Том 4 № 6 (2025)

Том 4 № 6 (2025)
Опубликован: 27-03-2025

Статьи

4-5 48 62

IS’HOQXON IBRAT SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARNING QO‘LLANILISHI

Feruza Murtazayeva, Hulkar Rajabova

Maqolada badiiy san’atlar, ularning turlari va nazariy ma’lumotlari keltirilgan. Shoir, pedagog, tarixchi Is’hoqxon Ibrat asarlarida badiiy san’atlarning qo‘llanilishi haqida mulohaza bildirilgan. Ijodkorning ayrim misralari tahlilga tortilgan hamda xulosalar chiqarilgan.

6-7 114 21

ВЛИЯНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА РЕЧЕВУЮ КУЛЬТУРУ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

Асиям Алиева

Актуальность данной проблемы обусловлена развитием информационных технологий, которые оказывают двоякое влияние на культуру речи будущих педагогов. С одной стороны, цифровые технологии способствуют быстрому получению информации, но, с другой стороны, приводят к снижению уровня грамотности, сокращению словарного запаса и поверхностному восприятию текстов. В связи с этим важно изучить влияние цифровых технологий на речевую культуру в современном мире. Важно отметить, что цифровая среда не только меняет речевые навыки и знания, но и формируют новые формы общения, которые будут вступать в противоречие с языковыми стандартами. И самая главная задача будущих педагогов развивать правильное отношение к использованию цифровых технологий, чтобы поддерживать высокий уровень речевой культуры и правильно передавать ученикам.

8-14 230 102

O'ZBEKISTONDAGI YANGI –INKULYUZIV TA’LIM HAMKORLIGI

Dilnoza Mamasharipova, M. Nizamova

Ushbu maqola Oʻzbekistondagi yangi - inklyuziv taʼlim hamkorligi haqida batafsil maʼlumot beradi. Maqolada inklyuziv taʼlimning asosiy tamoyillari, uning muhim ahamiyati va Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choralar batafsil tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, inklyuziv taʼlimning barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilganligi, oʻquvchilarga individual yondashuvni taʼminlash, oʻqituvchilarning malakasini oshirish, ota-onalar bilan hamkorlik qilish, jamoatchilikni jalb qilish va davlat organlari bilan hamkorlik qilish kabi muhim jihatlarga eʼtibor qaratiladi. Maqola oʻquvchilar, oʻqituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik va davlat organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash orqali inklyuziv taʼlimni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkinligini taʼkidlaydi.

15-18 76 54

TALABALARDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH OMILLLARI VA ME’ZONLARI

Nilufar Karimova

Mazkur tezisda talabalarda axborot kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar, axborot manbalaridan samarali foydalanish, tanqidiy fikrlash va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompetensiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi misolida axborot kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarning amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi.

19-21 41 29

FRANSUZ TILINING TARIXIY LEKSIKASI

D.M. Kuronbaeva

Французский язык на протяжении истории заимствовал лексические элементы из различных языков, включая латынь, германский, арабский и английский, формируя богатый и разнообразный словарный запас.

22-25 89 104

GOSPITAL PEDAGOGIKANI KICHIK GURUHLARDA YOKI INDIVIDUAL TASHKIL ETISHNING XUSUSIYATLARI VA TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH USULLARI

Shaxzoda Sadinova

Gospital pedagogika - uzoq muddatli yoki surunkali kasalliklar sababli shifoxonada yoki uyda davolanishga majbur bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus ta’lim tizimidir. Ushbu pedagogikaning kichik guruhlarda yoki individual tarzda tashkil etilishi har bir bolaning ehtiyojlariga mos ravishda yondashishni talab qiladi. Shuningdek, ta’lim texnologiyalari, jumladan, masofaviy ta’lim, interfaol metodlar va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot gospital pedagogikasining samarali usullarini ko‘rib chiqadi va uning bolalar rivojlanishiga ta’sirini tahlil qiladi.

26-29 249 43

JAMOATCHILIK O'RTASIDA GOSPITAL PEDAGOGIKADA O'QITISHNING MAZMUN-MOHIYATI HAQIDA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORISH

Nigora Egamberdiyeva

Gospital pedagogika uzoq muddatli yoki surunkali kasalliklar sababli shifoxona yoki uy sharoitida davolanishga majbur bo‘lgan bolalarga ta’lim berish tizimidir. Ushbu tizim jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan. Jamoatchilik o‘rtasida gospital pedagogikaning mazmun-mohiyatini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali ota-onalar, o‘qituvchilar va keng jamoatchilikning ushbu tizimga bo‘lgan e’tiborini oshirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va bolalarning ijtimoiylashuviga ko‘mak berish mumkin. Ushbu tadqiqotda gospital pedagogikaning asosiy tamoyillari, uning dolzarbligi va tushuntirish ishlarini olib borish metodlari yoritiladi.

30-33 34 30

FIZIKA DARSLARIDA RAQAMLI TA’LIM MUHITLARINI QO'LLASH

S.G. Kaypnazarov

Hozirgi kunda ko'plab maktablar kompyuter sinflari bilan jihozlangan va o'qituvchilarga darsda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyati paydo bo'ldi. Ta'lim jarayonida kompyuterdan foydalanish bolaning qiziqishi va bilishga bo'lgan intilishini rag'batlantiradigan muhitni yaratishga imkon beradi. Kompyuter o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi elektron vositachiga aylanmoqda. U ta'lim jarayonini jadallashtirish, uni yanada yorqin va ko'rgazmali qilish, har bir o'quvchi uchun individual tezlikda o'qitish imkoniyatini beradi, shuningdek, o'qituvchini bir qator zerikarli vazifalardan, masalan, doskada cheksiz yozishlar, elementar ko'nikma va malakalarni ishlab chiqish, bilimlarni tekshirish kabi ishlardan ozod qiladi.

34-36 74 229

UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BOLALARNI TIBBIYOT MUASSASALARIDA OʻQITISHNING TARBIYAVIY OMILLARI

Munisa Bahriddinova

Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida «Mehrli maktab» va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, bugungi kunda respublika hududida tashkil etilgan «Mehrli maktabning faoliyati va uzoq muddatli davolanuvchi bolalar uchun yaratilgan shart sharoitlar, qaror va farmonlar to’g’risida yoritilgan

37-40 51 35

GASPITAL PEDAGOGIKANING TIBBIY PEDAGOKIK IJTIMOIY MODELI

Husniya Isroilova

Ushbu maqola Gaspital pedagogikasi tibbiy va pedagogik yondashuvlarning uyg'unlashuvi bo'lib, bemor bolalar va yoshlar uchun ta'lim jarayonini tashkil etadi. Ushbu model ijtimoiy, tibbiy va psixologik faktorlarni hisobga olib, sog'liqni saqlash muassasalarida samarali ta'lim va rivojlanishni ta'minlaydi.

41-43 97 432

UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BOLALAR UCHUN TA’LIMNI TASHKIL ETISH

Marjona Begimova

ushbu maqolada uzoq muddatli davolanuvchi bolalar uchun ta’lim tizimini tashkil qilish to’g’risida yoritilgan. Bundan tashqari tyuter faoliyati haqida va u nima ish qilishi haqida yozilgan.

44-45 35 21

ФАКТОРЫ РАЗВИТИЯ ТАЛАНТЛИВОСТИ УЧЕНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Фарангиз Гаффорова, Ранo Эргашева, Динара Абдурахмонова

В данной статье рассматривается развитие талантов учащихся начальной школы как важная и чрезвычайно ответственная задача. Давайте рассмотрим некоторые рекомендации и факторы развития талантов учащихся начальной школы:

46-49 57 33

IMMUNOLOGIYA VA UZOQ MUDDATLI DAVOLANUCHI BOLALARDA MAKTABGACHA VA UMUMIY O’RTA TA’LIMNI TASHKIL ETISH USULLARI

Sevinch Soliyeva

ushbu maqolada immunologiya haqida va uning davolash choralari haqida qisqacha aytib o’tilgan. Uzoq muddatli davolanuvchi bolalarda ta’lim tizimini tashkil etish haqida ham qisqacha ma’lumot berib o’tildi. Hozirgi kunda O’zbekiston mamlakatimizda immunologiya sohasida olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berib o’tilgan.

50-52 37 16

XORIJIY DAVLATLARDA SETAM YONDASHUV ASOSIDA O‘TKAZILGAN TADQIQOTLARNI O’RGANISHNING AHAMIYATI

Niyoxon Toshpulatova

Mazkur maqolada STEAM texnalogiyalarining bugungi kundagi ahamiyati,uning imkoniyatlari va yutuqlari, ta’lim tizimidagi afzalliklari ta’lim jarayonida rivojlantiruvchi markazlar faoliyati haqida fikr-muloxazalar yuritilgan bo‘lib, ushbu maqoladan talabalar, erkin va mustaqil izlanuvchilar, pedagoglar foydalanishi mumkin.

53-54 48 23

ИНТЕРАКТИВНЫЕ НАГЛЯДНЫЕ ПОСОБИЯ КАК СРЕДСТВО ПОВЫШЕНИЯ ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ

Шахноза Болтаева

В современном мире образование требует нахождение эффективных методов, которые направлены на повышение познавательной активности учащихся. Одним из таких методов является использование интерактивных наглядных пособий. Данные пособия не только визуализируют учебный материал, но и способствуют активному взаимодействию с ним. В данной работе рассматривается влияние интерактивных наглядных пособий на образовательный процесс, их роль в формировании устойчивого познавательного интереса, в том числе перспективы их внедрения в учебную практику.

55-56 67 38

BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI

Muazzam Toshtemirova

Nutqning shakllanishi bolaning umumiy rivojlanishining asosiy xususiyatlaridan biridir. Ijtimoiy jamiyatda bolaning muvaffaqiyatli rivojlanishi, hayot sifati ko'plab omillarga bog'liq, ularning asosiysi nutqdir. Bir yilgacha bolalar nutqining asoslari shakllanadi.

57-61 106 36

O’ZLASHTIRISHDA ORQADA QOLGAN O’QUVCHILAR PSIXOLOGIYASI VA ULAR BILAN KORREKSION ISHLAR

Komila Xudoyberdiyeva , Gulhayo Berdaliyeva , Matluba Shukurova

O’zlashtirishda orqada qolgan o’quvchilar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. Barcha mamlakatlarda bo’lgani kabi yoshlarimiz orasida ham ta’lim olishda qiyinchilikga uchraydigan ammo qaysidir tamonlama iqtidorli farzandlar mavjud bo’lib, ularning ta’limiga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. “O’zlashtirishda orqada qolgan” bolalar bilan ishlash azaldan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz.

62-64 39 19

AUTHOR’S QUESTIONNAIRE FOR DIAGNOSING OBSESSIVE – COMPULSIVE DISORDER (OCD) IN ADOLESCENTS

Dilorom Khudaiberdieva

Obsessive-compulsive disorder (OCD) is a serious psychological disorder characterized by obsessive thoughts and repetitive actions. In the teenage years, OCD can have a significant impact on emotional state, behavior and social adaptation.

65-67 36 28

KOMILJON OTANIYOZOV IDODIDAGI ASARLARNING AXLOQIY-TARBIYAVIY MAZMUNI

Sarvarbek Yo‘ldoshev

Mazkur tezisda XX asr o‘zbek san’atining yirik namoyandalaridan biri Komiljon Otaniyozov ijodining axloqiy-tarbiyaviy jihatlari tahlil etiladi. Muallifning asarlari orqali milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, halollik va sabr-toqat kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilgan g‘oyalar yoritiladi. Shuningdek, tezisda Otaniyozov ijodining yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, milliy qadriyatlar targ‘ibotidagi ahamiyati va estetik ta’sir kuchi ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi.

68-71 56 28

YER SHARINNI ASRAYLIK

Mahliyo Xolboyeva

Ushbu maqola atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik ongni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi. Maqolada Yerning tabiiy resurslari, ularning ahamiyati va inson faoliyatining atrof-muhitga ta'siri haqida ma'lumot beriladi. Ekologik muammolar, ifloslanish, iqlim o‘zgarishi va biologik xilma-xillikning kamayishi kabi masalalar tahlil qilinadi.

72-75 69 33

KASBIY TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI AXBOROTLARNING OʻRNI

Yulduz Narzullayeva

Ushbu maqola kasbiy ta'limni rivojlantirishda raqamli axborotlarning o‘rnini tahlil qiladi. Raqamli texnologiyalar va axborot resurslari ta'lim jarayonini yanada samarali, qiziqarli va interaktiv qilishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada raqamli axborotlarning ta'lim metodologiyasini diversifikatsiya qilish, o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, interaktiv o‘qitish imkoniyatlarini yaratish, masofaviy ta’limni amalga oshirish, axborotga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, baholash va tahlil qilish jarayonlarini osonlashtirish kabi jihatlari ko‘rib chiqiladi.

76-77 40 28

YANGI O‘ZBEKISTONDA ALOHIDA TA‘LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR

Xayotxon Sabirova

Ushbu maqolada Maxsus ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, eshitish qobiliyatini tiklashga qaratilgan tibbiy reabilitatsiya dasturlari, ijtimoiy integratsiya jarayonlari va inklyuziv ta’lim tamoyillarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yoritildi.

78-83 41 18

TIBBIY O‘QUV MATERIALINI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHDA TALABALARNING KLINIK AUDIT KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Zilola Anvarova

Bu maqolada bolalar tibbiyotiga oid ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda zamonaviy innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash hamda amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida fantomlar, anatomik mulyajlardan foydalanish o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, talabalar kasbiy layoqatini kuchaytirishga hamda pediatriyaga oid klinik fanlarni o‘zlashtirishda tibbiy pedagog va talabaning majburiyatlari maqolada aks etgan.

84-86 78 12

MAKTABDA FIZIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION YONDASHUV

A.S. Kalilaev, M. Dawletmuratov

Ushbu maqolada maktabda fizika darslarini tashkil etishda innovatsion yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Innovatsion metodlar, jumladan interaktiv ta'lim, gamifikatsiya, aralash ta'lim va proyekt asosidagi o'qitish, fizika fanini o'quvchilar uchun yanada qiziqarli va tushunarli qilishda muhim ahamiyatga ega. Statistik tadqiqotlar natijalari ko'rsatadiki, ushbu metodlarni qo'llash o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga, bilimlarni yanada samarali o'zlashtirishga yordam beradi. Innovatsion yondashuvlar nafaqat o'quvchilarning bilim olish samaradorligini oshiradi, balki ularning ilmiy fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.

87-91 43 17

MIRZO ULUG'BEK: MANGULIKKA DAXLDOR SIYMO

Zebiniso Hazratova

Ushbu maqolada XIV asr oxiri – XV asrda yashab o’tgan temuriy hukmdor, buyuk mutafakkir hamda olim sifatida o’zidan o’chmas iz qoldirgan Ulug’bek Muhammad Tarag’ayning hayoti va siyosiy faoliyati haqida qisqacha yoritib beriladi. Shu o'rinda XV-XVI asrlarda Samarqandning ilm-fan markaziga aylanganini alohida takidlash lozim. Mazkur maqolada ushbu masalaning bayoni keltiriladi.

92-93 45 36

O‘RTA YOSHDAGI BOLALARGA BERILADIGAN MILLIY VA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘RGATISH

Xosilbek Muhammadov , Husan Shoimov , Suxrob G‘aniyev

Ushbu maqolada o‘rta yoshdagi bolalarga (6-10 yosh) o‘zbek milliy harakatli o‘yinlarini o‘rgatishning pedagogik ahamiyati va amaliy usullari o‘rganiladi. Milliy o‘yinlar bolalarning jismoniy rivojlanishi, ijtimoiy ko‘nikmalari va madaniy o‘zlikni anglashlarini shakllantirishda muhim vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda o‘yinlarning bolalar psixo-fiziologik xususiyatlariga mosligi tahlil qilinib, o‘rgatish metodikasi ishlab chiqiladi. Maqola amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

94-95 26 13

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA VA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI BILAN O'TKAZILADIGAN MILLIY VA HARAKATLI O'YINLAR: O'ZBEKISTON TAJRIBASI

Nortoji Qurbonov , Jo'rabek Abirov , Suxrob G’aniyev

Mazkur tadqiqot O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalari va boshlang'ich sinflarda qo'llaniladigan milliy va harakatli o'yinlarning bolalar rivojiga ta'sirini o'rganishga qaratildi. Denov shahridagi ta'lim muassasalarida 50 nafar bola va 10 nafar tarbiyachi ishtirokida o'tkazilgan kuzatuvlar asosida o'yinlarning motorli ko'nikmalar, jamoada ishlash va madaniy o'zlikni shakllantirishdagi o'rni baholandi. Natijada, o'yinlar bolalarning jismoniy faolligini sezilarli darajada oshirishi va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashi aniqlandi, lekin tashkiliy jihatdagi qiyinchiliklar ham e'tiborga olindi.

96-99 30 6

ВИЧ ИФИЦИРОВАНИЕ У ДЕТЕЙ: СОЦИАЛЬНЫЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ

Ортикой Камолова , Ирода Алимова

В современном мире число людей с вирусом иммунодефицита человека растёт, и «в зоне поражения» оказывается всё больше число беременных женщин и новорождённых. ВИЧ-положительные женщины и их дети сталкиваются с дискриминацией в системе здравоохранения. Они нередко становятся изгоями в обществе, которое стремится отгородиться от ВИЧ-инфицированных людей. В Республике Узбекистан, государство берёт на себя обязательство в отношении охраны своих граждан, материнства и детства, независимо от каких-либо их заболеваний, в частности ВИЧ-статуса.

100-102 81 16

RAQAMLI MEDIAKOMPETENTLIK: ILMIY ASOSLARI, TARKIBIY QISMLARI VA RIVOJLANISH OMILLARI

Madina Mo’minova

Ushbu maqolada raqamli mediakompetentlik tushunchasi media savodxonlik, media ta’lim, raqamli media va raqamli savodxonlik bilan bog‘liq holda tahlil etiladi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va media muhitning kengayishi shaxsning media resurslardan ongli foydalanish, axborotni tahlil qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish qobiliyatini shakllantirishni talab etmoqda. Media savodxonlik va media ta’lim raqamli mediakompetentlikni rivojlantirishda asosiy vositalardan biri bo‘lib, shaxsning raqamli muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada ushbu kompetensiyalarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’lim jarayonida ularni rivojlantirish strategiyalari yoritiladi.

103-104 28 13

YOSH QISQA MASOFAGA YUGIRUVCHILAR HARAKATINI ANALITIK TAXLIL QILISH ASOSIDA TEHNIK TAYYORGARLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI

Fotima Jonibekova

Ushbu tezisda yosh sprinterlarning harakatlarini analitik tahlil qilish orqali texnik tayyorgarlikni rivojlantirish samaradorligi o’rganilgan. Maqolada sprint jarayonida sprinterlarning harakatlari, texnikani takomillashtirish uchun qo’llaniladigan metodikalar, shuningdek, ilmiy yondashuvlar va ilg’or texnologiyalar (videotahlil, biomekanik o’lchovlar, elektromyografiya) orqali olingan ma’lumotlar muhokama qilinadi. Sprinterlarning har bir harakatini tahlil qilish, texnikani yaxshilashga yordam beradigan metodlarni ishlab chiqish va trening jarayonida maxsus dasturlarni joriy qilishning ahamiyati ko’rsatiladi. Ushbu tahlil metodlari sportchilarning tezlik, kuch, chidamlilik va psixologik holatini yaxshilashga yordam berib, texnik tayyorgarlikning samaradorligini oshiradi.

105-107 28 70

YADRO ENERGETIKASI: FOYDA VA XAVFLARI

Jamshid Ergashev

Ushbu maqolada yadro energetikasining zamonaviy energiya tizimlaridagi o‘rni, uning afzalliklari va xavflari muhokama qilinadi. Yadro energiyasi, energiya ishlab chiqarishdagi yuqori samaradorligi va kam uglerod chiqindilari bilan ajralib turadi, shuningdek, energiya xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, yadro energetikasining xavflari, jumladan, radiatsion xavf, yadro chiqindilarini saqlash va uran yoki plutoniy ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolar hamda yadro reaktorlarining nosozliklariga qaratilgan xavf-xatarlar ko‘rib chiqiladi.

108-109 34 15

LINGUOCULTURAL PERSPECTIVES ON ENGLISH AND UZBEK PLACE-NAME EXPRESSIONS

Dildora Akbarova

This research explores the significance of place-name expressions in both English and Uzbek, focusing on their cultural and historical implications. By employing qualitative methods, including interviews and literature reviews, the study sheds light on the shared and divergent features of toponymic phrases, emphasizing their role in articulating cultural identity and collective memory.

108-109 40 15

LINGUOCULTURAL PERSPECTIVES ON ENGLISH AND UZBEK PLACE-NAME EXPRESSIONS

Dildora Akbarova

This research explores the significance of place-name expressions in both English and Uzbek, focusing on their cultural and historical implications. By employing qualitative methods, including interviews and literature reviews, the study sheds light on the shared and divergent features of toponymic phrases, emphasizing their role in articulating cultural identity and collective memory.