UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BOLALARNI TIBBIYOT MUASSASALARIDA OʻQITISHNING TARBIYAVIY OMILLARI

Abstract

Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida «Mehrli maktab» va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, bugungi kunda respublika hududida tashkil etilgan «Mehrli maktabning faoliyati va uzoq muddatli davolanuvchi bolalar uchun yaratilgan shart sharoitlar, qaror va farmonlar to’g’risida yoritilgan

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
34-36
38

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Bahriddinova , M. (2025). UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BOLALARNI TIBBIYOT MUASSASALARIDA OʻQITISHNING TARBIYAVIY OMILLARI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(6), 34–36. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/73905
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida «Mehrli maktab» va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, bugungi kunda respublika hududida tashkil etilgan «Mehrli maktabning faoliyati va uzoq muddatli davolanuvchi bolalar uchun yaratilgan shart sharoitlar, qaror va farmonlar to’g’risida yoritilgan


background image

34

UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BOLALARNI TIBBIYOT

MUASSASALARIDA OʻQITISHNING TARBIYAVIY OMILLARI

Bahriddinova Munisa

JDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti

Maxsus pedagogika: logopediya yo’nalishi

510-23 talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15093718

Annotatsiya:

Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni

chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida «Mehrli maktab» va unda
ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, bugungi kunda respublika hududida tashkil
etilgan «Mehrli maktabning faoliyati va uzoq muddatli davolanuvchi bolalar uchun yaratilgan
shart sharoitlar, qaror va farmonlar to’g’risida yoritilgan

Kalit so’zlar:

Davolash-profilaktika muassasalari,sil kasalligi, tayanch tizimi kasalliklari,

ruhiy asab tizimi kasalliklari, «Uchim znaem»,2023-yil 29- martdagi 134-sonli qarori, Rossiya
Federatsiyasi, «Mehrli maktab».


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining

“Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj
bolalarga umumiy o‘rta ta'lim berishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga

muhtoj bolalarga umumiy o‘rta ta'lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, davolash-
profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari davlat ta'lim standartlari
hamda ular asosida ishlab chiqilgan maxsus ta'lim (aqli zaif va ruhiy rivojlanishda orqada qolgan
bolalar uchun) talablariga muvofiq har bir shaxsning ta'lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy
huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning umumiy o‘rta ta'lim olishini va bilish imkoniyatlariga
muvofiq tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi. Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi
umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ta'lim olish bepul amalga oshiriladi.

Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari

ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi turlarga bo‘linadi:

I - sil kasalligi va uning shakllariga chalingan bolalar uchun davolash-profilaktika

muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari;

II - tayanch tizimi kasalliklari va ularning asoratlariga chalingan bolalar uchun davolash-

profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari;

III - ruhiy asab kasalliklariga chalingan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari

qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari.

Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida umumiy

o‘rta ta'lim boshlang‘ich ta'lim (I — IV sinflar) hamda umumiy o‘rta ta'lim (I —XI sinflar)
bosqichlaridan iborat bo‘lib, kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi.O‘quvchilarga davlat
ta'lim standartlari va talablariga mos umumiy o‘rta ta'lim beriladi. Ta'lim-tarbiya jarayoni
umumiy o‘rta ta'limning davlat standartiga muvofiq holda belgilanadi.Maxsus ta'lim O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, o‘quv rejalari va dasturlari
asosida, maxsus korreksion tuzatish uslublaridan foydalanilgan holda olib boriladi.30 kun va
undan ortiq davr mobaynida davolanadigan o‘quvchi yoshidagi bemorlar davolash-profilaktika
muassasasi qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktabiga qabul qilinayotganda o‘zi ta'lim olayotgan


background image

35

umumiy o‘rta ta'lim maktabining rahbariyati tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan
yozma ma'lumotnoma taqdim qiladi.

Davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktabida sinflardagi

o‘quvchilar soni 10-20 nafarni tashkil etadi. Sinfdagi o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan hollarda,
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar (1-3-sinf, 2-4-sinf, 1-4-sinf) komplekt sinflarga birlashtiriladi,
yuqori sinflarda o‘quvchi sonidan qat'iy nazar sinflar ochishga ruxsat etiladi.Dars soatining
davomiyligi 40 daqiqadan iborat bo‘ladi

1

.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.05.2022 yildagi 234-son

2

qarorida Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli
ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarga uzluksiz ta’lim-tarbiya berishni ta’minlash
maqsadida qabul qilindi.

Xalq ta`limi vazirligida Rossiya Federasiyasining uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar

uchun stasionar sharoitida ta`lim berish bilan shug`ullanadigan «Uchim znaem» loyihasi
rahbarlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Hukumatning tegishli qarori bilan gematologiya kasalligi
bilan davolanayotgan bolalarga uzluksiz ta`lim jarayonlarini tashkil etish vazifasi belgilangan. Bu
borada «Zamin» Xalqaro jamoat fondi ko`magida yurtimizda gematologiya va onkologiya
kasalligi bilan davolanayotgan bolalar uchun ta`lim jarayonini tashkil etishga yo`naltirilgan
«Mehrli maktab» loyihasi amalga oshiriladi. Loyihani O`zbekistonda muvaffaqiyatli joriy etish
maqsadida 7 yildan buyon Rossiya Federasiyasida o`z faoliyatini olib borayotgan «Uchim znaem»
loyihasining tajribasi o`rganilib, loyihani yurtimizda amalga oshirish borasida takliflari
o`rganildi. «Mehrli maktab» loyihasini amalga oshirish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan
gematologiya ilmiy-amaliy markazi yonida joylashgan 182-maktab tanlandi.Hamkorlar bilan
uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga ta`lim beradigan pedagoglarni tanlash va ularni
malakasini oshirish, o`quv reja va dasturlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilinadi.Respublika
ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bolalarga
uzluksiz ta`lim jarayonlari 2022 yildan yo`lga qo`yiladi

3

.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gematologiya, onkologiya, klinik

immunologiya, boshqa stasionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarga
ta’lim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 29-
martdagi 134-sonli qarori asosida ushbu maktabning filiallari 2023 – 2028-yillarda
bosqichmabosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etilishi ham belgilab qo‘yilgan.
Bolalarning davolanishi uzoq muddat talab etadigan kasallikka chalinishi nafaqat bolalar, balki
ularning ota-onalari uchun ham noxush holat hisoblanadi. Bola sog‘lig‘ining yomonlashuvi uning
ruhiyatiga bir tarafdan bosim o‘tkazsa, boshqa tarafdan bemor atrofidagi kundalik vaziyatning
keskin o‘zgarishi, tengdoshlaridan ajralib qolishi va kasallik tufayli imkoniyatlarining cheklanib
borayotganligi ruhiy tushkunlik holatini keltirib chiqaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

https://scientists.uz/uploads/202208/B-384.pdf

2.

https://kun.uz/26744471?q=%2Fuz%2F26744471&ysclid=m8pt2l0z76527605122

3.

https://lex.uz/docs/-5992724

4.

https://inlibrary.uz/index.php/ilm-fan-va-

innovatsiya/article/view/32702?ysclid=m8pt2rv770233820797


References