27
O‘SMIRLARDA DAXLDORLIK FAZILATLARINI RIVOJLANTIRUVCHI IJTIMOIY-
PSIXOTRENING DASTURI
Bekkulova Dilfuza Mannonovna
Osiyo xalqaro universiteti 2-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14619544
Annotatsiya.
Ushbu maqola o‘smir yoshdagilar uchun ijtimoiy-psixotrening dasturini
ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, daxldorlik, empatiya va ijtimoiy mas‘uliyat kabi fazilatlarni
rivojlantirishga qaratilgan. Dasturda ijtimoiy-psixologik yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlar
orqali o‘smirlarning o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va ijtimoiy muhitga moslashish
qobiliyatlari oshiriladi. Maqolada treningning tuzilishi, maqsadlari va asosiy mashg‘ulotlari
haqida batafsil ma‘lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
Daxldorlik, O‘smir psixologiyasi, Ijtimoiy moslashuv, Psixotrening, Shaxsiy
rivojlanish, Emotsional intellekt, Jamoaviy o‘zaro munosabatlar, O‘zini anglash,
Kompetensiyalarni rivojlantirish, Motivatsiya va ishtirok, Rivojlanish strategiyalari, O‘smir
davrida shaxsiy fazilatlar, Ijtimoiy ko‘nikmalar.
Kirish.
Jahonda kundan kunga jadallashib, integrallashib borayotgan globallashuv
jarayonlari fuqarolik jamiyati, jamoatchilik nazorati, ma’rifatli jamiyat, ma’naviyatli jamiyat,
demokratik jamiyat, daxldor fuqaro, fidoyi fuqaro, madaniyatli fuqaro, erkin fuqaro kabilarni
kuchaytirish orqali yoshlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatini shakllantirish, ularni
mustaqil fikrlashga, ijtimoiy faollikka, mafkuraviy kurashchanlikka rag‘batlantirishning ijtimoiy-
psixologik omillarini aniqlash va ularning yechimlarini yaratishni taqozo etmoqda. Turli ichki va
tashqi tahdidlarga nisbatan ogoh bo‘lish, asl milliy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarashini
shakllantirishni ijtimoiy-psixologik tahlil qilib, ilmiy asoslash dolzarb muammolardan biri bo‘lib
qolmoqda.
Respublikamizda yosh barkamol, istiqbolli avlodning jismoniy, intellektual va axloqiy
jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish, ularni qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat ruhida tarbiyalash kabi ustuvor yo‘nalishlarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan tizimli
ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mazkur masalada zamonamizda mafkuraviy, g‘oyaviy
va informatsion kurash kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda turli xil ichki
va tashqi, ochiq va yashirin tahdidlarga nisbatan o‘smirlarda daxldorlik fazilatini shakllantirish
ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishning
psixologik omillarini tadqiq qilish, o‘smirlarda yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga nisbatan
daxldorlik fazilatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzu bo‘yicha boshqa olimlar ilmiy asarlari qisqacha tahlili:
Daxldorlik masalasi
Sharq mutafakkirlari Alisher Navoiy, Abu Nasr Forobiy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat,
Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriylarning asarlari o‘rganilgan. Mahalliy tadqiqotchilar E.G‘oziev,
M.Quronov, N.Safaev, F.Nabiev, Q.Nazarov, Sh.To‘raev, A.Xolbekov, S.Mamashokirov,
V.M.Karimova, A.Jabborov, A.Erkaev, O.Bozorov, N.Majidov, Sh.Abdullaeva, O.Musurmonova,
S.Nishonova, U.Mahkamov, F.Ravshanov, X.Jabborov va E.Shermonov kabilarni tadqiqotlarida
daxldorlik fazilating g‘oyaviy, siyosiy, falsafiy, pedagogik va psixologik jihatlari o‘rganilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan, E.B.Pirogova, L.I.Sokolova, Y.S.
Mishenko, S.V. Ponomarev, A.T.Kamzanova, Ye.Koloskova, Z.A. Semenova, T.P. Nesterova, R.A.
Doljenko, T.Karapetyan, S.Maddi, D.A.Leontev, T.Yu.Bazarov, B.L.Eremin, O.B.Antonov,
28
N.I.Shatalova, G.Latfullin, O.Gromova, S.Ogursov, A.N.Suxov, A.A.Derkach, N.G.Maloshonoklarning
tadqiqotlarida yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy dunyoqarashi xususiyatlarini ilmiy pedagogik-
psixologik jihatdan o‘rganganlar.
Daxldorlik fazilatini shakllanishi muammosiga oid ilmiy manbalarni tahlil qilish va tadqiqot
maqsadiga mos ravishda tizimlashtirish; o‘smirlarda islohotlarga daxldorlik fazilatini
shakllanishiga ta’sir qiluvchi psixologik xususiyat va omillarni aniqlash (yosh, jins, hudud
kesimida); o‘smirlarning islohotlarga daxldorlik fazilatlariga bog‘liq bo‘lgan shaxsliylik
xususiyatlari, irodaviy sifatlar, kognitiv jarayonlarning rivojlanganlik darajasi, shaxs
yo‘nalganligi, refleksiya darajalari bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish; o‘smirlarda islohotlarga
nisbatan daxldorlik fazilatini shakllanganlik darajalarini aniqlash; o‘smirlarda daxldorlik
fazilatini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik trening dasturlarini ishlab chiqish va
uning samaradorligini baholash; o‘smirlarda daxldorlik fazilatini shakllanishi bo‘yicha ilmiy-
amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
O‘smirlik davri shaxs rivojlanishidagi eng muhim bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda
ularning psixologik va ijtimoiy ko‘nikmalari shakllanadi. Daxldorlik, empatiya, va boshqalarga
yordam berishga tayyorlik kabi fazilatlar ijtimoiy o‘zaro aloqalarda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu fazilatlarning rivojlanishi o‘smirlarning jamoada samarali faoliyat ko‘rsatishi va kelgusida
mas‘uliyatli fuqaro bo‘lib shakllanishi uchun muhimdir.
Ijtimoiy-psixotrening – bu o‘smirlar bilan ishlashda innovatsion va samarali usul bo‘lib, u
o‘z-o‘zini anglash, boshqalarni tushunish va samarali muloqotni rivojlantirishni maqsad qiladi.
Ushbu maqolada o‘smirlarda daxldorlik fazilatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan trening
dasturi ishlab chiqiladi.
Dastur maqsadi va vazifalari.
Asosiy maqsad: o‘smirlarning daxldorlik, empatiya va
ijtimoiy mas‘uliyat kabi ijtimoiy-emotsional fazilatlarini rivojlantirish orqali ularning jamiyatga
moslashuvchanligini oshirish.
Vazifalari:
O‘smirlarga empatiya va hamdardlik fazilatlarini rivojlantirish uchun psixologik yordam
ko‘rsatish.
O‘z-o‘zini anglash va ijtimoiy muhitga moslashish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Mojarolarni boshqarish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish.
Boshqalar bilan muloqotda samimiy va hurmatli munosabatlarni shakllantirish.
Trening dasturining tuzilishi.
Dastur 8 hafta davomida o‘tkaziladi. Haftasiga bir yoki ikki
marotaba, har biri 1,5–2 soatlik mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Har bir mashg‘ulot quyidagi
tuzilishga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq:
1.
Kirish:
Ishtirokchilarning diqqatini jamlash va faollashtirish uchun qisqa o‘yin yoki
mashqlar.
2.
Asosiy qism:
Dastur mavzusiga muvofiq mashg‘ulot va faoliyatlar.
3.
Yakuniy qism:
Refleksiya va his-tuyg‘ularni tahlil qilish.
Xulosalar:
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, daxldorlik fazilati odamning ijtimoiy
mavjudot sifatidagi manfaatlaridan kelib chiqib, o‘z funksiyasini bajarishi yoki bajarmasligini hal
qiluvchi ilk signal, tanlash nuqtasi bo‘lib, aynan mazkur funksiya uning psixologik tabiatidir.
Bugungi kunda o‘quvchilar orasidagi islohotlarga, fan-taʼlimga, oila va jamiyatda bo‘layotgan
eʼtiborsizliklari tufayli tiklab bo‘lmas ofat, jinoyat, halokatlar sodir bo‘lish ehtimoli yo‘q emas
ekan, daxldorlik fazilati va uning psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish orqali mazkur fazilatni
29
har bir o‘zbekistonlik yosh yigit-qizning kompetensiyaviy fazilatiga aylantirish o‘ta muhim
ijtimoiy psixologik zarurat deb aytishimiz mumkin.
O‘smirlarda daxldorlik fazilatini namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlari yuzasidan
tarixda va bugungi kunda turli xil munozarali fikrlar mavjud bo‘lib, bu qarashlar turli
manbalarda Sharq va G‘arb mutafakkirlari ijodida, ilg‘or psixologiya vakillarining ilmiy
asarlarida asrlar davomida sayqal topib kelgan, ammo aynan o‘smirlarda daxldorlik fazilatini
namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlari muammosi psixologiyada o‘zining muayyan
nazariy-metodologik bazasiga ega bo‘lsa-da, ushbu muammoga daxldor tadqiqotlar ko‘lami hali
o‘zining mukammal yechimlariga ega bo‘lmaganligini ko‘rsatadi.
References:
1.
Avezov O.R. Shaxs psixologiyasi va kouching. Darslik, ” Kamolot” nashriyoti, Buxoro. 2025
yil. 436 bet.
2.
Avezov O.R. Oila psixoterapiyasi nazariyalari. Darslik, ”Kamolot” nashriyoti, Buxoro. 2024
yil. 316 bet.
3.
Avezov O.R., Ruziyev N.I. Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari. Darslik,” Kamolot”
nashriyoti, Buxoro. 2024 yil. 256 bet.
4.
Avezov O.R. Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat Darslik,”KAMOLOT” nashriyoti,
Buxoro. 2023 yil. 332 bet.
