Авторы

  • Mirjalol Haydarov
    JDPU o‘qituvchi
  • Sevinch Sherqulova
    JDPU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.89602

Аннотация

Zamonaviy ta’lim jarayoni pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarning doimiy yangilanishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda darsni samarali tashkil etish va o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirishda o‘qituvchining konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kompetensiyalar orqali o‘qituvchi o‘quv jarayonini ilmiy asoslangan holda loyihalash, dars jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos metodik yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Bu o’z navbatida har bir bo’lajak kasb egasining o’z kasbini yuksak darajada egalashi uchun zaruriy omildir. Shaharsozlik yoki qurilish, texnologik rejalar, modellash va boshqa barcha turdagi konstruksiya ishlarida albatta zamon talabiga mos holda texnik va ijtimoiy talablarga javob beruvchi samaraga erishish uchun kichik yoshdan shaklantirish bo‘yicha asosiy talab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga katta bog‘liqdir. Bundan ko‘rinib turadiki bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida yuqorida ta’kidlaganimizdek, konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyasini rivojlantirish talab etiladi. Bu o’z navbatida yangicha qarashga bo’lgan ijobiy faiklarni takomilashtiradi.


background image

110

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KONSTRUKSIYALASH VA

MODELLASHTIRISH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Haydarov Mirjalol Shog‘dorovich

JDPU o‘qituvchi

Sherqulova Sevinch Olim qizi

JDPU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15449836

Zamonaviy ta’lim jarayoni pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarning doimiy

yangilanishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda darsni samarali tashkil etish va
o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirishda o‘qituvchining konstruksiyalash va
modellashtirish kompetensiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kompetensiyalar orqali
o‘qituvchi o‘quv jarayonini ilmiy asoslangan holda loyihalash, dars jarayonida innovatsion
metodlardan foydalanish va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos metodik yondashuvlarni
ishlab chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Bu o’z navbatida har bir bo’lajak kasb egasining o’z kasbini
yuksak darajada egalashi uchun zaruriy omildir. Shaharsozlik yoki qurilish, texnologik rejalar,
modellash va boshqa barcha turdagi konstruksiya ishlarida albatta zamon talabiga mos holda
texnik va ijtimoiy talablarga javob beruvchi samaraga erishish uchun kichik yoshdan shaklantirish
bo‘yicha asosiy talab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga katta bog‘liqdir. Bundan ko‘rinib turadiki
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida yuqorida ta’kidlaganimizdek, konstruksiyalash va
modellashtirish kompetensiyasini rivojlantirish talab etiladi. Bu o’z navbatida yangicha qarashga
bo’lgan ijobiy faiklarni takomilashtiradi.

Konstruksiya

(lotincha:

constructs

- tuzilish, qurilish) — 1) mashina, inshoot yoki oʻzel va

detallarning tuzilish sxemasi, shuningdek, mashina, inshoot, hamda ularning detallari.
Konstruksiya da kerakli qism va elementlarining shakli hamda oʻzaro joylashishi, ularni biriktirish
usullari, oʻzaro taʼsiri va qanday materiallardan yasalishi hisobga olinadi; 2) ilmiy yoki badiiy
asarlarning tuzilishi (qarang Kompozitsiya); 3) bir sintaktik birlikni tashkil qiluvchi soʻzlar
birikmasi.

[2]

Konstruksiyalash kompetensiyasi nima?

Pedagogik konstruksiyalash — bu o‘qituvchining o‘quv jarayonini rejalashtirish, dars

mazmunini tizimli tuzish, o‘quv vazifalarini aniqlash va ularni bosqichma-bosqich amalga
oshirishga qaratilgan faoliyatidir. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bu ko‘nikmaga ega bo‘lishi
orqali har bir darsni puxta tayyorlab, zamonaviy didaktik vositalardan foydalangan holda darsni
samarali o‘tkazishi mumkin.

Modellashtirish

— ilmiy faoliyatining keng tarqalgan shakllaridan biridir. Barcha fanlarda

modellashtirilayotgan hodisalar haqida maʼlumot olishda, farazlar va nazariyalarni ishlab
chiqishda modeldan foydalaniladi. Shu jumladan tarixchilar ham bu uslubdan tadqiqotlar
jarayonidan keng foydalanadilar. Tarixiy hodisalarni modellashtirish mantiqiy shakllantirish
yordamida amalga oshiriladi, yaʼni fikran mazmun-vazifaviy reja shakllantiriladi. Modellashtirish
soddalashtirish, ideallashtirish va abstraktlashtirish bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.

[3]

Modellashtirish kompetensiyasi haqida

Modellashtirish esa real o‘quv jarayonini abstrakt ko‘rinishda aks ettirish, ya’ni uni

soddalashtirilgan model orqali ko‘rsatish jarayonidir. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun
tushunchalarni osonroq qabul qilish, mavzuni vizual ko‘rinishda tushunishlari uchun
o‘qituvchining modellashtirish kompetensiyasi zarur. Bu ko‘nikma darslarda grafiklar,


background image

111

diagrammalar, jadvallar, texnologik xaritalar va boshqa vizual vositalardan foydalanishga
asoslanadi.

Kompetensiyalarni shakllantirishning usullari

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining konstruksiyalash va modellashtirish

kompetensiyalarini rivojlantirish uchun quyidagi metodlardan foydalanish samaralidir:

1.

Amaliy mashg‘ulotlar

– dars loyihasini ishlab chiqish, interaktiv dars ishlanmalarini

yaratish orqali o‘quvchi-o‘qituvchi faoliyatini modellashtirish.

2.

Kechikkan holatlarni tahlil qilish (case-study)

– real ta’limiy vaziyatlarda qaror qabul

qilish orqali o‘qituvchi fikrlashini konstruktiv rivojlantirish.

3.

Multimedia va AKT vositalaridan foydalanish

– vizual taqdimotlar, interaktiv modellar

orqali mavzuni tushuntirishga yordam beradi.

4.

Kreativ loyiha ishlari

– o‘quv rejasi asosida yangi dars metodikasi yoki innovatsion

ko‘rgazmali qurollarni ishlab chiqish.

Yuqorida sanab o‘tgan barcha nazariy va amaliy jarayonlarda o‘z aksini topayotgan

texnikaviy yangiliklar asosida ta’lim tizimiga yangilik kiritish orqali biz mamlakatimiz ta’lim
tizimni oshirishimiz mumkin bo‘ladi. Misol tariqasida hozirgi yosh avlodni doskaga mantiqiy misol
va hayotiy tasodiflar orqali shakllantirish natija bermaydi, shu bilan birga ularni darsga bo‘lgan
qiziqishi va kasbga tayyorlov kompetensiyasini shaklantira olmaymiz, tasavvur va amalda
bajariladigan amaliy darslarda yoki ekskursiyalardagi bilim va malakalari orqali tasavvur doirasi
kengayishi hamda amalda bajarish qobiliyati rivojlanishi o‘z-o‘zidan shakllanishi nazarda
tutilganini e’tirof etish kerak. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida biz qaysi sohani yoki
ta’limotni rivojlantirsak ushbu amalga qarab bizning ertamiz bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim
o‘quvchilarida ham ana shu bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllandi va vatanimiz ravnaqi uchun
xizmat qilishi bor gapdir.

Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining muvaffaqiyatli faoliyat

yuritishi uchun konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirish muhimdir.
Bu kompetensiyalar pedagogni nafaqat darsni samarali rejalashtirish, balki o‘quvchilarning
individual va guruhiy ehtiyojlariga mos keluvchi ta’limiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlaydi. Shu
bois pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bu ko‘nikmalarni shakllantirishga
qaratilgan metodik yondashuvlar ta’lim dasturlarida keng o‘rin olishi lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini

boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-
5538-son Farmoni
2.

Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3.

Ilhomov Ziyovutdin Adxamovich

. Tarix fanining nazariy asoslari

(O'zbek), 2020 — 111--bet.

4.

Hamidova B. M. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashga metodologik

yondashuvlar. Guliston davlat universiteti ilmiy axborotnomasi 2023-yil 4-son.101-103 betlar.
5.

https://kun.uz/news/2020/06/12/

6.

https://uz.wikipedia.org/wiki.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni

Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ilhomov Ziyovutdin Adxamovich. Tarix fanining nazariy asoslari (O'zbek), 2020 — 111--bet.

Hamidova B. M. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashga metodologik yondashuvlar. Guliston davlat universiteti ilmiy axborotnomasi 2023-yil 4-son.101-103 betlar.