Авторы

  • Bashoratxon Nizomova
    ADPI
  • Munavvarxon Turg‘unova
    ADPI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.48292

Ключевые слова:

Biologiya o’qitish metodikasi o’quv materiali dars shaxs o’qitish shakllari metod predmet pedagog.

Аннотация

Ushbu maqola biologiya o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari, fan sifatidagi o‘rni, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi hamda tarbiyaviy ro‘li, fanning yutuqlari haqida ma’lumot berilgan.


background image

32

MAKTAB O‘QUV REJASIDAGI BIOLOGIK TA’LIMNING O‘ZIGA XOS

TOMONLARI

Bashoratxon Begaliyevna Nizomova

Munavvarxon Numonjon qizi Turg‘unova

ADPI

https://doi.org/10.5281/zenodo.14258257

Annotatsiya:

Ushbu maqola biologiya o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari, fan

sifatidagi o‘rni, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi hamda tarbiyaviy ro‘li, fanning yutuqlari haqida
ma’lumot berilgan.

Abstract:

This article provides information about the goals and tasks of the teaching

methodology of biology, its place as a science, its connection with other sciences and its
educational role, and the achievements of the science.

Аннотация:

В данной статье представлена информация о целях и задачах

методики преподавания биологии, ее месте как науки, ее связи с другими науками и ее
воспитательной роли, а также достижениях науки.

Kalit so

zlari:

Biologiya o’qitish metodikasi, o’quv materiali, dars, shaxs, o’qitish

shakllari, metod, predmet, pedagog.

Keywords:

Biology teaching methodology, educational material, lesson, person,

teaching forms, method, subject, pedagogue

Ключевые слова

: Методика преподавания биологии, учебный материал, урок,

человек, формы обучения, метод, предмет, педагог.


Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fan asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv,

jarayonlar, qonuniyatlar to‘g‘risidagi fandir. Mazkur qonuniyatlarni bilish o‘qituvchiga maktab
biologiya kursi bilan bog‘liq o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil
etish va boshqarish imkonini beradi. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanlarining
mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy etishning
maqsad qilib qo’yadi. Biologiya o’qitish metodikasining asosiy vazifasi o’quvchilarga biologik
o’quv fanlar bo’yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan
shaxs sifatida kamol topishiga ko’mak beruvchi o’quv fanlar mazmunini, o’qitish shakllari,
vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida
har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo’lib, u narsa va hodisalar
to’g’risida bilimlar to’plashga yo’nalgan, hamda tadqiqot qilinayotgan narsa xodisalar
to’g’risida to’liq va chuqur bilim olishga qaratilgan. fanning asosiy funktsiyasi tadqiqot
hisoblanadi. Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog’liq o’quvchilarning
bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadqiq qilishni maqsad
qilib qo’yadi. Fanning asosiy belgisi bo’lib, maqsadning aniqligi, o’rganish predmeti, bilimlarni
bilish usullari va shakllari hisoblanadi. Shu bilan birga fanning rivojlanish tarixi, uning
boyishiga sababchi bo’lgan kashfiyotlarni bilish ham muhim sanaladi. Biologiya o’qitish
metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli uning oldida turgan maqsad va
vazifalar ham umumpedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Biologiya
o’qitishmetodikasi barcha o’quv fanlarga taaluqli bo’lgan pedagogik qoidalarni, biologik o’quv
materialiga tadbiq etishga yo’nalgan. Shu bilan bir qatorda biologiya o’qitish metodikasi
tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik bilimlarni o’zida mujassamlashtiradi.Biologiya


background image

33

o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanining o’qitish maqsadini, mazmunini, belgilab beradi.
Biologiya o’qitishning hozirgi davrda samarali bo’lishi o’quvchilarning o’quv, mehnat va
jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bo’lgan biologik bilimlar, ko’nikmalar,
malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular esa o’z navbatida o’quvchilarning
tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo’lgan
munosabatida namoyon bo’ladi. O’quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va
aqliy jihatdan takomillashtirishga bo’lgan extiyoji bilan ifodalanadi. Biologiya o’qitishning
maqsadi yuqorida qayd qilingan omillardan kelib chiqadi. Biologiya o’qitishning maksadlarini
bilish o’qituvchiga o’qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi.

Fan sifatida biologiya o’qitish metodikasining vazifalari quyidagilardan iborat:

1.

O’quvchilarning o’qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o’quv fanining o’rnini

aniqlash;
2.

Maktab o’quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab

chiqish va uni maktab amaliyotiga tadbiq yetish;
3.

O’quvchilarning yoshiga mos ravishda o’quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning

o’rganish izchilligini belgilash;
4.

Biologik o’quv fanlarining o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda, o’qitish

usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;
5.

O’qitish jarayonida qo’llash uchun zarur jihozlarni aniqlash.

6.

Biologiya xonasi tirik burchak, tajriba yer maydoning tashkil yetish, tabiiy, tasviriy,

audio, video vositalarni belgilash.
7.

Biologiya o’qitish metodikasining ob’yekti bo’lib, mazkur o’quv fani bilan aloqador

bo’lgan o’quv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi,
8.

Biologiya o’qitish metodikasining predmeti bo’lib biologik bilimlarning maqsadi,

mazmuni, o’qitish usullari, shakllari, o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir. [8]

Biologiya o’qitish metodikasining ilmiy tadqiqot metodlari:

1.

Maktab o’qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, salbiy

tomonlarini aniqlash;
2.

Bu sohada to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal yetilmagan

muammolarni aniqlashtirish va ularni hal yetish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari surish;
3.

Ilgari surilgan farazlarning qanchalik haqiqatga yaqin yekanliklarini aniqlash maqsadida

maktablarda pedagogik tajribalar o’tkazish hamda, nazorat sinflardan olingan ma’lumotlarni
o’zaro taqqoslash;
4.

Kuzatish va pedagogik eksperimentlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish,

umumlashtirish va xulosalash.[4]

Olingan ma’lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar, qo’llanmalar yaratish va ishlab

chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy maktablarda tekshirishdan o’tkazish va tasdig’ini
olish. Hozirgi davrga kelib, biologiya o’qitish metodikasida o’tkazilgan pedagogik tajribalar
natijasida “Biologik tushunchalarni rivojlantirishi”, “Biologiyada o’qitish shakllarining
sistemasi”, “Biologiyada o’qitish metodlari”, “Biologiyada ekologik tushunchalarni
rivojlantirish”, “Biologiya o’qitishning moddiy bazaviy sistemasi”, “Pedagogika Oliy o’quv


background image

34

yurtlari talaba biologlarning maktabdagi ishga metodik tayyorlash sistemasi” kabi nazariyalar
ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.

Maktablarda o’qitiladigan biologiya o’quv fanlarga qarab “Biologiya o’qitish metodikasi”

fani “Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi”, “Botanika o’qitish metodikasi”, “Zoologiya
o’kitish metodikasi”, “Odam va uning salomatligini o’qitish metodikasi” va nihoyat “Umumiy
biologiyaning o’qitish metodikasi” kabi xususiy o’qitish metodika fanlariga ajratiladi.
Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi barcha biologik o’quv fanlariga oid o’qitishning
maqsadi, vazifasi, mazmuni, prinsiplari, usullari, vositalari, shakllari, biologiyani o’qitish
tarixi, bosqichlari kabi masalalarni qamrab oladi. Xususiy metodikalar esa u yoki bu o’quv
fanining mazmuni o’quvchilarning yoshi bilan bog’liq dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan
tashqari mashg’ulotlar, ekskursiyalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil yetish,
jihozlash kabilarni diqqat markazida tutadi. Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar
bilan bog’liqligi, biologiya o’qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo’lgan didaktika
bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o’quvchilar tomonidan bilimlar, ko’nikmalar
va malakalarni o’zlashtirish qonunlarni o’rgansa va u maktabdagi barcha o’quv fanlari uchun
o’qitish nazariyalarni va prinsiplarni ishlab chiqsa, biologiya o’qitish metodikasi biologiya
bilan bog’liq o’qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari va metodlari hamda vositalari bilan
bog’liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi. Biologiya o’qitish metodikasi psixologiya
bilan uzviy aloqadadir, Chunki, biologiyani o’qitish o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos
bo’lgan taqdirdagina samara beradi. Masalan o’smirlarda ya’ni 5-6 sinf o’quvchilarida diqqati
beqaror bo’lgani sababli biologiya o’qituvchisi dars jarayonida bir necha metodlardan
foydalanib, o’quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, hamda ularning tafakkurini konkret
yekanligini e’tiborga olib, ko’rgazmali vositalardan ko’proq foydalaniladi. Yuqori sinflarda
yesa o’quvchilar dikqati barqarorlashgani va ularda abstrakt tafakkur rivojlangani uchun
darslar ko’proq ma’ruza shaklida o’tkazilishi va bir, ikki metoddan foydalanish kifoya qiladi.
[7]

Biologiya fanining yutuqlari ishonchli tarzda insoniyat yangi asrga biologiya asriga kirib

borganligi haqida dalolat bermoqda. Biologiya fanining yutuqlari ko’p jihatidan tabiiy fanlar
fizika, kimyo, matematika, astronomiya sohasida yerishilgan yutuklardan foydalanish
natijasida yuz bermoqda. Olimlarning diqqat e’tibori hayot hodisalarining mohiyatini
aniqlashga, moddalar almashinuvi, irsiyat va o’zgaruvchanlikni boshqarishning turli usullarini
ishlab chiqarishga qaratilgan. Hujayra va uning organoidlarida boradigan ko’p jarayonlarining
fizik kimyoviy va biologik moxiyatini ochib bergan fan yutuqlari hayotiy jarayonlari borishiga
aktiv aralashishi imkoniyatlarini bermoqda. Biologiya fanining yutuklari medisina oldiga rak,
virus, yurak, qontomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi vazifalarini qo’ymokda
va bu xastaliklar asta-sekinlik bilan o’z davosini topmoqda. Hozirgi vaqtda tirik organizmlarni
tuzilishi va unda boradigan jarayonlarga asoslangan texnika fani kibernetika asosida tabiiyot
fanlarida yangi yo’nalish bionika vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan
bog’laydigan fandir. Biologik ta’lim insonning qalbi va aqliga ijobiy ta’sir qilish uchun hamma
imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq tanishayotgan kishiga juda katta
huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari bilan estetik tarbiya berish yosh avlodning umumiy
estetik tarbiyasiga ko’maklashadi. Biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida Umumiy
o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim biologiya o’qituvchisini tayyorlashda biologiya
o’qitish metodikasi o’quv fani nihoyatda muhim o’rin tutadi. Bu o’quv fanini o’qitish


background image

35

jarayonida talabalarning biologiyani o’qitish uchun zarur kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar
shakllanadi. O’quv fani o’zining asosiy bilim va ma’lumot berish funksiyasidan kelib chiqqan
holda ma’lum tartib asosida tuzilgan. Oliy maktab biologiya o’qitish metodikasi darsligi o’z
tuzilishi va mazmuniga ko’ra fanga yaqinroq. U o’z tarkibiga ilmiy ma’lumotlardan tashqari
fandagi ayrim munozarali masalalarni yechishga qaratilgan turlicha qarashlarni, haqiqatni
topishda muvaffaqiyatli yo muvaffaqiyatsiz izlanishlarni ham o’zida ifoda qiladi.

References:

1.

Azizxo’jayeva N.N.. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Tosh. 2006.

2.

Golish G.L, Fayzullayeva D.M Pedagogik texnologiyalarni loyoxalashtirish va

rejalashtirish. O’quv-uslubiy qo’llanma. «Iqtisodiyot» nashr., 2011[4]
3.

Rizoqulovna, B. M. T. (2021). BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISH SAMARASI.[3]
4.

Rizoqulovna, B. M. T. Biologiya o’qitish metodikasi qo’llanma. Toshkent-2020[2]

5.

. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. -Toshkent MU.

2003.[1]
6.

Maksimova, Kovaleva i dr. Sovremennыy urok biologii. M.Pros. 1985.

7.

Мустафақулова Д. И .Тизимли тафаккурнинг хусусиятлари. Муғаллим ҳем

узлуксиз билимлендириў Некис,2022
8.

Mustafaqulova D.I.Talabalarda tizimli tafakkurni rivojlantirish ,Journal of Natural

Science N 5/3 2021 7..Mustafaqulova D.I.
9.

Tolipova. J, G’ofurov A.T. Biologiya o’qitish metodikasi. Toshkent. Bilim.2004.

10.

Verzilin N.M, Korsunskaya V.M. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi. Tosh. O’qit.

1983
11.

Yo’ldoshev J.G’, Usmonov S.A. Pedagogik texnoldogiya asoslari. Tosh. O’qit. 2004.

Библиографические ссылки

Azizxo’jayeva N.N.. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Tosh. 2006.

Golish G.L, Fayzullayeva D.M Pedagogik texnologiyalarni loyoxalashtirish va rejalashtirish. O’quv-uslubiy qo’llanma. «Iqtisodiyot» nashr., 2011[4]

Rizoqulovna, B. M. T. (2021). BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARASI.[3]

Rizoqulovna, B. M. T. Biologiya o’qitish metodikasi qo’llanma. Toshkent-2020[2]

. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. -Toshkent MU. 2003.[1]

Maksimova, Kovaleva i dr. Sovremennыy urok biologii. M.Pros. 1985.

Мустафақулова Д. И .Тизимли тафаккурнинг хусусиятлари. Муғаллим ҳем узлуксиз билимлендириў Некис,2022

Mustafaqulova D.I.Talabalarda tizimli tafakkurni rivojlantirish ,Journal of Natural Science N 5/3 2021 7..Mustafaqulova D.I.

Tolipova. J, G’ofurov A.T. Biologiya o’qitish metodikasi. Toshkent. Bilim.2004.

Verzilin N.M, Korsunskaya V.M. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi. Tosh. O’qit. 1983

Yo’ldoshev J.G’, Usmonov S.A. Pedagogik texnoldogiya asoslari. Tosh. O’qit. 2004.