103
O’QITUVCHINING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK
MUAMMO SIFATIDA
G’aniyeva Maftuna Abduaziz qizi
Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15433783
Annotatsiya:
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchilardan nafaqat bilim va malakaga, balki
o‘quv jarayonida muammolarni samarali hal qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishni talab etadi. Bu esa
o‘qituvchining kasbiy faoliyatida mantiqiy tafakkur o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini
ko‘rsatadi.
Mantiqiy tafakkur — bu muammolarni tahlil qilish, ularga yechim topish va qaror qabul
qilish jarayonlarini amalga oshirish imkonini beruvchi vositadir. Shunday ekan, mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish har qanday o‘qituvchining kasbiy muvaffaqiyatining asosi hisoblanadi.
Ushbu maqolada o‘qituvchining o‘quv jarayonida mantiqiy tafakkurni qo‘llash imkoniyatlari,
bu jarayonda duch keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek,
o‘qituvchining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning zamonaviy usullari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Mantiqiy fikr, ijodiy fikr, intellektual salohiyat, pedagogik mahorat.
Bugungi kunda ta’lim sohasida yuksak malakali, mantiqiy fikrlashga qodir pedagoglarni
tayyorlash dolzarb masalaga aylangan. Mantiqiy fikrlashning takomillashgan nuqtasiga erishish
bo‘lajak mutaxasislarga ta’lim muassasasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini dars mashg‘ulotlari
boshqarish sharoitlarida bu, bir tomondan, tanlovning yoki yechim mantiqiy ishlanmasining
asoslanganligi, uni amalga oshirish, ikkinchi tomondan, o‘quv-tarbiya jarayonining barcha
komponentlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalarning manfaatdorliklari, o‘z-o‘zini boshqarish
organlarining qo‘llab-quvvatlashlari kabi ijobiy koeffisentni oshirishga yordam beradi.
Pedagogik mehnatda o‘qituvchining mantiqiy individuallashtirish jarayoni quyidagi turli
ifodalarga ega bo‘lishi mumkin:
-
kasbiy xulq va faoliyatda o‘xshamaslikning qisman yoki epizodik namoyon bo‘lishi sifatida
individual farqlar;
-
kasbiy faoliyatda uzoq vaqt davomida barqaror saqlanadigan individual metod, kasbiy
faoliyat usullari va vazifalarini individual umumlashtirish;
-
o‘qituvchi shaxs mehnatida betakrorligi, o‘ziga xosligining ifodalanishi sifatidagi
individuallik, individual kasbiy dunyoqarash, ko‘pincha shaxsning mehnatidagi kasbiy turining
individual varianti.
Mantiqiy fikrlash bir tomondan individualizm ikkinchi tomondan haqiqatning asliyati va ijodiy
individuallikning asosi, o‘z-o‘zini anglashning samarali formasi hisoblanib, u quyidagi psixologik
xarakterlarni ham nazarda tutadi:
o‘zini boshqalar qiyoslaganda shaxs betakrorligini anglash;
o‘zi to‘g‘risidagi kreativ ifodalanish va tasavvurlarning namoyon bo‘lishi;
individual intelektual (mantiqiy tafakkur birligi) xususiyatlar yaxlitliligi va uyg‘unligi, ichki
birligi;
shaxs o‘z-o‘zini rivojlantirish, uning ijodkor sifatida shakllanishi jarayonining asl mohiyati,
mantiqiyligi, dinamikligi va uzluksizligi;
shaxsning o‘z-o‘zini ta’kidlashi va o‘zining kompetentligini anglashi;
104
ijodkorning o‘z-o‘zini amalga oshirishi va o‘zining ahamiyatliligini shaxsiy va ijtimoiy
aspektlarda anglash.
Shunday qilib, o‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilishi funksional komponentlar,
mezon, daraja va tuzilish komponentlaridan iborat.
Demak, bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishda darslik va
oʻquv qoʻllanmalarga qoʻyilayotgan zamonaviy talablarni inobatga olish, fan va texnika
yutuqlaridan, ularning bunyodkorlik sifatlaridan keng foydalanish lozim boʻladi. Bunda
yoʻnaltirilgan topshiriqlarning pedagogik xarakterini inkor etib boʻlmaydi. Shunday qilib, ilmiy,
ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlilidan maʻlum boʻlishicha «mantiqiy fikrlash» tushunchasiga
zamonaviylik kontekstida baho berish zaruriyati ijtimoiy ehtiyoj sifatida namoyon boʻlganligi
ilmiy jihatdan asoslanildi. Kuzatishlar mobaynida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy fikrlash
koʻnikmalarini takomillashtirishga metodik tayorgarligi holati quyidagi xarakterga ega va ba’zi
asosiy mezonar asosida yanada rivojlanishi, yaxshilanishi mumkinligi faraz qilinmoqda:
- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga beriladigan darslarida oʻquv materialini idrok
etishda, asosiy va mohiyatan birlamchi fikrlarni aniqlay olish;
- analiz, sintez, analogiya, bashorat qilishga oʻrgatishning fundamental bilimlarini berib
borish;
- talabalarda ilmga chanqoqlik, mustaqil hayotga tayyorgarlik kabi hislatlarni oʻstirish;
- ular shaxsining intellektual darajasini taraqqiy ettirib, bahs-munozara yuritish
madaniyatini shakllantirish.
Ta’lim sferasidagi demokratik va innovatsion kayfiyatdagi o‘zgarishlar ta’sirida bo‘lajak
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari o‘zlarining mantiqiy dunyoqarash va kasbiy rivojlanish
muammolarini hal qilishda tanlash erkinligini, mustaqil ijodkorlik va izlanish imkoniyatlarini afzal
ko‘radilar.
Shuningdek, mantiqiy yondashuvlar va interfaol metodik texnologiyalar sharoitida bo‘lajak
pedagoglarda kasbiy-fikriy kompetentlikni rivojlantirish modeli va dasturiy ta’minotini ishlab
chiqish nuqtai nazaridan pedagogik modellashtirish mohiyatiga to‘xtalib o‘tishni tadqiqot
muammosining hozirgi ilmiy shart-sharoiti va holati ham taqozo qiladi. Mazkur masalaga yaqin va
umuman ushbu sohada olib borilgan tadqiqotlar amalga oshirilish xususiyatiga ko‘ra, asosan
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar, dual ta’lim, pedagogik texnologiyalar klassifikatsiyasi,
integrativ, kreativ va kognitiv kompetensional sharoitida o‘quvchilar va talabalarda kasbiy
kompetentlikni rivojlantirish maqsadlarini qamrab olganligi mavzu bo‘yicha olib borilgan
bibliografik tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan unda mantiqiy fikrlash,
pedagogik tafakkur masalalari bo‘yicha aniq funksional pedagogik algoritm ilmiy maydonda
ishlab chiqilmaganligi ham ayni damda masalaning dolzarb ilmiy-amaliy holati va o‘rganilish
zaruruatidan dalolat beradi.
Amaldagi holat va dolzarblikdan kelib chiqgan holda mantiqiy fikrlashni metodik
rivojlantirishning pedagogik xaritasini tuzish va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning ikki tomonlama, ya’ni bevosita
o‘qituvchilarning o‘quvchilar dunyoqarashini tafakkuran teran shakllantirishida amaliy ko‘mak
beradigan va pedagogik kasbiy tafakkur kompetensiyalarini kompleks holatda jamlaydigan
modelni yaratish zarur ilmiy vazifa hisoblanadi.
105
Aytish o‘rinliki pedagogik qayta tayorlash va ta’limni tashkil etish jarayonida ilg‘or
tajribalarni ijodiy o‘zlashtirish va mamlakatimiz ta’lim amaliyotiga moslashtirish har bir fan
tarmog‘i va ilmiy faoliyatning asosiy obyekti hisoblanadi.
Shunday ekan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ushbu ko‘nikmalar va bilimlarni
egallaganidan so‘ng uning oldida ta’lim standartlari bo‘yicha bolalarning mantiqiy tafakkur qila
olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini
anglash salohiyatini shakllantirishga, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki
va yozma ravishda ravon bayon qila olish ko‘nikmalarini shakllantirishdek muhim vazifalar
turadi.
Bugungi kunda pedagoglarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar ta’limni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, uni tashkil etishning kognitiv, o‘yin, izlash va tarbiyaviy o‘zaro ta’sir
elementlari sintez qilinadigan yangi shakllaridan foydalanish zarurligini taqozo etmoqda.
Jamiyatga noan’anaviy qarorlar qabul qiladigan va bundan qo‘rqmas, mustaqil fikrlaydigan,
intellektual kuchli va ijodkor insonlar kerak.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son farmoni.
28.01.2022.
2.
A. A. Mavlyanov “MANTIQ” Toshkent 2006 5-b
3.
Кириллов В.И. Логика. – М., 2004. – С. 5.
4.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati / Z. M. Ma’rufov tahriri ostida. T. 1. – 2011. – 446-b.
5.
Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MANTIQIY TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. TA'LIM
FIDOYILARI.
6.
Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MATEMATIK TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRISHDA MURAKKAB MASALALARNING AHAMIYATI. Scienceweb academic papers
collection.
7.
Ganiyeva, M. (2024). PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR METHODICAL PREPARATION OF
FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Science and innovation,
3(B5), 178-182.
8.
Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ TECHNOLOGY in the Formation of Inventive
Abilities of Primary School Pupils. International Journal on Integrated Education, 4(9), 161-163.
9.
Ganieva, M. (2024). POSSIBILITIES OF REFORMING THE LOGICAL AND METHODOLOGICAL
TRAINING OF PRIMARY EDUCATION TEACHERS. Современные подходы и новые
исследования в современной науке, 3(16), 111-114.
10.
Ganieva, M. (2024). PREPARATION OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR
RESEARCH-BASED LOGICAL TEACHING OF PRIMARY SCHOOL CHILDREN. Развитие и
инновации в науке, 3(11), 100-103.