Авторы

  • Rushana Umarqulova
    ChDPU õzbek tili va adabiyoti yõnalishi
  • Sohiba Arzikulova
    Ilmiy rahbar:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.61917

Ключевые слова:

Ernest Xemenguey chol dengiz tabiat maqsadlar sabr-toqat matonat ulkan baliq.

Аннотация

Bu maqolada Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asaridagi obrazlar va ularning ahamiyatini ko‘rsatish orqali asar mazmun-mohiyati ochib berilgan. Maqolada asar muallifininf tabiat tasviridan mohirona foydalanishi mazkur qissaning qiymatini yanada oshirgani misollar orqali ko‘rsatilgan. Asarni jahon adabiyotining nodir durdonalaridan biriga aylantirgan omillar haqida fikr bildirilgan.


background image

27

ERNEST XEMINGUEYNING “CHOL VA DENGIZ” ASARIDA CHOL OBRAZI VA

TABIAT TASVIRI

Umarqulova Rushana Ag’zam qizi

ChDPU õzbek tili va adabiyoti yõnalishi

Ilmiy rahbar:

Arzikulova Sohiba Abdujabborovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.14584146

Annotatsiya:

Bu maqolada Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asaridagi obrazlar va

ularning ahamiyatini ko‘rsatish orqali asar mazmun-mohiyati ochib berilgan. Maqolada asar
muallifininf tabiat tasviridan mohirona foydalanishi mazkur qissaning qiymatini yanada oshirgani
misollar orqali ko‘rsatilgan. Asarni jahon adabiyotining nodir durdonalaridan biriga aylantirgan
omillar haqida fikr bildirilgan.

Kalit soʻzlar:

Ernest Xemenguey, chol, dengiz, tabiat, maqsadlar, sabr-toqat, matonat, ulkan

baliq.

Ernest Xemengueyning “Chol va dengiz” asari toʻlaqonli inson va dengiz, ya’ni tabiatning bir

– biri bilan bogʻliqlik tomonini koʻrsatadi. Asarda qishloq aholisi tabiatga qarshi chiqa olmaydi,
balkiuygʻunlashib ketadi. Cholning xatti- harakatlaridan, hech qachon toʻxtamaydigan ya’ni
har qanday qiyin vaziyatda ham faqat olgʻa qadam bosadigan inson ko‘z oldingizda gavdalanadi.
Bu asardagi cholni va “Tanho qayiq” asaridagi Orol bobo obraziga xarakter va ba’zi jhislatlar
tomonidan oʻxshatish mumkin. Masalan, Orol bobo orol qurib qolganligino bilsa ham, hech
tinchimadi, ishonib suv yana qaytishini kutdi. Chol ham xuddi uni xarakterini takrorlagandek,
baliq ushlay olmasa ham (84 kun dengizda yurib) hech qaygʻuga tushgani yoʻq va qayta- qayta
dengizga boraverdi. Chol koʻp marotab dengizga chiqqanidan soʻng unga mukofot sifatida katta
baliqkelib qarmogʻiga ilindi. Biz buni oʻqib qanday xulosa chiqarishimiz mumkin?

Hayotda juda koʻp qiyinchiliklarga duch kelamiz, bunday vaziyatlarda oʻzimizni

yoʻqotib qoʻymasligimiz lozim. Cholning sabr toqati va dengizga boʻlgan muhabbati asarning
mazmun- mohiyatidir, bu hislatlardan ham oʻrnak olsa arziydi. Asar muallifi qari baliqchi obrazi
orqali insonning kuchi va zaifligini koʻrsatmoqchi, bundan tashqari oʻzining kuchi bilan ulkan
baliqni tutmoqchi boʻladi, bu kurash nafaqat dengiz, baliq, balki, oʻzining ichki kurashlarini ham
bildiradi. Chol dengizda yakka oʻzi qolib ketadi, bu – tabiat bilan kurashi, hayotdagi maqsadlarga
har qanday vaziyatlarda ham intilish kerakligini bildiradi. Bir tarafdan olib qarasak, dengiz cholga
ham doʻst, ham dushmanboʻla oladi, chunki uning goʻzalligi va kuchi mavjud. Dengiz, bir
tomondan, uning maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan joy, ikkinchi tomondan esa, u bilan
kurashish kerak bo'lgan kuchli kuchdir.

- Santiago dengizni o'zining hayotining bir qismi sifatida qabul qiladi. U dengizni o'rganadi,

uning sirlarini tushunishga harakat qiladi va u bilan bir butun bo'lishga intiladi. Asarda dengiz
timsollari, masalan, baliqlar, to'lqinlar va dengiz hayvonlari, insonning hayotidagi muhim
jihatlarni ifodalaydi. Santiago o'zining kurashlari davomida baliq bilan o'zaro munosabatlarini
ko'radi. Baliq, uning kuchi va sabr-toqati ramzi sifatida ko'rinadi.

- Tabiat va dengiz timsollari Santiago uchun hayotda erishiladigan yutuqlar va

muvaffaqiyatsizliklar ramzi sifatida xizmat qiladi. U o'zining kuchi va qobiliyatini sinab ko'radi va
bu jarayonda tabiatning kuchini his qiladi.

Bundan bilishimiz kerakki, tabiatning insonga ta’siri katta.
Baliq haqida nima deyish mumkin?


background image

28

Asarda “Martin baligʻi” hayotdagi eng katta muvaffaqiyatni va maqsadlarni ifodalaydi.

Qahramonimiz oʻz maqsadlariga tirishqoqligi oʻz mehnati orqali erishdi.

Akulalar – bukar insonning orzularini yoʻq qilishga, puchga chiqarishga urunadigan

kimsalar ya’ni, toʻsiqlar va qiyinchiliklarni ifodalaydi.

Xulosa qilib aytganda, “Chol va dengiz” asari, inson ruhining kuchi, sabr- toqati va hayotdagi

kurashini ifodalovchi asardir. Adib nafaqat baliqchining kurashi, balki har bir insonning hayotdagi
qiyinchiliklariga qarshi kurashini koʻrsatadi. Santiago oʻzinong kuchi va jasorati bilan, har
birimizga hayotda muvaffaqiyatha erishish uchun sabr- toqat va ishonch bilan kurashish
kerakligini eslatadi. “Chol va dengiz" asari, insonning tabiat bilan o'zaro munosabatlari, sabr-toqat
va kurash, muvaffaqiyat va mag'lubiyat, ruhiy kuch va umid kabi mavzularni chuqur o'rganadi.
Xemingueyning bu asari, inson ruhining kuchini va hayotdagi har qanday qiyinchiliklarga qarshi
kurashish qobiliyatini aks ettiradi, shuningdek, hayotning ma'nosini izlashdagi muhim saboqlarni
beradi.

References:

1.

Ernest Xeminguey “Chol va Dengiz” Toshkent 2019- y

2.

Erkin A’zam “Tanho qayiq”

3.

U. Xamdamov, U. Qosimob “Jahon adabiyoti”. Toshkent

Библиографические ссылки

Ernest Xeminguey “Chol va Dengiz” Toshkent 2019- y

Erkin A’zam “Tanho qayiq”

U. Xamdamov, U. Qosimob “Jahon adabiyoti”. Toshkent