118
HARAKATLI O‘YINLARNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
M.R.Ulug’bekova
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14552125
Annotatsiya:
Harakatli o'yinlar - bolalar va kattalar uchun jismoniy faoliyatni
rag'batlantiruvchi, qiziqarli va foydali o'yinlar to'plamidir. Ushbu maqolada harakatli
o'yinlarning ahamiyati, ularning sog'liq uchun foydalari, shuningdek, bolalar rivojlanishiga ta'siri
ko'rib chiqiladi. O'yinlar orqali bolalar jismoniy ko'nikmalarni rivojlantiradi, ijtimoiy muloqotda
faol ishtirok etishadi va jamoaviy ishni o'rganadilar. Maqolada harakatli o'yinlarni tashkil etish
bo'yicha tavsiyalar va ulardan qanday qilib maksimal foyda olish mumkinligi haqida ham
ma'lumot beriladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va elektron o'yinlarning harakatli
o'yinlarga ta'siri ham muhokama qilinadi. Umuman olganda, maqola harakatli o'yinlarning
hayotimizdagi o'rnini va ahamiyatini yoritishga qaratilgan.
Kalit so'zlar:
harakatli o‘yinlar, jismoniy faoliyat, bolalar rivojlanishi, ijtimoiy muloqot,
jamoaviy ish, sog'liq uchun foyda, o‘yinlar tashkil etish, ko‘nikmalarni rivojlantirish, zamonaviy
texnologiyalar, elektron o‘yinlar, raqobatbardoshlik, o‘yin qoidalari, bolalar sporti, o‘yin orqali
o'rganish, foydali faoliyat.
Milliy va harakatli
o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini
yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to‘pni uzatish va ilib olish,
qarshilik ko‘rsatish va boshqalar). Bu o‘yinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu,
g'oyasi) asoslab beradi. U o‘yinda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida, turli-tuman
qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengib o‘tishiga yo‘naltiriladi.
Milliy va harakatli
o‘yinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) harakatli o‘yinlar va
sport o‘yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘ynovchilarning o‘zlarini
ixtiyoriy ravishda o‘r- natilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yo‘naltirilgan, o‘zida ongli
ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo‘ladi. O‘ynovchilarning maqsadga
erishishida faol harakatlantiruvchi hara- kat talab qiladi, uni bajarishi o‘ynovchilarni o‘zlarining
ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog'liqdir (nishonga tezda yugurib borish, nishonga tez
otish, «raqibi»ga tez va epchillik bilan yetib olish yoki undan o‘zib ketish va hokazo).
Milliy va harakatli o‘yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o‘yinlaridan farqli o‘laroq,
harakatli o‘yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o‘zgartirish kiritish
mumkin. O‘yin qoidasi maqsadga erishish yo‘lida o‘yindagi qiyinchiliklarni va to‘siqlarning
xarakterini aniqlaydi.
Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab
qilmaydi. Shuning uchun o‘yin qoidasi o‘yin qatnashchilari va rahbarlarning (o‘qituvchilar)
o‘zlari o‘tkazilayotgan o‘yinning sharoitiga qarab uni o‘zgartirib boradilar. Chunki unda
o‘ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta- kichikligi belgilanmagan bo‘ladi,
shuningdek, asbob-anjomlar ham o‘zgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to‘p,
kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo).
Sport o‘yinlari — bu harakatli o‘yinlarning eng yuqori bosqichi- dir. Bunda o‘yin qoidasi
qat'iy belgilangan bo‘lib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport o‘yinining o‘ziga
xosligi o‘yin jarayonida ma'lum taktikada o‘zini tutishi va murakkab harakat texnikasi
hisoblanadi. Bu esa o‘yin qatnachilaridan maxsus tayyor- garlik va mashqni talab qiladi. Har bir
119
sport o‘yini belgilangan o‘yinchilarning soniga, maydon o‘lchamlari va asbob anjomlariga ega
bo‘ladi.
Ayrim sport o‘yinlarida ba'zi o‘yinchilarda mutaxassisligi bo‘lishi zarurdir (hujumga,
himoyaga, darvozabon va b.q). Sport o‘yinlarining u yoki bu o‘yinida qat'iy qoidaga mos ravishda
maxsus hakamlik qilishni talab qladi. Ayrim sport o‘yinlarida o‘yin qatnashchilarining tarkibiga
qarab bir necha marta (o‘quvchilar yoki kattalar, erkaklar yoki o‘smir qizlar) o‘zgartirilishi
mumkin.
Sport o‘yinlari sport turi hisoblanadi. Bular bo‘yicha har xil darajadagi musobaqalar
o‘tkaziladi. Natijada sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi
o‘yinchilarga sport razryad- lari va unvonlar beriladi.
Ayrim harakatli o‘yinlar (masalan, «lapta», «voleybol» va hokazo) mashg'ulotning maqsadi,
ko‘rsatmasi va uni tashkil qilish usullariga bog'liq holda, ayrim holatlarda haqiqatan ham
o‘zining xarakteriga qarab harakatli (elementlari) o‘yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport
o‘yinlari sifatida o‘tkaziladi. Masalan, o‘yin qatnashchilari tasodifan yig'ilib qolganda (dam olish
o‘yinlarida, sayllarda) ular haqiqatan ham harakatli o‘yin xarakteriga ega bo‘ladi.
Milliy va harakatli o‘yinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik
vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport o‘yinla- riga va boshqa sport turlariga hamda
«Alpomish» va «Barchinoy» test me'yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bo‘lib ham
hisoblanadi.
Milliy va harakatli o‘yinlar o‘ziga xos bo‘lishi mumkin (yakka tartibda), u hammadan
ko‘proq tez-tez bolalarning o‘zlari tomonidan (to‘p o‘yini, arg'amchi bilan chambarakni
aylantirish va boshqalar) tashkil etiladi. Ulardan tarbiyachi-pedagog va yetakchilar tomonidan
bolalarning faol dam olishini tashkil qilish maqsadida foydalanish mumkin (tanaffusda, kuni
uzaytirilgan guruhda va boshqa holatlarda).
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan (guruh) harakatli o‘yinlar alohida pedagogik ahamiyatga ega
bo‘ladi, chunki ularda o‘ynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar, bo‘limlar va sport seksiyasida
shug'ullanuvchilar qatnashadilar. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarda har doim
musobaqalashish elementi o‘ziga xos bo‘lib (har bir kishi o‘zi uchun yoki har bir kishi o‘z jamoasi
uchun), shuningdek, belgilangan maqsadga erishishida, qiziqishni uyg'otishda bir-biriga yordam
berish va o‘zaro yordamdan iborat bo‘ladi. Jamoa o‘yinlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki,
o‘yinda hamma — vaqt holatni o‘zgarib turishi, o‘yinchilardan tezlik reaksiyasi talab qilinadigan
bo‘ladi. Shuning uchun o‘yin jarayonida o‘zaro munosabat har doim o‘zgarib turadi: har bir kishi
o‘zi uchun yoki o‘zining jamoasi uchun «raqib- lari»ga nisbatan eng qulay holatni yaratishga
intiladi.
Milliy va harakatli o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Ular alohida o‘yinlar bo‘yicha
o‘tkazilishi mumkin, o‘yinga qo‘yilgan vazifa taxminan bir xil sinflar bir xil yoshdagi
o‘quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq harakatli o‘yinlar majmuasi
bo‘yicha musobaqa o‘tkazishning pedagogik ahamiyati shundaki, bunga har xil jismoniy sifat va
malakalarni tarbiyalashga yordam beradigan turli-tuman o‘yinlar kiritiladi. Harakatli o‘yin
majmuasi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar, o‘smir- lar, yoshlar va
kattalar qatnashishlari mumkin, biroq o‘yindagi vazifa har xil bo‘lishi mumkin.
Milliy va harakatli o‘yin bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqadagi bu juz'iy o‘zgarish sport
o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarga nis- batan bir oz farq qiladi, chunki sport
o‘yinlari qat'iy belgilangan sharoitda va qoida bo‘yicha o‘tkazilishi talab qilinadi.
120
Har bir milliy va harakatli o‘yin o‘zining mazmuni shakli (tuzilishi) va metodik xususiyatiga
egadir. Milliy va harakatli o‘yinlarning mazmuni quyida- gilardan iborat: mavzu yoki mazmun
(ifodali yoki shartli o‘ylab qo‘yilgan ish, o‘yin rejasi) maqsadga erishish uchun o‘yinga kiradigan
harakat va qoidalar.
Milliy va harakatli o‘yinlarning shakli qo‘yilgan maqsadga erishish usul- larini keng tanlash
imkoniyatiga ega bo‘lishi, o‘yin qatnashchilarining harakatini tashkil qilishdan iborat. O‘yin
qatnashchilari bir xil o‘yinlar- da o‘zining shaxsiy qiziqishlariga erishish uchun yakka yoki guruh
bo‘lib harakat qiladilar, boshqalarida esa o‘zlarining jamoalari qizi- qishlarini himoya qiladilar.
Shuningdek, o‘yin uchun o‘ynovchilar har xil tuzilishda yoki shaklda (sochilib yoki tarqalib,
doirada, safda, qatorda) turadilar.
O‘yin shakli mazmuni bilan bog'liq ravishda kelib chiqadi.
O‘yinning metodik jihatdan o‘ziga xos xususiyati uning mazmuni va shakliga bog'liqdir.
Milliy va harakatli o‘yinlar metodik jihatdan o‘ziga xos bo‘ladi:
jonliligi;
chegaralangan qoida bo‘yicha maqsadga erishishda mustaqil harakat qilish;
qoidaga mos ravishda ijodiy tashabbuskorlik bilan harakat qilish;
o‘yindagi alohida rollarni bajarish, uning mazmunia muvofiq- ligi, o‘yin qatnashchilarini
jamoadagi ma'lum darajadagi o‘zaro munosabati o‘rnatiladi;
to‘satdan o‘yinda o‘zgarib qolish holati, bu esa o‘yinchi- lardan tashabbuskorlikni, tez
reaksiyani talab qiladi;
o‘yindagi musobaqa elementlari o‘yinda jo‘shqinlikni (emotsio- nallik) oshiradi va kuchni
to‘liq sarf qilishni talab qiladi;
o‘yinda kelib chiqadigan «kelishmovchiliklar»ni hal etishda qarama-qarshi tomonlarning
manfaatlarini bir-biriga zid qo‘ymoq esa yuqori darajadagi jo‘shqinlik tonusini yaratadi.
Milliy va harakatli o‘yinlar nafaqat vosita, balki bolani jismoniy tarbiya metodi bo‘lib ham
hisoblanadi. Tarbiyada o‘yin metodining tushun- chasi o‘yin metodikasining o‘ziga xos
xususiyatini inkor qiladi, ya'ni bu boshqa tarbiya jihozlaridan uning metodi munosabatda
bo‘lishida farqlanadi (musobaqa elementi, syujetning mavjudligi, maqsadga erishishning turli-
tuman usullari, nisbatan mustaqil harakati).
O‘yin metodi ayniqsa murakkablashgan va o‘zgartirilgan sharoitda harakatni kompleks
takomillashtirish uchun foydalaniladi.
Milliy va harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya va o‘yin metodi vositasi sifatida jismoniy
sifatlarni takomillashtirishga hamda tarbiyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, harakatli
o‘yinlarda gimnastika, yengil atletika, chang'i va boshqa sport turlari mashg'ulotlarida alohida
malaka, ko‘nikma hamda tabiiy harakatlarni mustahkamlaydi va takomillashtiradi.
Pedagogika amaliyotida harakatli o‘yinlarning ikkita asosiy turidan foydalaniladi:
1. Erkin, ijodiy yoki erkin o‘yinlar, bunda o‘yin qatnashchilari- ning o‘zlari o‘yin rejasini
belgilashadi va belgilangan maqsadni o‘zlari amalga oshirishadi. Bu bolalarda go‘daklik,
maktabgacha yoshda va kichik maktab yoshida ular hammadan ko‘ra tez-tez mazmunli bo‘ladi,
chunki o‘yinning mazmuniga qarab rol taqsimlanadi, shu- ning uchun ularni psixologiyada g'o‘la
shaklida o‘ralgan, deb ataladi. Ular alohida yoki bir kishilik va guruh shaklida bo‘lishi mumkin.
2. Belgilangan qoidaga asosan tashkil qilingan harakatli o‘yinlar unga katta yoshdagi
bolalar-yetakchilarning o‘zlari rahbarlik qilishlari talab qilinadi.
O‘yin mazmuni va murakkabligi bo‘yicha juda ham turli tumandir:
121
Oddiy jamoasiz harakatli o‘yinlar, bunda har bir o‘yin qat- nashchisi, o‘yin qoidalariga rioya
qilgan holda, bitta o‘zi uchun kurashadi. O‘quvchilardagi barcha o‘yin faoliyati shaxsiy tako-
millashtirishga, boshqalar ustidan epchillik, aniq nishonga tekkizishda, kuchda, tezkorlikda va
boshqa sifatlar bo‘yicha shaxsan ustunlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bu o‘yinlarda eng asosiy
ahamiyat shaxsiy tashabbuskorlikni va harakat imkoniyatini, o‘zining shaxsiy sifatlari- dan
foydalanishini bilish maqsadga muvofiqdir.
Ko‘proq murakkab, jamoali o‘yinlarga o‘tishga oid harakatli o‘yinlar, bunda o‘ynovchilar
birinchi navbatda o‘zlarining qiziqish- larini himoya qilishga, ayrim paytlarda shaxsiy
imkoniyatlarini, o‘rtoqlariga yordam berish, ularni qutqarib qolish bo‘yicha ularni o‘yinda
hujumchilardan qutqarib qolishga yordam beradilar («Pet- nachi, qo‘lingni ber», «Yugurib
o‘tish»). Ba'zi vaqtlarda o‘yinchilar maqsadlariga erishish uchun boshqa o‘yinchilar bilan
vaqtincha ham- korlikda ishlashga kirishishlari mumkin. Ayrim o‘yinlarda bunday hamkorlik
qilish qoida bo‘yicha nazarda tutilgan («Oq ayiqlar» va «Tovonbaliq va cho‘rtanbaliq»).
D) Jamoali harakatli o‘yinlar — bunda o‘ynovchilar alohida- alohida jamoada-jamoalarni
tashkil etadilar. Ular o‘zlarining shaxsiy qiziqishlarining jamoani qiziqishiga bo‘ysinish, umumiy
maqsadga erishishga yo‘naltirganligi, jamoaning birgalikdagi foliyati bilan ta'riflanadi. Har bir
o‘yinchining harakatidan jamoaning barcha muvaffaqiyati har bir o‘yinchining harakatiga bog'liq
bo‘ladi. Jamoa o‘yinlarida tez-tez harakatning o‘zaro mosligi va o‘yinga umumiy rahbarlik qilish
uchun o‘ynovchilar orasidan jamoaning sardorlarini ajratishga imkoniyat paydo bo‘ladi, barcha
o‘yinchilarning sardorga bo‘ysinishlari majburiy hisoblanadi.
Jamoali o‘yinlardan ayrimlari yarim sport xarakteriga ega bo‘ladi: ular ko‘proq o‘yining
texnikasi, harakat texnikasi bo‘yicha murakkab bo‘lib, ma'lum qoida bo‘yicha o‘tkaziladi. Ba'zi bir
o‘yinlarda maxsus rollar talab qilinadi. Ayrim to‘plamlarda bunday o‘yinlar yarim sport o‘yinlari,
deb ataladi («To‘p kapitaniga», «Lapta»).
Pedagog harakatli o‘yinlarning keng qo‘llanilishini ish sharoitini hisobga olish bilan har xil
pedagogik vazifalarni hal etish uchun o‘yinni maxsus tanlab olishi talab qilinadi.Buning uchun
ma'lum belgilar bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan o‘yinning ishchi guruhi tashkil etiladi.
O‘yinlar quyidagicha taqsimlanadi:
Ularni mazmuniga ko‘ra murakkablik darajasi bo‘yicha. Oddiy o‘yinlardan to murakkab
o‘yinlargacha (yarim sportga).
Bolalarning yoshi bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish (7—9, 10—12,13—15
yoshli bolalar uchun o‘yinlar). Bu belgilar umumiy ta'lim maktablari uchun jismoniy tarbiya
dasturida foydala- nilgan (1—4, 5—9-sinflar uchun).
O‘yinlarda ko‘proq keladigan harakat turlari bo‘yicha (umum- rivojlantiruvchi mashq
elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar, yugurish, balandlikka sakrash bilan o‘ynash, turgan joyda
yugurib o‘ynash, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan nishonga uloqtirish bilan o‘ynash,
koptokni oshirish va ilib olish bilan o‘ynash).
O‘yinda ko‘proq namoyon qilinadigan jismoniy sifatlar (kuch, chidamlilik, epchillik, tezlik,
egiluvchanlikni ko‘proq tarbiyalashga yordam beradigan o‘yinlar). Hammasi bo‘lib, bu sifatni
tez-tez birga qo‘shib bajarilganda namoyon bo‘ladi. O‘yinni harakat turlari va jismoniy sifatlari
bo‘yicha taqsimlashni asosan jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg'ulotlarning barcha shakllarida
foydalaniladi.
122
Alohida sport turlariga tayyorlaydigan o‘inlar u yoki bu sport turlariga zarur bo‘lgan
jismoniy sifatlarni tarbiyalashda, ayrim texnika va taktika elementlarini mustahkamlash va
takomillashtirishda foyda- laniladigan harakatli o‘yinlar.
O‘ynovchilarni o‘zaro munosabatiga bog'liq bo‘lgan o‘yinlar: a) o‘yinchilar to‘g'ridan-to‘g'ri
«raqibi» bilan bir-biriga tegmasdan o‘ynaladigan o‘yinlar; b) «raqibi» bilan bir-biriga tegish
chegaralangan o‘yinlar; d) «raqib» bilan to‘g'ridan-to‘g'ri kurashadigan o‘yinchilar, ayrim
pedagoglar o‘ynovchilarni o‘zaro munosabati bo‘yicha o‘yinlarni taqsimlab, uni «oddiy»ga
bo‘ladilar, bunda har bir maqsad ketidan yurib boshqalarga nisbatan munosabatsiz bo‘ladi va
«murakkab» o‘ynovchilarni guruhlarga, jamoalarga, bo‘limlarga bo‘linish bilan o‘ynaladigan,
bunda har bir o‘yinchi o‘zlarining jamoalariga e'tibor beradi.
Turli-tuman ish holatida uni ko‘proq to‘g'ri tanlashga yordam beradigan boshqa har xil
belgilar vabo‘yicha guruhlarga ajratila- digan o‘yinlar:
a) mashg'ulotni tashkil qilish shakli bo‘yicha (darsda, tanaffusda, yig'ilishlarda,
bayramlarda o‘tkaziladigan o‘yinlar); b) motor zichligi xususiyati bo‘yicha (katta, o‘rtacha
harakatchanlik va kam harakatli o‘yinlar); d) ish joylarini va mavsumlarni hisobga olish bilan
(yozda, qishda, bino ichida, ochiq havoda) o‘ynaladigan o‘yinlar.
Har xil ish sharoitida qo‘yilgan pedagogik vazifani yechish maqsadida o‘yinlar ko‘proq
batafsil taqsimlash uchun bir vaqtning o‘zida to‘liq bir qator belgilari hisobga olinadi, uning eng
asosiylari: bolalarning tayyorgarligi va yoshi, o‘smirlar, o‘yinga kiruvchi, harakat turlarini ushbu
o‘yinlar u yoki boshqa axloqiy-irodaviy va jismoniy sifatlarni ko‘proq namoyon qilish, o‘yinda
o‘ynovchilarni o‘zaro munosabat prinsiplaridir.
Professor V.G. Yakovlev o‘yinlarning alohida guruhlarini bir- lashtirib, o‘yin
qatnashchilarining o‘zaro harakati va o‘zaro muno- sabati prinsiplaridan kelib chiqib, jamoa
bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarning pedagogik tasnifini taklif qildi.
Ushbu tasnif pedagogni bolalarda jamoaning qiziqishini tarbiya- lashga yo‘naltiradi.
Bunday o‘yin materiallarini taqsimlanishi metodik ketma-ketlikni yoki izchillik o‘rnatishni
yengilashtiradi va o‘yinni mazmuni va shakli bo‘yicha murakkablik darajasini aniqlashga yordam
beradi.
Bizning mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash amaliyoti shunga
guvohlik beradiki, bolalarda va o‘smirlarda yuqori axloqiy hamda jismoniy sifatlarni
shakllantirishning eng muhim vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha
yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasida juda katta o‘rin egallaydi, chunki
ular salomatlikni saqlash va mustahkamlashda, jismoniy rivojlanishni normal bo‘lishiga, harakat
malakalarini kompleks takomillashtirishga qulaylik tug‘diradi.
References:
1.
T.Usmanxo‘jayev,A.Po‘latov,S.Tajibayev,F.Pulatov Sport va harakatli o‘yinlar. Darslik.
Cho‘lpon Toshkent-2018.
2.
Raximqulov K.D. “Milliy harakatli o‘yinlari” O‘quv qo‘llanma T.: 2012 y.
3.
Usmonxo‘jaev T, Tolipjonov A, Meliev H, Xotamov N “500 harakatli o‘yinlar” uslubiy
qo‘llanma Yangi asr avlodi nashriyoti Toshkent 2014 y.
4.
T.S.Usmonxujayev, F.Xo‘jayev «1001 o‘yin» T. «O‘qituvchi» 1990 y.