Mualliflar

  • Ugiloy Shukurova
    Guliston davlat pedagogika instituti dotsenti Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.61951

Kalit so‘zlar:

Axborot internet texnika virtual kiberxavfsizlik tahdid internet-madaniyat.

Annotasiya

Maqolada kompyuter tarmoqlarining zamonaviy inson hayot va faoliyatiga jadal kirib borishi va rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va hatto siyosiy masalalarini hal etishda alohida ahamiyat kasb etishi, shu bilan birga, shaxsning pedagogik-psixologik xususiyatlari, bilim doirasi, dunyoqarashi o‘zgarishiga ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

114

HOZIRGI ZAMON AXBOROT OQIMI INNOVATSIYAVIY FAOLIYATNI

SHAKLLANTIRISHNING MEXANIZMI SIFATIDA

Shukurova Ugiloy Umarovna

Guliston davlat pedagogika instituti dotsenti

Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

u-u-shukurova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14551553

Annotatsiya:

Maqolada kompyuter tarmoqlarining zamonaviy inson hayot va faoliyatiga

jadal kirib borishi va rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va hatto siyosiy masalalarini hal
etishda alohida ahamiyat kasb etishi, shu bilan birga, shaxsning pedagogik-psixologik
xususiyatlari, bilim doirasi, dunyoqarashi o‘zgarishiga ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar

: Axborot, internet, texnika, virtual, kiberxavfsizlik, tahdid, internet-

madaniyat.

Annotation

: The article describes the rapid penetration and development of computer

networks in modern human life and activity, their special role in solving social, economic and
even political problems of society, as well as the impact of pedagogical and psychological
characteristics, knowledge, worldview. information about

Keywords

: Information, internet, technology, virtual, cybersecurity, threat, internet

culture.


Mustaqillik yillarida jahon tajribasini o‘rganish jamiyat va davlat hayotini modernizatsiya

qilish, unga innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish maqsadida kompyuterlashtirish
masalasiga davlat siyosati darajasida katta e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda insoniyat ushun axborot oqimi tobora tezlashgan, Er shari aholisi

kayfiyatini, ruhiyatini, maqsad va intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o‘gartirishga
qodir bo‘lgan axborot texnologiyasi vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon
sivilizastiyasining o‘ziga xos yutug‘i bo‘ib, xalqlar, mamlakatlar, davlatlar o‘zaro munosabatlarini
toboro yaqinlashtirishga, jahon ijtimoiy- siyosiy jarayonlarini boshqarishga, dunyoviy kayfiyat,
dunyoviy ruhiyat va maslakning vujudga kelishiga xizmat qiladigan mo‘jizakor hodisadir.

Biroq sivilizastiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug‘idan kim

qanday maqsadlarda foydalanayapti? Uni beqiyos va qudratli kuchi nimalarga ishlayapti?- degan
haqli savol ham muammoga aylanmoqda. Umuman olganda insoniyat tafakkuri kengayib, fan-
texnika taraqqiyoti jadallashgani sayin insoniyat o‘zining buyuk yaratuvchilik qudratini
namoyon etmoqda. SHu bilan birga o‘z hayotiga o‘zi tahdid soladigan, o‘z istiqbolini
mavhumlashtiradigan holatlarga ham duch kelmoqda.

Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og‘zaki aloqa qilgan bo‘lsa,

undan ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o‘rgandi. Undan besh yuz yil o‘tib telefon,
radio va televideniyaga ega bo‘ldi. An’anaviy eshituv-ko‘ruv vositalaridan kompyuterlarga o‘tish
uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo‘ldi, xolos. Ana shu tarixiy haqiqatning o‘zi inson
tafakkuri taraqqiyoti, fan-texnika rivoji bilan bo‘lgan olamshumul o‘zgarishlar dinamikasini
ko‘rsatadi.

Kompyuterlarning yuzaga kelishi esa butun Er sharini yagona axborot makoniga

aylantirdiki, natijada har bir mamlakat taqdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan bog‘liq
bo‘lgan voqelik yuzaga keldi. Butun O‘zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol


background image

115

sub’ektiga aylandi. Uning dunyo bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ishtiroki,
davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va madaniy aloqalari umumjahon
axborot tizimi tarkibida amalga oshirilmoqda. Bu bevosita elektron pochta, elektron axborot
almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat
samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida,
qolaversa, zamonaviy axborot almashtirish salohiyatini namoyon qilishda katta samara
bermoqda.

Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas. Jumladan, jahon axborot

tizimidan foydalanish darajasining pastligi (5%), internet tizimining keng rivojlanmaganligi,
undan foydalanish darajasining pastligi ko‘zga tashlanmoqda. Ammo masalaning ikkinchi tomoni
ham bor. Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda qanday axborotlarni qabul qilish,
qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda.

Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti endi boshlanayotgan davrda yashab ijod qilgan ayrim

mualliflarning ilmiy ishlarida “odam-texnika” munosabatlari tizimining sabab va oqibatlari
shunchaki muhokama qilinmayotganligi, bu jarayon natijalari psixologik qanday tushuntirilishi
mumkinligi xususida ham fikr yuritishga urinishlar amalga oshirilayotganligini kuzatish
mumkin. Masalan, odam va mashina o‘rtasidagi munosabatlarda texnikaning inson ruhiy
olamiga ta’siri asosidagi psixologik mexanizmlar haqidagi ayrim mulohazalardan italiyalik
faylasuf R. Gvardinining Myunxen oliy texnika maktabida 1959-yilda o‘qigan “Mashina va odam”
mavzusidagi ma’ruzasini shunday ishlar qatoriga qo‘shish mumkin. Ushbu ma’ruzada Gvardini
mashinalarning odam hayotida tobora keng joy egallab borishini bashorat qilib, bu
jarayonlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi salbiy va ijobiy tomonlarini tahlil
qiladi. R. Gvardinining fikricha: “odam va texnika o‘rtasidagi munosabatda odamda vujudga
keladigan psixologik zo‘riqishning asosiy sababi texnikaning inson hukmronligini
kengaytirishida yashiringan”. Faylasuf texnika vositalari odamning tabiat va boshqa odamlar
ustidan hukmronlikni amalga oshirish uchun qo‘l kelishini ta’kidlab, ayni vaqtda har qanday
hokimiyat mas’uliyati darajasini ham oshirishiga e’tibor qaratadi. Uning nazarida, texnika
berayotgan hukmronlik imkoniyati ortidagi mas’uliyatning ortishiga har qaysi odam ham tayyor
bo‘lavermaydi va buning zamirida mazkur munosabatlar tizimida ruhiy zo‘riqish yuzaga kelishi
mumkin.

Virtual qahramonga o‘zini o‘xshatgan o‘yinchi boshqa bir qahramonni urishi, o‘ldirishi

mumkin bo‘ladi. Bunda u qurolning juda ko‘p turlaridan foydalanadi hamda agressiya va
vahshiylikni realizatsiya qiladi. Agressiv mazmundagi o‘yinlarning mazmun-mohiyatidagi asosiy
g‘oya aynan shu hisoblanadi.

Kompyuter o‘yinlarining ma’lum bir miqdoridan so‘ng bola real quroldan foydalanishi,

assotsial hatti-harakatlarni bajarishi fakt emas. Ehtimol, o‘yinli kompyuter olami bola
tomonidan adekvat idrok qilinayotgandir, biroq o‘yin jarayonida ma’lum bir xarakterdagi hatti-
harakatlarning impulslari va ko‘nikmalari shakllanadi. Tashqi olamdagi istalgan signal ularning
realizatsiyasiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kompyuter o‘yinlarining salbiy oqibatlari, birinchi navbatda, insonning jismoniy sog‘lig‘i

bilan bog‘liq. Xususan, kompyuter grafikasidagi tasvirlarning paydo bo‘lishi, shuningdek,
gavdani tutish, mushakli zo‘riqish va umurtqaning deformatsiyasi va o‘ta semizlik bilan bog‘liq
bo‘lgan muammolar yuzaga keladi. YUqorida qayd qilingan hodisalar ko‘pchilik insonlarda
kuzatilsa-da, ularning paydo bo‘lish tendensiyasining aynan o‘zi xavf soluvchi hisoblanadi.


background image

116

Mazkur effektlarning paydo bo‘lish profilaktikasi sifatida insonning o‘yinga sarflayotgan vaqti
kamayishini ko‘rsatish mumkin.

Kompyuter o‘yinlariga bag‘ishlangan mashhur saytlardan birida: Kompyuter o‘yini

kompyuter dasturi bo‘lib, u o‘yin jarayonini tashkil qilish, o‘yindagi sheriklarni bog‘lash yoki o‘zi
sherik bo‘lish uchun xizmat qiladi. Video o‘yinlar va mobil o‘yinlari ham kompyuter o‘yinlariga
oid hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter o‘yinlari teatr, kino va shu kabilar qatorida san’at
sohalaridan biri deb tan olingan

O‘yin madaniyatning fundamental tushunchalaridan biri hisoblanadi. Virtual reallikdan

foydalanishning eng ommaviy sohasi o‘yinlar ekanligi tasodif emas, albatta: interaktivlik –
istalgan o‘yinning eng muhim xususiyati bo‘lib, kompyuter uning realizatsiyasi uchun ideal
texnik asosni taqdim etib beradi. Zamonaviy kompyuter o‘yinlarining muhim xususiyati
shundaki, bu o‘yinlar kompyuter va inson o‘rtasida emas, balki kompyuter vositasida turli
insonlar o‘rtasidagi o‘yinlardir.

Tarmoqli o‘yinlar bor bo‘lganidek, maxsus “ko‘ngilochar markazlar” ham bor. SHunday

qilib, o‘yinchi ijtimoiy izolyatsiyalanganlikdan to‘xtaydi. Virtual o‘yinlar yangi ijtimoiy jihatga
ega bo‘lib bormoqda.

O‘yinlar konstruksiyalangan olamda ishtirokchiga faol harakat qilish imkonini beradi –

istalgan mashhur kompyuter o‘yini fazoning shaxsiy xususiyatiga, sun’iy tarixiga va vaqtning
kechishiga, original falsafaga, etika va axloqqa ega bo‘ladi.

Kompyuter o‘yinlarini o‘ynayotgan odamlarni kuzatganimizda zarbalardan yoki virtual

dushmanlarning o‘q uzishlaridan chap berib qolishga urinishda keskin harakatlarni ko‘rishimiz
mumkin. Ba’zan esa virtual olamga nisbatan qo‘rquv, g‘azab, quvonch va shu kabi emotsiyalar
yaqqol namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, kompyuter o‘yinini o‘ynayotgan o‘yinchi
tomonidan yuz berayotganlarni real tajriba sifatida his qilish boshlangan chog‘da kompyuter
o‘yinlarining virtual olamida qatnashish effekti boshlanadi.

Bugun dunyo bo‘ylab axborot xavfsizligi bilan birgalikda “kiberxavfsizlik” tushunchasi keng

qo‘llanilib, uning ahamiyati borgan sari to‘liqroq e’tirof etilmoqda. Kiberxavfsizlik –
kibermakonning barcha tashkil etuvchilari (ya’ni texnik qurilmalar va foydalanuvchilar)ni har
qanday tahdidlar va kutilmagan ta’sirlardan himoyalanganlik holati majmuidir. Kiberxavfsizlik
axborot jamiyatini rivojlanib borishidagi muhim shartlardan biridir.Axborot xavfsizligi va
kiberxavfsizlik tushunchalari o‘rtasidagi farq shundaki, axborot xavfsizligining maqsadi barcha
yo‘nalishlarda axborotni konfidensiallik, yaxlitlik va foydalana olishlikni ta’minlashdan iborat.
O‘z navbatida kiberxavfsizlik bu faqat kibermakonda (ya’ni Internet tarmog‘ida, axborot
tizimlarida va h.k.) xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan strategiyalar, xavfsizlikni ta’minlash
tamoyillari va kafolatlari hamda inson resurslari orqali amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
hamda vositalar majmuidir.
1.

Jamiyatda Internet-madaniyatni rivojlantirishga doir quyidagi takliflarni keltirish mumkin:

1.

Oilada farzand tarbiyasiga katta mas’uliyat bilan yondashish;

2.

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga kompyuter savodxonligi va

Internetdan foydalanish madaniyatini o‘rgatilishi va ular orqali yoshlarning Internetdan to‘g‘ri
va samarali foydalanishlarini ta’minlash;
3.

Internet xavfsizligi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;

4.

YOshlar ongida Internet-madaniyat va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini oshirishga


background image

117

qaratilgan qo‘llanmalarning ishlab chiqilishi;
5.

O‘quv muassasalari Internet tarmog‘idan foydalanishda internet-madaniyatga, jumladan,

odob-axloq me’yorlariga rioya qilinishi ularning ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga
qaratilgan o‘quv seminarlari va tadbirlarning tashkil etilishi;
6.

Ommaviy axborot vositalarida Internet-madaniyatga doir materiallarning e’lon qilib

borilishi;
7.

Kompyuterga nojo‘ya axborotlarni qabul qilishga qarshi maxsus taqiqlov dasturlari

o‘rnatilishi. Xorijda bunday tajriba keng yo‘lga qo‘yilgan (bu yo‘nalishdagi eng mashhur
dasturlar: Kiberpatrul yoki Kidskontrol);

Zamonaviy psixolog, pedagog olimlar axborot-kommunikatsiya va kompyuter

texnologiyalarining shaxs kamolotida tutayotgan o‘rniga alohida e’tibor qaratgan holda kelajak
avlodning turli salbiy holatlar, ya’ni internetga qaramlik, kompyuter o‘yinlariga berilib ketib, real
hayotiy vazifalarini unutish, ijtimoiy tarmoqlar salbiy oqibatlarining oldini olishga yo‘naltirilgan
dolzarb masalalar ustida ish yuritishlari hamda o‘smir-yoshlarga ko‘proq ta’limiy,
rivojlantiruvchi, til va boshqa sohalarda o‘rgatuvchi dasturlardan foydalanish metodlarini joriy
etishlari zarur. Masalan, internet olamida o‘zlariga zarur bo‘lgan foydali axborotdan to‘g‘ri
foydalanish salohiyatlarini shakllantirish lozim.

Zamonaviy Internet taqdim etadigan ijobiy axborot-resurslari bilan bir qatorda, ayrim

virtual olamdagi axloqsizlik, buzg‘unchilikni targ‘ib etuvchi axborotlar, salbiy ta’sirli kompyuter
o‘yinlarining xavfli ta’siridan bolalar va o‘smirlarni himoya etish dolzarb masalaga aylanib
ulgurgan. Internet-resurslarini turli soha mutaxassislari, jumladan, pedagogik va psixologik
nuqtai nazaridan nazorat qilish lozim. Bu borada, ayniqsa, ota-ona nazoratini amalga oshiruvchi
kompyuter dasturlaridan foydalanish zarur. SHu boisdan ham umumta’lim maktablari va boshqa
ta’lim muassasalarida o‘sib kelayotgan avlod ongini chalg‘ituvchi axborotlardan o‘zlarini himoya
etish immunitetini shakllantirish kattalarning muhim vazifasidir.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari o‘smir-yoshlarni jalb etarkan, ta’im

tizimida foydalanilishi zarur bo‘lgan innovatsion psixologik-pedagogik dasturlar yaratish davr
talabidir.

References:

1.

Averin V.A. Psixologiya lichnosti: Uchebnoe posobie, 2-e izdanie. - SPb.: Izd-vo «Mixaylova

V.A», 2018. -S. 191.
2.

Grishin V.V., Lushin P.V. Metodiki psixodiagnostiki v uchebno-vospitatelnom protsesse. -

M., «Znanie», 2019. -S. 47.

Bibliografik manbalar

Averin V.A. Psixologiya lichnosti: Uchebnoe posobie, 2-e izdanie. - SPb.: Izd-vo «Mixaylova V.A», 2018. -S. 191.

Grishin V.V., Lushin P.V. Metodiki psixodiagnostiki v uchebno-vospitatelnom protsesse. - M., «Znanie», 2019. -S. 47.