Авторы

  • Shahnoza Xakimova
    Chirchiq Davlat Pedogogika Universiteti Pedagogika fakulteti Psixologiya mutaxasisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.61947

Ключевые слова:

Ta’lim kadr jamiyat Uzluksiz ta'lim Hayot bo'yi o'rganish raqobatbardoshlik moslashuvchan iqtisodiy o'sish shaxsiy rivojlanish.

Аннотация

Ta’lim tizimi jamiyatning eng ustuvor va zalvorli sohalaridan biri hisoblanadi. Jahon ta’lim standartida norm ava nuzonlar uzluksiz ta’limning inavatsion bosqichlarini yuzaga chiqarishdan iborat. Horijlik adabiyotlar tahlilga ko’ra Baloniya konvensiya uzluksiz ta’lim sharoiti alohida muhim o’zin tutadi. Bugungi kunda O’zbekistonda ta’lim to’g’risida qonun Kadrlar tayorlash milliy dasturi farmonlari Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan malakali kadirlarni yetkazib chiqaruvchi ta’lim muassasalarini soni ortib borishi ham uzluksiz ta’limning davomiyligi taqozo etadi.


background image

23

UZLIKSIZ TA’LIMNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Xakimova Shahnoza

Chirchiq Davlat Pedogogika Universiteti

Pedagogika fakulteti

Psixologiya mutaxasisligi magistranti

xakimovashahnoza4@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14575106

Annotatsiya:

Ta’lim tizimi jamiyatning eng ustuvor va zalvorli sohalaridan biri hisoblanadi.

Jahon ta’lim standartida norm ava nuzonlar uzluksiz ta’limning inavatsion bosqichlarini yuzaga
chiqarishdan iborat. Horijlik adabiyotlar tahlilga ko’ra Baloniya konvensiya uzluksiz ta’lim
sharoiti alohida muhim o’zin tutadi. Bugungi kunda O’zbekistonda ta’lim to’g’risida qonun Kadrlar
tayorlash milliy dasturi farmonlari Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan malakali kadirlarni
yetkazib chiqaruvchi ta’lim muassasalarini soni ortib borishi ham uzluksiz ta’limning davomiyligi
taqozo etadi.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim, kadr, jamiyat, Uzluksiz ta'lim, Hayot bo'yi o'rganish, raqobatbardoshlik,

moslashuvchan, iqtisodiy o'sish, shaxsiy rivojlanish.


Uzluksiz taʼlim - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga

qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi.
Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat
siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida
qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biri (qarang Taʼlimning
milliy modeli),
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxs,
jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi
ustuvor sohadir. Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori
malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi. Uzluksiz taʼlim
tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim
dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta
maxsus, kasbhunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini
oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlimni oʻz ichiga oladi.

1

Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-
texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy
faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar xam
tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim
kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va
davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor,
ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning
jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi

2

Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori

malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim

1

https://uz.wikipedia.org/wiki/Uzluksiz_ta%CA%BClim

2

https://staff.tiiame.uz/storage/users/167/presentations/GaAguM3i9676ATKNDspVINVshkmgHjaEUAgYIF7F.pdf


background image

24

tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta
maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik
boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega. Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat
va magistratura bosqichiga ega. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha
chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil
bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik
bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. Magistratura
mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.

Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi oldida turgan vazifalarning asosiylaridan biri, so’zsiz,

hozirgi tez o’zgarib borayotgan dunyoda mustaqil qarorlar qabul qila oladigan, tizimli tahlil va
samarali muloqatga qodir ijtimoiy va shaxsiy muammolarni mustaqil amalga oshira oladigan
jamiyat a’zosi, shaxsni tayyorlashdan iborat. Jahon oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini ta’minlash
borasidagi zamonaviy tendensiyalardan kelib chiqib, mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash
mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida tubdan takomillashtirish, xalqaro standartlar va
milliy an-analar uyg’unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega, mustaqil
fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlash belgilab berildi.

O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kotsepsiyasida

«o’quv jarayonini amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirish, kompetensiyalarni
kuchaytirishga qaratilagan metodika va texnologiyalarni joriy etish, akademik bilim va amaliy
ko’nikmalar bog’liqligini mustahkamlash» kabi vazifalar alohida ta’kidlab o’tilgan. Ushbu vazifalar
pedagog kadrlar tayyorlash borasida sifat o’zgarishlarini amalga oshirishni taqazo etadi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlarini ko’rsatish yo’llari, pedagogik ta’lim
mazmuni, ta’lim jarayonini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirishni ko’zda tutadi .Bu
borada quyidagilar ustuvor ahamiyat kasb etadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o’quv
jarayonini kompetensiyalarni takomillashtirishga qaratilgan yondashuv va tamoyillar asosida
tashkil etish, ta’lim mazmunini (DTS, o’quv reja, fan dasturlari) ilg’or jorijiy tajribalar asosida
takomillashtirish; individual ta’lim traektoriyalariga asoslangan o’quv dasturlarini shakl-
lantirish, o’quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish mexanizmlarini ishlab
chiqish;zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining
mustahkam integratsiyasi asosida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlash; bo’lajak
o’qituvchilarda ilg’or xorijiy tajribalar va milliy an’analar hamda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalari integratsiyasi asosida.Ta’lim oluvchilarning o’quv
yutuqlarini baholash kompetensiyalarini takomillashtirish. Bo’lajak boshlang’ich ta’lim
o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish jahon
miqyosida ta’lim sifatini oshirish va tayyorlash tiziminining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.
Xususan, jahon andozalari darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonida bo’lajak
boshlang’ich sinf o’qituvchisining baholash kompetentltgini takomillashtirishmasalalari
dolzarblashmoq

3

3

Usarov, S., & Mirsaidova, G. (2021). Ta limda kompetentli yondashuv kompetentlik va kompetensiya haqida.


background image

25

Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda ushbu tushunchaga turli tuman ta’riflarberilgan bo’lib, ularni

umumlashtirish natijasida xulosa qilish mumkin: baho bu faoliyat turi bo’lib, uning asosida
standartlar talablari, ishlab chiqilgan vatasdiqlangan mezonlar, baholash ko’rsatkich va
indikatorlari yotadi. Ular asosidaesa ta’lim obyektlari, shart-sharoitlari va natijalarini baholash
tavsiflarini taqqoslash amalga oshiriladi

4

Umumiy o'rta ta’lim maktablarini isloh qilishnmg asosiy maqsadi - shaxsni har tomonlama

kamol toptirish hisoblanadi. Pedagogik tashxislashda maktab o'quvchilarining o'ziga xos
xususiyatlari mavjud. Boshlang'ich ta’lim o'qishga va ljtimoiy-foydali mehnatga halol
munosabatni, Vatanga muhabbatni tarbiyalasa, umumiy o'rta va keyingi bochqichda aynan shu
munosabatlar bilan birga ta’limiy-tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalarini ajratish, bilimlami
o'zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlami shakllantirish, takomillashtirish uchun yaxshi
sharoitlar vujudga keladi. O'qish jarayonida qarashlar va ma’naviy sifatlar ham shakllanadi, ya’ni
mazkur funksiyalaming birligi va o'zaro bog'liqligi kuzatiladi

5

Xulosa.

Uzluksiz ta'lim bugungi kunda global miqyosda o'zining ahamiyatini yanada

oshirmoqda. Tez rivojlanayotgan texnologiyalar va doimiy o'zgarib turuvchi mehnat bozori
sharoitida, insonlarning raqobatbardoshligini saqlab qolish va hayot davomida o'zlarini
rivojlantirib borishlari uchun uzluksiz o'rganish zarur bo'lib qolmoqda. Uzluksiz ta'lim shaxsga
yangi ko'nikmalar va bilimlarni o'zlashtirib, mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan sohalarda
muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradi. Bu, ayniqsa, tez o'zgarib turuvchi texnologiyalar davrida
muhim ahamiyatga ega. O'zgaruvchan sharoitlarga moslashish qobiliyati zamonaviy dunyoda juda
muhimdir. Uzluksiz ta'lim shaxsga turli vaziyatlarga moslashish va yangi vazifalarni o'z zimmasiga
olish imkonini beradi. Milliy miqyosda uzluksiz ta'lim iqtisodiy o'sishga hissa qo'shadi. Malakali
va bilimdon ishchi kuchiga ega bo'lgan mamlakatlar yanada raqobatbardosh va boy bo'ladi.

References:

1.

Abdullayeva Sh.A.,Ro’ziyeva.D.I ’Pedagogik diagnostika va korrektisya”Toshkent-201874-

bet.
2.

Usarov S., & Mirsaidova G. (2021). Ta’limda kompetentli yondashuv. kompetentlik va

kompetensiya haqida.
3.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Uzluksiz_ta%CA%BClim

4.

https://staff.tiiame.uz/storage/users/167/presentations/GaAguM3i9676ATKNDspVINVsh

kmgHjaEUAgYIF7F

5.

https://www.researchgate.net/publication/379839594_Uzluksiz_ta'lim_tizimida_baholash

_bo'yicha_pedagogik_faoliyatni_rivojlantirishda_kompetensiyaviy_yondashuv_asosida_tashkil_eti
sh_muammolari

6.

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING THE

BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в современной
науке,

3(7),

149–153.

извлечено

от

https://www.econferences.ru/index.php/arims/article/view/13106

4

https://www.researchgate.net/publication/379839594_Uzluksiz_ta'lim_tizimida_baholash_bo'yicha_pedagogik_faoliyatni_

rivojlantirishda_kompetensiyaviy_yondashuv_asosida_tashkil_etish_muammolari

5

Abdullayeva Sh.A.Ro’ziyeva.D.I ’Pedagogik diagnostika va korrektisya”Toshkent-201874-bet


background image

26

7.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В

УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ. INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING,
1(10), 113–115. Retrieved from

https://researchedu.org/index.php/iclt/article/view/1778

8.

Umaraliyeva, D. (2024). O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI VA YOSHLARNING HUQUQLARI.

В YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI (Т. 2, Выпуск 10, сс. 16–20). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14263834

9.

Турсунов

А.

2022

ЧАҚИРУВГА

ҚАДАР

БОШЛАНҒИЧ

ТАЙЁРГАРЛИК

МАШҒУЛОТЛАРИДА ПЕДАГОГИК ВА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ ВА
УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ТОМОНЛАРИ Science and innovation, 1(B3), 432- 434
10.

Abdullaeva, O. (2024). REQUIREMENTS FOR PROSPECTIVE TEACHERS IN PREPARING FOR

SCIENTIFIC ACTIVITY. In INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY
(Vol. 4, Number 12, pp. 306–308). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14539093

11.

Abdullayeva, M. (2024). REQUIREMENTS FOR TEACHERS IN ORGANIZING LITERATURE

LESSONS BASED ON MODERN APPROACHES. В INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED
SCIENCE

AND

TECHNOLOGY

(Т.

4,

Выпуск

12,

сс.

325–328).

Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14547115

Библиографические ссылки

Abdullayeva Sh.A.,Ro’ziyeva.D.I ’Pedagogik diagnostika va korrektisya”Toshkent-201874-bet.

Usarov S., & Mirsaidova G. (2021). Ta’limda kompetentli yondashuv. kompetentlik va kompetensiya haqida.

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(7), 149–153. извлечено от https://www.econferences.ru/index.php/arims/article/view/13106

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ. INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING, 1(10), 113–115. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/iclt/article/view/1778

Umaraliyeva, D. (2024). O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI VA YOSHLARNING HUQUQLARI. В YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI (Т. 2, Выпуск 10, сс. 16–20). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14263834

Турсунов А. 2022 ЧАҚИРУВГА ҚАДАР БОШЛАНҒИЧ ТАЙЁРГАРЛИК МАШҒУЛОТЛАРИДА ПЕДАГОГИК ВА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ ВА УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ТОМОНЛАРИ Science and innovation, 1(B3), 432- 434

Abdullaeva, O. (2024). REQUIREMENTS FOR PROSPECTIVE TEACHERS IN PREPARING FOR SCIENTIFIC ACTIVITY. In INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Vol. 4, Number 12, pp. 306–308). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14539093

Abdullayeva, M. (2024). REQUIREMENTS FOR TEACHERS IN ORGANIZING LITERATURE LESSONS BASED ON MODERN APPROACHES. В INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 12, сс. 325–328). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14547115