12
INKLYUZIV TA’LIM – HAMMA BOLALAR UCHUN TENG IMKONIYATLAR
Xidirova M.Q.
Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi,
Ortiqova S.S.
Guliston davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14558037
Annotatsiya:
Ushbu maqola inklyuziv ta’limning ahamiyati, uning jamiyatdagi roli va
O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni ko‘rib chiqadi. Inklyuziv ta’limning
asosiy maqsadi har bir bolaning ehtiyojlariga mos ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlash va
jamiyatda tenglik, adolat yaratishdir. O‘zbekiston Prezidentining ta’lim sohasidagi yondashuvlari
va ta’lim mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan islohotlar orqali inklyuziv ta’limni joriy
etishning samaralari tahlil qilingan. Maqolada pedagoglar, innovatsion texnologiyalar va
jamiyatdagi inklyuziv ta’limning o‘rni haqida ham muhim fikrlar taqdim etilgan. Bu maqola
inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar:
Inklyuziv ta’lim, tenglik, adolat, imkoniyatlari cheklangan bolalar, ta’lim
tizimi, pedagoglar, innovatsion texnologiyalar, integratsiya, ta’lim islohotlari.
Abstract:
This article discusses the importance of inclusive education, its role in society,
and the reforms being implemented in the education system of Uzbekistan. The main goal of
inclusive education is to provide every child with educational opportunities tailored to their
needs and to create equality and justice in society. Through the approaches of the President of
Uzbekistan and reforms led by education specialists, the article analyzes the outcomes of
implementing inclusive education. It also provides valuable insights into the role of teachers,
innovative technologies, and the place of inclusive education in society. The article includes
recommendations aimed at further developing inclusive education.
Keywords:
Inclusive education, equality, justice, children with disabilities, education
system, teachers, innovative technologies, integration, education reforms.
Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning maqsadi davlatimiz kelajagiga
mustahkam poydevor qurishdan iborat. Bu poydevor sog‘lom, yetuk va barkamol shaxslarni
tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham ta’lim sohasida turli
islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim sohasidagi bu islohotlarning asosini “Ta’lim tog‘risidagi
qonun”tashkil etadi. E’tiborga molik jihati shundaki ushbu qonunning 20-moddasi aynan
inklyuziv ta’limga qaratilganligidir.
Inklyuziv ta’lim – bu barcha bolalar, jumladan, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun
umumiy ta’lim tizimiga integratsiya qilishni nazarda tutadigan yondashuvdir. U har bir bolaga
uning ehtiyojlariga qarab ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, uni jamiyatga muvaffaqiyatli
integratsiyalashga yordam berishni maqsad qiladi. Inklyuziv ta’limning asosiy vazifasi – har bir
bolaning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalangan holda, unga eng yaxshi ta’limni
taqdim etishdir.
Inklyuziv ta’lim jamiyatda barcha bolalarga teng imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Masalan, O‘zbekiston
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yildagi ma’ruzalarida ta’lim tizimida inklyuzivlikni
joriy etishning ahamiyati haqida alohida ta’kidlangan edi. Bu, ayniqsa, imkoniyatlari cheklangan
bolalar uchun o‘quv muassasalarida moslashuvchan sharoitlar yaratish zarurligini ko‘rsatadi.
13
Ushbu tamoyilga asoslanib, inklyuziv ta’lim tizimi bolaning ijtimoiy moslashuvni yaxshilashga,
uning o‘zini erkin tutishi va jismoniy, psixologik rivojlanishiga imkon yaratadi [1].
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi degan savolga shunday javob
berish mumkin:
-O‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etib,qobiliyatlarini yanada ko‘proq namoyon qilish
-Mustaqil harakatlanish
-Birgalikda va hamkorlikda ishlash imkoniyatini
-Dunyoqarashi kengaydi
-Atrofdagi muhitga munosabati o‘zgaradi
-O‘zidan qoniqmaslik hissi bartaraf etiladi va eng muhim jihati anomal bolalar ta’lim oladi.
Inkyuziv ta’lim sog‘lom bolalar hayotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ular o‘zlariga
o‘xshamagan tengdoshlarining ehtiyojlarini his qiladilar, ularda atrofdagilarga nisbatan
g‘amxo‘rlik hissi oshadi, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi, yordamga muhtoj insonlarga e’tiborsizlik
qilmaydigan shaxsga aylanadi.Alohida ehtiyojli bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan
birgalikda o‘z qobiliyat darajasida faoliyat ko‘rsatish, ta’lim olishi, kasb-xunar o‘rganishi va
rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga
muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalandilar, ijtimoiy hayotda teng xuquqliligini, o‘z
tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar.
Inklyuziv ta’limning eng asosiy printsipi – bu tenglik va adolat. Har bir bola o‘zining
ehtiyojlariga mos ta’lim olish huquqiga ega. O‘zbekistonning taniqli ta’lim mutaxassisi, professor
Shuhrat Abdullayevning “Ta’limda inklyuzivlik” maqolasida ta’kidlanishicha, inklyuziv ta’lim
jamiyatda barcha bolalarga teng imkoniyatlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, har
bir bola o‘z imkoniyatlariga qarab ta’lim olishi, jamiyatga moslashishi uchun sharoitlar yaratish
zarurati mavjud[2].
Ta’lim jarayonining asosiy markaziy figuralaridan biri sifatida pedagog shaxsi shakllanishi
hozirgi zamon pedagogika fanining dolzarb mavzularidan biridir [6 ]. Ta’lim tizimida inklyuziv
yondashuvni joriy qilishda o‘qituvchilar, pedagoglar va psixologlar o‘rtasida hamkorlik
muhimdir. Chunki ular har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olib, ta’limni samarali
tarzda tashkil etishi kerak. Inklyuziv ta’lim o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan
iborat:
Pedagogik bilim va malaka
Individual yondashuv
Empatiya va psixologik ko‘nikmalar
Moslashuvchanlik va kreativlik
Maxsus yordam ko‘rsatish va resurslardan foydalanish
Jamoaviy ishlash va hamkorlik
Keng qamrovli ta’lim va o‘z-o‘zini rivojlantirish
Ijtimoiy va madaniy bilimsizlikni kamaytirish
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun pedagoglar maxsus treninglardan o‘tishi, inkluziv
yondashuvni o‘z darslarida qo‘llashga tayyor bo‘lishi lozim. Bu, o‘qituvchidan nafaqat umumiy
ta’lim metodologiyasini, balki maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash bo‘yicha metodlarni bilishni
talab qiladi. O‘qituvchi har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olishni talab qiladi. Bu
bolalarning turli darajadagi qobiliyatlari va imkoniyatlariga mos darslar tayyorlashni anglatadi.
14
O‘qituvchi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini (masalan, ko‘zi ojiz, eshitish qobiliyati past,
ruhiy rivojlanishdagi o‘zgarishlar) tushunib, har biriga individual o‘quv reja va strategiyalar
ishlab chiqishi kerak.
Inklyuziv ta’limda o‘qituvchidan yuqori darajada empatiya va bolalar bilan psixologik
aloqalar o‘rnatish qobiliyati talab qilinadi. O‘qituvchi bolalar bilan ijobiy va qo‘llab-quvvatlovchi
munosabatda bo‘lishi kerak, chunki imkoniyatlari cheklangan bolalar o‘zlarini ko‘pincha
jamiyatdan ajratilgan yoki orqada qolgan his qilishlari mumkin. O‘qituvchining doimiy psixologik
qo‘llab-quvvatlashi va ijobiy munosabati, bolaning o‘qishdagi muvaffaqiyatini ta’minlashda
muhim rol o‘ynaydi.
Inklyuziv ta’lim o‘qituvchisi har bir bolaning ehtiyojiga qarab, o‘z metodlarini va dars
jarayonini moslashtirishi zarur. O‘qituvchi kreativ yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni
qo‘llay olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun, o‘qituvchi o‘quv materiallarini,
texnik vositalar va metodlarni birlashtirib, darsni bolalar uchun qiziqarli va samarali qilishda
moslashuvchan bo‘lishi zarur.
O‘qituvchi maxsus texnologiyalardan (masalan, surdo-pedagogik vositalar, brail yozuvi,
kompyuter dasturlari) foydalangan holda, ta’limni qulay va samarali qilishga harakat qilishi
kerak. Shuningdek, o‘qituvchi psixologlar, logopediya mutaxassislari va boshqa pedagogik
xizmatlar bilan hamkorlik qilishi zarur.
Inklyuziv ta’lim o‘qituvchisi doimiy ravishda o‘z bilimini oshirishga, yangi yondashuvlar va
metodlarni o‘rganishga intilishi kerak. Ta’lim tizimida yangilanishlar bo‘lishi bilan, o‘qituvchi
yangi bilim va ko‘nikmalarni olishga va o‘z malakasini doimiy ravishda rivojlantirishga tayyor
bo‘lishi kerak. Kompyuter texnologiyalari, maxsus o‘quv dasturlari va onlayn ta’lim
imkoniyatlari, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ta’limni yanada qulay va samarali qilishga
yordam beradi. Shu bilan birga, bu texnologiyalar o‘qituvchilarga ham individual yondashuvni
amalga oshirishda ko‘maklashadi.
Masalan, Toshkent shahridagi maktablardan birida maxsus dastur asosida surdo-
pedagoglar yordamida ta’lim olishayotgan bolalar uchun moslashtirilgan o‘quv dasturlari ishlab
chiqilgan. Bu dasturlar bolalarning ta’lim olish jarayonini osonlashtiradi va ular uchun qulay
sharoit yaratadi.
Inklyuziv ta’lim nafaqat ta’lim tizimi, balki jamiyatning umumiy taraqqiyoti uchun ham
juda muhimdir. Imkoniyatlari cheklangan bolalarning o‘qish va jamiyatga moslashish jarayonida
ularning psixologik va ijtimoiy rivojlanishi uchun inklyuziv ta’lim sharoitlari zarur. Bu bolalar
boshqa bolalar bilan birga o‘qib, ular bilan ijtimoiy aloqalar o‘rnatib, jamiyatda muvaffaqiyatli
qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Respublikamizda inklyuziv ta’limning rivojlanishi jamiyatdagi ijtimoiy integratsiya
jarayoniga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv yordamida bolalarga teng imkoniyatlar
yaratilib, jamiyatdagi barcha a’zolarga hurmat va qadriyatlar asosida munosabatda bo‘lishga
rag‘batlantiriladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, inklyuziv ta’lim har bir bolaning o‘z imkoniyatlari va
ehtiyojlariga mos ta’lim olish huquqini ta’minlash orqali jamiyatni yanada barqaror va adolatli
qilishga yordam beradi. O‘zbekistonning ta’lim tizimida ushbu tamoyilni rivojlantirish va joriy
qilish uchun ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Pedagoglar, psixologlar va texnologiyalarni
qo‘llash orqali inklyuziv ta’limni rivojlantirish orqali biz har bir bola uchun teng imkoniyatlar
yaratishga erishishimiz mumkin.
15
References:
1.
Mirziyoyev Sh. “O‘zbekistonning ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha yangi yondashuvlar”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’ruzasi 2020.
2.
Abdullayev Sh. Ta’limda inklyuzivlik. Tashkent: O‘zbekiston davlat pedagogika universiteti
nashriyoti 2018.
3.
Muminova L.R., Shomahmudova R.Sh., Axmedova Z.M. “Inklyuziv ta’lim” o‘quv qo‘llanma.
Toshkent – 2019
4.
Muzaffarova X.N., Tangirova D. “Inklyuzv ta’lim” fani bo`yicha o`quv metodik qo`llanma /
Jizzax davlat pedagogika instituti/. 2011 y.
5.
Ra’no, D. S., Khidirova, M. Q., Nosirova, D. S., & Jonzoqova, S. A. COLLABORATIVE LEARNING
TECHNOLOGY BASED ON THE CONTENT OF THE FORMATION OF STRATEGIC COMPETENCE.
6.
Xidirоva, M., & Bahromov, A. (2024). O ‘QITUVCHINING KASBIY DEFORMATSIYASI.
Modern
Science and Research
,
3
(5), 825-828.
7.
Xudoyberdiyev N. Jamiyatda inklyuziv ta’limning o‘rni. Xorazm pedagogika instituti
maqolasi 2019 y.
8.
Жамолдинова, О. Р. (2010). Проблемы формирования культуры здорового образа
жизни в семье. Молодой ученый, (7), 264-266.
9.
Shagazatova, B. K., & Alisherovna, K. N. (2023). Changes in the Incretin Levels After Gastric
Bypass. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 4(2), 446-450.
10.
Аynisa, M. (2018). Improvement of the pedagogical mechanisms of the family and
educational institutions in the development of the spiritual culture of adolescents of social and
legal risk groups. Проблемы педагогики, (1 (33)), 5-7.