27
METABOLIZMNING UMUMIY TAHLILI
Saburova Yakutjan Nurumbetovna
Hamshiralar Akademyasi
Terapiya kafedrasi yetakchi oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14434869
Annotatsiya:
Bugungi kunda tibbiyotning kundan-kunga rivojlanishi natijasida inson
organizmida yuz beradigan har bir jarayon izchil o‘rganilmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Quyidagi maqolada ham shunday jarayonlardan biri hisoblangan metabolizm haqida so‘z
yuritiladi. Muallif metabolizmning yuzaga kelishi, uni tezlashtirishning yo‘llari, metabolizm
bog‘liq bo‘lgan jarayonlar haqida ma’lumotlar berib o‘tgan.
Kalit so‘zlar:
metabolizm, hujayra, organizm, fermentativ reaksiyalar, moddalar,
kaloriya, bazal metabolizm, anabolizm, katabolizm.
Аннотация:
Сегодня, в результате ежедневного развития медицины, не будет
преувеличением сказать, что каждый процесс, происходящий в организме человека,
последовательно изучается. В следующей статье также говорится об обмене веществ,
который является одним из таких процессов. Автор предоставил информацию о
возникновении обмена веществ, способах его ускорения, процессах, связанных с
обменом веществ.
Ключевые слова:
метаболизм, клетка, организм, ферментативные реакции,
вещества, калории, основной метаболизм, анаболизм, катаболизм.
Annotation
: Today, as a result of the daily development of medicine, it is no
exaggeration to say that every process that occurs in the human div is consistently studied.
The following article also talks about metabolism, which is one of these processes. The author
has provided information about the occurrence of metabolism, ways to accelerate it,
processes related to metabolism.
Key words:
metabolism, cell, organism, enzymatic reactions, substances, calories, basal
metabolism, anabolism, catabolism.
Metabolizm (grekcha:
μεταβολή
- metabole - oʻzgarish) — hujayralarda sodir boʻladigan
fermentativ reaksiyalar majmui. Metabolizmda organik hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan
moddalar va energiya xosil boʻladi. “Metabolizm” termini, koʻpincha, moddalar va energiya
almashinuvining hujayrada kechadigan bosqichlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu jihatdan
metabolizm tor maʼnoda oraliq almashinuvni, yaʼni moddalarning xujayra ichida oxirgi
mahsulotga aylanishini ifodalaydi. Oziq moddalar hujayraga tushgach, bir qator kimyoviy
oʻzgarishlarga uchraydi. Bunday reaksiyalarning muayyan tartibda ketma-ket roʻy berishi
metabolitik yoʻl, hosil boʻlgan oraliq mahsulotlar metabolitlar deyiladi.
Metabolizm — hujayralarda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar majmuyi bo‘lib, hayot
faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddalar, energiya hosil bo‘ladi va almashinadi. Metabolizm
atamasi asosan uch xil energiya sarflash turiga nisbatan ishlatiladi:
•
bazal metabolizm darajasi (BMR);
•
oziq-ovqatning termik effekti (TEF);
•
jismoniy faoliyat davomida kaloriyani yo‘qotish tushunchasi.
Tanamiz sarflagan energiya o‘rnini to‘ldirish uchun biz doimiy oziq-ovqat isteʼmol
qilishimiz kerak bo‘lganidek, hujayralar ham kimyoviy reaksiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun
28
energiya oqimiga muhtojdir. Soddaroq qilib aytganda, biz isteʼmol qiladigan ozuqa hujayralar
uchun energiya manbaidir.
Metabolizm anabolizm va katabolizmdan iborat. Anabolizmda hujayralar va toʻqimalar
tarkibiga kiruvchi moddalar sintezlanadi, hujayra tarkibi yangilanadi. Anabolitik reaksiyalar,
asosan, qaytarilish reaksiyalaridan iborat boʻlib, ular erkin kimyoviy energiya sarf boʻlishi
orqali boradi. Katabolitik reaksiyalar, asosan, oksidlanish reaksiyalaridan iborat boʻlib, unda
murakkab moddalar birmuncha oddiy molekulalargacha parchalanadi va energiya ajralib
chiqadi. Metabolizmning bu ikki tomoni oʻzaro chambarchas bogʻlangan.
Аvvallari metabolizm 30 yoshdan keyin har yili 2-5% ga sekinlashib boradi, degan
nazariya mavjud edi. Yangi tadqiqotlar buning aksini koʻrsatmoqda: 2021 yilda chop etilgan
“Daily energy expenditure through the human life course”dagi maʼlumotlarga koʻra,
metabolizm inson umrining ilk yillarida kuchayadi, soʻng 20 yoshgacha sekinlashib boradi va
ushbu tezlik 60 yoshgacha saqlanib qoladi. 60 yoshdan oshganda ham metabolizm birdaniga
tushib ketmaydi, koʻrsatkich yiliga atigi 0,7 % ni tashkil etadi.
Demak, metabolizm sekinlashishiga inson yoshi sababchi emas. Bunga gormonal
oʻzgarishlar, turli kasalliklar, vitamin va minerallar yetishmasligi, oʻta ozib ketish kabilar
turtki boʻladi.
Bir qancha omillar yordamida metabolizmning sekinlashganini bilish mumkin. Bular:
•
Vazn tashlash qiyinlashadi, sogʻlom vaznni saqlab qolish mushkul boʻladi;
•
Doimiy charchoq hissi insonni tark etmaydi;
•
Hazm tizimida muammolar paydo boʻladi, qabziyat holatlari koʻpayadi;
•
Inson doimiy sovuq qotib yuradi;
•
Teri quruqlashadi;
•
Sochlar toʻkila boshlaydi;
•
Hayz sikli buziladi.
Аgar sizda yuqoridagi holatlardan bir nechtasi kuzatilsa, shifokor koʻrigidan oʻtishni
tavsiya qilamiz. Maʼlum analizlar topshirilgach, organizmda metabolizm jarayoni qanday
kechayotganini aniqlash va uni oʻz vaqtida davolash mumkin.
Sekinlashgan metabolizmni uning avvalgi darajasiga qaytarish uchun, birinchi navbatda,
sogʻlom turmush tarziga rioya etish: toʻgʻri ovqatlanish, uyquga toʻyish va sport bilan
shugʻullanish lozim.
Demak, inson organizmidagi moddalar almashinuvi metabolizm deb atalar ekan va u
moddalar almashinuvi oziq-ovqatni tanadagi barcha jarayonlar uchun zarur boʻlgan
energiyaga aylantirib, organizm normal ishlashini ta’minlaydigan jarayon ekan. Metabolizm
qator muhim funksiyalarni bajaradi, shu jumladan hujayralar, toʻqimalar, organlarning oʻsishi
va tiklanishini ta’minlaydi, organizmdan toksinlar chiqib ketishiga yordam beradi, tana
haroratini me’yorida ushlab turadi.
Metabolizm tez boʻlishining afzalliklari shundaki, tez metabolizm inson oʻzini yanada
tetik his qilishi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish, miya faoliyatini yaxshilash,
immunitetni mustahkamlash, teri va sochlar sogʻlom boʻlishiga yordam beradi.
Moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun inson turmush tarzini oʻzgartirishi kerak.
Bunda bir qancha qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:
29
Muntazam sport bilan shugʻullanish. Jismoniy faollik mushak massasini oshirishga, bu
esa, oʻz navbatida metabolizm tezlashishiga yordam beradi.
Toʻgʻri ovqatlanish. Koʻproq oqsil va kletchatkaga boy mahsulotlarni iste’mol qilish,
ratsionda shakar, tuz va zararli yogʻlarni kamaytirish, zarur miqdorda suv ichish.
Toʻgʻri va yetarlicha uxlash. Muntazam ravishda 7-8 soatdan kam uxlash moddalar
almashinuvini sekinlashtirishi mumkin.
Zararli odatlardan voz kechish. Chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish organizm
zaharlanishi va buning natijasida metabolizm jarayoni sust kechishiga olib keladi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, metobolizm jarayoni inson sog‘ligi uchun organizmda
sodir bo‘lishi muhim hisoblanadigan jarayonlardan biri ekan. Metabolizmning organizmda
to‘g‘ri sodir bo‘lishi har bir shaxsning o‘ziga bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
References:
1.
Berg, J. M., Tymoczko, J. L., and Stryer, L. (2002). Metabolism is composed of many
coupled, interconnecting reactions. In
Biochemistry
(5th ed., section 14.1). New York, NY: W.
https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK22439/
2.
Carter, P. (n.d.). Catabolic and anabolic reactions. In
Microbial metabolism
. Retrieved
http://classes.midlandstech.edu/carterp/courses/bio225/chap05/lecture1.htm
3.
Reece, J. B., Urry, L. A., Cain, M. L., Wasserman, S. A., Minorsky, P. V., and Jackson, R. B.
(2011). An introduction to metabolism. In
Campbell biology
(10th ed., pp. 141-161). San
Francisco, CA: Pearson.
4.
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.