AXBOROT TIZIMLARI XAVFSIZLIGINI O‘QITISH METODIKASI

Аннотация

Ushbu tezisda axborot tizimlari xavfsizligi bo‘limini o‘qitish metodikasi yoritilgan. O‘qitish jarayonida foydalaniladigan asosiy usullar, vositalar va samaradorlikni oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Bu metodika talabalarni kiberxavfsizlik sohasida malakali mutaxassis sifatida tayyorlashga qaratilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
19-22
23

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
O‘ktamov , M. ., & Islomova , M. . (2025). AXBOROT TIZIMLARI XAVFSIZLIGINI O‘QITISH METODIKASI. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(3), 19–22. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdtf/article/view/71550
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda axborot tizimlari xavfsizligi bo‘limini o‘qitish metodikasi yoritilgan. O‘qitish jarayonida foydalaniladigan asosiy usullar, vositalar va samaradorlikni oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Bu metodika talabalarni kiberxavfsizlik sohasida malakali mutaxassis sifatida tayyorlashga qaratilgan.


background image

19

AXBOROT TIZIMLARI XAVFSIZLIGINI O‘QITISH METODIKASI

O‘ktamov Madadjon O‘ktam o‘g‘li

Shaxrisabz davlat pedagogika instituti

Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi

Islomova Madina Ibrohim qizi

Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14997656

Annotatsiya.

Ushbu tezisda axborot tizimlari xavfsizligi bo‘limini o‘qitish metodikasi

yoritilgan. O‘qitish jarayonida foydalaniladigan asosiy usullar, vositalar va samaradorlikni
oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Bu metodika talabalarni kiberxavfsizlik sohasida malakali
mutaxassis sifatida tayyorlashga qaratilgan.

Аннотация.

В данном тезисе рассмотрена методика преподавания раздела

«Безопасность информационных систем». Описаны основные методы, средства
обучения и пути повышения эффективности учебного процесса. Методика направлена
на подготовку квалифицированных специалистов в области кибербезопасности.

Abstract.

This thesis discusses the methodology of teaching the Information Systems

Security section. It covers key teaching methods, tools, and ways to enhance the efficiency of
the educational process. The methodology aims to prepare highly qualified specialists in the
field of cybersecurity.

Kalit so‘zlar:

xborot, maxfiy axborot Axborot xavfsizligi, axborotni muhofaza qilish ,

kiberxavfsizlik, xavfsizlik, axborot xavfsizligiga tahdid.

Ключевые

слова

:

Информация,

Конфиденциальная

информация,

Информационная

безопасность,

Защита

информации,

Кибербезопасность,

Безопасность, Угроза информационной безопасности.

Keywords

: Information, Confidential information, Information security, Information

protection, Cybersecurity, Security, Information security threat.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi qanchalik rivoj topgani sari, uning

afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, butun mamlakatimizda axborot
xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masalaga aylanib bormoqda, Ushbu soha albatta
rivojlanishi kerak va buni qilamiz...


Sh.M.Mirziyoyev

Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti sanoat rivojlanishi, kompyuter

jinoyatchiligi, konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy
hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har
qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza
qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishida va axborot
xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topmoqda. «Axborotlashtirish
to‘g‘risida», «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari
va ma’lumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish to‘g‘risida» va boshqa qonunlar hamda bir
qator hukumat qarorlari qabul qilindi va amalga tatbiq etildi. Axborotni muhofaza qilish
axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda (o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan
zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot
xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me‘yoriy hujjatlar asosida va axborotdan


background image

20

foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni
muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni
hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.

Axborot

– manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‘iy nazar shaxslar, predmetlar,

faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; axborotni muhofaza etish –
axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf
etish choratadbirlari;

Maxfiy axborot – O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish

cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‗lmagan hujjatlashtirilgan axborot.

Axborot xavfsizligi – tasodifiy va atayin qilingan hujumlardan himoyalanish. Axborot

xavfsizligi ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli va kompleks yondashuv
muvaffaqiyat keltirishi mumkin.

Axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli, kompleks

yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etishda huquqiy, ma’muriy,
protsedurali va dasturiy-texnik choralarni qo‘llaniladi. Bugungi kunda axborot xavfsizligini
ta’minlaydigan uchta asosiy tamoyil mavjud:

Ma’lumotlar butunligi – axborotni yo‘qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan,

shuningdek ma’lumotlarni mualliflik huquqi bo‘lmagan holda hosil qilish yoki yo‘q qilishdan
himoya qilish;

Axborotning konfedensialligi - axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va

unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa
ko‘chirishning) oldini olish ta’minlangan bo‘ladi;

Foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar axborotdan

foydalana olishliklari.

Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy

xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi
tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa
axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini
belgilaydi. Axborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishning
strategik yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar
yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Shu bilan birga davlat axborot siyosati
mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi hamda
jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi.

Axborotni muhofaza qilish – axborot xavfsizligining (ma’lumotlarning butunligi,

foydalana olish va zarur bo‗lganda, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda
foydalaniluvchi axborot va uning zaxiralari konfedensialligi) muhim jihatlarini ta’minlashga
yo‘naltirilgan tadbirlar majmuidir.

Kiberjinoyat

-

1960 yildan buyon kompyuter tizimlariga jismoniy zarar yetkazish va

saqlangan ma’lumotlar, kompyuter tizimlaridan ruxsatsiz foydalanish va elektron
ma’lumotlarning manipulyatsiyasi, kompyuterda firibgarlik va dasturiy ta’minotning
qaroqchiliklari kabi huquq buzarliklar jinoyat deb topildi.

Xavfsizlik

-

Internet tarmog‗idagi axborotdan foydalanganda xavfsizlik anchadan beri

axloqiy munozaralar mavzusi bo‘lib kelgan. Bu birinchi navbatda jamoat faravonligini himoya
qilish yoki shaxs xuquqini himoya qilish degan savolni o‘rtaga qo‘yadi. Internet tarmog‘ida


background image

21

foydalanuvchilar sonini ortishi, shaxsiy ma’lumotlarni ko‘payishi natijasida ularning
o‘g‘irlanishi va kiberjinoyatlar soni ortmoqda.

Axborot xavfsizligini ta’minlashda amalga oshiriladigan dastlabki choralardan biri bu –

fizik xavfsizlik hisoblanadi. Ruxsat etilmagan fizik boshqarishni, shaxs tomonidan amalga
oshiriladigan tahdidlarni va muhitga bog‘liq tahdidlarni oldini olish uchun tashkilotlar mos
fizik xavfsizlik boshqaruvini sharoitida bo‘lishi shart. Tizim administratori fizik xavfsizlikga
qaratilgan tahdidlardan saqlanish uchun fizik xavfsizlik choralari o‘rnatilgani va to‘g‘ri
ishlayotganini kafolatlashi shart. Fizik xavfsizlik fizik qurilmalarni, shaxslarni, tarmoq va
ma’lumotni hujumlardan himoyalash bilan shug‗ullanadi. Ma’lumot, tarmoqlar va qurilmalar
xavfsizligi o‘zida tabiiy va sun‘iy (inson tomonidan qilingan) tahdidlardan himoyalashni
mujassamlashtiradi. Tashkilotlar fizik xavfsizlikni ta’minlash uchun mos himoya vositalaridan
foydalanishlari zarur. Bunda, tashkilotlar o‘z infratuzilmasi va axborot tizimlarining fizik
xavfsizligiga ta’sir qiluvchi barcha yo‘llarni inobatga olishi shart.

Axborot tizimlari xavfsizligini o‘qitish samaradorligini oshirish uchun innovatsion

yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor qaratish lozim. Zamonaviy o‘qitish
metodlaridan foydalanish orqali talabalarni real xavf-xatarlarni tushunishga va ularni oldini
olishga tayyorlash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "Iqtisodiyotni raqamlashtirish

sharoitida iqtisodiy jarayonlar va moliyaviy munosabatlarning transformatsiyasi." (2024): 38-
41.
2.

Uktamov, M. "Modeling the professional training development of future teachers

through computer training." Science and innovation 2.B9 (2023): 139-141.
3.

Октамов, Мададжон, Жасмина Тошполотова, and Яйра Мусурманова. "Aniq fanlarni

o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo ‘llagan holda dars jarayonlarini tashkil
etish." Новый Узбекистан: наука, образование и инновации 1.1 (2024): 432-434.
4.

Madadjon, O‘Ktamov. "PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING

INFORMATIKADAN

AXBOROT-TEXNOLOGIK

KOMPETENTLIGINI

RIVOJLANTIRISH

METODIKASI." Academic research in educational sciences 4.CSPU Conference 1 (2023): 275-
281.
5.

O’G’Li, Madadjon O’Ktam. "Kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarini gidrorejim

parametrlarini masofaviy nazorat qilishning avtomatlashgan tizimlari." Science and Education
2.12 (2021): 202-211.
6.

Usmon o‘g‘li, Musirmanov Shohboz. "IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI TURISTIK

JOYLARNI REKLAMA QILISH VA MIJOZLAR BILAN SAMARALI ALOQA O ‘RNATISH." Scientific
Journal of Actuarial Finance and Accounting 4.10 (2024): 369-374.
7.

Xabibullayevich, Abdullayev Safibullo, et al. "TECHNOLOGY OF ORGANIZATION OF

ENVIRONMENT FOR THE DEVELOPMENT OF ERGONOMIC CULTURE." Harvard Educational
and Scientific Review 1.1 (2021).
8.

Beknazarova, Saida, et al. "METHOD OF FILTERING DIGITAL IMAGES BY PULSE

CHARACTERISTIC IN THE SPECTRAL REGION." Актуальные вопросы развития
инновационно-информационных технологий на транспорте 2021 (2021): 66-69.
9.

Musirmanov, Shohboz. "TURIZM SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASHDA AMALIYOT VA


background image

22

NAZARIYANING PEDAGOGIK UYG ‘UNLIGI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб
муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of
Humanities and Social Sciences. 4.11.

Библиографические ссылки

Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida iqtisodiy jarayonlar va moliyaviy munosabatlarning transformatsiyasi." (2024): 38-41.

Uktamov, M. "Modeling the professional training development of future teachers through computer training." Science and innovation 2.B9 (2023): 139-141.

Октамов, Мададжон, Жасмина Тошполотова, and Яйра Мусурманова. "Aniq fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo ‘llagan holda dars jarayonlarini tashkil etish." Новый Узбекистан: наука, образование и инновации 1.1 (2024): 432-434.

Madadjon, O‘Ktamov. "PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING INFORMATIKADAN AXBOROT-TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI." Academic research in educational sciences 4.CSPU Conference 1 (2023): 275-281.

O’G’Li, Madadjon O’Ktam. "Kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarini gidrorejim parametrlarini masofaviy nazorat qilishning avtomatlashgan tizimlari." Science and Education 2.12 (2021): 202-211.

Usmon o‘g‘li, Musirmanov Shohboz. "IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI TURISTIK JOYLARNI REKLAMA QILISH VA MIJOZLAR BILAN SAMARALI ALOQA O ‘RNATISH." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting 4.10 (2024): 369-374.

Xabibullayevich, Abdullayev Safibullo, et al. "TECHNOLOGY OF ORGANIZATION OF ENVIRONMENT FOR THE DEVELOPMENT OF ERGONOMIC CULTURE." Harvard Educational and Scientific Review 1.1 (2021).

Beknazarova, Saida, et al. "METHOD OF FILTERING DIGITAL IMAGES BY PULSE CHARACTERISTIC IN THE SPECTRAL REGION." Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте 2021 (2021): 66-69.

Musirmanov, Shohboz. "TURIZM SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASHDA AMALIYOT VA NAZARIYANING PEDAGOGIK UYG ‘UNLIGI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 4.11.