23-12-2024
118-122
148
50
HARAKATLI O‘YINLARNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Harakatli o'yinlar - bolalar va kattalar uchun jismoniy faoliyatni rag'batlantiruvchi, qiziqarli va foydali o'yinlar to'plamidir. Ushbu maqolada harakatli o'yinlarning ahamiyati, ularning sog'liq uchun foydalari, shuningdek, bolalar rivojlanishiga ta'siri ko'rib chiqiladi. O'yinlar orqali bolalar jismoniy ko'nikmalarni rivojlantiradi, ijtimoiy muloqotda faol ishtirok etishadi va jamoaviy ishni o'rganadilar. Maqolada harakatli o'yinlarni tashkil etish bo'yicha tavsiyalar va ulardan qanday qilib maksimal foyda olish mumkinligi haqida ham ma'lumot beriladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va elektron o'yinlarning harakatli o'yinlarga ta'siri ham muhokama qilinadi. Umuman olganda, maqola harakatli o'yinlarning hayotimizdagi o'rnini va ahamiyatini yoritishga qaratilgan.