9
J. STYUART “DAUGHTER OF THE LEGEND” ROMANIDA QAHRAMONLAR
TASVIRI
O.X.Ganiyeva
f.f.f.d., dotsent
Buxoro davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14556929
Annotatsiya:
J. Styuart asarlari qahramonlari o’ziga xos va yorqin xarakterga ega bo’lib,
ularning har biri muallifning chuqur psixologik kuzatuvlari va o’ziga xos ijodiy uslubi bilan
yaratilgan. Bu qahramonlar odatiy qoliplardan yiroq bo‘lib, ularning ichki dunyosi, hissiyoti va
murakkabliklari o‘quvchilarni hayratga soladi. Har bir qahramonning o‘ziga xos ovozi va
harakati bor, ular muallif tomonidan o‘ta sinchkovlik bilan ishlangan. Steward ularni real
hayotdan olingandek jonli qilib tasvirlashga intiladi, bu esa qahramonlarni o‘quvchilar uchun
yanada yaqin qiladi. Mazkur maqolada biz muallifning “Daughter of the Legend” romani
qahramonlarini tahlilga tortamiz.
Kalit so‘zlar:
manfaatparastlik, xudbinlik, tabiat tasviri, kognitiv yo‘nalish, universal
mazvu, hissiy bog’liqlik.
“Daughter of the Legend”
romani qahramonlarining hissiy bog‘liqligi asarning turli
epizodlarida namoyon bo‘ladi. Deyvning bolaligi, o‘smirlik yillarini eslaganida, xotiralari
gavdalanganida badiiy psixologizmning bevosita shakli yordamida uning makonga bog‘liqligi
izchil aks ettiriladi. Deyvning bola va o‘smir sifatida o‘tkazgan yillari, yog‘och kesuvchi kasbi
sababli Shimoliy Karolina, Virjiniya, endi Tennessi shtatlarida ishlashi, romanning yana bir
personaji Ben Dyuberri (Ben Dewberry) bilan do‘stona yaqin munosabatlarini ong oqimi
texnikasi orqali so‘zlab beradi. “
As I lay on my bunk waiting for sleep to come,
I thought over
the
years we had all worked and lived together. Tonight for the first time there was a feeling of
tension”
1
.
Yuqoridagi tasvir qahramonning tungi tinchlikda yotganida, o‘tgan yillarda birgalikda
ishlashgani va yashaganini eslab, birinchi marta hissiy charchoq va g‘ayrioddiy taranglikni
sezishini ifodalaydi. Aynan shu nuqtadan boshlab muallif kitobxonni o‘zgarish yoki xavotirli
vaziyatga tayyorlashni boshlab, romanda muhim voqealarning boshlanayotganini bildiradi.
Bolaligi va o‘smirligi Virjiniyaning Uays okrugi (Wise County)da o‘tgan Deyv Ben bilan
qalin do‘st bo‘lishganini, sakkiz yil maktabda birga tahsil olishgani, bir-birini uyiga borib yotib
qolishgani, birga ov qilishgani, beyzbol o‘ynab, qator yillardan buyon daraxt kesuvchi bo‘lib
ishlab kelishayotganini batafsil so‘zlaydi.
Qahramonlar o‘rtasidagi yaqin munosabatlar tasviri romandagi muhim mavzulardan biri –
do‘stlik
, inson hayotida do‘stning qadri va qimmati singari masalalarni ilgari suradi. Ikki
insonning uzoq vaqt davomida bir-biri bilan yaqin do‘stona munosabatda bo‘lishi ularning
o‘rtasidagi mustahkam aloqalar va o‘zaro bog‘lanishlarni ko‘rsatadi. XX asrning ziddiyatli 50-
yillarida jamiyatda yolg‘izlik, manfaatparastlik, xudbinlik hukmronlik qilgan bir paytda J. Styuart
universal mavzuni ilgari surish orqali insonni azaliy hissiyotlarni va fazilatlarini qayta egallashga
chaqiradi. Har qanday insonni jamiyatda birlashtirib turadigan hislar bu o‘zaro aloqalarda
1
Stuart J. Daughter of the Legend. – USA: McGraw-Hill Company, 1965. – P. 34.
10
namoyon bo‘lishi, hissiy bog‘liqlik, shaxslararo do‘stona rishtalar makoniy mansublikda
ahamiyat kasb etishi yuksak bir mahorat bilan badiiy talqin etiladi.
“Daughter of the Legend” romanida qahramonlar muayyan joyda yoqimli voqelarni birga
o‘tkazganlari, shu joy bilan bog‘liq xotiralar, ushbu joyning xususiyatlari va uning personajlar
taqdiriga ta’siri, hududda kognitiv yo‘nalish va joyning obrazi, bularning barchasi ushbu joy bilan
o‘zaro ta’sir natijasi bo‘lib, personajlarning xotiralari va u haqdagi suhbatlarda namoyon bo‘ladi.
Romanda bir epizodda Deysiya Deyv bilan tog‘da sayr chog‘ida bir joy borligini, unda har yili
bahor darakchisi sangvinariya (percoon) aprelning boshida gullashi, hammayoq xuddi qordek
oppoq ko‘rpa bilan qoplanishini aytadi. Shunda Deyv shunday deydi: ““
Deutsia and her mountain
flowers,” I said, squeezing her hand. “My little Deutsia knows every flower that blooms and she
knows where they grow. She knows every little stream on this mountain and she knows every kind
of tree, vine and briar. She knows the birds and where they build. And she knows how to find a bee
tree!
”
2
Parcha tabiat bilan uyg‘unlikda yashovchi, o‘zi sevgan joyning barcha nozik jihatlarini
biladigan qahramon obrazini kitobxon ko‘zi oldida gavdalantiradi. Deysiya
tabiat bilimdoni
va
tog‘li muhitni teran anglash qobiliyatiga egaligi bilan ajralib turadi. U yerning flora va faunasi
bilan bog‘langan, gullar, daraxtlar, qushlar va hatto arilar haqida mukammal ma’lumotga ega. Bu
obraz tabiatning sokin go‘zalligi va insonning u bilan yaqin aloqasini ko‘rsatib, ideal tabiat
tasvirini ko‘z oldimizga keltiradi. Tabiatni sevish va uni himoya qilish tushunchalari parcha
davomida ta’kidlanadi. Deysiyada shakllangan bu qobiliyatni Deyv bekorga e’tirof etmaydi, bu
qizning shu joyga qattiq bog‘langani, atofidagi nabotot olamiga chuqur ehtiromi, qardlashini
ifoda etadi. J. Styuart bu bilan jamiyatda kamsitilayotgan Melandjenlardagi tabiatga hurmat va
ehtirom ko‘rsatishi, ularning Ona tabiat bilan uzviy aloqada ekani, yillar va asrlar mobaynida bu
fazilatlarni asrab qolishlari va sodiqligini alohida qayd etadi.
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash lozimki, muallifning “Daughter of the Legend”
romanida gavdalantirilgan qahramonlari har biri o‘ziga xos, yorqin xarakter va chuqur ma’naviy
dunyo bilan yaratilgan. Ushbu qahramonlar orqali muallif nafaqat individual shaxsiy tajribalarni
tasvirlab beradi, balki o‘z zamonasining ijtimoiy, siyosiy va madaniy muammolarini ham
yoritadi. Qahramonlarning ichki kechinmalari va hayotiy tajribalari orqali roman o‘quvchini
o‘sha davrning muhitiga olib kiradi, voqealar rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan murakkabliklarni his
qilishga imkon beradi. Muallifning asosiy mahorati shundaki, u o‘z zamonasida ro‘y berayotgan
voqea-hodisalarni asar mazmuniga tabiiy ravishda singdiradi. Har bir detallar sinchkovlik bilan
ishlangan bo‘lib, ular asarning umumiy g‘oyasini boyitadi va mazmunini yanada
chuqurlashtiradi. Qahramonlarning hissiyotlari, qarorlari va ular duch kelgan sinovlar asar
mavzusiga mos tarzda jonlantirilgan, bu esa kitobxonni o‘ylashga, his qilishga va hayotiy
haqiqatlarni anglashga chorlaydi. “Daughter of the Legend” romani o‘z davrining tarixiy va
madaniy haqiqatlarini yoritib beradigan, qahramonlarning shaxsiy hayotlari orqali global
muammolarni ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan asarlar qatoriga kiradi. Shu sababli, bu asar nafaqat
adabiy asar sifatida, balki o‘z davrining aks-sadosi sifatida ham katta ahamiyatga ega.
References:
1.
Stuart J. Foretaste of Glory. With an Introduction by Robert J. Higgs. – USA: The University
Press of Kentucky, 1946. – P. VIII.
2
Stuart J. Daughter of the Legend. – USA: McGraw-Hill Company, 1965. – P. 54.
11
2.
https://books.google.co.uz/books?id=6wVSbw3FbXUC&q=Jesse+Stuart+foretaste&redir_e
sc=y#v=snippet&q=Jesse%20Stuart%20foretaste&f=false
3.
Bevard. Samuel Lee. Character, Conflict, and Statement in Three Jesse Stuart novels: The
Movement toward Hope and Salvation. // A Thesis presented to the Faculty of the Graduate
School Morehead State University, 1976. // P. 120.
4.
Spurlock, J. H. A Sociocultural and Rhetorical Analysis of Jesse Stuart’s Fiction. // A
Dissertation Submitted to the Faculty of the Graduate School of the University of Louisville, 1985.
// P. 183.
5.
Bevard. Samuel Lee. Character, Conflict, and Statement in Three Jesse Stuart novels: The
Movement toward Hope and Salvation. // A Thesis presented to the Faculty of the Graduate
School Morehead State University, 1976. // P. 88.
6.
Sadullayev F. B. Inner characterization of the main character in the novel “the wings of the
dove” by henry james //Conferencea. – 2022. – С. 132-135.
7.
Bakhtiyorovich S. F., Kabilovna S. D. The Literary Significance of “The Jolly Corner” in Henry
James’s Oeuvre //Miasto Przyszłości. – 2023. – Т. 42. – С. 726-729.
8.
Ganieva O. K., Sadullayev F. B. The Role Of Female Characters in the novel “The Grapes Of
Wrath” by John Steinbeck //АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ. –
2020. – С. 5-8.
9.
Ganieva O. K. DEPICTION OF RELATIONS BETWEEN A PERSON AND SOCIETY IN
AMERICAN REALISTIC LITERATURE //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020.
– Т. 2. – №. 8. – С. 215-220.