Авторы

  • Bashoratxon Nizomova
    Andijon davlat pedagogika insituti o`qituvchisi
  • Sarvinoz Xolmatova
    Andijon davlat pedagogika instiuti Biologiya yo`nalishi 203-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.49245

Ключевые слова:

Qoʻriqxona “Qizil kitob” burgut echkemar boʻrsiq baliq.

Аннотация

Ushbu tezisda Oʻzbekiston hududidagi qoʻriqxonalar va ularda tarqalgan hayvon turlari hamda Oʻzbekiston hududidagi yoʻqolib ketish xavfi bor hayvonlar haqida maʼlumot berilgan.


background image

40

OʻZBEKISTONDAGI QOʻRIQXONALAR VA ULARDA TARQALGAN UMURTQALI

HAYVON TURLARI

Nizomova Bashoratxon

Andijon davlat pedagogika insituti o`qituvchisi

Xolmatova Sarvinoz

Andijon davlat pedagogika instiuti

Biologiya yo`nalishi 203-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14274625

ANNOTATSIYA

Ushbu tezisda Oʻzbekiston hududidagi qoʻriqxonalar va ularda tarqalgan hayvon turlari

hamda Oʻzbekiston hududidagi yoʻqolib ketish xavfi bor hayvonlar haqida maʼlumot berilgan.

Kalit soʻzlar:

Qoʻriqxona, “Qizil kitob”, burgut, echkemar, boʻrsiq, baliq.

АННОТАЦИЯ

В данной диссертации представлены сведения о заповедниках Узбекистана и видах

животных, распространенных в них, а также о животных, находящихся под угрозой
исчезновения в Узбекистане.

Ключевые слова:

Заповедник, «Красная книга», орел, эчкемар, барсук, рыба.

ABSTRACT

This thesis provides information about nature reserves in Uzbekistan and the species of

animals distributed in them, as well as about endangered animals in Uzbekistan.

Key words:

Reserve, "Red book", eagle, echkemar, badger, fish.


Qoʻriqxona- bu quruqlik yuzasidagi joy yoki suv havzasi. Qo`riqxonalarda barcha tabiat

ko`rki o'simliklar, hayvonlar va tuproq toʻliq va umrbod xoʻjalik yurituvidan chiqarib olinadi va
davlat muhofazasi ostida bo'ladi. Qo`riqxonalarda yo`qolib borayotgan, turlari kamayib
ketayotgan hayvon, o`simlik turlari saqlanadi. Qoʻriqxonalarda faqat ilmiy tadqiqot ishlari olib
boriladi. Ayrim qo'riqxonalar biosferaga oid deb e'lon qilingan. Ularda har bir tabiiy hududlar
uchun o'ziga xos bo'lgan biogeotsenozlar saqlanadi.[2].Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari,
qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi
tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Baday -toʻqay
davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat
qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol biosfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya
qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda, shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib
boradi.[1]

Hisor davlat qo'riqxonasi. Qoʻriqxona hududida 250 dan ortiq turdagi umurtqali

hayvonlarni uchratish mumkin. Bu yerda O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga kiritilgan
sutemizuvchihayvonlardan Tyanshan qo'ng'ir ayig'i, O'rta Osiyo qunduzi, qor qoploni,
Turkiston silovsini, kichik taqaburun va katta taqaburun koʻrshapalaklari, qushlardan
boltayutar, burgut, qora laylak va lochin uchraydi.[1]

Zomin davlat qo'riqxonasi. Qoʻriqxonaning hayvonot dunyosi xilma-xil bo'lib, Turkiston

agamasi, qumloq va tuproq yerlarda chipor ilon, sariq ilon, cho'l kaltakesagi, dehqon
chumchuqlar, qorayaloq, archa boltatumshug'i, Turkiston ukkisi, kaklik va Turkiston maynasi,
vahima qush, jiblajibon, yirtqich qushlardan tasqara va boltayutarlar uchraydi.


background image

41

Qizilqum davlat qo'riqxonasi. Qoʻriqxona hayvonot olamiga juda boy. Bu yerda Xalqaro va

O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi"ga kiritilgan, sutemizuvchilardan Buxoro bug'usi va
jayron, qushlardan churrak, yo'rg'a tuvaloq, suv burguti, baliqlardan Amudaryo katta
kurakburuni uchraydi.

Surxon davlat qo'riqxonasi. Bu qo`riqxonaning hayvonot olami xilma-xil: Buxoro qoʻyi,

jayron, Turkiston silovsini, echkemar, kapcha ilon, Turkiston oq laylagi, qora laylak, burgut,
boltayutar, tasqara, ilonburgut va mallabosh lochinlar Xalqaro va O'zbekiston Respublikasi
«Qizil kitobiga kiritilgan.

Zarafshon dasht-toʻqay qo'riqxonasi. Qoʻriqxonada yuzdan ziyod hayvon turlari ro'yxatga

olingan va muhofaza etiladi. Qoʻriqxonada oddiy to'qay tovush- qoni, boʻrsiq, karaganka,
chiyabo'ri, toʻqay mushugi, jayra ko'paytiriladi.

Kitob davlat qo'riqxonasi. Kitob davlat qo'riqxonasi Zarafshon tog' tizmasining janubi

g'arbiy qismida joylashgan. Qoʻriqxonada noyob paleontologik topilmalar muhofaza qilinadi.
O'zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan burgut, boltayutar va boshqa hayvonlar qo'riqxona
faunasini tashkil etadi.

Chotqol tog'-o'rmon biosfera qo'riqxonasi. Chotqol qo'riqxonasida Markaziy Osiyo tog

ekotizimlarining faqatgina shu hududda uchraydigan endemik va kamyob oʻsimlik hamda
hayvon turlari muhofaza qilinadi. Ushbu qo'riqxonada tog' qoʻyi, yovvoyi cho'chqa (qobon),
Turkiston silovsini, ko'k sug'ur, jayra, gornostay, relikt yumronqoziq, qor barsi (irbis) kabi
hayvonlar muhofaza qilinadi.

Har bir inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdonan yondashishi zarur.Chunki bee`tibor

qaralsa hayvon va o`simlik turlari yo`qolib ketadi. Men o`zimning tengdoshlarimga va
amaliyotdagi maktab o`quvchilariga ham hayvon turlari, ularning yashash muhitlari va yo`qolib
borayotgan hayvonlar haqida ma`lumot berib boryapman. Tabiatni saqlash va yo`qolib
borayotgan hayvonlarni himoya qilish va asrash, nafaqat men uchun, balki har bir inson uchun
katta ahamiyatga ega. Ona tabiatni kelgusi avlodlarimiz uchun tabiiy holda saqlab qolish -
bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir. Tabiatni asrash har birimizning burchimizdir.

References:

1.

Biologiya: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik: 1-nashr/Mualliflar:

G'afurov A, Abdukarimov A, Tolipova J , Ishankulov O, Umaraliyeva M, Abduraxmonova T. T.:
«Sharq», 2018. - 240 b.
2.

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI”

3.

Baranov I ''Qo`riqxonalar va ulardagi xilma - xillik''.

Библиографические ссылки

Biologiya: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik: 1-nashr/Mualliflar: G'afurov A, Abdukarimov A, Tolipova J , Ishankulov O, Umaraliyeva M, Abduraxmonova T. T.: «Sharq», 2018. - 240 b.

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI”

¬¬Baranov I ''Qo`riqxonalar va ulardagi xilma - xillik''.