Авторы

  • Sherzod Choriyev
    O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi talabasi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.61962

Ключевые слова:

давлат бюджети кассали режалаштириш даромадлар прогнози эмиссия бюджетнинг даромадлари маблағ жалб қилиш кутилаётган даромадлар инфляция Ғазначилик молиявий оқимлар.

Аннотация

Ушбу мақолада давлат давлат бюджети маблағларини режаалаштириш ва бошқаришнинг бугунги кундаги аҳамияти чуқур ўрганилган. Бюджет маблағларини режалаштириш ва бошқариш Давлат ихтиёридаги марказлаштирилган пул жамғармаларининг самарали ижросини таъминлаши, давлат юритаётган сиёсатнинг муваффақиятли бўлиши имконини бериши ҳамда бюджетни кассали режалаштиришнинг хориж тажрибаси тадқиқ этилган.


background image

4

BYUDJET MABLAG`LARINI REJALASHTIRISH VA BOSHQARISHNING ASOSIY

YO`NALISHLARI

Choriyev Sherzod Abdurasulovich

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi talabasi,

tel: 88 243-50-30;

e-mail: sherzodch80@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14556907

Аннотация:

Ушбу мақолада давлат давлат бюджети маблағларини режаалаштириш

ва бошқаришнинг бугунги кундаги аҳамияти чуқур ўрганилган. Бюджет маблағларини
режалаштириш ва бошқариш Давлат ихтиёридаги марказлаштирилган пул
жамғармаларининг самарали ижросини таъминлаши, давлат юритаётган сиёсатнинг
муваффақиятли бўлиши имконини бериши ҳамда бюджетни кассали режалаштиришнинг
хориж тажрибаси тадқиқ этилган.

Таянч сўз ва иборалар:

давлат бюджети, кассали режалаштириш, даромадлар

прогнози, эмиссия, бюджетнинг даромадлари, маблағ жалб қилиш, кутилаётган
даромадлар, инфляция, Ғазначилик, молиявий оқимлар.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПЛАНИРОВАНИЯ И УПРАВЛЕНИЯ БЮДЖЕТНЫМИ

СРЕДСТВАМИ

Аннотация:

В данной статье сегодня подробно изучается важность планирования и

управления средствами государственного бюджета. Планирование и управление
бюджетными средствами обеспечивает эффективное использование централизованных
средств, находящихся в распоряжении государства, обеспечивает успех политики
государства, изучен зарубежный опыт кассового бюджетного планирования.

Ключевые слова:

государственный бюджет, кассовое планирование, прогноз

доходов, эмиссия, доходы бюджета, привлечение средств, ожидаемые доходы, инфляция,
казначейство, финансовые потоки.

FOREIGN EXPERIENCE IN PLANNING AND MANAGEMENT OF BUDGETARY

FUNDS

Abstract:

This article today examines in detail the importance of planning and managing

state budget funds. Planning and managing budget funds ensures the effective use of centralized
funds at the disposal of the state, ensures the success of state policy, and examines foreign
experience in cash budget planning.

Keywords:

state budget, cash planning, revenue forecast, emission, budget revenues, fund

raising, expected revenues, inflation, treasury, financial flows.

Byudjet kassa ijrosining mohiyati va afzalliklari daromadlarning kelib tushishi va

xarajatlarning amalga oshirilishini barqarorlashtirishdan iborat. Ushbu jarayon Davlat
byudjetining kassa ijrosini rejalashtirish va boshqarishning murakkab tizimini o‘zida mujassam
etadi va, o‘z navbatida, Davlat byudjeti ijrosini rejalashtirish mexanizmini talab etadi.

Davlat iqtisodiyotni tartibga solish tizimi orqali iqtisodiy munosabatlarning barqaror

rivojlanishini ta’minlaydi. Davlatning o‘z vazifa va funksiyalarini bajarishga hamda iqtisodiy va
ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga imkon beradigan vositalardan biri Davlat budjetidir. Davlat


background image

5

budjeti iqtisodiy vosita sifati- da ijtimoiy ishlab chiqarishga son va sifat jihatdan ta’sir etishga
qodir. Son jihatdan ta’sir etish Davlat budjeti moliyaviy resurslarini proporsiyalar bilan
taqsimlash bilan belgilansa, sifat jihatdan ta’sir etish esa qayta ishlab chiqarish jarayonida
ishtirokchilarning moliyaviy holatiga moliyaviy munosabat shakllarini tashkil qilish bilan
belgilanadi. Davlat ixtiyoridagi markazlashtirilgan pul jamg‘armalarining samarali ijrosi davlat
yuritayotgan siyosatning muvaffaqiyatli bo‘lishi imkoniyatini beradi.Davlat budjetining kassa
(tushumning haqiqatda tushishi va mablag‘ning xaqiqatda chiqishi) ijrosi mamlakat zimmasiga
yuklatilgan majburiyatlarni ijro etishning muhim mexanizmi hisoblanib, G‘aznachilik tizimida
budjetning kassa ijrosi Yagona (YaG‘H) yoki hududiy g‘azna hisobvaraqlariga pul tushumlari va
undan amalga oshirila- digan xarajatlar moliyaviy jarayonlarinio‘z ichiga oladi. Budjet kassa
ijrosining mohiyati va afzalligi daromadlarning kelib tushishi va xarajatlarning amalga
oshirilishini barqarorlashtirishdan iborat. Ushbu jarayon Davlat budjetining kassa ijrosini
rejalashtirish va boshqarishning murakkab tizimini o‘zida mujassam etadi va, o‘z navbatida,
Davlat budjeti ijrosini rejalashtirish mexanizmini talab etadi.

1-jadval

Surxondaryo viloyati mahalliy byudjeti bo`yicha 2024 yil dekabr oyida kutilayotgan

ma’lumot [3]

млрд сўм

Кўрсаткичлар

Декабрь

ойи жами

шундан ҳафталар кесимида

I ҳафта

II ҳафта

III ҳафта

IV

ҳафта

I.

Давр бошига қолдиқ

3.1

3.1

1.5

28.9

21.1

II.

Ресурслар, жами:

578.8

213

175.2

66.5

124.1

2.1

Даромадлар

309.2

95.8

60.2

66.5

86.7

Солиқ тушумлари

304.1

95.7

58.4

64.7

85.3

Бошқа тушумлар

5.1

0.1

1.8

1.8

1.4

2.2

Республика

бюджетидан

ажратиладиган

маблағлар

269.6

117.2

115

-

37.4

Трансферт

50.7

50.7

Ўзаро ҳисоб-китоб

63.9

26.5

37.4

Ўтказиб бериладиган

даромад

Ссуда

155.0

40.0

115.0

III

Харажатлар, жами:

696.9

214.6

147.8

74.3

260.1

3.1

Тасдиқланган

харажатлар

541.9

214.6

147.8

74.3

105.1

I гуруҳ харажатлари (

Иш

ҳақи ва унга

тенглаштирилган

тўловлар

262.7

148.2

43.7

30.7

40.1


background image

6

II гуруҳ (

ягона ижтимоий

тўлов ва мажбурий

суғурта бадали

)

66.0

52.6

0.4

0.5

12.6

III гурух (

қурилиш ва

реконструкция)

17.9

0.1

0.6

6.5

10.8

IV-гуруҳ (

бошқа

харажатлар

)

195.2

13.8

103.2

36.6

41.7

Коммунал тўловлар

11.4

1.0

3.2

3.0

4.2

Озиқ-овқат

15.5

2.3

3.4

5.5

4.3

Дори-дармон

6.5

0.5

1.2

2.3

2.5

Субсидия

15.8

1.5

2.2

5.4

6.7

Кўмир ва ёқилғи мойлаш

3.1

0.6

1.0

1.5

Товар ва моддий

заҳиралар

4.2

0.5

1.5

1.1

1.1

Жорий таъмирлаш

5.8

0.3

0.3

2.3

2.9

Мукаммал таъмирлаш

6.3

3.3

3.0

Асосий воситаларни

сотиб олиш

5.6

0.3

0.3

2.5

2.6

Ташаббусли бюджет

49.4

49.4

Обод қишлоқ ва обод

маҳалла

19.6

19.2

0.4

Давлат мақсадли

жамғармаларига

трансфертлар

-

Бошқа харажатлар

52.1

7.5

21.9

9.8

12.9

3.2

Ҳисоботда акс

эттирилмайдиган

харажатлар

155.0

155.0

Давлат қарзини

сўндириш (асосий қисми)

Республика бюджетига

ссуда қайтариш

155.0

155.0

IV

Давр охирига қолдиқ

-115.0

1.5

28.9

21.1

115.0


Rejalashtirishning asosiy maqsadi xato qarorlar qabul qilish xavfini pasayti- ruvchi

vositalar va muqobil variantlarni aniqlashdan iborat bo‘lib, birinchi vazifasi, tezkor rejalarning
taxminiy variantlarini ishlab chiqish bo‘lsa, ikkinchisi, moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan muayyan
ehtiyojni aniqlash va ularni prognoz qilishdan iboratdir.

Budjet ijrosini rejalashtirish kassa tushumlari va kassa to‘lovlarining muvofiqligini

ta’minlash hamda mablag‘lar jalb qilish rejalarini ishlab chiqishga asoslangan bo‘lib, budjetning
daromadlari va xarajatlarini kassali rejalashtirish va pul mablag‘larini kassali boshqarishdan
iboratdir.


background image

7

Budjetni kassali rejalashtirish – bu daromad tushumlari prognozlari, xarajat rejalari

yig‘indisi hamda ularga tuzatishlar kiritishning tezkor mexanizmidir. Budjet pul mablag‘larini
kassali rejalashtirishni beshta asosiy tarkibiy qismga ajratish mumkin:

- daromadlar prognozi va xarajatlar rejasi asosida kassa oqimlarining yillik rejasini ishlab

chiqish;

– manbalar bo‘yicha g‘azna hisobvaraqlariga daromadlar tushumlarini tashkil qilish;
– budjet xarajatlarini ijro etish uchun mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishini
ta’minlash;
– amaldagi ijro monitoringini yuritish va ularni rejadagi ma’lumotlar bilan solishtirish;
– emissiya va davlat qarzini qaytarish –qisqa muddatli ortiqcha mablag‘larni eng
qulay shartlarda budjet tadbirlarini mo- liyalash uchun yo‘naltirish. Yuqoridagi tarkibiy

qismlarning birini olib tashlash pul mablag‘larini rejalashtirish va boshqarishning buzilishiga
olib keladi.

Budjetning daromadlari va xarajatlarini kassali rejalashtirish bu daromad va xarajatlarning

hamda mablag‘ jalb qilish kassa rejalarining umumlashgan ko‘rinishidir.

Kassa rejasi – bu o‘tgan davr asosida tuzilgan va kelgusi davr o‘zgarishlarini hisobgaolgan

daromadlar va xarajatlar prognozi hamda budjetdan mablag‘ oluvchilarning kelgusidagi
to‘lovlaridir.

Kassa rejasi G‘aznachilikning (Yagona) g‘azna hisobvaraqlaridan o‘tuvchi moliyaviy

oqimlarning kunlik prognozlarini ko‘rsatadi. Yil boshi holatiga ko‘ra, kassa rejasi budjetning
tuzilishi lozim bo‘lgan daromadlar va xarajatlar yoyilmasi bilan muvofiqlashtirilib, tushumlar
bo‘yicha vaziyatning o‘zgarishiga va amalga oshirilayotgan xarajatlarning dolzarbligiga qarab
doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqishni talab etadi hamda daromadlar va xarajatlarning har oyga
bo‘lingan choraklik prognozlarini aks ettiradi. Budjet yoyilmasining daromad qismini ishlab
chiqish uchun yuzaga kelgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq stavkalari, prognoz
qilinayotgan davr daromad ko‘rsatkichlari bazasining o‘tgan davr ma’lumotlari asos bo‘lib
xizmat qilsa, uning xarajat qismini ishlab chiqish uchun esa xarajatlar smetasi asos vazifasini
o‘taydi. Xarajatlar smetalari xarajat moddalarining hajmini, maqsadli yo‘nalishlarni, saqlab
turish va muayyan tadbirlarni amalga oshirish uchun budjetdan beriladigan mablag‘larning har
oy bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beradi.

Kassa rejalarini tayyorlash daromadlar, to‘lovlar kelib tushishi va majburiyatlar mo-

nitoringini o‘tkazishni talab qiladi. Ushbu rejalardan (Yagona) g‘azna hisobvaraqlari bo‘yicha
to‘lovlar uchun pul mablag‘larining har oylik o‘tkazilishini aniqlashda foydalaniladi. Ular
tushumlarni prognoz qilish va o‘tgan oylar budjetining ijrosini tahlil qilish uchun asos
hisoblanadi.Daromadlarning va xarajatlarning kassa rejalaridan tashqari, mablag‘ jalb qilish
rejalari ham tuziladi. Mablag‘ jalb qilish (qarz olish) rejasi bu tushumlar va xarajat- larning
muvozanatlashuvini ta’minlovchi mexanizm bo‘lib, u pul mablag‘lari tushumlari va to‘lovlarining
prognozlari asosida tuziladi va bu bilan butun rejalashtirilayotgan davr uchun kassa rejasining
muvozanatlashu- viga erishiladi.

Xulosa qilib aytganda Kassa rejasining amaldagi ijrosini tahlil qilmasdan va baholamasdan

turib samarali kassa ijrosini amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, xarajatlar ustidan
umumiy nazoratni amalga oshirishni, mablag‘ jalb qilishning eng past qiymatini aniqlashni va
budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajat limitlarini (xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar)
asosini ta’minlab, pul mablag‘larini kassali boshqarishga xizmat qiladi.


background image

8

Pul mablag‘larini kassali boshqarishning maqsadi barcha budjetlarning ijrosini o‘z vaqtida

yakunlash, ehtimolli xatarlarni pasaytirish, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va
tushumlarni qabul qilish xara-jatlarini kamaytirishdan iboratdir.

References:

1.

Eshnazarov T.Sh. Davlat byudjeti g`azna ijrosi: Byudjet mablag`larine rejalashtirish va

boshqarishning asosiy yo`nalishlari. Iqtisod va moliya ilmiy elektron jurnal. 12-son, 2013. 2-6
bet.
2.

Qosimova G.A Davlat byudjeti ijrosining g`aznachilik tizimi (o`quv qo`llanma).-T.: ”Iqtisod-

moliya”, 2008.
3.

www.pfru.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari

Pensiya jamg’armasi rasmiy veb sayti ma’lumotlari.
4.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 245-son

qaroriga 1-ilova Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag`larine kassali rejalashtirish
va boshqarish tartibi toʼgʼrisida Nizom O`zbekiston Respublikasi

Библиографические ссылки

Eshnazarov T.Sh. Davlat byudjeti g`azna ijrosi: Byudjet mablag`larine rejalashtirish va boshqarishning asosiy yo`nalishlari. Iqtisod va moliya ilmiy elektron jurnal. 12-son, 2013. 2-6 bet.

Qosimova G.A Davlat byudjeti ijrosining g`aznachilik tizimi (o`quv qo`llanma).-T.: ”Iqtisod-moliya”, 2008.

www.pfru.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi rasmiy veb sayti ma’lumotlari.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 245-son qaroriga 1-ilova Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag`larine kassali rejalashtirish va boshqarish tartibi toʼgʼrisida Nizom O`zbekiston Respublikasi