106
UMUM TA’LIM MUASSASALARINING TA’LIM SIFATINI BOSHQARISHDA PR
TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Turg‘unboyev Farrux Bahodir o‘g‘li
A. Avloniy nomidagi Pedogogik mahorat milliy instituti
Matbuot, media va muzey xizmatlari bo‘limi
yetakchi mutaxassis
Tel: 94 165 5001
https://doi.org/10.5281/zenodo.15433801
ANNOTATSIYA:
Ushbu tezisda umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda PR
(Public Relations – jamoatchilik bilan aloqalar) texnologiyalarining o‘rni va zaruriyati yoritilgan.
Maktablarning ijtimoiy imidjini shakllantirish, ularning faoliyati ochiqligi va shaffofligini
ta’minlash, ota-onalar va jamoatchilik bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali ta’lim sifati
sezilarli darajada oshiriladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida PR
strategiyasini tizimli tarzda amalga oshirish umumta’lim muassasalarining boshqaruv
samaradorligini oshirishda muhim omilga aylanadi.
KALIT SO‘ZLAR:
PR texnologiyalari, umumta’lim muassasasi, ta’lim sifati, boshqaruv,
kommunikatsiya, jamoatchilik bilan aloqalar, imidj, mediafaollik, shaffoflik, axborot siyosati.
Zamonaviy ta’lim tizimida sifatni ta’minlash uchun faqatgina ta’lim berish sifati emas, balki
maktabning jamoatchilik bilan qanday aloqa o‘rnatgani ham muhim rol o‘ynaydi. Shu bois PR
texnologiyalarini qo‘llash orqali maktab faoliyatining ochiqligi, jamoatchilik ishonchi va imidji
mustahkamlanadi. PR bu yerda oddiy reklama emas, balki tizimli kommunikatsiya strategiyasi
bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabning ichki va tashqi aloqalarini mustahkamlash, faoliyatini muntazam yoritib borish,
ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va mahalla bilan hamkorlikda ishlash ta’lim
jarayonini yanada samaraliroq qiladi. Maktab saytining yangiligi, Telegram va boshqa ijtimoiy
tarmoq sahifalarida faol ishtirok etish orqali ota-onalar maktab hayoti bilan doimiy ravishda
tanishib boradi.
Ichki PR esa, maktab jamoasi o‘rtasidagi sog‘lom muhitni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
O‘qituvchilarni rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini keng ommaga yetkazish, pedagoglar
o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash orqali ichki motivatsiya oshadi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim
sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
PR faoliyati bo‘yicha rejalashtirish ham muhim: har yili PR strategiyasi ishlab chiqilishi,
axborot oqimi nazorat qilinishi, ijtimoiy fikr tahlil qilinishi lozim. Maktab matbuot kotibi, axborot
bo‘yicha mas’ul xodim tayinlanib, doimiy aloqa faoliyatini yuritishi kerak. Bu PR jarayonining
tizimli asosda olib borilishiga xizmat qiladi.
PR texnologiyalari faqatgina imidj yaratish emas, balki tashkilot va jamoatchilik o‘rtasidagi
ko‘prikni shakllantiradi. Ularning asosiy maqsadi – axborot bilan ishlash, tashkilot faoliyatiga
ishonch uyg‘otish va jamoaviy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdir. Maktablar PR
texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim sifati masalasida ham yetakchi bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, veb-saytlar, onlayn konferensiyalar, vebinarlar
PR faoliyatining asosiy vositalariga aylangan. Shuning uchun maktablar media-savodxonlikni
oshirish, jamoatchilik bilan axborot almashinuvida professional yondashuvni tanlashi lozim. Ota-
107
onalarning ishtiroki, jamiyatning maktab faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvi aynan shunday
vositalar orqali ta’minlanadi.
PR strategiyasining samarali bo‘lishi uchun quyidagi bosqichlarni tavsiya etish mumkin:
holatni tahlil qilish, maqsadli auditoriyani aniqlash, aloqa usullarini tanlash, mazmunli axborot
yaratish, muntazam monitoring va fikr-mulohazalarni tahlil qilish. Bu orqali ta’lim sifatini oshirish
bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi.
XULOSA:
Xulosa qilib aytganda, PR texnologiyalarining umumta’lim muassasalarida
takomillashtirilishi ta’lim sifatini oshirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. U nafaqat maktab
obro‘sini oshiradi, balki ichki muhitni ijobiylashtiradi, ota-onalar va jamiyat bilan ochiq muloqotga
asos yaratadi. PR orqali samarali boshqaruv, ijobiy imidj va shaffoflikni ta’minlagan maktablar o‘z
o‘quvchilari uchun yanada qulay, ishonchli va motivatsion muhitni yaratadi. Shu sababli PR
texnologiyalarini tizimli ravishda tatbiq etish bugungi ta’lim jarayonining ajralmas qismiga
aylanishi lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni. – Toshkent, 2020.
2.
Kotler F. "Marketing management". – Pearson Education, 2016.
3.
Pardaev M. va boshq. "Ta’lim muassasalarida boshqaruv". – Toshkent, 2022.
4.
Samig‘ov A. "PR texnologiyalari asoslari". – Toshkent, 2021.
5.
UNESCO. Education Sector Planning – 2019.