58
ILM-FANNI RIVOJLANTIRISH VA INNOVATSIYALARDAN FOYDALANGAN
HOLDА MAXSUS PEDAGOGIKA MODULINI INTEGRATIV O‘QITISH VOSITALARI
Djаvlаnоvа Nоdirа Xаmzа qizi
Jizzаx dаvlаt pedаgоgikа universiteti о‘qituvchisi
ОRCID 0000-0002-9730-7695
https://doi.org/10.5281/zenodo.15282134
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitishda ilm-fanni
rivojlantirish va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish muhimligi yoritiladi.
Zamonaviy raqamli ta’lim platformalari, interfaol usullar va sun’iy intellekt vositalari maxsus
ehtiyojli o‘quvchilarning ta’lim jarayonini soddalashtirish va samaradorligini oshirishga yordam
beradi. Maqola natijalari asosida ilm-fan yutuqlari va innovatsion yondashuvlarning maxsus
pedagogikadagi o‘rni hamda amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.
Kalit so‘zlar:
Maxsus pedagogika, innovatsion vositalari, interfaol metodlar, individual
yondashuvi, pedagogik muhit, raqamli texnologiyalari, differensial yondashuv, integratsiya,
kognitiv rivojlanish, metodologik yondashuv.
Аннотация:
В данной статье освещается важность развития науки и эффективного
использования инновационных технологий в интегративном обучении специального
педагогического модуля. Современные цифровые образовательные платформы,
интерактивные методы и средства искусственного интеллекта помогают упростить и
повысить эффективность образовательного процесса учащихся с особыми потребностями.
На основе результатов статьи выдвигаются научные достижения и роль инновационных
подходов в специальной педагогике, а также практические рекомендации.
Ключевые слова:
специальная педагогика, инновационные инструменты,
интерактивные методы, индивидуальный подход, педагогическая среда, цифровые
технологии, дифференцированный подход, интеграция, когнитивное развитие,
методологические подход.
Abstract:
This article highlights the importance of developing science and effectively using
innovative technologies in the integrative teaching of the special pedagogical module. Modern
digital educational platforms, interactive methods, and artificial intelligence tools help to simplify
and increase the effectiveness of the educational process for students with special needs. Based
on the results of the article, the role of scientific achievements and innovative approaches in
special pedagogy, as well as practical recommendations, are put forward.
Keywords:
special pedagogy, innovative tools, interactive methods, individualized
approach, pedagogical environment, digital technologies, differentiated approach, integration,
cognitive development, methodological approach.
Zamonaviy ta’lim jarayoni uzluksiz takomillashib borayotgan murakkab tizim bo‘lib, unda
har bir pedagogik yo‘nalish o‘ziga xos o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Maxsus pedagogika
sohasi esa o‘zining ijtimoiy ahamiyati jihatidan umumta’lim jarayonining muhim bo‘g‘inlaridan
biri hisoblanadi. Ushbu soha maxsus ehtiyojli ta’lim oluvchilarning o‘quv jarayoniga jalb etilishi,
ularning intellektual va jismoniy rivojlanishi, shuningdek, ijtimoiy moslashuvi bilan bevosita
bog‘liq. Shu boisdan, maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitish orqali ilm-fanni rivojlantirish
va innovatsiyalardan samarali foydalanish masalasi zamonaviy ta’lim tizimining muhim
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon maxsus ehtiyojli o‘quvchilarning individual
59
xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga, o‘quv
jarayonining sifatini oshirishga hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga
asoslangan.
Ilm-fanning rivojlanishi innovatsion yondashuvlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, maxsus
pedagogikada integrativ metodlarni joriy etish ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning
kognitiv rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy moslashuviga ijobiy ta’sir
ko‘rsatish imkonini beradi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar, jumladan, raqamli
platformalar, interfaol o‘qitish metodlari va sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanish maxsus
pedagogikaning amaliy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat ta’lim sifatini
yaxshilash, balki pedagogik jarayonni yanada moslashuvchan, innovatsion hamda natijador qilish
imkonini beradi.
Hozirgi davrda ta’lim jarayonida integrativ yondashuv, pedagogik texnologiyalar,
innovatsion o‘qitish metodlari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng
joriy etilmoqda. Bu esa o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, ularda mustaqil va
tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, eng muhimi, ta’lim jarayonini yanada sifatli va qulay
shaklda tashkil qilish imkonini beradi. Xususan, maxsus pedagogika sohasida innovatsion
texnologiyalarni joriy etish va fanlararo integratsiyani ta’minlash orqali imkoniyati cheklangan
shaxslarning jamiyatga integratsiyasi sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.
Maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash jarayonida pedagoglarning kasbiy mahorati, shaxsiy
yondashuvi, ilg‘or pedagogik metodlarni qo‘llashi va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi
o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-
quvvatlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ta’lim jarayonida integrativ yondashuvni
qo‘llash zarurati ortib bormoqda. Integrativ yondashuv pedagogikani fanlararo o‘zaro bog‘liqlik
tamoyillari asosida shakllantirish va o‘quv jarayonini turli xil metodlar hamda vositalar orqali
tashkil etishni nazarda tutadi.
Bu yondashuv maxsus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim mazmunini moslashtirish, ularning
individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda o‘quv materiallarini yetkazish hamda ularning
o‘zlashtirish darajasiga qarab pedagogik strategiyalarni shakllantirish imkonini beradi. Bunday
jarayonda innovatsion texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt vositalari, interfaol ta’lim usullari,
multimediali materiallar, moslashtirilgan o‘quv dasturlari va virtual laboratoriyalar dolzarb
ahamiyat kasb etadi. Ushbu texnologiyalar o‘quv jarayonini yanada moslashuvchan, qiziqarli va
samarali qilishga xizmat qiladi.
Maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashda individual ta’lim trayektoriyalarini ishlab chiqish,
ularning bilish va rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish hamda shaxsiy yondashuv asosida
qo‘llab-quvvatlash integrativ yondashuvning asosiy tamoyillaridan biridir. Bunday usullar
bolalarning nafaqat bilim olish darajasini oshirishga, balki ularning ijtimoiy moslashuvi,
kommunikativ qobiliyatlari va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Shu sababli, ilg‘or pedagogik metodlar va zamonaviy texnologiyalarning kombinatsiyalangan
holda qo‘llanishi maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim jarayonida muvaffaqiyatga erishishiga katta
turtki beradi.
Maxsus pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar integrativ yondashuv hamda
innovatsion texnologiyalarning samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, modulda ushbu usullardan foydalanish quyidagi ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi
mumkin. Ta’lim samaradorligini oshirish bu o‘quvchilar o‘qitilayotgan materiallarni yaxshiroq
60
tushunib, mustahkam o‘zlashtirishga erishadilar. Individual yondashuvni kengaytirishda esa har
bir o‘quvchining ehtiyojlariga mos ta’lim uslublari ishlab chiqiladi. Kognitiv va psixomotorika
ko‘nikmalarni rivojlantirish o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, mustaqil qaror qabul qilish va
ijodiy yondashuvlari shakllanadi. Fanlararo integratsiya orqali keng qamrovli bilim berish maxsus
ehtiyojli o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida pedagogika, psixologiya, axborot
texnologiyalari va tibbiyot fanlari uyg‘unlashtiriladi.
Maxsus pedagogikada innovatsion texnologiyalarni joriy etishning muhim yo‘nalishlari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Raqamli ta’lim platformalari - maxsus ehtiyojli bolalar uchun elektron darsliklar, masofaviy
ta’lim dasturlari, interfaol o‘yinlar va multimedia resurslari ishlab chiqiladi.
Adaptiv ta’lim tizimlari - har bir o‘quvchining ehtiyojlariga moslashtirilgan avtomatik o‘quv
platformalari orqali individual ta’lim strategiyalari ishlab chiqiladi.
Interfaol ta’lim metodlari - sensor texnologiyalar, multimediali materiallar, kengaytirilgan
haqiqiylik va sun’iy intellekt yordamida moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish.
Reabilitatsiya texnologiyalari - tibbiyot va pedagogika fanlari integratsiyasi asosida maxsus
ehtiyojli o‘quvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini ishlab
chiqish.
Maxsus pedagogikada zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilar
uchun qulay muhit yaratib, ularning ta’lim olish jarayonini soddalashtiradi va samaradorligini
oshiradi. Shu bilan birga, bu jarayon pedagoglarning ham yangi bilim va malakalarini oshirishga,
ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik yondashuvlarni joriy qilishga xizmat qiladi.
Fanlararo integratsiya ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu yondashuv o‘quvchilarga turli fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishga yordam berib,
bilimlarni yaxlit tizim sifatida idrok etishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, integratsiyalashgan ta’lim
jarayoni o‘quvchilarning egallagan bilimlarini mustahkamlashga ko‘maklashadi, chunki turli
fanlar bo‘yicha olingan nazariy ma’lumotlar bir-birini to‘ldirib boradi va yanada mustahkam esda
qoladi.
Bundan tashqari, fanlararo integratsiya o‘quvchilarga o‘rganilgan bilimlarni haqiqiy hayot
bilan bog‘lash imkonini yaratadi. Ular nazariy bilimlarni amaliy holatlar bilan solishtirib, kundalik
hayotda qo‘llash yo‘llarini o‘zlashtiradilar. Bu esa nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki
o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. Shu sababli, ta’lim tizimida
fanlararo integratsiyaga asoslangan yondashuvni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Maxsus pedagogikada ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning
bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fanlararo integratsiya
amalga oshirilishi mumkin.
Pedagogika va psixologiya integratsiyasi - o‘quvchilarning individual rivojlanish
xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus metodikalar ishlab chiqish;
Axborot texnologiyalari va maxsus ta’lim uyg‘unligi - zamonaviy raqamli vositalar
yordamida o‘quv jarayonining moslashuvchanligini ta’minlash;
Tibbiyot va maxsus pedagogika integratsiyasi - jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar
uchun reabilitatsion-ta’limiy dasturlarni ishlab chiqish.
Bu yo‘nalishlar maxsus ehtiyojga ega bolalar ta’limini yanada rivojlantirish, ularning
individual qobiliyatlarini qo‘llab - quvvatlash hamda turli fanlar orqali ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi.
61
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsam maxsus pedagogika modulini integrativ yondashuv asosida
o‘qitish ilm-fanni rivojlantirish hamda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish orqali
maxsus ehtiyojli o‘quvchilar uchun sifatli ta’lim jarayonini shakllantirishga xizmat qiladi.
Integratsiyalashgan ta’lim metodlari ta’lim mazmunini yanada boyitib, o‘quvchilarning bilim va
ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, fanlararo integratsiya,
zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda ilg‘or texnologiyalarning qo‘llanilishi maxsus ehtiyojli
bolalar uchun nafaqat ta’lim samaradorligini oshirishga, balki ularning ijtimoiy hayotga
moslashuvi va kasbiy yo‘nalishini belgilashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu innovatsion
usullar orqali o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, muammolarni hal qilishga va haqiqiy hayotda o‘z
bilimlarini qo‘llashga o‘rgatish mumkin.
Kelajakda maxsus pedagogika sohasining yanada rivojlanishi uchun ilmiy-tadqiqot
faoliyatini kuchaytirish, ta’lim metodlarini doimiy takomillashtirish va pedagog kadrlarning
malakasini oshirish muhim omillardan biri hisoblanadi. Shuningdek, ilg‘or texnologiyalarni o‘quv
jarayoniga keng joriy etish orqali o‘quvchilarga individual yondashuvni yanada takomillashtirish,
ularning intellektual va psixologik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratiladi.
Bularning barchasi natijasida maxsus ehtiyojli bolalar uchun teng imkoniyatlar ta’minlanib,
ularning jamiyatga to‘laqonli integratsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, maxsus pedagogika sohasi
nafaqat ta’lim tizimi, balki jamiyat taraqqiyoti uchun ham muhim omillardan biriga aylanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Axmedova G. Inkluziv ta’lim: pedagogik yondashuvlar va innovatsiyalar. Toshkent: Fan va
texnologiya, 2020 y. 112-b.
2.
Давыдов В. В. Теория развивающего обучения. Москва: Инновационная шко,
1996й.90-б.
3.
Farmonov Sh., Turg‘unboev R., Sharipova L., Parpiyeva N. Ehtimolliklar nazariyasi va
matematik statistika. Toshkent, 2011 y.272- b.
4.
Jalolov J. Pedagogik texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish metodlari. Toshkent: O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2015 y.85-b.
5.
Djаvlаnоvа, N. (2025). Mаxsus pеdаgоgikа mоdulini intеrаktiv о'qitish vоsitаsidа
tаlаbаlаrning kаsbiy mоtivаtsiyаsini rivоjlаntirish mеtоdikаsi. В ACADEMIC RESEARCH IN
MODERN
SCIENCE
(Т.4,Выпуск
16,сс.100–103).Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15173505
6.
Леоньтев А. Н. Деятельность. Soznanie. Личность. Москва: Смысл, 2003й.200-б.
7.
Mahmudov U. Maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash metodikasi. Samarqand: Samarqand
Davlat Universiteti nashriyoti, 2019 y.130-b.