76
O’ZBEKISTON TOG’LARIDA TARQALGAN JUNIPERUS TURKUMI BOTANIK
TAVSIFI, TARQALISHI VAKILLARI VA AHAMIYATI
Jalilova Gulzira A’zamjon qizi
ADPI Biologiya yo’nalishi 102-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15076325
Abstract:
This thesis studies the description and significance of juniper species found in
the mountains of Uzbekistan. The research analyzes their ecological role and economic
benefits. Juniper plays a crucial role in preserving the ecosystem.
Аннотация:
В данной тезисе изучается описание и значение видов
можжевельника, распространенных в горах Узбекистана. В исследовании
анализируется их экологическая роль и хозяйственная ценность. Можжевельник
играет важную роль в сохранении экосистемы.
Keywords
: Juniperus, juniper species, ecological importance, juniper forests,
conservation
Ключевые слова:
Juniperus, виды можжевельника, экологическая значимость,
можжевеловые леса, охрана.
O‘zbekistonning tog‘li hududlari o‘ziga xos flora va fauna boyligi bilan ajralib turadi. Bu
hududlarda ko‘plab o‘simlik turlari uchraydi, ulardan biri – ignabargli doim yashil daraxt va
butalar turkumiga mansub archa (Juniperus) hisoblanadi. Archa O‘rta Osiyo ekotizimida
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tuproq eroziyasining oldini olish, havoni tozalash, hamda o‘ziga
xos landshaft hosil qilish kabi ekologik funksiyalarni bajaradi. rcha (Juniperus) — sarvdoshlar
(Cupressaceae) oilasiga mansub doim yashil daraxt va butalar turkumi bo'lib, dunyo bo'ylab
70 ga yaqin turi mavjud. Ular bir jinsli, bir yoki ikki uyli, shamol yordamida changlanuvchi
ignabargli o'simliklardir. Erkak qubbalari sarg'ish rangda bo'lib, 3–6 ta changdonli qipiqsimon
changchilardan tashkil topgan. Urg'ochi qubbalari yashil rangda, qarama-qarshi yoki oldinma-
keyin joylashgan urug'chibarg va urug'kurtaklardan iborat. Qubbalari yumaloq shaklda
(diametri 5–20 mm) bo'lib, ichida 1–10 dona urug' mavjud. Archa mart-may oylarida gullaydi,
mevasi qo'ng'ir rangda bo'lib, ikkinchi yili (sentabr-noyabrda) pishib, qish yoki bahorda
to'kiladi.
O'zbekiston tog'larida quyidagi archa turlari keng tarqalgan: Juniperus semiglobosa
(sovur archa) Juniperus turkestanica (o'rik archa) Juniperus sabina (qora archa) Juniperus
seravschanica (Zarafshon archasi) Bu turlar maxsus archazorlarni tashkil etib, O'rta Osiyo,
xususan O'zbekiston tog'larida keng tarqalgan. Archaning xo'jalikdagi ahamiyati katta:
Yog'ochi: me'morchilikda, o'ymakorlikda va qalam yasashda ishlatiladi. Xushmanzara
o'simlik: ba'zi turlari dekorativ maqsadlarda foydalaniladi. Qubbalaridan olinadigan
moddalar: turli moddalar (efir moyi, qatron, qand, mum va organik kislotalar) olinadi.
Tibbiyotda qo'llanilishi: qubbasining damlamasi siydik haydovchi, balg'am ko'chiruvchi va
ovqat hazm qilishni yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. O'rta Osiyodagi turlaridan olinadigan
efir moyining sedrol fraksiyasi esa jarohatni, suyakning teshilib oqishini davolashda
qo'llaniladi. Archa daraxtlari tuproqni mustahkamlash, eroziyani oldini olish va ekologik
muvozanatni saqlashda muhim rol o'ynaydi. Archaning ekologik ahamiyati: Archa turlari
nafaqat estetik va xo‘jalik jihatdan, balki ekologik muvozanatni saqlashda ham katta
ahamiyatga ega: Tuproq eroziyasining oldini oladi – archa ildizlari tuproqni mustahkamlab,
77
uning yuvilib ketishini kamaytiradi. Havoni tozalaydi – archa efir moylari havodagi zararli
moddalarni yutib, kislorod ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. Biotsenozni qo‘llab-
quvvatlaydi – ko‘plab hayvonlar va hasharotlar uchun yashash muhitini yaratadi. Iqlimga
ta’siri – namlikni saqlash, shamollar ta’sirini kamaytirish va haroratni barqarorlashtirishda
yordam beradi. Shuningdek, ular ko'plab hayvonlar uchun boshpana va oziq manbai
hisoblanadi.
Xulosa:
O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan Juniperus turkumiga mansub archa turlari
ekologik va xo‘jalik ahamiyati jihatidan muhim o‘simliklar hisoblanadi. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, archa turlari o‘zining biologik xususiyatlari bilan tog‘ ekotizimida muhim
rol o‘ynaydi. Ular tuproq eroziyasining oldini olish, havoni tozalash, mikroiqlimni
barqarorlashtirish hamda ko‘plab hayvonlar uchun boshpana va oziq manbai bo‘lib xizmat
qiladi. O‘zbekistonda keng tarqalgan Juniperus semiglobosa, Juniperus turkestanica, Juniperus
sabina va Juniperus seravschanica kabi turlar tabiat muhofazasi uchun katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, archaning yog‘ochi, efir moylari va boshqa biologik faol moddalaridan
farmatsevtika, parfyumeriya va qurilish sohalarida foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Razakova G.H., Tojiboyev M.U. "O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan Juniperus L. turkumi
botanik tavsifi, vakillari va ahamiyati". Universal xalqaro ilmiy jurnal, Jild 1, №9 (2024), 33-
36.
2.
"Archa (Juniperus turkestanica) ning O‘zbekiston tog‘larida tarqalishi va ekologik
ahamiyati". INASHR, 2023.
3.
"O‘zbekiston florasi: Hisobot 2024". O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
Botanika instituti, 2024.
4.
"Manzarali o‘simliklar" o‘quv qo‘llanmasi. Namangan Davlat Universiteti, 2025.