41
XALQ OG‘ZAKI IJODI ASOSIDA KELAJAK AVLODLARGA AXLOQIY TARBIYA
BERISH
Shononova Qurbonoy Nurfayiz qizi
Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti
2-kurs 5-guruh talabasi
Esanov Alijon Mengbayevich.
Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti,
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tadqiqotchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14598583
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xalq Og‘zaki ijodining kelajak avlodlarga axloqiy tarbiya
berishda qanday ahamiyatga ega ekanligini va yoshlarni ijtimoiy masalalar va mumommolarga
nisbatan ongli qarashga yo‘naltirishdagi ahamiyati. Yosh avlod ta'lim tarbiyasiga bo‘lgan
munosabat. Xalq og‘zaki ijodining milliy va axloqiy identifikatsiyani mustahkamlashdagi o‘rni
kabi kabi masalalar yoritiladi.
Kalit so‘z:
Xaq og‘zaki ijodi, maqol, matal, tarbiya, qadriyat, madaniyat, axloq, yoshlar,
ma'naviyat, kelajak, ertak , doston, yosh avlod, tarixiy an’ana.
Kirish:
Xalqimizning ijod mahsuli hisoblangan, zamonlar osha og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan
baddiy asarlar xalq og‘zaki ijodi yoki folklor (ingilizcha "folk"- xalq, "lore"‘ donolik, yani xalq
donoligi, donish mandligi) deb yuritiladi. Xalq og‘zaki ijodi ertak, afsona, maqol, matal, latifa,
laparlar, dostonlar, tez aytishlar,va alla, topishmoqlar, naqillar, kabi janirlarni o‘z ichiga oladi. Bu
janrlarda yosh avlodini ma'naviy’axloqiy tarbiyalash yo‘llari, tarbiya usullari, mehr, muhabbat,
saxiylik, oliyjanoblik, qadr, vafo, sadoqat, yaxshilik, oqibatlilik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga
muhabbat, halolik, adolat, insof, andishalik, insonparvarlik kabi xislatlar ulug‘lanadi, qadrlanadi
ammo insonni bulg‘ovchi bevafolik, baxillik, xasislik, qo‘rqoqlik, nomussizlik, manmanlik,
kaltabinlik, yolg‘onchilik, ochko‘zlik, o‘g‘irlik va boshqa salbiy illatlar qoralanadi. Bu esa yoshlar
tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining eng samarali, kerkli ma'nbalardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Xalq og‘zaki ijodi insoniyotga tengdosh eng qadimiy sanat. Har bir xalqning og‘zaki ijodi
o‘sha xalqning fel’atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu’intilishlari, geografik
tabiati va sharoitini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu vositasida olamshumul
ezgu niyyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulim, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg‘ularini
ko‘ramiz. Qadim zamondan ma'naviyat inson dunyo qarashini xatti-harakatini, jamiyatda tutgan
o‘rnini, xalqqa, vatanga, atrofdagi odamlarga bo‘lgan munosabatni boshqaruvchi omil
xisoblanadi. Ma' naviy qashshoq kimsa atrofida ro‘y berayotgan voqialarga befarq qaraydi.
Ma'naviy qashshoq odam uchun, Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning
uchun buyuk bobolarimiz avvalo farzandning ma'naviy dunyosini shakillantirish chorasini
rejalashtirgan. Aslini olganda xalq dostonlari maqol, matal, qo‘shiq va boshqa o‘nlab janirdagi
asarlar yosh avlodning ma'naviyatini boyitish uning haqiqiy inson darajasiga yetishini taminlash
maqsadini nazarda tutgan holda yoritilgan.
Asosiy qisim:
Malum bo‘ladiki madaniyat, san'at, til xalqning xalq sifatida ravnaq
topishining bosh omilidir. Xaq ijodi esa madaniyat, san'at, tilning asosini tashkil etuvchi tarkibiy
qisimdir. 1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida "Ma'naviy- axloqiy tarbiya va
marifiy ishlar" aloxida bo‘lim sifatida tastiqlanishi bejiz emas. Unda yosh avlodni ma'naviy,
ahloqiy tarbiyalashda xalqnig boy milliy, madaniy, tarixiy an'ana va qadriyatlari, urf-odatlariga
42
asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy
etilishi takidlangan.
Mustaqillik xalq qadriyatlariga umuman xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan munosabatda keskin
ijobiy o‘zgarish yasagan. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston
buyuk kelajak sari" asarining "Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy’ahloqiy
negizlari" deb atalgan bo‘limida: "O‘zbekistonni yangilaah va rivojlantirishning yo‘li to‘rtta asosiy
negizga asoslanadi ‘ deyilgan. Bu negizlar:
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-insoning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-vatanparvarlik. ‘ deb belgilab qo‘yilgan;
Qayd etilgan to‘rt negizning har bittasi yo bevosita yoki bil vosita xalq og‘zaki ijodi bilan
bog‘lanadi. Bundan shuni anglash mumkunki " kelajak -yoshlar qo‘lida" tushunchasini igari
surgan holda Prezdentimiz aytganidek xalq o‘z tarixi, an’ analari, qadriyatlarini bilmasdan turib
rivojlana olmaydi. Shunday ekan har bir o‘zbek yoshlari o‘z tarixi, madaniyati, adabiyoti,
qadriyatlaridan boxabar bo‘lishi shart; aks holda millat rivojlanmaydi. Zero birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek; ‘ "Tarixsiz ‘ kelajak yo‘q" bunda esa xalq og‘zaki
izidinig o‘rni beqiyosdir.
Xalq og‘zaki ijodining ta'lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilishinig afzalliklari quydagicha;
Chuqur ma'nodorligi. Asarning mazmundorligi va mantiq jihatdan mukammalligi
o‘quvchiga kuchli ta'sir etib, uni chuqur o‘ylantirish bilan bir qatorda ijobiy jixatlar
shakillantirishiga turtki vazifasini o‘taydi. Ertak, doston, hikoyalar shular jumlasidan.
- Ixchamlik, Xalq og‘zaki ijodining avloddan’avlodga o‘tib kelayotga asosiy sabablardan biri
hisoblanadi u xalq tomonidan oson o‘zlashtirildi va yod olinadi. Bu maqlollar, matallar,
topishmoq va tez aytishlar shu kabi janirlarda o‘z ifodasini topadi.
- Soddaligi. Asar tarkibida o‘ta baddiy, bo‘yoqdor va o‘zlashma so‘zlarning ishtiroki yo‘qligi,
xalq og‘zaki ijodining juda ko‘p yo‘nalishlarida foydalanishga sabab bo‘ladi.
- Ohangdorligi. Asardagi so‘zlarning ma'no jixatidan ohangdorligi va mazmunan so‘zlarning
mutonosibligi, xalq tomonidan oson yodda saqlanishiga va avloddan’avlodga yetkazilishiga
xizmat qiladi. Bag‘ishlov, madhiya, masal va matallar shular jumlasidan.
- Ko‘p variantlilik zamonlar mavsum va hududlardagi sharoitlar natijasida xalq og‘zaki
ijodida asosiy mazmun o‘zgarmagan holda xilma’xillik yuzaga keladi. Ertaklarda, dostonlarda,
bular o‘z aksini topgan. Bundan ma'lum bìladiki ta'lim tarbiyaning xalq og‘zaki ijodi bilan
qorishuvi xar tomonlama ijobiy natijalarni ko‘rsatadi shubxasiz.
Prezidentimiz Sh.Mirziyayev takidlaganidek "...dunyo maydonida va o‘z a'zim’u qarorida
qoyim turmoq maqsadiga erishmoq uchun mutasssil oldinga intilish, hayot va tafakkur tarzini
isloh qilish, yangilanish tomon sobit qadam bilan borish lozim". Albatda shunday ekan boy
ma'naviy merosimiz bo‘lgan, xalq donishmandligi hisoblangan xalq og‘zaki ijodini tarixini
batafsil o‘rgangan yosh avlod xechqachon o‘zligini yo‘qotmayni, noto‘g‘iri yo‘ldan yurmaydi,
millatini, vatanini sotmaydi.
Xulosa:
Xalq og‘zaki ijodi uning muhum qisimaridan biri bo‘lgan sheriyat, maqol, matal va
topishmoqlar orqali kelajak avlodlarga axloqiy tarbiya berish juda samarali vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Xalq og‘zaki ijodi asrlar davomida yig‘ilgan hayotiy tajribalarni va axloqiy qadriyatlarni
keyingi avlodlarga yetkazozsh imkonini beradi. Mazkur ijodiy shakillarda ko‘pincha insoniyatni
43
axloqiy yuksalishiga chiqaruvchi do‘stlik, halollik, mehnatsevarlik, adolat kabi qadriyatlar
ko‘rsatilib o‘tiladi.
Xalq maqollarida aniq va qisqa shakilda ahamiyatli hayotiy saboqlar, izzat’ikrom, yaxshi
axloqni o‘rgatish, yomonlikdan saqlanish haqida misollar kektiriladi. Bu, nafaqat yoshlarni
tarbiyalashda, balki jamyatning axloqiy tuzulmasini mustaxkamlashda muhum ahamiyatga ega.
Xalq og‘zaki ijodi insonning ruhi va qalbini shakillantirishda, axloqiy qadriyatlarni yuksaltirishda
asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston
Respublikasi 9’sesiyasidagi nutqida takidlaganidek: "Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi
qadamlaridanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim’tarbiya
tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talabi bilan
uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chaqirish maqsadiga katta
ahamiyat berib kelmoqda" bunfa ham xalqimiz ma'naviyatini tiklash ya'niy xalqimiznig
dostonlarda asaarlarda mashhur bo‘lgan qadimgi ma'naviyat, madaniyat ajdodlarimiz kim va
ular qanday buyuk ishlar qilgan ligidan habardor bo‘lgan holda buyuk ajdodlarimiz ishlaridan
o‘rnak olgan holda bugungi kelajakni qurish kerakligi aytib o‘tilayotganiga shubha yo‘q.
Tarbiyada xalqlarning milliy ma'naviy qadriyatlariga suyanish, ular orqali yoshlarda milly
qadriyatlarni shakillantirish o‘ta dolzarb masalalardan bilidir. Chunki bugungi kunda
ma'fkuraviy poligonlarda yoshlar ongi va qalbi uchun kurash keskinlashgan bir paytda
o‘quvchilarni iloji boricha maktab yoshidanoq tabiatni sevishga, unga to‘g‘iri munosabat
bildirishga, insonparvarlik tuyg‘ularini shakillantirishga o‘rgatish bugungi kuning dolzarb
masalalaridir. Bunda esa eng avvalo xalq og‘zaki ijodi bo‘lgan maqol, matal, hikmatlar, dostonlar
eng samaralidir. Umuman olganda xalq og‘zaki ijodining ahloqy tarbiya berishda tutgan o‘rni
beqiyos bo‘lib, u kelajak avlodlarni yaxshi insonlar sifatida tarbiyalashda muhum ro‘l o‘ynaydi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasining "Talim to‘g‘irisida"gi Qonuni // Barkamol avlod’ O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori, ‘ T: "Sharq"‘1997.
2.
SH. M. Mirziyayev "Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi" To‘ldirilgan ikkinch nashir,
‘Toshkent; "O‘zbekiston nashriyoti", 2022.
3.
M.J.Mutalipov, "Xalq pedagogikasi" ,’ Toshkent’ 2015.
4.
Hasanboyev.J, Hasanboyeb. O, Hamidov. H. Pedagogika tarixi ‘ T: O‘qituvchi, 1997.
5.
Y. J (2018). Musiqiy ta'limda aksialogik yondoshuv. Pedagogik maxorat, (10), 230 ‘ 232.
6.
Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi ‘‘ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxslararo muloqot
madaniyatini shakllantirish’’. ‘‘Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў’’ /Илимий-
методикалық журнал 2024 5/2-сан ISSN 2181-7138. Нөкис -2024
7.
Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi ‘‘Problems and solutions of scientific and innovative
research’’ ‘‘Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi’’- 2024-
yil 182-1187-betlar Volume 01. ISSUE 07 universalconference.us.