66
IFODALI O‘QISH O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI
RIVOJLANTIRISHNING MUHIM VOSITASI SIFATIDA
Qosimova Aziza Farhod qizi
Nizomiy nomidagi TDPU doktoranti
kosimovaaziza173@gmail.com
+998975380998
https://doi.org/10.5281/zenodo.14793536
Annotatsiya:
ushbu maqolada o’qish va uning turlari va boshlang’ich sinf o’quvchilarida
o’qish ko’nikmalarini shakllantish, shu bilan birga ifodali o’qish ko’nikmasini takomillashtirish
haqidagi fikrlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
o’qish, o’qish turlari, ovozli o’qish, ichda o’qish, shivirlab o’qish, ifodali o’qish,
boshlang’ich sinf, ko’nikma, metodik tayyorgarlik, metodologik asos.
Аннотация:
в данной статье представлены взгляды на чтение и его виды,
формирование навыков чтения у учащихся младших классов, а также совершенствование
навыков выразительного чтения.
Ключевые слова:
чтение, виды чтения, голосовое чтение, внутреннее чтение, чтение
шепотом, выразительное чтение, начальная школа, навык, методическая подготовка,
методическая основа.
Abstract:
in this article, the views on reading and its types and the formation of reading skills
in elementary school students, as well as improving expressive reading skills, are presented.
Key words:
reading, types of reading, vocal reading, internal reading, whispering reading,
expressive reading, elementary school, skill, methodological preparation, methodological basis.
Respublika ta’lim tizimini sifatini yanada oshirishning eng muhim shartlaridan biri sifatida
maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, uzluksiz ta’limning yagona interaktiv tizimini
shakllantirish bilan bog’liq yuzaga klgan muammolarni hal qilish maqsadida bir qator qaror va
farmonlar imzolandi. Xarakatlar strategiyasining 4.4-bandida bugungi globallashuv sharoitida
maktab ta’limi, xususan, boshlang’ich ta’lim tizimida foydalanilayotgan o’quv dasturlari va o’quv
qo’llanma, darsliklarni yanada yashxilash borasida ham ma’lum ko’rsatmalar ko’rsatib o’tilgan.
Pedagogikadan atamalar lug‘atida “kompetensiya — u yoki bu soha bo‘yicha bilimdonlik”
sifatida tarif berilgan bo‘lsa, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida “kompetensiya — 1) muayyan
davlat organi (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki
boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi
bilimlar, tajriba” sifatida tariflanadi.
Kompetensiya atamasi lug‘aviy jihatdan bevosita chuqur bilimga asoslangan qobiliyat,
layoqatlilik darajasini anglatadi . Mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali
foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni bildiradi.
Umuman olganda, “kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalariga berilgan ta’riflarda
kompetensiya muayyan faoliyatda talab qilinadigan xulq-atvor, o‘zini tutish, kompetentlilik esa
ushbu talabga moslik darajasi, ya’ni kompetensiyani namoyish qilishning pirovard natijasi deb
talqin qilinadi.
Kompetentlilik tushunchasi (lotinchadan competenlia, compete so‘zidan olingan bo‘lib —
“birgalikda erishaman, qozonaman, mos kelaman, to‘g‘ri kelaman” degan ma’noni bildiradi)
lug‘atlarda esa “nimadir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish”, “xabardor
67
bo‘lmoq, huquqli bo‘lmoq” degan ma’noni bildiradi. Amalda barcha lug‘at tuzuvchilar
“kompetentlik” va “kompetensiya” kategoriyalarini chegaralab qo‘yadi. Kompetentlik ta’rifi
o‘xshash va bir-birini o‘rnini egallaydi (to‘ldiradi), shu bilan bir vaqtda kompetensiya so‘zi uchun
yagona izohlash yo‘q, bu tushuncha “vakolatlar yig‘indisi (huquq va majburiyatlar) qandaydir
organ yoki lavozimli shaxsning qonun, nizomlar bilan belgilab qo‘yilgan ushbu organ yoki boshqa
holatlar”, “nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish (egalik qilish)”,
“kimdir yaxshi xabardor bo‘lgan savollar to‘plami (sohasi)” tushuniladi.”
O‘zbek olimi N.M.Muslimovning fikricha inglizcha “competence” tushunchasining lug‘aviy
ma’nosi “qobiliyat” demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat va
qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi . Boshqa bir o‘zbek olimi I.Alievning fikricha, kompetentlik
deganda ma’lum bir egallangan kompetensiya, ya’ni ma’lum bir sifatlarning to‘liq shakllangan
majmui tushuniladi . Mazkur tushuncha lug‘atlarda “nimadir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l
beradigan bilimlarga ega bo‘lish,” “xabardor bo‘lmoq, huquqli bo‘lmoq” deya tariflanadi.
“Kompetentlik ta’rifi o‘xshash va bir-birini o‘rnini egallaydi (to‘ldiradi), shu bilan bir vaqtda
kompetensiya so‘zi uchun yagona izohlash yo‘q, bu tushuncha “vakolatlar yig‘indisi (huquq va
majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning qonun, nizomlar bilan belgilab qo‘yilgan
ushbu organ yoki boshqa holatlar”, “nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga
ega bo‘lish (egalik qilish)”, «kimdir yaxshi xabardor bo‘lgan savollar to‘plami (sohasi)” tushuniladi
. Demak, kompetentlikning ma’nolari turli sohalarda turlicha ma’no kasb etadi. Rus olimi
N.V.Tarasova bo‘lsa, “kompetensiya” tushunchasini “muammoni hal etish uchun bilim va vaziyat,
bilim va harakat o‘rtasida aloqadorlikni ta’minlash imkonini beradigan bilim, qadriyatlar,
layoqatlarga asoslangan umumiy qobiliyat” sifatida talqin etadi . Muallifning fikridan kelib
chiqqan holda, kompetensiya – insonning mavjud bilim va hayotiy tajribalarga tayangan holda
ma’lum bir muammoni hal etishga doir qobiliyati, degan xulosaga kelish mumkin.
Talaba va o’quvchilarning kommunikativ kompetentligiga nimalar kiritilishi kerakligiga
ko‘plab yondashuvlar mavjud. D.Xayms bu yerga diskursiv (aytilayotgan gapning ma’nosini qurish
qoidalari) va strategik (suhbatdosh bilan aloqani davom ettirish qoidalari), grammatik (til
qoidalari) va ijtimoiy-lingvistik (dialekt nutq qoidalari) kompetensiyalarini kiritishni zarur deb
hisobladi. Tadqiqotchi A.A.Bodalyovning izohlashicha, “muloqotning kommunikativ tomoni
insonlar orasida ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishdan, muloqotning interfaol tomoni individlar
orasida o‘zaro hamkorlikni tashkillashdan, ya’ni nafaqat bilim va g‘oyalar, shu bilan birga
xattiharakatlar bilan axborot almashinishdan..., muloqotning perseptiv tomoni bir-birlarini qabul
qilish jarayonini muloqotdagi sherik deb qabul qilishi va shuning zaminida hamjihatlik
munosabatidan iborat. Shaxs muloqot qilayotgan sheriklarining o‘z fikri, dunyoqarashi, g‘oyalarini
to‘la-to‘kis ifodalashga psixologik sharoitlar yaratish, vositalarning boy, turli-tuman palitrasini
tashkillash, adekvatlikning barcha perseptiv, kommunikativ, interfaol qirralarini egallashga
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak” . Rus olimi O.Kazarseva fikricha, kommunikativ kompetentlilik
“tug‘ma qobiliyat bo‘lmay, inson tomonidan ijtimoiy-kommunikativ tajribani egallash jarayonida
shakllanuvchi qobiliyatdir. Kommunikativ-ijtimoiy tajriba, avvalo, munosabatlarni o‘zgartirish
mexanizmini o‘z ichiga olib, nutqni stilistik jihatdan turli variantlarda qo‘llashda namoyon bo‘ladi.
Bunday o‘zgarishning asosida muloqot ishtirokchilari o‘rtasidagi rolli muloqotlarning o‘zgarishi
yotadi” . Demak, ushbu kompetentlik, murakkab kommunikativ ko‘nikma va faoliyat turi bo‘lib,
yangi ijtimoiy ko‘nikmalar, muloqot normalari va cheklovlar, bilim, urf-odatlar, etiket, odob-axloq,
ta’limga xos orientatsiyalar hisoblanadi.
68
D.Xayms til haqidagi bilimlar (grammatika)ni o‘zlashtirish jarayonida undan to‘g‘ri
foydalanishni ham, ya’ni qachon, qaerda, kimga, qay tarzda va nima haqida gapirish maqbulligini
o‘rganish orqali kommunikativ kompetentligini takomillashtirib boradi, deya kommunikativ
kompetensiya atamasining muallifiga aylandi .
Bugunga kelib kompetensiya insonning turli sohalarda faoliyat olib borishi uchun zarur
bo‘ladigan bilim, malaka, ko‘nikma va shaxsiy fazilatlar yig‘indisini ifodalaydi . Lingvistik
kompetensiya til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati turlari
(tinglash, gapirish, o‘qish va yozuv) bo‘yicha ko‘nikmalar egallashni nazarda tutadi.
Sotsiolingvistik kompetensiya so‘zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va
xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini
yaratadi. Sotsiolingvistik kompetensiya ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o‘z ichiga olib, autentik
nutqning milliy xususiyatlarini: o‘zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari,
marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat
bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini ko‘zda tutadi.
Sotsiolingvistik kompetensiya – axborot sohibi (kognizant)ni shakllantirishning asosiy
ko‘rsatkichi bo‘lib, u shaxsning o‘rganilayotgan tildan kommunikativ faoliyat me’yorlari, o‘zga
lingvoetnomadaniy qadriyatlar va o‘zga til dunyosining milliy manzarasiga uyg‘un tarzda
foydalana olish kompetentligini nazarda tutadi. Nutq bir vaqtning o‘zida qandaydir ma’lumotning
manbai vazifasini bajarishi, shu bilan bir qatorda, o‘z suhbatdoshiga ta’sir ko‘rsatish usuli sifatida
ham namoyon bo‘lishi mumkin. Biroq o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayonini to‘liq tavsiflash uchun
faqat kommunikativ akt strukturasini bilish kamlik qiladi. Muomalada bo‘lgan har ikki tomonning
motivlari, ularning maqsad va vazifalarini ham sinchiklab tahlil qilish zarur.
Kommunikativ nutq – bu talabalarning nutq yordamida bir–birlari bilan fikr almashuvidir.
Kommunikativ nutq madaniyati – talabalarning bir–birlari bilan fikr almashishi jarayonida axloq
qoidalariga amal qilgan holda nutqdan moxirona foydalanishi. Talabalarda lug‘at boyligi qancha
ko‘p bo‘lsa, u shuncha o‘zini erkin tutadi. Nutqning aniqligi – kommunikativ nutqning muhim
belgisi hisoblanadi. Nutq tarkibidagi har bir so‘z o‘zining lug‘aviy ma’nosiga to‘liq mos kelishi
shart. Aytilishi kerak bo‘lgan fikr o‘z ifodasini topmay qoladi. Voqelik hodisalari so‘zlovchining
nutqida aniqlikni aks ettirib turishi kerak.
Kommunikativ nutq jarayonlarida so‘zlar aniq bo‘lishi talab qilinadi. Nutqdan doimiy
ravishda to‘g‘ri foydalanish kerak. Nutq muallif tomonidan aytilishi kerak bo‘lgan fikrni to‘liq
qamrab olib, uning mavzusi va asosiy g‘oyasini ochib berishi shart. Nutqning keyingi muhim
kommunikativ sifati uning tozaligi, ya’ni adabiy tilda begona elementlarning yo‘qligi. Nutqda
parazit so‘zlarning mavjudligi leksik zaxiraning yetishmasligidan, ehtimol nutq mavzusining
haqiqatiga nisbatan ishonchning yo‘qligidan yoki u haqida ma’lumotning yetishmasligidan dalolat
berib, aytilgan so‘z uchun javobgarlikni qisman olib tashlaydi. Demak, kommunikativ
kompetentlik bugungi globallashuv sharoitida va axborotlashgan jamiyatda muhim
xususiyatlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun kommunikativ kompetentlikni
o‘stirish yo‘llarini tadqiq etish, pedagogik jarayonda ta’lim oluvchining muloqotchanlik va faol
aloqa bog‘lovchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotdagisini
takomillashtirish vazifalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Xulosa qilganda, talabalarda muomala, muloqot malakalarining rivojlanishi ularda
kommunikativ kompetentlikning taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligi aniqlandi;
kommunikativ kompetentlikning talabalarda shakllanishi boshqalar bilan o‘zaro munosabatlarni
69
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishiga hamda muloqotchanlik malakalarining rivojlanishiga olib keladi; talaba
shaxsida kommunikativ kompetentlikning shakllanishi ularda ijtimoiy ko‘nikmalarining
rivojlanishi bilan belgilanadi.
References:
1.
Graham Stanley. Language Learning with Technology (Cambridge Handbooks for Language
Teachers). – Cambridge University Press: 2013. P-275. Aisha Walker. Technology Enhanced
Language Learning: Connecting Theory and Practice (Oxford Handbooks for Language Teachers).
– Cambridge University Press: 2013. P-214.
2.
Aisha Walker. Technology Enhanced Language Learning: Connecting Theory and Practice
3.
(Oxford Handbooks for Language Teachers). – Cambridge University Press: 2013. Pérez
Tornero, J.M. and Varis, T. (2010). Media Literacy and new Humanism. Moscow: UNESCO Institute
for Information Technologies in Education, 136 p.
4.
Kubey, R. (1998). Obstacles to the Development of Media Education in the United States.
Journal of Communication (Winter), pp.58-69.
5.
CLEMI (1996). L’Actualite’ et les medias ` a l’ecole primaire, au college et au licee. Paris:
CLEMI, 120 p p.12
6.
Children and social competence: Arenas of action / Ed. by Hutchby I., Moran-Ellis J.; L. Wach.
: Falmer press, 1998.
7.
UNESCO. Recommendations Addressed to the United Nations Educational Scientific and
Cultural Organization UNESCO. In: Education for the Media and the Digital Age. Vienna: UNESCO,
1999, p.273-274.
8.
UnlandM., Kleiner B.H. New developments in organizing around core competences/ M.
Unland, B.H. Kleiner. Work study. London: 1996. Vol.45, Iss. 2.
9.
Hofstede G. Cultures and organizations. Software of the mind. – L.McGraw – Hill Book
Company, 1991.
