10
TARBIYACHI NUTQIGA QO’YILADIGANPEDAGOGIK TALABLAR
Usmanova Saodat Erkinovna
Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Ollomova Dilnura
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi 2 bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15553760
Annotatsiya:
Maqolada nutq madaniyati o'qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy
fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarida to'g'ri, ravon ifodalash
ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat qilmog'i lozim.
Shundan kelib chiqqan holda nutq madaniyati: o'z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli
sharoitlarda bayon eta olish vositalarini, ma'noni turli shakllarda bera olish yo'llarini, badiiy,
ilmiy, ijtimoiy asarlarni o'rganib, ular haqidagi fikrmulohazani, shaxsiy munosabatni og'zaki va
yozma shakllarda to'g'ri bayon eta olish madaniyatini ifodalaydi.
Kalit so’zlari
: Pedagogning imidji, nutq madaniyati, fiziologik nafas, fonasion nafasda
ko'krak nafas, diafragmal nafas, diafragmal-qorin, diapazon, tembr, energetik tizim, rezonator
tizim, anafora, Ritmik, gradatsiya, invesiya, intinatsiya.
Аннотatsiя:
В статье культура речи должна служить формированию и развитию
навыков творчества, самостоятельного мышления,правильного и беглого выражения
продукта творческой мысли в устной и письменной формах в соответствии с условиями
речи, воспитанию языковой интуиции. Исходя из этого, культура речи: средства
выражения своего мнения в разных условиях в соответствии с условиями речи, способы
придания смысла в разных формах, изучение художественных, научных, общественных
произведений, осмысление их, личное представляет собой культура умения правильно
выражать свое отношение в устной и письменной формах.
Ключевые слова
: образ учителя, культура речи, физиологическое дыхание, грудное
дыхание при фонatsiи, диафрагмальное дыхание, диафрагмально-брюшное, диапазон,
тембр, энергетическая система, резонаторная система, анафора, ритмика, градatsiя,
инверсия, интонatsiя.
Annotation:
In the article, speech culture should serve to form and develop the skills of
creativity, independent thinking, correct and fluentexpression of the product of creative thought
in oral and written forms in accordance with the conditions of speech, and education of language
intuition. Based on this, the culture of speech: the means of expressing one's opinion in different
conditions in accordance with the conditions of speech,
the ways of giving meaning in different
forms, studying artistic, scientific, social works, thinking about them, personal represents the
culture of being able to correctly express the attitude in oral and written forms.
Key words
: Teacher's image, speech culture, physiological breath, chest breath in phonation
breath, diaphragmatic breath, diaphragmatic abdomen, range, timbre, energetic system, resonator
system, anaphora, rhythmic, gradation, inversion, intonation.
Har bir insonning ma'naviy va madaniy kamolotga erishuvida tilning o'rni alohidadir. Til
insonlararo muloqot hamda fikr va axborot almashinuv vositasidir. Chunki, insonni boshqa
jonzotlardan ajratib turadigan ham tildir. Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy
mahsullari - tafakkur mevalari til va nutq orqali ro'yobga chiqadi. Til tafakkur mahsullarining
hayotga tadbiq etilishiga vosita bo'luvchi qudratli quroldir. O’zbek tilining izohli lug’atida “til – fikr
11
ifodalash va o’zaro aloqa quroli bo’lib xizmat qiladigan tovushlar, so’zlar grammatik vositalar
sistemasi” deb ta’riflansa, nutqqa “fikrni til orqali ifodalash qobiliyati, mahorati” yoki “so’zlashuv
jarayonidagi til” deb ta’rif beriladi. Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri
«Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e'tibor berilganki, ular hozir ham
o'z ahamiyatini yo'qotmaganini ko'ramiz. Kaykovus hamma hunarlar ichida so'z hunari -
notiqlikni a'lo deb biladi: «Bilginki, hamma hunardan so'z hunari yaxshi».Shuning uchun ham kishi
suxandon va notiq bo'lishini ta'kidlaydi.Muallif notiqlikni egallashning yo'lini tinimsiz mehnat va
o'rganish deb uqtiradi.Tilning olijanob imkoniyatlari nutq orqali ochiladi. Nutq bo'lmas
ekan,tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. A. Navoiy til va nutq
munosabatlarini shunday izohlaydi: «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq
nomaqbul bo'lib chiqsa, tilning ofatidir». Demak, til har qancha qudratli zo'r bo'lmasin, u nutq
uchun qurol sifatida xizmat qiladi.Uning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo'ladi. Agar til
o'q bo'lsa, nutq kamondir. O'qning qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog'liq.
Til millatning noyob xazinasi bo'lib, doimo og'zaki va yozma holda namoyon bo'lgan. Boy,
yorqin, maroqli nutq, u kim bo'lishidan qat'iy nazar, inson nuri hisoblangan. Nutq madaniyati juda
katta va keng soha bo'lib, u bolaning kundalik oddiy salom-aligidan tortib, kimga nimani, qachon,
qaerda va qanday so'zlashigacha bo'lgan barcha nutqiy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Nutq
madaniyati faqat nutqni egallash yo'llarini emas, balki undan foydalanish madaniyatini ham
tarbiyalaydi. Nutq madaniyati o'qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini
nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarida to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat qilmog'i lozim. Shundan kelib
chiqqan holda nutq madaniyati: o'z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli sharoitlarda bayon
eta olish vositalarini, ma'noni turli shakllarda bera olish yo'llarini, badiiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni
o'rganib, ular haqidagi fikrmulohazani, shaxsiy munosabatni og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri
bayon eta olish madaniyatini ifodalaydi. Har qanday pedagogik vaziyat uchun mutlaqo to'g'ri
bo'lgan nutqni tuzish mumkin emas. Faqat ayni vaziyat talablaridan kelib chiqib tashkil etiladigan
nutqgina to'g'ri hisoblanadi. Binobarin, kishi o'zining har bir qadamini oldindin ko'rishi,
rejalashtirishi amalda mumkin bo'lmaydi. Pedagogning mehnati - bu behad izlanish va azob-
uqubatli kechinmalar, ilhom va betakror turlanish oni, ko'pdan-ko'p kundalik ishlar, hafsalasi pir
bo'lish va bolalar bilan birgayani, ya'ni inson organizmining hayotiy funksiyasini amalga oshiradi.
Shuningdek, u nutq jarayonini energiya bilan ta'minlaydi. Demak, inson ikki turda nafas oladi:
fiziologik va fonasion nafas. Fiziologik nafasda havo burun orqali olinib, nafas olish va nafas
chiqarish teng hamda bir tekisda bo'ladi. U quyidagi ketma-ketlikda sodir bo'ladi: qisqa nafas
olish, qisqa nafas chiqarish va pauza. Fonasion nafas shakllanmagan bo'lsa nutq jarayonida
hapqirib qolish, yurak urishi tezlashishi, yuz qizarib ketishi kabi holatlar kuzatiladi. Nafas olish
jarayonida ishtirok etadigan muskullar ishtirokiga qarab nafasni to'rt turga ajratiladi. Yuqori nafas
- yelka, ko'krak qafasi va o'pkaning yuqori qismi ishtirokida amalga oshiriladigan engil nafas
turidir.
Ko'krak nafas – qovurg'a muskullari ishtirokida sodir bo'lib, ko'krak qafasini aylanasi
o'zgaradi. Bunda diafragma deyarli o'zgarmaydi. Diafragmal nafas – ko'krak qafasi hajmining
bo'ylamasiga o'zgarishi natijasida amalga oshadi. Diafragmal-qorin nafas ko'krak qafasi
muskullarining ko'ndalangiga hamda bo'ylamasiga o'zgarishi, qorin muskullarining o'zgarishi
asosida hosil bo'ladi. Shu nafas fonasion nafas uchun eng qulayi hisoblanadi.Nutq tovushlari
cho'ziq nafas chiqarish jarayonida hosil bo'ladi. Shu sababli fonasion nafas va tovush hosil qilish
jarayonini takomillashtirishda diafragmal-qorin nafasni rivojlantiriuvchi mashqlardan
12
foydalanish lozim.O'qituvchining nafas olishini tartibga solish uchun juda ko'plab mashqlar
belgilangan. Shulardan biri, yerga chalqancha yotgan holda burun orqali uzoq vaqt davom
etadigan chuqur nafas olish yoki shu holatni tik turgan holda qaytarish nafas olish organlarining
to'g'ri ishlashiga yordam beradi. O'qituvchilar orasida tabiiy ravishda ijobiy ta'sir etadigan,
jarangdor,yoqimli tovush egalari juda kam uchraydi. Yaxshi tovush yillar o'tishi bilan, maxsus
mashqlar yordamida chiniqtirib borilmasa, o'zgarishi mumkin.Shuningdek, har bir insonning
tovushi maxsus mashqlar asosida chiniqtirilsa kuchli, o'zgaruvchan va jarangdor bo'lishi mumkin.
Tovush apparatining tuzilishi bilan tanishib chiqamiz.Tovush apparati 3 qismdan iborat:
generator, rezonator, energiya tizimi.Generator tizim – tovushni generasiyalaydi, tovush paylarida
va og'iz bo'shlig'ida sodir bo'ladi. Tovushlarni tonal va shovqin tovushlarga ajratadi.
Rezonator tizimga halqum, og'iz va burun bo'shlig'i kiradi. U nutq dinamikligini ta'minlaydi.
Energetik tizimga yuqori nafas yo'llari kirib, tovush hosil qilishda ishtirok etadigan havo
oqimining tezligi va hajmini ta'minlaydi.O'qituvchi tovushining muhim xususiyatlari
Tovush o'pkadan chiqayotgan havo oqimining tovush paylari tomonidan to'sib qolinishi natijasida
hosil bo'ladi. Tovushning muhim jihatlari tovush apparatining qay darajada shakllanganligiga
bog'liq. O'qituvchi tovushining muhim jihatlariga quyidagilar kiradi:
1) Tovushni ma'lum masofaga etkazish va boshqarish.
2)Tovushning egiluvchanligi – nutq mazmuniga ko'ra o'zgartirish.
3) Tovushning balandligi – tovushning tonallik darajasi. Tovush harakati uning baland-
pastligiga bog'liq. Odam ovozi osongina 2 oktava balandligida o'zgarib turishi mumkin, ammo
kundalik nutqimizda 3-5 nota kuchida ovoz ishlatilishi mumkin.
4) Diapazon – ovoz ko'lami, kengligi. Inson imkoniyatlari darajasidagi, eng yuqori va eng quyi
chegarasiga ega turli balandlikdagi tovushlar yig'indisi.
5) Tembr – har bir tovushning o'ziga xos bo'lgan sifati, tovush bezagi, uning mayinligi yoki
yo'g'onligi, yorqinligi. Har bir insonning tovush tembri rezonator tizim asosida o'zgarishi
mumkin. Rezonator tizimning 2 turi farq qilinadi: yuqori (bosh) va quyi (ko'krak). Yuqori yoki
bosh rezonator tizimiga bosh miya, og'iz va burun bo'shlig'i kiradi. Quyi yoki ko'krak rezonator
tizimiga traxeya va bronxlar kiradi. Rezonator tizim yordamida turli xildagi ton (tovush) va
oberton (qo'shimcha tovush)lar hosil qilish mumkin.
6) Ritmika – tovush va so'zlarni talaffuz qilishdagi umumiy tezligi, davomiyligi, ovoz maromi
yoki vazni. Ba'zi bir so'zlarning, bo'g'inlarnnng talaffuzi, ularning tezligi - nutqning sur'atini tashkil
etadi.
7)Temporitm - so'zlar orasidagi tanaffuslardir.
8) Nutq tezligi o'qituvchining shaxsiy sifatlari, nutq mazmuni, muloqot qilish vaziyatiga, har
bir o'qituvchining fazilati nutq mazmuni va muomala vaziyatiga bog'liq. beradi.
Diksiya. Diksiya – tovush va so'zlarni aniq, tushunarli talaffuz qilish, ya'ni tovush hosil qilishda lab,
til, jag', yumshoq va qattiq tanglay, tilcha, halqum, tovush paylari ishtirok etadi. Agarda ulardan
birortasining faoliyati buzilsa diksiya buziladi. Diksiya-talaffuz tarzi, talaffuzni aniq ravshanligi
darajasi. O'qituvchi uchun to'g'ri talaffuz - eng kerakli qurol xisoblanadi, chunki o'quvchilar
tushunishi uchun nutqi, talaffuzi ravon, har bir bo'g'in, so'z va tovushlarni aniq aytishi kerak.
Pauza, temp va nutqning yoqimli bo'lishi nutq ohangini tashkil etadi.Bir ohangdagi nutq zerikarli
bo'lib, qiziqish va diqqatni pasaytiradi.Demak, nutq texnikasi haqidagi tushunchaga ega bo'lgach
endi doimiy mashq qilishga o'tish kerak. Nafas olishni bir maromga keltirish, talaffuzniig aniq-
ravshanligi darajasini mashq qilish, tovush organlarinn mustahkamlash kerak. O'quvchilar
13
tomonidan o'quv materialini to'g'ri yaxshi tushunib olish jarayoni o'qituvchi nutqining
mukammalligiga bog'liqdir. Odatda o'quvchilar muallimning so'zlasha olish mahorati, qobiliyatini
qay darajada ekanligiga tez e'tibor beradilar. Muallim tomonidan ba'zi bir so'zlarni, tovushlarni
noto'g'ri talaffuz qilinsa o'quvchilar orasida kulgiga, mazax qilishga olib keladi.
Shuningdek, bir
ohangdagi nutq o'quvchilarni zeriktiradi, aksincha ochiq ko'ngil bilan o'tkazilgan suhbat
davomida ko'tarinki ruhdagi nutq ohangi, ya'ni katta shavq-zavq bilan olib boriladigan bunday
suxbat o'quvchilarga qalbakidek tuyuladi va o'qituvchiga nisbatan ishonchsizlik uyg'otadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Усманова С.Э.Triz technologies as a means of developing the grammatical structure of
speech in older preschoolers. Indiya. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal 04, April 2022. 176-182
2.
Усманова С.Э.Сюжетное конструирование как средство развития творческих
способностей детей. HTTP:// INTERNATIONAL CONFERENCE.RU LONDON. 29 августа 2022 г.
Журнал инновatsiй, реформ и развития Spectrum, 6, 72-75.
3.
Усманова С.Э.Возможности использования мультимедийных компьютерных
программ в развитии детей дошкольного возраста http://www:sjird.journalspark.org
Germaniya.
4.
Усманова С. Э. Возможности Использования Мультимедийных Компьютерных
Программ В Развитии Детей Дошкольного Возраста //EUROPEAN RESEARCH:
INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY. – 2021. – С. 55-57.
