Авторы

  • Muhammadjon Bobonazarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.108618

Ключевые слова:

favqulodda holat inson huquqlari cheklov qonuniylik

Аннотация

Ushbu tezisda favqulodda holatlarda inson huquqlarining cheklashning O’zbekiston Respublikasidagi huquqiy asoslari muhokama qilingan.  Shuningdek, “favqulodda holat to’g’risida”gi qonunga ham atroflicha to’xtalingan.


background image

135

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FAVQULODDA HOLATLARDA INSON

HUQUQLARINI CHEKLASHNING ASOSLARI

Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar o’g’li

Toshkent davlatyuridikuniversiteti

“Xalqaro huquq va inson huquqlari” mutaxassisligi magistranti.

muzaffarovichmuhammadjon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15694651

Annotatsiya:

Ushbu tezisda favqulodda holatlarda inson huquqlarining cheklashning

O’zbekiston Respublikasidagi huquqiy asoslari muhokama qilingan. Shuningdek, “favqulodda

holat to’g’risida”gi qonunga ham atroflicha to’xtalingan.

Kalit so’zlar:

favqulodda holat, inson huquqlari, cheklov, qonuniylik.

GROUNDS FOR RESTRICTING HUMAN RIGHTS IN EMERGENCY SITUATIONS IN

THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar’s son

The master student of Tashkent State University

of Law, majoring in International Law and Human Rights.

muzaffarovichmuhammadjon@gmail.com

Abstract:

This thesis discusses the legal basis for restricting human rights in emergency

situations in the Republic of Uzbekistan. The Law "On the State of Emergency" is also discussed
in detail.

Keywords:

state of emergency, human rights, restriction, legality.

O’zbekiston Respublikasida favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklashning

asoslariga murojaat qiladigan bo’lsak. Birinchi navbatda ma’lum bir huquq yoki cheklovlar

mamlakatning qaysi qonun hujjatida aks etgan degan savolga javob beradigan bo’lsak, barcha

insonlarning hayoliga birinchi bo’lib Konstitutsiya keladi. Chunki Konstitutsiya bu mamlakatning
asosiy va bosh qomusi bo’lib u yerda keltirilgan huquq va majburiyatlarning barchasi

konstitutsiyaviy huquqlar hisoblanadi. Shuning uchun ham bu huquqlarni Konstitutsiyada aks

etishi muhim hisoblanadi. Endi bevosita Konstitutsiyamizga yuzlanadigan bo’lsak, 21-moddada

inson huquqlarini ma’lum bir vaqtlarda cheklash mumkinligi to’g’risida yangi norma
qo’shilganini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni 21-moddaga ko’ra:

“Har bir inson o’z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz

qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

Inson o’z huquq va erkinliklarini amlaga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda

davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.

Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni,

aholining sog’ligini, ijtimoiy ahloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish,

jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo’lgan doirada
cheklanishi mumkin

1

. Demak bu moddaga e’tibor beradigan bo’lsak, inson huquqlarini ma’lum

bir sabablar tufayli cheklash mumkinligi aynan ushbu moddaning 3-bandida o’z aksini topgan.

Va ushbu chelovlar joriy qilinishi jarayonida ma’lum bir talablarga javob berishi kerakligi ham

1

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O’zbekiston” nashriyoti, 2023. 3-bet.


background image

136

ta’kidlangan. Shunday talablardan biri bu ushbu joriy qilinayotgan cheklovlar qonunga muvofiq
bo’lishi ya’ni qonuniylik prinsipiga javob berishi kerakligi aytilgan. Keyingi inson huquqlarini
cheklash uchun asos bo’ladigan holatlar xalqaro huquqiy hujjatlarda keltirilgan asoslar bilan

deyarli bir xilligini ko’rishimiz mumkin. Demak, aytishimiz mumkinki, inson huquqlarini ma’lum
bir vaqtda cheklash asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiaysida o’z aksini topgan.

Endi favquldda holat qachon e’lon qilinadi, qanday holatlarda favqulodda holat rejimi joriy

qilinadi, kim tomonidan e’lon qilinadi, insonlarning qaysi huquqlari cheklanishi mumkin degan
savolllarga javob berishimiz uchun biz O’zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat

to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga yuzlanishimiz kerak bo’ladi. Ushbu qonun 2021-yilda
qabul qilingan. Ushbu qonunning 3-moddasiga qaraydigan bo’lsak, “Asosiy tushunchalar” deb
nomlanagn ushbu moddaga ko’ra favqulodda holat tushunchasiga ta’rif berilgan va bu ta’rif
quyidagicha: “favqulodda holat - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining

hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik

shaxslarning huquqlariga nisbatan ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda nazarda tutilgan ayrim
cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yadigan hamda ularning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar

yuklaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasining
butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat
notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’I nazar, boshqa

tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi

2

. Demak biz

ushbu keltirilgan ta’rif orqali “favqulodda holat” nima ekanligini deyarli to’liq tushunib olishimiz

mumkin. Yuqoridagi ta’rifga ko’ra favqulodda holat rejimi joriy qilingandan O’zbekiston

Respublikasi fuqarolarining balki, favqulodda holat joriy qilingan hududda bo’lib turgan chet el

fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning ham ayrim huquqlari cheklanadi. Shuningdek,

favqulodda holat O’zbekiston Respublikasining ayrim hududida yoki ayrim hududlarida joriy

qilinishi mumkin. Bundan tashqari favqulodda holatni joriy qilish xalqaro huquqqa mos bo’lgan
vaqtinchalik prinsipi ham ushbu ,odda o’z aksini topgan va favqulodda holatlar vaqtincha joriy
qilinishi ta’kidlangan. Endi favqulodda holat joriy qilinganda ko’p ishlatiladigan tushunchalardan

biri bo’lgan “komendantlik soati” tushunchasiga to’xtaladiga bo’lsak: “komendantlik soati –
sutkaning maxsus berilgan ruxsatnomalarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz ko’chalarda

hamda bosha jamoat joylarida yoxud turar joydan tashqarida bo’lishga taqiq belgilangan vaqt”

3

.

Ya’ni fuqarolar ushbu vaqtlarda maxsus talab qilingan hujjatlarsiz ko’chada va jamoat joylarida
bo’lishi mumkin bo’lmagan vaqt hisoblandi.

Endi favqulodda holatni joriy qilishdan maqsad nima degan savolga javob beradigan

bo’lsak, uni joriy etish uchun asos bo’lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish, fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlash hamda mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi va hududiy yaxlitligini

himoya qilishdan iborat desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

O’zi ushbu qonunga ko’ra favqulodda holat oz’i qachon joriy qilinadi va nima sababdan

joriy qilinadi va qanday vaziyatlarda joriy qilinadi degan savollarga javob beradigan bo’lsak,
ushbu qonunning 5-moddasiga ko’ra: “Favqulodda holat O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining
hayotiga, sog’ligiga va xavfsizligiga, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga va

2

O’zbekiton Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni “Favqulodda holat to’g’risida”. https://lex.uz/uz/docs/-5774840

3

O’zbekiton Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni “Favqulodda holat to’g’risida”. https://lex.uz/uz/docs/-5774840


background image

137

(yoki) hududiy yaxlitligiga bevosita tahdid soladigan hamda favqulodda choralar qo’llamasdan
bartaraf etish mumkin bo’lmagan holatlar mavjud bo’lgan taqdirda, alohida hollarda joriy etiladi.
Bunday holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

real tashqi xavf, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini va (yoki) hududiy

yaxlitligini zo’rlik bilan o’zgartirishga urinishlar, ommaviy tartibsizliklar, terrorchilik harakatlari,
shuningdek zo’ravonlik harakatlari bilan bir vaqtda yuz beradigan, fuqarolarning hayotiga,
sog’lig’iga va xavfsizligiga, davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning kundalik faoliyatiga
bevosita tahdid soluvchi o’ta muhim hamda toifalangan obyektlarni yoki ayrim joylarni to’sish

yoki bosib olish, qonunga xilof qurolli tuzilmalarni tayyorlash (tashkil etish) va ularning faoliyati,
millatlararo, konfessiyalararo va chegaraviy nizolar;

keng qamrovli avariya-qutqaruv ishlari va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlar amalga

oshirilishini talab etadigan yirik halokatlar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar hamda boshqa tabiiy va

texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, favqulodda ekologik vaziyatlar

4

. Ushbu

moddani sharxlaydigan bo’lsak, favqulodda holat O’zbekiston Respublikasi hududida qachonki,
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayotiga, sog’ligiga va xavfsizligiga shuningdek,

O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga yoki hududiy yaxlitligiga bevosita
tahdid soladigan va favqulodda holat rejimini joriy qilmasdan bartaraf etish mumkin bo’lmagan
holatlarda joriy qilinadi. Va endi aynan ushbu holatlarga qanday vaziyatlar kiradi degan savolga
javob beradigan bo’lsak, ushbu savolning javobini 5-moddaning 2-3-bandlaridan olishimiz

mumkin.

Endi O’zbekiston Respublikasi hududida favqulodda holat qanday yoki kim tomonidan

joriy qilinadi degan savolga javob beradigan bo’lsak, ushbu qonunning 6-moddasiga

(“Favqulodda holatni joriy joriy etish”) murojaat qilishimiz kerak: “Favqulodda holat O’zbekiston

Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki

ayrim joylarida joriy etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to’g’risidagi farmoni

darhol ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O’zbekiston” nashriyoti, 2023. 3-bet.

2.

O’zbekiton Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni “Favqulodda holat to’g’risida”.

https://lex.uz/uz/docs/-5774840

4

O’zbekiton Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni “Favqulodda holat to’g’risida”. https://lex.uz/uz/docs/-5774840

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O’zbekiston” nashriyoti, 2023. 3-bet.

O’zbekiton Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni “Favqulodda holat to’g’risida”. https://lex.uz/uz/docs/-5774840