89
MEDIASAVODXONLIK EVOLYUTSIYASI VA AXBOROT XAVFSIZLIGI
Arobova Shohsanam Akram qizi
ADPI. 13.00.01 yo‘nalishi, 1-bosqich mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15662655
Annotatsiya.
Mediasavodxonlik, evolyutsiya, mediata’lim, axborot xavfsizligi, ommaviy
axborot, xabarlarni tahlil qilish haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
mediasavodxonlik, axborot, media, inson, mediata’lim, jarayon, ommaviy
axborot, ko‘nikma, malaka
Аннотация
Будут обсуждаться вопросы развития медиаграмотности, медиаобразования,
информационной безопасности, средств массовой информации и анализа новостей.
Ключевые
слова:
медиаграмотность,
информация,
медиа,
человек,
медиаобразование, процесс, средства массовой информации, навыки, компетентность
Abstract
The evolution of media literacy, media education, information security, mass media, and
news analysis will be discussed.
Keywords
: media literacy, information, media, human, media education, process, mass
media, skills, competence
Kirish
. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi qanchalik rivoj topgani sari, uning
afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, butun mamlakatimizda axborot
xavfsizligini ta‘minlash eng dolzarb masalaga aylanibbormoqda, Ushbu soha albatta rivojlanishi
kerak va buni qilamiz... Sh.M.Mirziyoyev.
Tabiat va jamiyatdagi har bir evolyutsion jarayon insoniyat tarixining muhim qismi sifatida
insoniyatni o‘zi haqidagi tarixiy haqiqatni topishga yaqinlashtiradi. Shu ma’noda u еrning
yaratilish tarixi, hayvonot olami va o‘simlik dunyosining o‘zaro bog‘liqligidan dunyoning
yaratilishi bilan bog‘liq muhim yangilikni tadqiq qiladi. Mediasavodxonlik va axborot
madaniyatining hayotimizga chuqur kirib borishi tufayli axborot hajmi ham oshdi va bunday
global jarayonda ommaviy demokratik muloqotning eng yaxshi kafolati hisoblanadi. Muloqotning
bu turi inson huquqlarini amalga oshirishning asosiy omili hisoblanadi.
Asosiy.
Mediasavodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash
bo'yicha ko'nikmalar va malakalar majmuyini bildiradi. Mediasavodxonlik media funktsiyalarini
tushunish, mazkur funktsiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o'z-o'zini ifoda etish,
shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka
kirishishga urg'u beradi. Mediasavodxonlik – mediata'limning natijasidir.
Mediata'lim ommaviy axborot vositalarining zararli ta'siri va tendentsiyalaridan himoya
qilish vositasi sifatida paydo bo'lgan. Ushbu paradigmadan birinchi bo'lib 1930-yillarda Buyuk
Britaniya foydalangan. Buyuk Britaniya va Avstraliyada mediasavodxonlik gumanitar fanlar
majmuasiga alohida kurs sifatida kiritilgan. Finlandiyada media va axborot savodxonligi yo'nalishi
1970-yillardan boshlab maktab va universitetlar o'quv dasturlariga kiritilgan. Mediata'lim
komponenti maktab programmasiga birinchi bor kiritilganda mustaqil fan sifatida emas, balki
ona-tili, tarix, estetik fanlar va ekologiya fanlariga integratsiya qilingan. 2021-yilda e'lon qilingan
Mediasavodxonlik indeksiga ko'ra, Finlandiya “yolg'on xabarlar va dezinformatsiyaning salbiy
90
ta'sirlariga qarshi turishda eng yuqori salohiyatga ega mamlakat”sifatida e'tirof etilgan va
indeksda birinchi o'rinni egallagan.
Shvetsiyada mediata'lim 1980-yildan boshlab ta'lim muassasalarida alohida fan sifatida
o'qitila boshlangan. Mediataʼlimni joriy etishdan asosiy maqsad yoshlarda ommaviy axborot
vositalarining xabarlarini tanqidiy idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, turli xil maʼlumotlar
manbalaridan olingan xabarlar haqida oʼz fikrini shakllantirish, shuningdek, tomosha qilingan
filmlar va teledasturlar haqida oʼz fikrini bildirish qobiliyatini shakllantirish boʼlgan. 2000-yilning
kuzidan boshlab mediataʼlim Shvetsiya milliy o‘quv dasturiga rasman kiritilgan.
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni
tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba
ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori
boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi. Mediasavodxonlik — insonlarga turli media
shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar
toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini
media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi. Boshqacha qilib
aytganda, mediasavodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari
orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati. Binobarin, dunyodagi barcha voqea
va hodisalar u yoki bu tarixiy manbaga o‘ziga xos tarzda oydinlik kiritishi va ayni paytda muhim
tarixiy ma’lumotlarning ochilishi uchun sabab bo‘lishi mumkin. O‘tmish tarixi, ijtimoiy va
gumanitar fanlarni o‘rganishda falsafa, madaniyatshunoslik, etnologiya, etnografiya,
san’atshunoslik, sotsialogiya va boshqa shu kabi fanlar еtakchilik qilmoqda. Biroq, mohiyatiga
ko'ra, bu fan tarixining muhim tarkibiy qismidir. Tarixiy manbalarga murojaat qiladigan bo‘lsak,
ibtidoiy odam o‘z fikrini o‘zi o‘ylab topgan turli belgilar va tasvirlar yordamida ifodalashga harakat
qilganligini bilib olamiz. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan til, yozuv va muloqot
shakli shu tarzda paydo bo'lgan degan argument bor. Agar biz tilning tarixi va evolyutsiyasi haqida
fikr yuritmoqchi bo‘lsak, uni ilmiy jihatdan o‘rganishimiz kerak. Ommaviy axborot vositalari
yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. Musiqa, televizor, video oʻyinlar, jurnallar va boshqa
ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday koʻrishimizga kuchli taʼsir koʻrsatadi, bu taʼsir
koʻpincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil
qila olishlari uchun ularda media savodxonlik koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish
kerak boʻladi. Bu koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni
muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat,
ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab chiqarish kiradi. Mediasavodxonligi koʻnikmalarini
oʻrganishning ushbu jarayoni mediataʼlim deb ataladi. UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda
media taʼlimni targʻib qilish madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof
etildi hamda aynan shu yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi. UNESCO
odamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy
axborot vositalari va mediasavodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab quvvatlaydi.
Axborot xavfsizligi – tasodifiy va atayin qilingan hujumlardan himoyalanish. Axborot
xavfsizligi ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli va kompleks yondashuv
muvaffaqiyat keltirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-
sonli «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida axborot va uning turlari
to‘g‘risida quyidagi ta‘riflar keltirilgan:
91
-
Axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‘iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar,
voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g ‘risidagi ma‘lumotlar;
-
Axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va
ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari;
-
Ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan
axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar;
-
Hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan
holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;
-
Maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yiladigan
hujjatlashtirilgan axborot.
Ushbu ta‘rif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida» 2011-yil 8-iyuldagi PQ–1572-son qarorini amalga oshirish choratadbirlari haqida»gi
2011-yil 7-noyabr 296sonli qarorida quyidagicha ifodalangan: maxfiy axborot – O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot
mavjud bo‘lmagan. ujjatlashtirilgan axborot. Konfedensial axborot – hujjatlashtirilgan axborot,
undan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi.
Saqlash, o‘zgartirish, uzatish va ma‘lum maqsadlar uchun foydalanish obyekti bo‘lgan
tevarak olam haqidagi ma‘lumotlarni, keng ma‘noda axborot deb tushunish mumkin. Bu
tushunchaga ko‘ra inson, uning hayot tarziga va harakatlariga ta‘sir etuvchi doimiy o‘zgaruvchi
axborot maydoni ta‘sirida bo‘ladi. Axborot o‘z tavsifiga ko‘ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-
texnik, ishlab chiqarishga yoki tijoratga oid hamda maxfiy, konfedensial yoki nomaxfiy bo‘lishi
mumkin.
Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari tavsifi. Axborot xavfsizligi deganda
tabiiy yoki sun‘iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta‘sirlardan axborot va uni qo‘llab-
quvvatlab turuvchi infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday tа‘sirlar ахbоrоt
sоhаsidаgi munоsаbаtlarga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va
axborotni muhofaza qilishni qo‘llab quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli «Axborot erkinligi
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida axborot xavfsizligi axborot borasidagi xavfsizlik
deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik
holatini anglatadi.
Xulosa:
Mediasavodxonlik va Axborot sohasida shaxs manfaatlari fuqarolarning axborotdan
foydalanishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshishida, qonunda taqiqlanmagan,
faoliyat bilan shug‘ullanishida hamda jismoniy, ma‘naviy va intellektual rivojlanishda
axborotlardan foydalanishlarida, shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlovchi axborot himoyasida namoyon
bo‘ladi. Axborot sohasida jamiyat manfaatlari bu sohada shaxs manfaatlarini ta‘minlashda,
demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy huquqiy davlatni qurishda, ijtimoiy hamjihatlikni
qo‘llab-quvvatlashda o‘z aksini topadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
92
1.
B.S.Abdullayeva, Y.Z.Ro‘ziyev, K.V.Ismolova Mediasavodxonlik va axborot madaniyati,
darslik Toshkent-2024
2.
S.K.Ganiyev, M.M.Karimov, K.A.Tashev Axborot xavfsizligi, darslik, Toshkent-2022, 372 b
3.
A.T.Kenjaboyev, M.M.Ikromov, A.Sh.Allanazarov Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
“O‘zbekiston faylasuflari milliy jamyati nashriyoti, Toshkent-2017 408 b
4.
O.B.Burxiyev Raqamli va axborot texnologiyalari. o‘quv qo‘llanma, “Bookmany print”
Toshkent-2023 354 b
5.
D.S.Egamberdiyeva, M.O‘.Oxunova Media savodxonlik va axborot madaniyati evolyuatsiyasi
va uning jamiyatdagi ahamiyati. Journal of effective.