144
OʻSMIRLARDA OʻZ-OʻZINI BAHOLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Yusuvaliyeva A.Y.
Yusupova M.F.
Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15551579
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o’smirlarda o‘z-o‘zini baholash psixologik xususiyatlari
ilmiy tadqiqot usullarida o‘rganilishi masalasi muhokama etilgan. Olingan xulosalar asosida
takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
O‘z-o‘zini baholash, xarakter, baxt, shaxsiyat, Sog‘liq, o‘qish, fe'l-atvor,
o‘smirlar, kontent, shaxs.
Zamonaviy psixologiya o‘zini o‘zi baholashni turli nazariy yondashuvlar orqali tahlil qiladi.
Masalan, Zigmunt Freyd bu jarayonni insonning ichki ziddiyatlari bilan izohlasa, Karl Rojers
o‘zini o‘zi baholashni shaxsning o‘zini qabul qilishi va o‘z qadrini his qilish jarayoni deb talqin
qiladi. Albert Bandura esa bu jarayonni insonning o‘z qobiliyatlariga ishonchi bilan bog‘laydi. Bu
yondashuvlarning har biri o‘zini o‘zi baholashning murakkab va ko‘p qirrali jarayon ekanligini
ko‘rsatadi.
O‘zini o‘zi baholashning shakllanishiga turli omillar ta’sir qiladi. Ichki omillar orasida
shaxsning xarakteri, hissiyoti va motivatsiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin. Tashqi omillar esa
oila muhiti, tengdoshlar ta’siri va jamiyatdagi o‘ringa bog‘liqdir. O‘smirlik davri esa bu jarayonda
eng muhim bosqichlardan biri sanaladi. Chunki bu davrda shaxsning o‘ziga nisbatan munosabati
shakllanib, kelgusida uning ruhiy va ijtimoiy barqarorligiga zamin yaratadi.
Ko‘pchilik psixolog olimlar I. I. Chesnokova, V. S. Merlin, tomonidan o‘z-o‘zini anglashning
uch komponentli tuzilishi o‘z-o‘zini anglashni uch tomonning birligi deb biladi: o‘z-o‘zini bilish,
o‘ziga nisbatan hissiy- emotsional munosabati va o‘zini o‘zi boshqarish. Insonning o‘zi haqidagi
bilimlari uning tarkibida xilma-xil bo‘lib, o‘z-o‘zini ifoda etish bu o‘z-o‘zini anglashning
psixologik mexanizmi vazifasini bajaradi.
Insonning o’z-o‘zini baholashi va bilishi natijasida o‘z-o‘zini anglash tushunchasi paydo
bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish jarayonida bosqichma-bosqich, ya'ni vaqt davrlariga
bo‘linishi xarakterlidir. Ular ichida miqdoriy belgilar to‘planib, asta-sekin o‘z-o‘zini anglashda
sifatli yangi xususiyatlarni rivojlanishiga olib keladi.[1]
O‘z-o‘zini anglashning har bir tomoni hayot tarzi, yetakchi faoliyatidagi aloqa, shaxs
psixikasining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida o‘zini
jamiyat, guruh a'zosi sifatida tan oladi: yoshi, jinsi, kasbi, oila va boshqalar uning ijtimoiy mavqei,
rollari, boshqa odamlar bilan ijtimoiy aloqalaridir. Tadqiqotchilar o‘zini o‘zi baholashning
darajasini past, o‘rtacha va yuqori sifatida tasniflaydi. Past darajadagi o‘zini o‘zi baholash insonni
qo‘rquv va muvaffaqiyatsizlik hissi bilan band qiladi, yuqori darajadagi baholash esa shaxsning
o‘ziga haddan tashqari ishonch ko‘rsatishi yoki real hayotda o‘z qobiliyatlarini ortiqcha
baholashiga olib kelishi mumkin. O‘rtacha, muvozanatli daraja esa shaxsning o‘zini ob’ektiv va
realistik baholay olishini ta’minlaydi, bu esa ruhiy barqarorlikning asosi hisoblanadi.
O‘smirlik davri inson hayotining o‘ta muhim bosqichi bo‘lib, bu davrda shaxsiy rivojlanish
jarayonlari o‘zining o‘ziga xos dinamikasini namoyon qiladi. Shu munosabat bilan mazkur bitiruv
malakaviy ishning obyekti va predmeti quyidagicha belgilanadi:
145
Tadqiqotning obyekti sifatida o‘smirlik yoshidagi shaxslarning o‘zini o‘zi baholash
jarayonlari olinadi. Ushbu yoshdagi o‘smirlarning psixologik rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash va
baholash kabi jarayonlari tadqiqotning asosiy qamrov doirasini tashkil etadi. Ayniqsa, ularning
oila, tengdoshlar va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqalarida namoyon bo‘ladigan psixologik
xususiyatlari diqqat markazida bo‘ladi.[2]
O‘zini o‘zi baholashning turlari haqida gapiradigan bo‘lsak, uni ijobiy va salbiy ko‘rinishda
kuzatish mumkin. Ijobiy o‘zini o‘zi baholash shaxsning o‘z imkoniyatlariga ishonchi yuqori
ekanini, o‘z qadrini his qila olishini anglatadi. Bunday insonlar o‘z faoliyatlaridan qoniqish hosil
qiladi, jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladi va atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Aksincha, salbiy
o‘zini o‘zi baholash – insonning o‘z imkoniyatlarini yetarli darajada anglay olmasligi yoki past
baholashi natijasida shakllanadi.
Shuningdek, o‘zini o‘zi baholashning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqasi o‘ta muhimdir. Oila
tarbiyasi, tengdoshlar o‘rtasidagi munosabatlar va maktabdagi muvaffaqiyatlar o‘zini o‘zi
baholashni shakllantirishda hal qiluvchi omillar hisoblanadi. Misol uchun, o‘zini ijtimoiy jihatdan
qabul qilingan va qadrlangan deb bilgan o‘smirlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lsa,
aksincha, ijtimoiy rad etilgan yoki muammoli muhitda o‘sgan o‘smirlar past o‘zini o‘zi baholashni
namoyon qiladi.[3]
O‘zini o‘zi baholash shunchaki psixologik jarayon emas, balki shaxsning umumiy hayotiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadigan omildir. Ushbu jarayonni boshqarish va rivojlantirish nafaqat
shaxsiy muvaffaqiyatlar uchun, balki jamiyatning barqarorligi va taraqqiyoti uchun ham o‘ta
muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, o‘zini o‘zi baholashni shakllantirishda ijtimoiy ta’sirlarni
anglash va shaxsning ichki dunyosiga hurmat bilan yondashish har bir pedagog, psixolog va ota-
onaning vazifasidir.
O‘zini o‘zi baholash – shaxsning hayot yo‘lidaichki kompas vazifasi bajaradi.
O‘zini o‘zi baholashning shakllanishiga turli omillar ta’sir qiladi. Ichki omillar orasida
shaxsning xarakteri, hissiyoti va motivatsiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin. Tashqi omillar esa
oila muhiti, tengdoshlar ta’siri va jamiyatdagi o‘ringa bog‘liqdir. O‘smirlik davri esa bu jarayonda
eng muhim bosqichlardan biri sanaladi. Chunki bu davrda shaxsning o‘ziga nisbatan munosabati
shakllanib, kelgusida uning ruhiy va ijtimoiy barqarorligiga zamin yaratadi. O‘z-o‘zini anglash
ob'ekti -bu shaxsning o'zi, uning shaxsiy xususiyatlarini anglaydigan bilish sub'ekti bo‘lib,
yo‘nalish va munosabatlar, ruhiy holatlar, jarayonlar, xususiyatlar, xarakter, qobiliyatlar, o‘z
faoliyatining namoyon bo‘lishidagi harakatlar, tashqi dunyo bilan munosabatlar, o‘zini bilish,
aloqa va mehnat sub'ekti sifatini anglaydi. U o‘zining individual xususiyatlarini tashqi ko‘rinish
xususiyatlari, tanasining funktsiyalari, somatik xususiyatlar va boshqalarni biladi. O‘z-o‘zini
anglashning mazmunli tomoni o‘z-o‘zini anglash tushunchasini tahlil qilishiga ko‘ra V. Jeyms o‘z-
o‘zini anglash sohasida Men konsepsiyasini birinchilardan bo‘lib ko'rib chiqqan olimlardan
biridir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ахмедова, Р.М. Адилов, Ф.А (2016). Подготовка специалистов в отрасли ремесленного
производства в 20-х годах ХХ века.
146
2.
Aliboeva, N. (2022). The expression of comparative analysis. Science and innovation, 1(B7),
93-95.
3.
Abdullayev,Q2021. Yoshlar siyosati: rivojlanishistiqbollari. Toshkent: O‘zbekiston nashriyo
ti.