49
OʻZBEKISTON CHOʻL MINTAQASIDA OʻSUVCHI OʻSIMLIKLAR
Hayitboyeva Umida Baxtiyorjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti biologiya
yoʻnalishi 2-bosqich 203-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15582010
ANNOTATSIYA:
Mazkur ishda Oʻzbekistonning choʻl zonalarida oʻsuvchi oʻsimliklar
oʻrganilgan. Ularning ekologik-morfologik xususiyatlari, adaptatsion mexanizmlari va biologik
roliga eʼtibor qaratilgan. Asosiy eʼtibor choʻl florasida keng tarqalgan turlar – saksovul,
cherkaz, biyurgun va boshqa halofit oʻsimliklarning oʻrganilishiga qaratilgan. Ish ekologik
barqarorlik va landshaftlarni saqlab qolishda choʻl oʻsimliklarining ahamiyatini ko‘rsatadi.
АННОТАЦИЯ:
В работе изучаются растения, произрастающие в пустынных зонах
Узбекистана. Уделяется внимание их эколого-морфологическим особенностям,
адаптивным механизмам и биологической роли. Основное внимание уделяется
изучению видов, распространенных во флоре пустынь, - саксаула, циркадного,
биюргуна и других галофитных растений. Работа демонстрирует важность пустынных
растений в поддержании экологической стабильности и ландшафтов.
ANNOTATION:
This work studies plants growing in the desert zones of Uzbekistan.
Attention is paid to their ecological and morphological characteristics, adaptation
mechanisms and biological role. The main attention is paid to the study of species widespread
in the desert flora - saxaul, cherkas, biyurgun and other halophytic plants. The work shows
the importance of desert plants in maintaining ecological stability and landscapes.
KALIT SOʻZLAR:
Choʻl oʻsimliklari, Oʻzbekiston florasi, ekologik moslanish, saksovul,
biyurgun, halofitlar, qurgʻoqchilik, adaptatsiya, choʻl landshafti, xerofitlar.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:
Пустынные растения, флора Узбекистана, экологическая
адаптация, саксаул, биюргун, галофиты, засуха, адаптация, пустынный ландшафт,
ксерофиты.
KEYWORDS:
Desert plants, flora of Uzbekistan, ecological adaptation, saxaul, biyurgun,
halophytes, drought, adaptation, desert landscape, xerophytes.
Oʻzbekiston Respublikasining hududining katta qismi (taxminan 60%) choʻl va yarim
choʻl zonalardan iborat boʻlib, bu mintaqalar oʻziga xos iqlimiy va ekologik sharoitlari bilan
ajralib turadi. Qizilqum, Kattaqum, Ustyurt platosi va boshqa choʻl hududlarda oʻsuvchi
oʻsimliklar ekstremal sharoitlarga, yaʼni qurgʻoqchilik, yuqori harorat va shoʻrxok tuproqlarga
moslashgan. Ushbu oʻsimliklar nafaqat tabiiy muvozanatni saqlashda, balki tuproq eroziyasini
oldini olish, chorvachilikni rivojlantirish va dorivor maqsadlarda foydalanish kabi iqtisodiy
sohalarda ham muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonning “Qizil kitobi”ga kiritilgan baʼzi choʻl
oʻsimliklari, masalan, saksovul va juzgʻun turlari, antropogen omillar tufayli yoʻqolib
borayotganligi sababli muhofaza qilish choralari dolzarb masala sifatida koʻrib chiqilmoqda.
Oʻzbekistonning choʻl mintaqalari, xususan, Qizilqum, Kattaqum va Ustyurt platosi kabi
hududlar oʻziga xos iqlim va tuproq sharoitlari bilan ajralib turadi. Ushbu mintaqalarda
oʻsuvchi oʻsimliklar ekstremal sharoitlarga moslashgan boʻlib, ularning hayot sikli qumli,
gipsli va shoʻrxok tuproqlarga bogʻliq. Choʻl florasining oʻrganilishi nafaqat ekologik, balki
iqtisodiy va ilmiy 3 jihatdan ham muhim ahamiyatga ega, chunki bu oʻsimliklar tuproq
eroziyasini oldini olish, chorvachilik va dorivor maqsadlarda foydalaniladi. Ushbu kurs ishi
50
Oʻzbekiston choʻl mintaqalarida oʻsuvchi oʻsimliklarning turlari, ularning ekologik
xususiyatlari va ahamiyatini tahlil qilishga bagʻishlanadi.
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning qurgʻoq mintaqasida joylashgan boʻlib, uning
hududining katta qismi choʻl va yarim choʻl landshaftlaridan iborat. Asosan Qizilqum choʻli va
Qoraqalpogʻistonning Amudaryo deltasiga yaqin hududlari mamlakatning choʻl mintaqalarini
tashkil etadi. Ushbu hududlar oʻziga xos ekologik xususiyatlarga ega boʻlib, ular qurgʻoq iqlim,
noyob flora va fauna hamda nozik ekologik muvozanat bilan ajralib turadi. Choʻl ekotizimi
nafaqat tabiiy muhit sifatida, balki iqtisodiy va ekologik jihatdan ham muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, ushbu hududlarning xususiyatlarini oʻrganish va muhofaza qilish dolzarb
masaladir.
Qizilqum choʻli:
Taxminan 298,000 km² maydonni egallagan bu choʻl Oʻzbekistonning
shimoli-gʻarbiy qismida, Amudaryo va Syrdaryo daryolari orasida joylashgan. Qizilqum
Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlarining katta qismini qamrab oladi. Uning landshafti qum
tepalari (barxanlar), tekisliklar va shoʻrxoklardan iborat. Qoraqalpogʻistonning choʻl
hududlari: Amudaryo deltasining janubiy qismlari va Aral dengiziga yaqin hududlar choʻl va
yarim choʻl zonalarni tashkil etadi. Bu hududlar shoʻrlanish va suv tanqisligi bilan ajralib
turadi.
Ustyurt platosi:
Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida, Qoraqalpogʻiston va Xorazm
viloyatlari chegarasida joylashgan. Bu hudud tekis, baland plato boʻlib, qumli va toshloq
landshaftlarga ega. Bu hududlarning geografik joylashuvi ularning iqlimiy va ekologik
xususiyatlarini belgilaydi. Choʻl mintaqalari Oʻzbekistonning ichki qismida joylashganligi
sababli, dengizlardan uzoqligi va kontinental iqlimning taʼsiri kuchli seziladi. Iqlimiy
xususiyatlar Oʻzbekistonning choʻl hududlari quruq kontinental iqlimga ega. Yozda harorat
40-45°C ga yetishi mumkin, qishda esa -20°C gacha pasayadi. Haroratning bunday katta farqi
oʻsimliklar va hayvonlarning moslashuvchanligiga taʼsir qiladi. Yillik yogʻin miqdori 100-200
mm dan oshmaydi, aksariyat hollarda qisqa muddatli yomgʻirlar shaklida tushadi.
Yogʻinlarning asosiy qismi bahorda kuzatiladi, yozda esa deyarli yogʻin boʻlmaydi. Kuchli
shamollar va qum boʻronlari choʻl hududlarining iqlimiy xususiyatlaridan biridir. Bu
shamollar qum tepalarini hosil qiladi va tuproq eroziyasini kuchaytiradi. Choʻl iqlimining
qurgʻoq tabiati suv resurslarining cheklanganligiga olib keladi, bu esa choʻl hududlarining
ekologik muvozanatiga taʼsir qiladi. Tuproq va landshaft Choʻl hududlarining tuproqlari oʻziga
xos tarkibga ega boʻlib, asosan qumli, shoʻr va loyli tuproqlardan iborat. Organik moddalar
miqdori juda kam (0,5-1% dan 9 kam), bu esa tuproqning unumdorligini pasaytiradi.
Qizilqum choʻlida qumli tuproqlar ustunlik qilsa, Qoraqalpogʻistonning janubiy hududlarida
shoʻrxoklar va loyli tuproqlar koʻp uchraydi. Ustyurt platosida toshloq va qumli tuproqlar
tarqalgan. Landshaft jihatidan choʻl hududlari qum tepalari (barxanlar), shoʻrxoklar,
tekisliklar va toshloq sathlardan iborat. Qum tepalari shamol taʼsirida doimiy ravishda
harakatlanadi, bu esa choʻlning dinamik tabiatini koʻrsatadi. Shoʻrxoklar, ayniqsa, Aral
dengiziga yaqin hududlarda keng tarqalgan boʻlib, ular shoʻr suvlarning bugʻlanishi natijasida
hosil boʻladi. Bu landshaftlar choʻl hududlarining oʻziga xos koʻrinishini shakllantiradi.
Choʻl faunasi qurgʻoqchilik, harorat oʻzgarishi va suv tanqisligiga moslashgan turlardan
iborat. Kaltakesaklar, ilonlar (masalan, efa iloni), tuyaqurt, quloqkirpi va choʻl tulkisi kabi
hayvonlar keng tarqalgan. Koʻp turlar tungi hayot tarzini olib, kunduzi issiqdan yashirinadi.
Masalan, quloqkirpi va choʻl sichqonlari kunning issiq vaqtida chuqurchalarda yashirinib,
51
kechasi ov qiladi. Qushlardan choʻl burguti, qoraqovun va boshqa turlar mavjud boʻlib, ular
uzoq masofalarga uchish va suvsiz uzoq vaqt yashash qobiliyatiga ega. Hayvonlarning
koʻpchiligi suvni oʻsimliklardan yoki oʻljadan oladi, bu ularning suv tanqisligiga moslashuvini
koʻrsatadi. Biologik xilma-xillik cheklangan boʻlsa-da, mavjud turlar oʻta moslashuvchan va
ekotizimning muvozanatida muhim rol oʻynaydi. Masalan, kaltakesaklar va ilonlar
zararkunanda hasharotlarni nazorat qiladi, bu esa oʻsimliklarning saqlanishiga yordam
beradi.
Choʻl (tekislik)dagi oʻsimliklar hayoti, asosan qum va gipsli tuproqlar hamda shoʻrxok
bilan bogʻliq. Qumli choʻlga Qizilqum, Qashqadaryoning quruq oʻzani (Sandiqliqum),
Surxandaryoning quyi qismidagi Kattaqum va Xorazm voxasidagi qumli massivlar kiradi.
Aksariyat qumliklar oʻsimliklar bilan mustahkamlangan. Qum uyumlarida daraxt yoki yirik
butalardan oq saksovul, juzgʻun (qandim), 15 cherkez; butalardan oq boyalich, quyon suyak,
qizilcha, gilos daraxt kabi oʻsimliklar oʻsadi. Juzgʻun ildizlari yon tomonga 20 m gacha oʻsib
qumlarni maʼlum darajada ushlab turadi. Qumlarni mustahkamlashda koʻp yillik oʻtlardan
selen alohida ahamiyatga ega. U tarqoq ildizlari hamda yer ustki qismlari (poyalari) bilan
qumlarning koʻchishiga toʻsqinlik qiladi va boshqa oʻsimliklar (juzgʻun, saksovul va boshqalar)
urugʻini tutib qolib, oʻsishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, qumda rivojlanishiga moslashgan
koʻp yillik efemer oʻsimlik – iloq ildiz poyasi orqali ham koʻpayadi. Qisqagina bahor oylarida
tez oʻsib, gullab, meva berishga ulguradi. Gipsli choʻlga Ustyurt, janubiy-gʻarbiy va shimoliy-
gʻarbiy Qizilqumda joylashgan ayrim hududlar (massivlar) kiradi. Gipsli choʻl florasi turlarga
uncha boy emas. Oʻsimliklar formatsiyasi (jamoasi)ni shakllantirishda, asosan,
shoʻradoshlarga mansub turlar ishtirok etadi. Jumladan, yarim but ava butalardan buyurgʻun,
voyalich hamda bir yillik shoʻralar (baliqkoʻz), shuvoq turkumiga mansub oq jusan kabi turlar
va efemerlarni koʻplab uchratish mumkin. Shoʻrxok tuproqlar tarkibidagi tuzlar miqdoriga
qarab oʻsimliklar turlicha boʻladi. Nam, qatqaloqli va mayin shoʻrxokli tuproqlar oʻsimlik
rivojlanishi uchun juda noqulay. Lekin, shunga qaramay, ayrim joylarda sarisazan, qizilshoʻra,
qorabaroq, shohilak, oqbosh, buzoqbosh, donashoʻr, shoʻra, ajriq kabi oʻsimliklar uchrab
turadi. Umuman, bunday sharoitda oʻsadigan turlar soni 100 dan ortiq. Shoʻrxoklarda keng
tarqalgan oʻsimliklarga saksovul (ikkala turi ham) kabi shoʻradoshlar oilasining juda koʻp
vakillari (baliqkoʻz, quyonjun, qora shoʻra) kiradi. Ular choʻlning ogʻir (issiq va quruq)
sharoitda oʻsishga turlicha shaklda moslashgan, yaʼni ayrimlarning bargi, poyasi seret boʻlsa,
boshqalarining bargi tikanga aylangan yoki umuman yaprogʻi shakllanmagan. Bir vaqtlar
sayos suvlar ostida boʻlgan joylar – taqirlarda oʻsimliklar juda kamdan-kam uchraydi. Baʼzi
hollardagina taqir yoriqlaridan chiqib turgan ayrim efemerlar va donni shoʻr kabi
oʻsimliklarni koʻrish mumkin. Bunday taqirlar Qizilqum choʻllarda bor. 16 Toʻqaylar daryo
(ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo) qirgʻoqlari boʻylab turlicha kenglik hamda uzunlikda
joylashgan. Gipsli choʻlga Ustyurt, janubiy-gʻarbiy va shimoliy-gʻarbiy Qizilqumda joylashgan
ayrim hududlar (massivlar) kiradi. Gipsli choʻl florasi turlarga uncha boy emas. Oʻsimliklar
formatsiyasi (jamoasi)ni shakllantirishda, asosan, shoʻradoshlarga mansub turlar ishtirok
etadi. Jumladan, yarim but ava butalardan buyurgʻun, voyalich hamda bir yillik shoʻralar
(baliqkoʻz), shuvoq turkumiga mansub oq jusan kabi turlar va efemerlarni koʻplab uchratish
mumkin. Shoʻrxok tuproqlar tarkibidagi tuzlar miqdoriga qarab oʻsimliklar turlicha boʻladi.
Nam, qatqaloqli va mayin shoʻrxokli tuproqlar oʻsimlik rivojlanishi uchun juda noqulay. Lekin,
shunga qaramay, ayrim joylarda sarisazan, qizilshoʻra, qorabaroq, shohilak, oqbosh,
52
buzoqbosh, donashoʻ r, shoʻra, ajriq kabi oʻsimliklar uchrab turadi. Umuman, bunday
sharoitda oʻsadigan turlar soni 100 dan ortiq. Shoʻrxoklarda keng tarqalgan oʻsimliklarga
saksovul (ikkala turi ham) kabi shoʻradoshlar oilasining juda koʻp vakillari 18 (baliqkoʻz,
quyonjun, qora shoʻra) kiradi. Ular choʻlning ogʻir (issiq va quruq) sharoitda oʻsishga turlicha
shaklda moslashgan, yaʼni ayrimlarning bargi, poyasi seret boʻlsa, boshqalarining bargi
tikanga aylangan yoki umuman yaprogʻi shakllanmagan. Bir vaqtlar sayos suvlar ostida
boʻlgan joylar – taqirlarda oʻsimliklar juda kamdan-kam uchraydi. Baʼzi hollardagina taqir
yoriqlaridan chiqib turgan ayrim efemerlar va donni shoʻr kabi oʻsimliklarni koʻrish mumkin.
Bunday taqirlar Qizilqum choʻllarda bor. Toʻqaylar daryo (ayniqsa, Amudaryo va
Sirdaryo) qirgʻoqlari boʻylab turlicha kenglik hamda uzunlikda joylashgan. Toʻqaylarda,
asosan, daraxt, buta va koʻp yillik oʻtlar keng yillik tarqalgan. Daraxtlardan turongʻil (teraklar
turkumidan), kaptarjiyda, tol turkumining bir qancha vakillari; butalardan yulgʻun; koʻp
oʻtlardan shirin miyya, turlari, qamish, erkakqamish, famatsiya kabilar oʻsadi. yantoqning
ayrim Togʻ oldi tekisliklarini, asosan, bir yillik va koʻp yillik oʻtlar qoplagan. Bu yerlarda
daraxtlar uchramaydi. Ayrim butalar esa bahordagi yomgʻir suvlari oqadigan oʻzanlar atrofida
uchrab turadi. Togʻ oldi tekisliklarida efemer va efemeroid oʻsimliklar keng tarqalgan boʻlib,
ular oʻziga xos guruh hamda assotsiatsiya (qavmlar)ni tashkil etadi. Bir yillik oʻsimliklar
(efemerlar) kuzda havo iliq va sernam boʻlgan paytlarda rivojlanib, qishda ob-havoga qarab
turli darajada oʻsishda davom etadi. Janubiy viloyatlarda rivojlanish ancha jadal kechadi.
Mart-Aprel oylaridayoq efemerlar nisbatan qisqa vaqt ichida gullab, meva tugashga ulguradi.
Efemeroidlar (koʻp yillik oʻtlar) ham efemerlarga oʻxshab havoga mos ravishda kuzda, qishda
va bahorda oʻsib rivojlanadi. Lekin piyozli va ildiz poyali efemeroidlar hayotiy jarayonlar kuz
va qish fasllarida yer ostida davom etadi. Masalan, lolaning gʻunchalari tuproq ostidayoq
shakllanadi. Qoʻngʻirbosh va iloq turkumiga mansub qator turlar eng keng tarqalgan
efemeroidlardir. Bulardan tashqari yana isriq, shuvoqlarning ayrim turlari va kovrakni
uchratish mumkin 19 Oʻzbekistonning choʻl asosan, Qizilqum choʻli, hududlarida,
Qoraqalpogʻistonning janubiy qismlari va Ustyurt platosida turli xil oʻsimlik turlari uchraydi.
Bu turlar oʻziga xos sharoitlarga moslashgan va choʻl landshaftining ajralmas qismidir.
Quyida asosiy oʻsimlik turlari va ularning xususiyatlari keltiriladi:
Saksaul (
Haloxylon spp
.):
Qizilqum choʻlida eng keng tarqalgan oʻsimliklardan biri.
Saksaulning ikki turi – qora saksaul (Haloxylon aphyllum) va oq saksaul (Haloxylon persicum)
mavjud. Ular qumli tuproqlarda oʻsadi, uzun ildizlari grunt suvlariga yetib boradi. Saksaul
qum tepalarini mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi.
Shuvoq (
Salsola spp
.):
Shoʻr tuproqlarda oʻsadi va shoʻrlanishga yuqori chidamlilikka
ega. Shuvoqning barglari suvli boʻlib, suvni saqlashga yordam beradi. Bu oʻsimlik
chorvachilikda yem sifatida ishlatiladi.
Yantoq (
Artemisia spp
.):
Choʻlning qumli va toshloq hududlarida tarqalgan. Yantoq
oʻsimliklari oʻtkir hidga ega boʻlib, hayvonlar tomonidan kam isteʼmol qilinadi, lekin ular
tuproq eroziyasini oldini olishda muhim.
Efemer oʻsimliklar
: Bahorda qisqa muddatli yogʻinlar tufayli gullaydigan bir yillik
oʻtlar, masalan, koʻkchoy (
Malcolmia
) va choʻl lola (Tulipa sogdiana). Ular vegetatsiya davrini
1-2 oyda yakunlaydi.
53
Qamish va shoʻra (
Phragmites, Tamarix
):
Amudaryo deltasiga yaqin hududlarda, suvli
joylarda oʻsadi. Bu oʻsimliklar suvni filtrlash va tuproqni mustahkamlashda muhim rol
oʻynaydi.
Choʻl mintaqalarida, xususan, Qizilqum va Kattaqumda kuchli shamollar tufayli qum
koʻchishi keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Oʻsimliklar bu jarayonni toʻxtatishda muhim
ahamiyatga ega:
Oq saksovul (
Haloxylon persicum
):
Chuqur ildiz tizimi (10–15 m) va keng tarqalgan
yon ildizlari orqali qumlarni mustahkamlaydi. Saksovul oʻrmonlari qum koʻchishini sezilarli
darajada kamaytiradi.
Juzgʻun (
Calligonum spp
.):
Yon tomonga 20 metr va undan koʻproq masofaga yoyilgan
ildizlari qum tepalarini ushlab turadi, eroziyani oldini oladi.
Selen (
Aristida pennata
):
Tarqoq ildiz tizimi qumlarni mustahkamlashda samarali
boʻlib, qum uyumlarining hosil boʻlishini kamaytiradi.
Cherkez (
Salsola richteri
):
Qumli tuproqlarda oʻsib, sirtqi ildizlari orqali qumlarni
barqarorlashtiradi. 22 Bu oʻsimliklar tuproqning strukturaviy barqarorligini taʼminlaydi, bu
esa choʻllanish jarayonlariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega.
XULOSA
Oʻzbekistonning choʻl mintaqalari, xususan, Qizilqum, Kattaqum, Ustyurt platosi va
Amudaryo deltasi hududlari oʻziga xos iqlimiy, tuproq va gidrologik sharoitlarga ega boʻlib, bu
yerda oʻsuvchi oʻsimliklar ekstremal sharoitlarga moslashgan noyob biologik xilma-xillikni
namoyon etadi. Ushbu kurs ishi Oʻzbekiston choʻl mintaqalarida oʻsuvchi oʻsimliklarning
tabiiy sharoitlari, turlari va tasnifi, moslashuv mexanizmlari, ekologik va iqtisodiy ahamiyati,
shuningdek, ularga taʼsir qiluvchi muammolar va muhofaza choralarini har tomonlama
oʻrganishga bagʻishlandi. Tadqiqot jarayonida quyidagi asosiy xulosalar kelib chiqdi.
Umuman olganda, Oʻzbekiston choʻl mintaqalarida oʻsuvchi oʻsimliklar nafaqat tabiiy
muvozanatni saqlashda, balki mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda ham muhim resurs
hisoblanadi. Ularning biologik xilma-xilligi, moslashuv mexanizmlari va ekologik rollari choʻl
ekotizimlarining barqarorligini taʼminlaydi. Biroq, antropogen va iqlimiy tahdidlar tufayli bu
oʻsimliklar muhofaza qilishga muhtoj. Ushbu tadqiqot choʻl oʻsimliklarining ahamiyatini
taʼkidlab, ularni muhofaza qilish boʻyicha ilmiy va amaliy choralar zarurligini koʻrsatdi.
Kelajakda Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasida choʻl florasini muhofaza qilish
va undan oqilona foydalanishga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullaev, A., & Tojibaev, K. Oʻzbekiston florasi: Choʻl va yarim choʻl oʻsimliklari.
Toshkent: Fan va Texnologiya, 2018.
2.
Botirov, R. X. Oʻzbekistonning choʻl ekotizimlari va ularning muhofazasi. Toshkent:
Universitet nashriyoti, 2020.
3.
Gʻafurov, A. M. Qizilqum va Kattaqum choʻllarining oʻsimlik dunyosi. Toshkent:
Akademnashr, 2015.
4.
Ismoilov, M. I., & Rahmonov, O. “Oʻzbekiston choʻl mintaqalarida oʻsimliklarning
moslashuv mexanizmlari.” Oʻzbekiston Biologiya Jurnali, Toshkent, 2019, 3(45), 12–18.
54
5.
Kamolov, S. K. Oʻzbekistonning “Qizil kitobi”: Yoʻqolib borayotgan oʻsimlik turlari.
Toshkent: Sharq nashriyoti, 2021.
6.
Murodov, B. T. “Choʻl oʻsimliklarining ekologik ahamiyati va iqtisodiy foydalari.”
Ekologiya Xabarnomasi, Toshkent, 2017, 2(30), 25–32.
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi.
Oʻzbekistonning biologik xilma-xilligini muhofaza qilish boʻyicha milliy strategiya. Toshkent:
Davlat nashriyoti, 2022.
8.
Rajabov, T. F. Amudaryo deltasining galofit oʻsimliklari va ularning tuproq
muhofazasidagi roli. Toshkent: Fan nashriyoti, 2016.
9.
Toʻxtaev, B. Y., & Abdullaev, S. “Choʻllanishga qarshi kurashda oʻsimliklarning oʻrni.”
Oʻzbekiston Qishloq Xoʻjaligi Jurnali, Toshkent, 2020, 5(50), 8–14.
10.
UNESCO. Central Asian Deserts: Biodiversity and Conservation Strategies.
Online:UNESCO,2021.Retrieved
11.
https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000378945