ammo bu tasvirlar hych qachon bir-birini
takrorlamaydi, manzaradagi rang-baranglik tasvirda o'ziga xoslikni ta'minlagan. Shukur
Xolmirzayev ijodi - o'zbek hikoyachiligida katta maktab hisoblanadi.

Tabiat va inson muammolarini yoritgan asarlarida Shukur Xolmirzayev o'z yurti tabiatini

ko'z-ko'z qiladi, ana shu yurt tabiatiga mehr qo'ygan, uni asrab avaylagan shaydoyi kishilarni
o'ziga yaqin oladi va ulug'laydi, o'z ne'matlarini tuhfa etgan tabiat boyliklaridan nooqil
foydalanib, shafqatsizlarcha munosabatda bo'lgan kishilar fojiasini fosh etadi. Tabiat va inson
munosabatlarini ko'rsatish orqali yozuvchi quyidagi hayotiy hikmatlarni kashf etadi: tabiatning
barcha betakror go'zal manzaralari insonga estetik zavq, kuch-qudrat baxsh etadi, tabiatga
yaqinlashish inson qalbida mehr-shafqat, g'ayrat-shijoat, yashash va ishlashga havas uyg'otadi,
ijodiy ilhom, aql-zakovat bag'ishlaydi; inson tabiatdan ma'naviy ozuqa oladi; tabiatdan
uzoqlashish esa insonni tabiiy tuyg'ularidan mahrum qiladi, uni beshafqat va toshbag'irga
aylantiradi.

Ko'rinadiki, Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tabiatga «o'lja» sifatida qarovchilar, turli

hodisalar girdobida o'zlari ona tabiatning «o'lja»siga aylanadi, undan manfaat kutib, uning
tabiiyligiga xiyonat qilgan qahramonlarning o'zlari ham mana shu xiyonatning qurboni
bo'ladilar. Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tabiat o'z holicha alohida bir dunyo. Unga inson
aralashuvi bilan bu dunyo boyishi yoki aksincha ayrim jihatlari yemirilishi mumkin. Insonning
insonligi ham tabiatni bir butun holida saqlay olishida ko'rinadi. Adib hikoyalarida tabiat tasviri
muayyan estetik vazifani bajaradi. U faqatgina tabiat dunyosining bir bo'lagi emas, balki
qahramon dunyoqarashining va insoniy go'zalligining shakllanishida o'z ta'sirini ko'rsatuvchi
poetik vosita hamdir. Inson va tabiat muammosi Sh.Xolmirzayevning ayrim hikoyalari mavzusiga
tegishli mavsumiy hodisa emas. Bu munosabatlar tizimida yozuvchi Inson va tabiatning o'z
vazifasi, asardagi o'rni va jamiyatdagi mantig'ini tushuntirib berishga erishgan.

Xulosa.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, Shukur Xolmirzayev ijodining dastlabki

bosqichida o'zi aytganiday klassiklarga ergashgan va bunda ularning ta'siri katta bo'lgan. Shu
bilan birga Sh.Xolmirzaev J.London, R.Tagor, A.Chexov yoki A.Qahhorlarning quruq
o'zlashtiruvchisn emas, balki badiiy so'z san'atini milliy zaminda boyitishga harakat qildi. Shukur
Xolmirzayev shaklan an'anaviy yo'lda mazmunan yangi qahramonlar yaratdi. Sh.Xolmirzaev


background image

39

asarlarini o'qib, so'ng yozuvchi voyaga yetgan Surxon vohasiga, Boysun tog'lariga, bepoyon
dashtlariga qadami tushgan kishi undagi manzara, rang-baranglikni ko'radi, ajib ohanglarni
eshitadi, ularning ha mmasi ana shu yuragida hayot, tiriklik «tepib turgan» tabiatning «issiq»
bag'ridan olinganini baralla sezadi.

Shukur Xolmirzayevning o'zi hayotni teran anglagan, insoniyat ruhiyatidagi o'zgarishni

seza oladigan inson edi. Shuning uchun ham u asarlarida tabiat qonuniyatlari asosida ish ko'radi,
bu tabiiylik hech qachon buzilmasligi kerakligi, buzilgan taqdirda katta falokatlar, fojialar keltirib
chiqarishi mumkinligi haqidagi xulosalar chiqaradi. Shukur Xolmirzayev adabiyotga Surxon
koloritini, tabiati, havosini olib kirgan yozuvchi. Olib kirganda ham betakror uslubda zavq bilan
ifodalay oldi. Ana shundan, u o'zbek hikoyanavisligida o'ziga xos mustahkam cho'qqi yaratdi.
Ayniqsa, "Zov ostida adashuv" hikoyasini nafis so'z ila yaratilgan san'at asari deyish to'g'ri
bo'ladi. Bundan tashqari, "Omon ovchining o'limi", "Bandi burgut", "Ot o'g'risi" singari hikoyalari
orqali Shukur Xolmirzayev o'zbek hikoyachiligida o'ziga xos maktab barpo etdi.

References:

1.

"O‘zbek hikoyachiligida Shukur Xolmirzayev ijodi"

Muallif: E’zoza Zokirjon qizi Aliyeva

Tavsif: Shukur Xolmirzayevning hikoyalari va ijodiy faoliyati haqida keng maʼlumot berilgan.
Manba:

Bestpublication.org

2.

"Shukur Xolmirzayevning adabiyot sohasiga qo‘shgan hissalari"

Muallif: Nodira

Sodiqova Tavsif: Adibning o‘zbek hikoyachilik sanʼatiga qo‘shgan hissasi va uning psixologik
obrazlarni yaratish mahorati haqida. Manba:

Universalpublishings.com

3.

"Shukur Xolmirzayev hikoyalarida tabiat va inson munosabatlarining badiiy talqini"

Muallif: Gulnoza KarimovaTavsif: Tabiat va inson munosabatlari yozuvchi hikoyalarida qanday
yoritilganligi haqida batafsil. Manba:

Cyberleninka.ru

4.

"Shukur Xolmirzayev ijodining badiiy funksiyasi"

Muallif: Hasan Nazarov Tavsif:

Yozuvchining yangi obrazlar yaratishdagi mahorati va hikoyalarning badiiy jihatlari. Manba:

In-

academy.uz

5.

"Shukur Xolmirzayev hikoyalarida bola obrazi talqini"

Muallif: Maftuna Ismoilova

Tavsif: Bola obrazlari va ularning ruhiy kechinmalarini yoritishdagi yozuvchi mahorati.Manba:

Ijournal.uz

"Shukur Xolmirzayev asarlari badiiyati"

Muallif: Kamola Niyozova Tavsif: Hikoya

va romanlardagi badiiy xususiyatlar hamda betakror obrazlar haqida. Manba:

Nauchniyimpuls.ru

6.

"Shukur Xolmirzayev hikoyalarida tabiat va inson munosabatlarining badiiy talqini"

Muallif: Gulnoza Karimova Tavsif: Ushbu maqolada yozuvchining hikoyalarida tabiat va inson
munosabatlari qanday tasvirlanganligi tahlil etilgan. Manba: Cyberleninka.ru
7.

"Shukur Xolmirzayev asarlari badiiyati"

Muallif: Ma'ruf Olimkulovich Xudayberganov

Tavsif: Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning hikoya, qissa va romanlaridagi badiiy
xususiyatlar, yangi va betakror obrazlar yaratishdagi mahorati tahlil qilingan. Manba:
Universalpublishings.com
8.

"O‘zbek hikoyachiligining poetik strukturasi"

Muallif: Ma'lum emas Tavsif: Ushbu

maqolada o‘zbek hikoyachiligining poetik tuzilishi, davr va qahramon masalasi, hikoyada
qahramon ruhiyati tasviri va Shukur Xolmirzayev ijodida detalning badiiy-funksional o‘rni


background image

40

haqida so‘z yuritiladi. Manba: Cyberleninka.ru
9.

"XXI asr o‘zbek adabiyotshunosligida hikoyachilik"

Muallif: Ma'lum emas Tavsif: Ushbu

maqolada XXI asr o‘zbek adabiyotshunosligida hikoyachilikning rivoji, jumladan, Shukur
Xolmirzayevning o‘rni haqida fikrlar bildirilgan. Manba: In-academy.uz
10.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxslararo muloqot

madaniyatini shakllantirish’’. ‘‘Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў’’

/Илимий-

методикалық журнал 2024 5/2-сан ISSN 2181-7138. Нөкис -

2024

11.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi “Problems and solutions of scientific and innovative

research’’ ‘‘Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi’’- 2024-
yil 182-1187-betlar Volume 01. ISSUE 07 universalconference.us.

Библиографические ссылки

"O‘zbek hikoyachiligida Shukur Xolmirzayev ijodi" Muallif: E’zoza Zokirjon qizi Aliyeva

Tavsif: Shukur Xolmirzayevning hikoyalari va ijodiy faoliyati haqida keng maʼlumot berilgan. Manba: Bestpublication.org

"Shukur Xolmirzayevning adabiyot sohasiga qo‘shgan hissalari" Muallif: Nodira Sodiqova Tavsif: Adibning o‘zbek hikoyachilik sanʼatiga qo‘shgan hissasi va uning psixologik obrazlarni yaratish mahorati haqida. Manba: Universalpublishings.com

"Shukur Xolmirzayev hikoyalarida tabiat va inson munosabatlarining badiiy talqini" Muallif: Gulnoza KarimovaTavsif: Tabiat va inson munosabatlari yozuvchi hikoyalarida qanday yoritilganligi haqida batafsil. Manba: Cyberleninka.ru

"Shukur Xolmirzayev ijodining badiiy funksiyasi" Muallif: Hasan Nazarov Tavsif: Yozuvchining yangi obrazlar yaratishdagi mahorati va hikoyalarning badiiy jihatlari. Manba: In-academy.uz

"Shukur Xolmirzayev hikoyalarida bola obrazi talqini" Muallif: Maftuna Ismoilova Tavsif: Bola obrazlari va ularning ruhiy kechinmalarini yoritishdagi yozuvchi mahorati.Manba: Ijournal.uz "Shukur Xolmirzayev asarlari badiiyati" Muallif: Kamola Niyozova Tavsif: Hikoya va romanlardagi badiiy xususiyatlar hamda betakror obrazlar haqida. Manba: Nauchniyimpuls.ru

"Shukur Xolmirzayev hikoyalarida tabiat va inson munosabatlarining badiiy talqini" Muallif: Gulnoza Karimova Tavsif: Ushbu maqolada yozuvchining hikoyalarida tabiat va inson munosabatlari qanday tasvirlanganligi tahlil etilgan. Manba: Cyberleninka.ru

"Shukur Xolmirzayev asarlari badiiyati"Muallif: Ma'ruf Olimkulovich Xudayberganov Tavsif: Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning hikoya, qissa va romanlaridagi badiiy xususiyatlar, yangi va betakror obrazlar yaratishdagi mahorati tahlil qilingan. Manba: Universalpublishings.com

"O‘zbek hikoyachiligining poetik strukturasi" Muallif: Ma'lum emas Tavsif: Ushbu maqolada o‘zbek hikoyachiligining poetik tuzilishi, davr va qahramon masalasi, hikoyada qahramon ruhiyati tasviri va Shukur Xolmirzayev ijodida detalning badiiy-funksional o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Manba: Cyberleninka.ru

"XXI asr o‘zbek adabiyotshunosligida hikoyachilik"Muallif: Ma'lum emas Tavsif: Ushbu maqolada XXI asr o‘zbek adabiyotshunosligida hikoyachilikning rivoji, jumladan, Shukur Xolmirzayevning o‘rni haqida fikrlar bildirilgan. Manba: In-academy.uz

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirish’’. ‘‘Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў’’ /Илимий-методикалық журнал 2024 5/2-сан ISSN 2181-7138. Нөкис -2024

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi “Problems and solutions of scientific and innovative research’’ ‘‘Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi’’- 2024- yil 182-1187-betlar Volume 01. ISSUE 07 universalconference.us.