122
BOLALARDA KUZATILADIGAN LARINGIT KASALLIGI VA UNING
PROFILAKTIKASI
Saburova Yakutjan Nurumbetovna
Hamshiralar Akademiyasi
Terapiya kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15331565
Annotatsiya:
Bugungi kunda juda ko‘plab kasalliklar atrof-muhitning ifloslanishi
natijasida yuzaga kelyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, yosh bolalarda kuzatiladigan
ko‘plab kasalliklar havoning ifloslanganligi sababli vujudga kelgan. Inson organizmida
kuzatiladigan turli xil yallig‘lanish kasalliklarini ham bunga misol qilib aytsak bo‘ladi.
Quyidagi maqolada aynan shunday yallig‘lanish turlaridan biri bo‘lgan laringit kasalligi haqida
so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
kasallik, laringit, yallig‘lanish, gripp, ko‘kyo‘tal, oʻtkir laringit, surunkali
laringit, kataral laringit, bemor.
Laringit (laringo yunoncha – yalligʻlanish) – hiqildoq shilliq qavatining yalligʻlanishidir.
Mazkur kasallikning oʻtkir va surunkali turlari mavjud bo‘lib, oʻtkir laringit koʻpincha gripp,
qizamiq, skarlatina, koʻkyoʻtal vas hu kabi boshqa kasalliklarning alomati hisoblanadi.
Shuningdek, butun organizmning sovqotishi, baqirib gaplashish natijasida ovoz boylamlariga
zoʻr kelishi, muzdek yoki juda issiq ovqat isteʼmol qilish, tamaki chekish, spirtli ichimliklarga
ruju qoʻyish natijasida ham roʻy beradi. Oʻtkir laringitda bemor tomogʻi qurib, qirilishi,
tirnalishidan shikoyat qiladi; yoʻtal tutadi, tovushi boʻgʻiq, doʻrillagan yoki butunlay chiqmay
qoladi, baʼzan yutinganda ogʻriq paydo boʻladi. Oʻtkir laringitning kataral, diffuz, gemorragik,
flegmonoz va boshqa shakllari farq qilinadi.
Koʻpincha, bolalarda, xususan, 6-8 yoshgacha boʻlgan bolalarda oʻtkir laringitning soxta
krup (boʻgʻma) shakli uchraydi. Bu, odatda, ekssudativ diatez va boshqa allergik kasalliklarga
moyil bolalarda kuzatiladi. Oʻtkir kataral laringit tezda tuzalib ketishi, diffuz-gemorragik
shakli esa ogʻirroq kechib, uzoq, davom etishi mumkin. Flegmonoz laringitda bemorning
ahvoli mushkullashadi, harorati koʻtariladi, hiqildoq sohasida ogʻriq paydo boʻlib, yutinish
qiyinlashadi va hokazo.
Bundan tashqari laringitning yana bir qancha ko‘rinishlari mavjud. Bular: kataral,
gipertrofik, atrofik. Bularning barchasi bir-biridan belgilari bilan ajralib turadi.
Kataral turi— laringit kasalligining yengil formasi. Xirillash, tomoqning qichishib
achishishi, damba-dam yo‘tal bilan namoyon bo‘ladi.
Gipertrofik laringitda xirillashning zo‘rayishi, yo‘tal va qichishish kabi alomatlar bor.
Kataral laringitdan farqi shundaki, hiqildoqda to‘g‘nog‘ichning boshidek keladigan kichik
tugunchalar paydo bo‘ladi. Aynan shu ovozning xirillashiga sabab bo‘ladi.
Atrofik laringitda hiqildoq shilliq qavatining yupqalashgani kuzatiladi. Og‘iz qurib,
og‘riqli yo‘tal bezovta qiladi. Qattiq yo‘talganida balg‘am qon aralash ko‘chishi ham mumkin.
Laringitning bu turi bolalarda deyarli uchramaydi.
Mazkur kasallikning alomatlarini yana quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. Kasallik
jarayonida to‘satdan yarim tunda tana haroratining keskin oshishi kuzatiladi. Bundan tashqari
yo‘tal boshlanib, bemorning nafas olishi shovqinli bo‘lib, hansirash yuzaga keladi. Masofadan
ham bolaning xirillab nafas olayotgani eshitiladi. Bola tomog‘ining quriganidan,
123
achishganidan, ba’zan hiqildog‘idagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Ovoz xirillashi, qo‘pollashishi
yoki umuman yo‘qolib qolishi mumkin. Nafas olishdagi qiynalish oqibatida yurak
yetishmovchiligi yuzaga kelish ehtimoli oshadi. Bu esa bola hayoti uchun xavfli. Bemor to‘g‘ri
davolansa, kasallikning 3-4-kunlarida balg‘am ajralishni boshlaydi. 7-10 kundan so‘ng esa
laringit alomatlari butunlay yo‘qoladi.
Oʻtkir laringitning bot-bot qoʻzib turishi va uni yaxshi davolamaslik, tamaki chekish,
spirtli ichimliklar ichish, ovozni zoʻriqtirib qoʻyish (oʻqituvchilar, lektorlar, ashulachilarda) va
boshqalar surunkali laringitga sabab boʻladi. Surunkali laringit bilan ogʻrigan bemorning
tovushi xirillab boʻgʻiladi, tez toliqadi, koʻpincha yoʻtalib turadi. Davosi: kasallikning xili va
kechishiga qarab fizio-terapevtik muolajalar, dorivor moddalardan ingalyatsiya buyuriladi,
organizmni chiniqtirish, kasbga oid zararli moddalarni yoʻqotish tavsiya etiladi.
Kasallik go‘daklarda kuzatilganda onalar go‘daklarni imkon qadar ko‘krak suti bilan
boqishlari kerak. Bu bolani har qanday infeksion kasalliklardan himoyalashning eng samarali
chorasi. Shu bilan bir qatorda kichkintoyning organizmini chiniqtirib borish lozim. Parhez
ham davolashning muhim shartlardan biri hisoblanadi. Laringit kasalligi bilan og‘rigan
bemorlarga sovuq, juda issiq, achchiq, sho‘r yeguliklar, shirinliklar, gazli ichimliklar tavsiya
etilmaydi. Sitrus mevalar, tuxum, shirinliklar, asal, yong‘oq, mosh, no‘xat, tovuq va qo‘y
go‘shtidan tayyorlangan ovqatlar mumkin emas. Sut mahsulotlari va ulardan tayyorlangan
yeguliklar, giyohlardan tayyorlangan damlama (shifokor tavsiyasiga ko‘ra), mol go‘shtidan
qaynatib, bug‘da dimlab pishirilgan taomlar berish mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek laringitni davolashning eng samarali usuli ingalyatsiya
hisoblanadi. Lekin ahamiyat berish kerakki, laringit bilan og‘rigan bemorlarga sovuq
ingalyatsiya (maxsus ingalyator apparati orqali) qilinadi. Ingalyatsiya vaqtida bola og‘zi bilan
nafas oladi, bu muolajani kun davomida 3-4 marta takrorlab turish lozim.
Kasallikning birinchi kunlarida oyoq uchun 42-45 daraja issiq vannalar yaxshi yordam
beradi. Bu muolaja uyquga yotishdan avval 20-30 daqiqa davomida bajarilgani ma’qul.
Laringitda tomoqdagi qichishish va shilliq qavatlar yallig‘lanishini davolash uchun
tarkibida giyohlar bo‘lgan dorilar, to‘qimalardagi shishlarni ketkazishga mo‘ljallangan
antigestamin (allergiyaga qarshi) dorilardan foydalaniladi.
Parhez ham davolashning muhim shartlardan biri hisoblanadi. Sovuq, juda issiq,
achchiq, sho‘r yeguliklar, shirinliklar, gazli ichimliklar tavsiya etilmaydi. Sitrus mevalar,
tuxum, shirinliklar, asal, yong‘oq, mosh, no‘xat, tovuq va qo‘y go‘shtidan tayyorlangan ovqatlar
mumkin emas. Sut mahsulotlari va ulardan tayyorlangan yeguliklar, qizil rangli meva-
sabzavotlar, giyohlardan tayyorlangan damlama (shifokor tavsiyasiga ko‘ra), mol go‘shtidan
qaynatib, bug‘da dimlab pishirilgan taomlar berish mumkin.
Bu kasallik haqida shuni ham aytish joizki, laringit har doim ham yuqumli emas - agar u
infeksiyadan kelib chiqqan bo‘lsa, u boshqa odamlarga o‘tishi mumkin.
Halqum tovush paychalari deb ataladigan ikki burma mushakdan iborat bo‘lib, ular
yumshoq parda bilan qoplangan. Bu ikki burma ochish va yopish uchun mas’ul bo‘lib,
gapirganda, qo‘shiq aytganda yoki g‘o‘ng‘irlaganda cho‘zish va tebranish orqali ovozli
tovushlarni chiqarishga yordam beradi.
Agar halqum yallig‘langan yoki infeksiyalangan bo‘lsa, tomoqning orqa qismida quruq,
hirqiroq va og‘riqni his qilish mumkin, bu esa laringit borligini anglatadi.
124
Laringit bakterial, virusli yoki qo‘ziqorin infeksiyasidan kelib chiqqan bo‘lsa, yuqumli
bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli sigaret chekish kabi ba’zi sabablar odatda laringitning
yuqumli shakliga olib kelmaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Azizov O. “Tabiat va mikroorganizmlar”. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020.
2.
Madrahimov X., Usmonov A. “Umumiy mikrobiologiya”. Toshkent: Universitet, 2015.
3.
Sadikov M. “Mikroorganizmlar va ekologiya”. Toshkent: Sharq nashriyoti, 2018.
4.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.