91
BО‘LAJAK PEDAGOGLARNING ILMIY-FALSAFIY DUNYOQARASHINI
RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Yuldasheva Xusnidaxon Jumanazar qizi
Qo‘qon davlat universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15409823
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini
rivojlantirish metodikasi o‘rganilgan. Pedagogika sohasida ilmiy-falsafiy dunyoqarash
talabalarni nafaqat pedagogik bilimlar bilan ta’minlash, balki ularning dunyo haqidagi
tushunchalari, qadriyatlari va ilmiy tafakkurlari bilan bog‘liq muhim jihatlarni ham o‘z ichiga
oladi.
Kalit so’zlar:
Pedagog, falsafa, metod, ilmiy, rivojlantirish ,o’quvchi, bilim, fan, taraqqiyot,
jamiyat.
Kirish:
Bо‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirish, zamon
talablariga javob beradigan, ma'rifatli va barkamol avlodni tarbiyalashning asosi hisoblanadi.
Pedagoglarning nafaqat kasbiy malakasi, balki ularning dunyoqarashi, ma'naviy-axloqiy
tamoyillari, yuksak intellektual imkoniyatlari ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishida asosiy
o‘rin tutadi. Shu o‘rinda, pedagoglarni zamonaviy bilim va ilm-fan bilan tanishtirish, ularning
dunyoqarashini kengaytirish, zamonaviy pedagogik metodlarni o‘rgatish, o‘quvchilarga yangicha
yondashuvlar asosida ta'lim berishning muhimligi qayd etilgan. Uning fikricha, pedagogik
bilimlarni mustahkamlash va ilmiy-falsafiy asoslarni rivojlantirish orqali pedagoglar jamiyatning
rivojlanishiga qo‘shgan hissasini yanada orttiradilar. Shunday qilib, ta'lim jarayonining
samaradorligini oshirish uchun ilmiy-falsafiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasining
ahamiyati beqiyosdir.
Bu metodika nafaqat pedagogning shaxsiy rivojlanishini ta'minlaydi, balki ta'lim tizimining
yangi yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilishiga yordam beradi. Ta'lim tizimida o‘zgarishlar amalga
oshirilganda, pedagoglarning o‘ziga bo‘lgan ishonchining ortishi, yangi bilimlarni qabul qilishga
tayyorligi hamda pedagogik faoliyatda o‘zgarishlarga moslashuvchanligi muhim ahamiyatga ega.
Bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashi — bu ularning ilmiy tafakkur, hayotiy
pozitsiya va kasbiy ong asoslarini shakllantirish jarayonidir. Bunday dunyoqarash ularning
nafaqat kasbiy, balki shaxsiy rivojlanishiga, talabalarga qanday yondashishi va ta'limni qanday
olib borishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ilmiy-falsafiy dunyoqarash turli hil ko’rinishlarni qamrab oladi. Jumladan, epistemologik
asoslar (bilimning tabiati va manbalari), ontologik tasavvurlar (borliq va voqelik haqidagi
qarashlar), etik qadriyatlar (pedagogik faoliyatda axloqiy me’yorlar), tarixiy-madaniy meros
(milliy va global falsafaning o‘rni).
Bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini shakllantirishda quyidagi metodik
yondashuvlar qo‘llaniladi:
Talabalarni falsafiy savollarga javob topishga undash orqali tanqidiy fikrlashni
rivojlantiradi. Masalan: "Bilim haqiqatmi yoki tafakkur mahsulimi?" kabi savollar asosida
seminarlar tashkil etiladi.
Debatlar, rol o‘yinlari, "fikrlar kollajlari" orqali talabalar o‘z nuqtai nazarlarini asoslaydi. Bu
metodlar ularni turli falsafiy oqimlar va g‘oyalarni qiyoslashga o‘rgatadi.
92
G‘arb va Sharq mutafakkirlari asarlarini o‘rganish orqali falsafaning taraqqiyot
bosqichlarini anglashadi. Masalan, Ibn Sino, Farobiy, Konfutsiy, Kant kabi faylasuflar g‘oyalari
asosida tahlil ishlarini olib boorish.
Kurs ishlari, miniatyura loyihalar orqali ilmiy izlanishlar olib boriladi. Shaxsiy falsafiy
pozitsiyasini shakllantirishga zamin yaratadi. Falsafa biologiya, psixologiya, pedagogika fanlari
bilan bog‘lanadi. Kompleks dunyoqarash shakllanishiga yordam beradi. O‘qituvchining shaxsiy
namunasi — pedagog o‘zi falsafiy yondashuvda mustahkam turgan bo‘lsa, talabalarga ilhom
bo‘ladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari — zamonaviy vositalar orqali interaktiv
falsafiy ta’limni tashkil qilish. Kreativlik va tafakkur erkinligi — talabalarni erkin fikrlashga
undovchi muhit yaratish.
Xulosa qilib aytganda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini shakllantirish
zamonaviy ta’limning strategik vazifalaridan biri bo‘lib, bu jarayon ularning shaxsiy va kasbiy
kamoloti, ijtimoiy mas’uliyati, mustaqil fikrlashi va innovatsion yondashuvlarini rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ilmiy-falsafiy dunyoqarash
faqat nazariy bilimlar bilan emas, balki tanqidiy tafakkur, falsafiy tahlil, hayotiy qadriyatlar,
ma’naviy-estetik qarashlar hamda axloqiy ong bilan uyg‘unlashgan holda rivojlanadi.
Ushbu metodika orqali pedagogika talabalarida falsafiy savodxonlik, ilmiy izlanishga
moyillik, analitik fikrlash ko‘nikmalari, ijtimoiy-madaniy jarayonlarga ongli yondashuv
shakllanadi. Amaliy mashg‘ulotlar, muammoli vaziyatlar asosidagi tahlillar, falsafiy matnlar bilan
ishlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish — bularning barchasi pedagogik
kasbga chuqur tayyorgarlik ko‘rishda ilmiy-falsafiy dunyoqarashni samarali shakllantiradi.
Shunday qilib, bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirish – ularni
nafaqat bilimdon mutaxassis, balki tafakkur qiluvchi, jamiyatdagi o‘zgarishlarga ongli yondasha
oladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq shaxs sifatida voyaga yetkazishning
poydevoridir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. – T.: «Sano-standart»
nashriyoti, 2017. – 416 b.
2.
Хуторской А. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированного
образования // Народное образование. – Москва, 2003. -№2. – С.60
3.
Чаплыгина И.В. Ключевые компетенции в среднем профессиональном образовании
//Профессиональное образование. – М., 2005.– №3. – C. 7.