46
IMMUNOLOGIYA VA UZOQ MUDDATLI DAVOLANUCHI BOLALARDA
MAKTABGACHA VA UMUMIY O’RTA TA’LIMNI TASHKIL ETISH USULLARI
Soliyeva Sevinch
JDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti
Maxsus pedagogika:logopediya yo’nalishi 510-23 talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15099800
Annotatsiya:
ushbu maqolada immunologiya haqida va uning davolash choralari haqida
qisqacha aytib o’tilgan. Uzoq muddatli davolanuvchi bolalarda ta’lim tizimini tashkil etish haqida
ham qisqacha ma’lumot berib o’tildi. Hozirgi kunda O’zbekiston mamlakatimizda immunologiya
sohasida olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berib o’tilgan.
Kalit so’zlar
: immunologiya, toʻqimalar antigenlarining nasldan-naslga oʻtishini, antitelolar
va antigenlarning kimyoviy tuzilishi, anatomiyasi, gistologiyasi va sitologiyasini oʻrganadi,
immunopatalogiya, immunoprofilaktika.
Birinchi bo’lib immunologiya haqida gapirsak. Immunologiya nomidan kelib chiqqan
holatda imunitet tizimimizning holati va unda bo’layotgan kamchiliklar haqida so’zlaydi.
Immunologiya
(immunitet va ... logiya) — tibbiy-biologik fan; organizmning genetik jihatdan
unga yot boʻlgan belgilar (antigenlik xususiyati) ga ega tirik tanalar va moddalar taʼsiriga
nisbatan oʻziga xos antigenlik birligini saqlashga qaratilgan reaksiyalari. Immunitetning
umumbiologik asoslarini, uning vujudga kelishi va evolyusiyasini, toʻqimalar antigenlarining
nasldannaslga oʻtishini, antitelolar va antigenlarning kimyoviy tuzilishi hamda xossalarini,
ularning oʻzaro taʼsiri oldini olish va davolash usullarini oʻrganadi. Hujayra va molekula
doirasida antitelolar hosil boʻlish mexanizmini, antigenlarning patogenetik rolini, immun
sistemaning
filogenezi
va
ontogenezini
oʻrganishning
nazariy
yoʻnalishlaridir.
Immunomorfologiya — organizm immun sistemasining anatomiyasi, gistologiyasi va
sitologiyasini oʻrganadi; bunda gistologik va sitologik tekshirish, hujayrani organizmdan
tashqarida oʻstirish; yorugʻlik, flu-oressent va elektron mikroskopiya, avtoradiografiya va b.
usullardan foydalaniladi.
Organizm oʻz toʻqimalari uchun normal boʻlmagan komponentlar, yaʼni yot moddalarni,
mas, nobud boʻlgan va aynigan hujayralar, shikastlangan molekulalar, yot hujayralar,
bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar, gelmintlar, ularning zaharlari va b. ni immun
reaksiyalar mexanizmlari yordamida zararsizlantiradi, ularni organizmdan chiqarib yuboradi.
Immun reaksiyalarning miqdor tasnifini tartibga solib turadigan omillar, chunonchi nerv
sistemasi (asosan, gepotalamus), gormonlar, ovqatlanish, organizmning holati (jumladan,
charchash darajasi) va tashqi taʼsirotlarni immun reaksiyalar fiziologi yasi oʻrganadi. Hoz. faqat
gipofiz va buyrak usti bezlari gormonlari immun reaktivlikni oʻzgartirib qolmay, platsenta ham
ona organizmining homila antigeniga nisbatan immun reaksiyasini maʼlum darajada tor-mozlay
oladigan alohida gormon chiqarishi aniqlangan
Immunopatologiya — organizmga shikayet yetkazadigan immun reaksiyalarnigina emas,
balki immun siste-masining oʻzgarishi bilan davom etadigan kasalliklarni ham oʻrganadi. Bunda
immun reaksiyaning tormozlanishi va kuchaytirish metodlariga qam alohida eʼtibor beriladi.
Soʻnggi yillarda organizmning nospetsifik taʼsirlarga nisbatan biror turdagi hujayralar va
mikromoleku-lalarga koʻsatadigan reaksiyasi ham oʻrganilmoqda. Bu soha noinfeksi-on I. deb
ataladi. Koʻp hujayrali har bir organizmdagi oqsillar va hujayra membranalari oʻziga xos tuzilgan.
47
Tashqaridan kiritilgan qujayra va molekulalar organizm uchun begona boʻlib, organizmda ularni
chiqarib yuborishga qaratilgan immun reaksiyalar ruy beradi. Shuning uchun kuchirib
oʻtkazilgan organ va toʻqimalarni, eng takomillashgan jarrohlik texni-kasi mavjudligiga qaramay,
organizm qabul qilmaydi, chunki organ va toʻqimalar organizmga immunologik jihatdan toʻgʻri
kelmaydi (toʻqimalarning bir-biriga nomutanosibligi, mos bulmasligi). Transplantatsion I. ana
shu toʻsiqning kelib chiqish mexanizmlari va uni yengish masalalarini oʻrganadi. Noinfeksion I.
ningusmalar I. si boʻlimi esa oʻsma antigenlarini aniqlab, xavfli oʻsmaga aylanib ketgan
hujayralarni olib tashlash usullarini oʻrganadi
1
.
O‘zbekiston Prezidentining 27-maydagi qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan
gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va
klinik immunologiyasi markazi tashkil etiladi. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik
immunologiyasi markazi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasida yangi barpo
etilgan tibbiyot muassasasi binolaridan biriga joylashtiriladi.
Shuningdek, qaroriga ko‘ra, 2021—2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi bo‘limi negizida
umumiy shtatlar va statsionar o‘rinlar doirasida Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi
bo‘limlari tashkil etiladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ham Toshkent
shahar, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasida yangi barpo etilgan tibbiyot muassasasi
binolaridan biriga ko‘chib o‘tadi. 300 o‘rinli bino 2021-yil 1-sentabrga qadar foydalanishga
topshirilishi kutilmoqda. Unda kattalar va bolalar uchun alohida jarrohlik, jonlantirish, intensiv
terapiya, transfuziologiya va transplantologiya bo‘limlari, shuningdek, radiodiagnostika va
radiodavolash bo‘limlari, bakteriologik laboratoriya, maxsus ovqat tayyorlash bo‘linmasi,
bolalarga ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.
Hujjat bilan
suyak ko‘migi o‘zak hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti
ni birinchi
bosqichda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida,
keyinchalik esa Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida
ham
joriy etish rejalashtirilgan
.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini
Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida joylashtirish
rejalashtirilmoqda. Buning uchun xorijiy ekspertlar va yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari jalb
qilinib, zamonaviy yangi bino-inshootlar kompleksi quriladi.
Bunga va onkologiya yordamini takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun davlat
budjetidan 2021-yilda qo‘shimcha
60 milliard so‘m
hamda 2022-yildan boshlab
125 milliard
so‘mdan kam bo‘lmagan
miqdorda mablag‘ ajratiladi.
2022-yil 1-yanvardan boshlab qizlar va ayollar orasida onkologik kasalliklar tarqalishining
oldini olish va erta diagnostika qilish quyidagi milliy dasturlar asosida amalga oshiriladi:
9-14 yoshdagi o‘smir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi vaksina bilan emlash;
30-55 yoshdagi ayollar orasida bachadon bo‘yni va 45-65 yoshdagi ayollar orasida ko‘krak
bezi saratoni skriningi.
2021-yil 1-iyuldan boshlab gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya,
transfuziologiya va shu sohadagi laboratoriya yo‘nalishlari bo‘yicha
yosh mutaxassislarning
xorijdagi yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlari ish joylarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi
bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti
hamda Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan
48
kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan
to‘liq qoplab beriladi
2
.
Prezidentning 21.05.2024 yildagi «Onkologik, gematologik va immunologik
kasalliklarga
chalingan
bolalarga
tibbiy
yordam
koʻrsatishni
yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 183-son qarori qabul qilindi.
Quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini
rivojlantirishning ustuvor vazifalari:
2030 yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60
foizga oshirish;
bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash;
soha uchun zamonaviy diagnostika, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha bilim va
koʻnikmalarga ega mutaхassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish,
ushbu yoʻnalishda ilgʻor fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish va
boshqalar
3
. 2024 yil 1 iyuldan boshlab onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga
chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar ular voyaga
yetgunlariga qadar ushbu kasallik boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatgan boshqa tibbiyot
tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.
2024 yil 1 iyundan Markaz oʻrin-joy fondi 250 tagacha kengaytiriladi.
Immunologiya va uzoq muddatli davolanuvchi bolalar uchun maktabgacha va umumiy o‘rta
ta’limni tashkil etish maxsus yondashuvni talab qiladi. Bu bolalar tibbiy yordamga doimiy ehtiyoj
sezganlari uchun ularning ta’lim jarayoni sog‘lig‘ini saqlash va rivojlantirish bilan
uyg‘unlashtirilishi kerak.
1. Ta’limni tashkillashtirishning asosiy usullari
1.1. Individual ta’lim dasturlari
Har bir bolaning kasallik holati va o‘rganish qobiliyatini hisobga olgan holda individual
o‘quv rejasi ishlab chiqiladi.Dars yuklamasi bolaning jismoniy imkoniyatlariga mos ravishda
moslashtiriladi.
1.2. Masofaviy ta’lim Bolalar uzoq muddat shifoxonada yoki uy sharoitida davolanishga
majbur bo‘lsalar, onlayn ta’lim platformalari orqali o‘qish imkoniyati yaratiladi.
Virtual sinflar, video darslar va o‘qituvchilar bilan interaktiv aloqalar ta’lim
samaradorligini oshiradi.
1.3. Shifoxona va sanatoriy maktablari
Davolash muassasalari qoshida maxsus sinflar yoki ta’lim guruhlari tashkil etiladi.
O‘qituvchilar sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda ishlaydi.
1.4. O‘qituvchining uyga borib dars berishi O‘qituvchilar bolaning uyiga borib, individual
dars o‘tish orqali ta’limni davom ettirishadi.
Bunday yondashuv bolaga ijtimoiy va emotsional qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ham
yaratadi.
2. Psixologik va pedagogik yondashuv Bolalarga ta’lim berishda ularga motivatsiya berish
va ruhiy qo‘llab-quvvatlash juda muhim. O‘qituvchilar, psixologlar va defektologlar hamkorlikda
ishlashi kerak.
3. Ota-onalar va tibbiy muassasalar bilan hamkorlik,Ota-onalar farzandlarining ta’lim
jarayoniga faol jalb etiladi.Shifokorlar va o‘qituvchilar muntazam ravishda bolaning sog‘lig‘i va
o‘quv faoliyatini muhokama qiladi.
49
Bu usullar uzoq muddatli davolanuvchi bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash bilan
birga, ularning sog‘lig‘ini saqlash va rivojlanishiga ham yordam beradi. Immun tizimi zaif yoki
uzoq muddat davolanayotgan bolalar uchun ta’lim maxsus yondashuvni talab qiladi. Bunday
bolalar uchun individual dasturlar, masofaviy ta’lim, uy sharoitida o‘qitish va shifoxona
maktablari eng samarali usullar hisoblanadi. Shuningdek, psixologik qo‘llab-quvvatlash va ota-
onalar bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Immunologiya
https://daryo.uz/2021/05/29/ozbekistonda-bolalar-gematologiyasi-onkologiyasi-va-
klinik-immunologiyasi-markazi-tashkil-etilmoqda
3.
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/bolalar_gematologiyasi_va_onkologiyasin
i_davolashda_ustuvor_vazifalar_belgilandi
4.
Qalampir.uz
https://xs.uz/uz/post/bolalar-gematologiyasi-onkologiyasi-va-klinik-immunologiyasi-