116
ZAMONAVIY TEXNIKA VOSITALARINING XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDAGI
AHAMIYATI
Qurbonov Nodirjon Buriboyevich
Farg‘ona davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi
+99891 326 11 98
nodir22@yandex.ru
Qurbonov Komronbek Nodirjon o‘g‘li
Farg‘ona davlat texnika universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15461760
Annotatsiya:
Ushbu maqolada televideniyening ta’lim sohasidagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Hozirgi zamon texnika yutuqlaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Televideniyening vizual va audiovizual xususiyatlari ta’limda qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi,
televizion ta’limning afzalliklari hamda xorijiy tillarni o‘rganishda televideniyedan foydalanish
tajribalari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, televideniye, audiovizual vosita, xorijiy tili, autentik materiallar, vizual
aspekt, kommunikativ qobiliyat, nutqiy ko‘nikma, samaradorlik, tadqiqotlar.
Аннотация.
В данной статье обсуждается значение телевидения в сфере
образования. Использование современных технических достижений играет важную роль
в повышении качества образования. Обсуждаются положительные воздействия
визуальных и аудиовизуальных характеристик телевидения в обучении, преимущества
телевизионного образования, а также опыт использования телевидения при изучении
иностранных языков.
Ключевые слова:
образование, телевидение, аудиовизуальное средство,
иностранный язык, аутентичные материалы, визуальный аспект, коммуникативная
компетенция, речевые навыки, эффективность, исследования.
Abstract.
This article discusses the importance of television in the field of education. The
use of modern technological advancements plays a significant role in improving the quality of
education. The positive effects of television’s visual and audiovisual features in education, the
advantages of television-based learning, and the experience of using television for foreign
language acquisition are discussed.
Keywords:
education, television, audiovisual tool, foreign language, authentic materials,
visual aspect, communicative competence, speaking skills, effectiveness, research.
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida hozirgi zamon texnika yutuqlaridan foydalanish tobora
avj olib bormoqda. Xususan, o‘quvchi yoshlarni maktabda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha
televideniyedan foydalanish ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bolalarni internet orqali
o‘qitishning qay darajada samara berishi ma’lum sabablarga ko‘ra barchamizga ayon. Shu sababli
televideniye orqali bolalarga ta’lim berish eng qulay usul hisoblanadi.
Ushbu maqola televideniyening ta’lim bilan aloqasiga bog‘liq asosiy masalalarga to‘xtaladi
hamda televideniyening ta’lim berishda o‘quvchilar yutuqlaridagi ijobiy ta’sirini ko‘rsatish
maqsadida mavjud televizion tadqiqotlardan olingan misollar bilan televidening ta’lim sohasida
ishlatilishining afzalliklarini ko‘rsatib beradi.
Televizorning eng ko‘zga ko‘ringan jihatlaridan biri shuki, uning vizual aspekt xususiyati
borligidadir. Inson mazmunni anglash uchun tasvirlarning qudratiga ichki hissiyot bilan intiladi.
117
Shu o‘rinda xalqimizda bir ibratli maqolni keldirishmiz mumkin “Ming marta eshitgandan ko‘ra,
bir marta ko‘rgan yaxshi”. Albatta, televizor informatsiyani turli formalarda taqdim etadi:
nafaqat tasvir shaklida, balki harakat, ovoz hamda o‘z vaqtida matnni ham ko‘rsata oladi.
Tadqiqotlarga ko‘ra audio va vizual informatsiyaning ko‘pligi o‘rganishning yanada
samaradorligiga sabab bo‘ladi, ya’ni har bir element bir-birini to‘ldirib boradi.
Biz hammamiz “Ko‘rish bu ishonishdir” degan ibratli so‘zlarni bilamiz. Shu bilan birga
ko‘rish bu eslab qolish degani ham, chunki inson xotirasi ko‘rganda ko‘proq narsani eslab qoladi.
Asosan, odamlar faqat ko‘rish yoki faqat eshitishga nisbatan ham ko‘rib, ham eshitsalar ikki
barobar ko‘proq eslab qoladilar. Bundan ko‘rinadiki, televizordagi ovoz va tasvir kombinatsiyasi
ta’lim olishda eng qudratli vositaga aylanadi. Televizorda beriladigan “aralash xabar” (mixed
message) ning ta’limdagi foydasi G.Gardnerning turli aqliy qobiliyatlar nazariyasida ham
ko‘rsatib o‘tilgan [3].
O‘qituvchilar mashg‘ulotlarda televideniyadan foydalanishda juda kreativ bo‘lib,
o‘quvchilarning bilim olishlarida sezilarli hissa qo‘shish uchun foydalanishni biladilar. Bizning
xulosalarimizga ko‘ra ta’lim berishda televizor orqali o‘rgatish:
1. O‘qish va ma’ruza materiallarini mustahkamlaydi;
2. O‘quvchilar orasida umumiy bilim bazasini rivojlantirishga yordam beradi;
3. Ta’limning turlicha usullaridan keng foydalanishda sharoit yaratadi;
4. O‘quvchilarda motivatsiya va entuziazmni oshiradi;
5. O‘qituvchilarning ta’lim berishdagi samaradorligini oshiradi.
Televideniye bolalarga bilim olishlarida qanday yordam berishi mumkin?
Tadqiqotlarga
ko‘ra ko‘rish eslash hamdir, ya’ni “ko‘rish bu ishonishdir”. Insonning eslab qolish qobiliyati
tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra quyidagilarni ko‘rsatadi [1]:
- 10% o‘qiganda eslab qolish;
- 20% eshitganda eslab qolish;
- 30% ko‘rganda eslab qolish;
- 50% ko‘rganda va eshitganda eslab qolish.
Televidenie bolalarga ma’lumotni ko‘rish va eshitish asosida qabul qilish imkonini yaratib,
ularning xotira qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, televideniedan o‘quv
jarayonida to‘g‘ri va samarali foydalanish ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Video materiallar xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligini oshiradi, chunki uning
dramalashtirilgan madaniy konteksti portreti va autentik materiallar boshqa til va
madaniyatning o‘zaro uyg‘unlashuvini tasvirlaydi. Tadqiqotchi Klovis (1997) ingliz tilini ikkinchi
til sifatida o‘qitganida mashg‘ulotlarda video materiallarni ishlatish tajribasi haqida yozadi,
uning muvaffaqiyatli strategiyalari quyidagilarni o‘z ichiga olgan [2]:
1) o‘quvchilar vizual informatsiyani ko‘chirib yozishlari uchun video materialni to‘xtatib
turish;
2) ovozli trekni o‘chirib qo‘yish: bunda dialogning yetishmayotgan qismini to‘ldirish orqali
o‘quvchilarning ingliz tilidagi og‘zaki va yozma nutqini o‘stiriladi;
3) lug‘at boyligi va o‘qib tushunish kompetensiyalarini o‘stirish maqsadida dasturlar
ishlatish;
4) ota-onalar ham ingliz tilidagi bilim darajalarini oshirishlari hamda farzandlarining ingliz
tilini o‘rganishlarida faol ishtirokchi bo‘lishlari uchun video yozuvlarning nusxalaridan berish.
118
O‘quvchilar ham Klovisning o‘qitish usullaridan shunchalik ruhlanganlarki, ular qo‘shimcha
ravishda boshqa o‘qitish dasturlaridan ham foydalana boshladilar, shuningdek, o‘quvchilar o‘z
qarashlarini maktabdagi quyi sinf o‘quvchilari bilan baham ko‘rish maqsadida video resurslar
bo‘yicha rasmlar chizishgan.
Respublikamiz telekanallarida olib borilayotgan xorijiy tili mashg‘ulotlari qanchalik
autentik hisoblanadi, o‘rganuvchilarning yoshi hisobga olingan holda o‘tkaziladimi, Respublika
telekanallarida faqat ingliz tilini o‘rgatilayotganligi, autentik materiallardan juda kam
foydalanilayotganligini kuzatish mumkin. Televideniyeda olib borilayotgan xorijiy tili darslarini
muntazam ravishda autentik materiallar bilan boyitish lozim.
Xulosa
Televideniye xorijiy tillarni o‘rganishda nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va
kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Audiovizual vosita sifatida
televideniye eshittirib ta’lim berish vositasi sifatida eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.
Televideniye orqali xorijiy tilini o‘rgatishda tili o‘rganilayotgan davlatlarning teledasturlaridan
foydalanish, ularni xorijiy tili telemashg‘ulotlarida faol foydalanish o‘rganish materiallarining
autentikligini oshiradi. Autentik materiallar o‘quvchida tili o‘rganilayotgan mamlakat vakillarini
eshitib tushunish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
Televizor orqali ma’lumotni vizual shaklda qabul qilish jarayoni o‘quvchilar xotirasini
mustahkamlaydi, chunki ko‘rish va eshitish vositalarining kombinatsiyasi ma’lumotni eslab
qolishda katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, insonlar ma’lumotni faqat o‘qish
yoki eshitish orqali qabul qilgandan ko‘ra, bir vaqtda ko‘rib va eshitganda ikki baravar ko‘proq
eslab qoladilar.
Umuman olganda, televideniyening ta’lim sohasidagi o‘rnini yanada samarali qilish uchun
autentik materiallardan kengroq foydalanish zarur. Xususan, xorijiy tillarni o‘rganishda milliy
telekanallarda asl til muhitini aks ettiradigan video resurslar va mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirish
maqsadga muvofiqdir. Shu tarzda televideniye ta’limning audiovizual vositasi sifatida o‘quv
jarayonini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.
Televideniye ta’lim jarayonida bolalarning bilim olish samaradorligini oshirishda muhim
rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, inson axborotni faqat o‘qiganda yoki eshitganda kamroq eslab
qoladi, ammo ko‘rib va eshitganda bu ko‘rsatkich sezilarli darajada ortadi. Aynan televizion
dasturlar ko‘rish va eshitish imkoniyatlarini birlashtirib, bilimni mustahkamlashga yordam
beradi. Vizual va audiovizual axborotning uyg‘unligi bolalarning bilimni qabul qilish va yodda
saqlash jarayonlarini tezlashtiradi. Bu, ayniqsa, xorijiy tillarni o‘rganish va murakkab
tushunchalarni o‘zlashtirishda juda foydali. Shu bois, televizion ta’lim usullarini to‘g‘ri tashkil
etish orqali o‘quvchilarni yanada samarali bilim bilan ta’minlash imkoniyati mavjud.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Marshall, J.M. (2002). Learning with technology: Evidence that technology can, and does,
support learning. White paper prepared for Cable in the Classroom.
2.
Clovis, D.L. (1997). Lights, television, action! Educational Leadership, Vol. 55, pp 38-40,
November, 1997.
119
3.
Гарднер, Г. Структура разума: теория множественного интеллекта / Пер. с англ. А.Н.
Свирид; под ред. Э.В. Крайникова. — Москва: Издательский дом «Вильямс», 2007. — 512 с.
— ISBN 978-5-8459-1153-7.
4.
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар
(таълим муассасалари педагог-ўқитувчилари учун амалий тавсиялар). – Т.: “Истеъдод”
жамғармаси, 2008. – 180 б.