89
RA’NOKABILAR SINFCHASINING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIKASI
G’ofurova Odinaxon Mirzohidjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti biologiya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15088935
Annotatsiya:
Ra’nokabilar (Rosidae) ajdodchasi ikki pallalilar ajdodidagi eng katta
ajdodcha hisoblanadi. Shu bilan birga bir muncha qadimgi va rivojlangan turlarni o‘z ichiga
oladi. Hayotiy shakli daraxtdan tortib o‘t o‘simliklargacha. Ular yer yuzining deyarli hamma
joylarida tarqalgan. Ularning mevasini tarkibida qand moddalari, har xil organik kislotalar,
vitaminlar va efir moylari uchraydi. Juda ko‘p turlari qadimdan madaniylashtirilgan.
Shuningdek bir qancha turlari tibbiyotda dori tayyorlashda, ishlatiladi.
Kalit so’zlar:
aktinomorf, zigomorf, androtsey, ginetsey, yelkancha, qayiqcha,
vitaminlar, efir moylar, alkoloidlar.
Ra’nokabilar (Rosidae) ajdodchasi ikki pallalilar ajdodidagi eng katta ajdodcha
hisoblanadi. Shu bilan birga bir muncha qadimgi va rivojlangan turlarni o‘z ichiga oladi.
Hayotiy shakli daraxtdan tortib o‘t o‘simliklargacha. Ular yer yuzining deyarli hamma
joylarida tarqalgan. Gullari ikki jinsli, ba’zan ayrim jinsli. Tugunchasi ustki, ostki va o‘rta.
Ushbu sinfcha 40 ta qabila, 60 ta oila, 2800 turkumga mansub 5500 turni o’z ichiga oladi.
Ra’nonamolar (Rosales) qabilasi 3ta oilani ( Rosaceae, Chrysobalanaceae, Neuradaceae)
o‘z ichiga oladi.
Ra’nodoshlar (Rosaceae) oilasiga 120 ta turkum va 2000 dan ortiq tur kiradi. Ular
daraxt, buta, chala buta, ko‘p yillik, ba’zan bir yillik o‘simliklar bo‘lib, ayniqsa shimoliy yarim
sharda keng tarqalgan. Barglari poyada ketma-ket joylashgan oddiy yoki murakkab bo‘lib,
ko‘pincha yon barglarga ega. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yakka, ba’zan tupgullarni hosil
qiladi. Gulqurg‘oni murakkab, 5 lik tipida bo‘ladi, erkin yoki ma’lum darajada qo‘shilgan.
Changchilari ko‘pincha ko‘p sonli. Urug‘chisi 1, 5 yoki bir necha mevabarchaning
qushilishidan hosil bo‘lgan. Mevasi har xil tipda bo‘ladi. Ra’nodoshlar oilasi gul va
mevalarining tuzilishi jihatidan 6 ta kichik oilachaga bo‘linadi. Tubulg‘udoshchalar
(Spireoidaeae) oilachasi vakillari buta o‘simliklardir. Barglari oddiy yoki murakkab, gullari
qalqonsimon to‘pgulga yig‘ilgan. Mevasi to‘p, yoyma meva.
Gulining formulasi: *
♀♂
Ca
5
Co
5
A~ G
(5)
. Oilachaning asosiy turkumi tubulg’i
(Spiraea). Itburundoshchalar (Rosoidaeae) oilachasiga o‘t, yarim buta va buta o‘simliklar
kiradi. Barglari toq patsimon murakkab yoki oddiy chetki qirralari uyilgan, yon bargchali.
Poyasi ko‘pincha tikanli. Mevasi yong‘oqcha yoki murakkab danakchali meva. Gul formulasi:
*
♀♂
Ca
(5)
Co
5
A~ G
(5)
. Oilacha vakillari: Itburun na’matagi (Rosa canina), Fedchenko
na’matagi (R.fedtchenkoana), Samarqand na’matagi (R.moracndica), Zangori maymunjon
(Rubus caesius), Oddiy maymunjon (R.idaeus), qulupnoy (Fragaria), g‘ozpanja (Potentilla).
Olmadoshlar (Maloidaea) oilachasi vakillari: daraxt va buta o‘simliklardir. Ularning barglari,
oddiy, ba’zan murakkab, yong‘bargchali. Mevasi sersuv soxta meva.
Gul formulasi: *
♀♂
Ca
(5)
Co
5
A~ G
(1)
ba`zan
(2-5)
. Oilacha vakillari: Madaniy olma (Malus domestica), yovvoyi olma
(M.sylvestris), nok (Pyrus), bexi (Cydonia), sariq dulana (Crataegus pontica).
Olxo‘ridoshchalar (Prunoidaeae) daraxt va buta o‘simliklar. Bularning gul tuzilishi
yuqoridagilarga o‘xshab ketadi. Mevasi quruq yoki sersuv danakcha.
90
Gul formulasi: *
♀♂
Ca
5
Co
5
A
5
, ~, G
1
. Oilacha vakillari: Shirin bodom (Amygdalus
communis), o‘rik (Armeniaca vulgaris), shaftoli (Persica vulgaris), olcha (Cerasus vulgaris),
gilos (Cerasus avium), olxuri ( Prunus domestica). Oilaning ko‘pchilik vakillari oziq-ovqat
o‘simligi hisoblanadi. Ularning mevasini tarkibida qand moddalari, har xil organik kislotalar,
vitaminlar va efir moylari uchraydi. Juda ko‘p turlari qadimdan madaniylashtirilgan.
Shuningdek bir qancha turlari tibbiyotda dori tayyorlashda, ishlatiladi.
Burchoqnamolar (Fabales) qabilasi faqat burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasini o‘z
ichiga oladi. Oilaning 500ga yaqin turkumi, va 12000 turi, butun yer yuzida tarqalgan. Ular
daraxt, buta, chala buta, va o‘t o‘simliklardir. Poyasi tik, o‘rmalovchi va yotib o‘suvchi. Barglari
asosan murakkab uchtalik, panjasimon, toq va juft patsimon, ba’zan oddiy, yon bargchalarga
ega. Murakkab patsimon barglarni uchki tomonidagi yaproqchalari ba’zan shaklini o‘zgartirib,
gajaklarga, yon bargchalari esa tikanlarga aylangan. Gullari ikki jinsli, (zigomorf), ba’zan
aktinomorf bo‘lib shingil, boshcha, soyabon, boshoqsimon to‘pgulda joylashgan. Changchisi va
urug‘chilari hasharotlar yordamida, yoki o‘z o‘zidan changlanadi. Gulqo‘rg‘oni murakkab,
kosacha bargi 5 ta, ko‘pincha qo‘shilib o‘sgan, tojbargi ham 5 ta. Ustki tojbargi yirikroq bo‘lib,
«yelkan», ikkita ostkisi esa, changchilarni o‘rab turgani «qayiqcha» deb ataladi. Changchilar
soni odatda 10ta ulardan bittasi erkin, qolgan 9 tasining chang iplari o‘zaro qo‘shilib o‘sgan.
Ba’zi xollarda 10ta changchining chang iplari, hammasi bir-biri bilan qo‘shilib, ketadi, yoki
erkin holda bo‘ladi. Urug‘chisi 1ta meva bargchadan tashkil topgan. Tugunchasi ustki. Mevasi
dukkak. Urug’lari endospermsiz.
Gul formulasi: ↑
♀♂
Ca
(5)
Co
1+2+(2)
A
(9)
+1
G
1
. Oila vakillari: No‘xatsimon burchoq
(Lathyrus cicera). Bir yillik o‘t, asosan tog‘ yon bag‘irlari, butalar orasi, ariq va soy bo‘ylarida,
ekinlar orasida uchraydi. Osiyo burchagi (L. asiaticus). Bu ham bir yillik o‘simlik begona o‘t
sifatida ekinlar orasida uchraydi. Yantoq (Alhagi)ning O‘zbekiston sharoitida soxta yantoq
(A.pseudoalhagi), qirg’iz yantog‘i ( A.kirghisorum) kabi turlari uchraydi. Bularning har
ikkalasi ko‘p yillik o‘simliklardir. Miya (Glycirrhiza) keng tarqalgan turi tuksiz miya (G. glabra)
va tikanli miya (G.aspera) bizning sharoitimizda adir, tog‘ va ariq, daryo bo‘ylarida, ekinlar
orasida uchraydi. Shuningdek boshqa turlari: madaniy beda (Medicago sativa), ekiladigan
no‘xat (Cicer arienticum), ko‘k no‘xot (Pisum sativum), yer yong‘oq (Arachis hypogaeaayea),
sebarga (Trifolium) va boshqalar. Bu oila vakillarining ildizlari tuganak bakteriyalar bilan
birga simbioz xolatda yashab atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega.
Shuning uchun ham bu o‘simliklarda almashlab ekishda keng foydalaniladi. Oilaning bir
qancha turlari tarkibida oqsil bo‘lganligi uchun, to‘yimli ovqat sifatida ishlatiladi. Ba’zi
vakillari moy bo‘yoq va dorilar tayyorlanadi. Manzarali o‘simlik sifatida ham ayrim turlari
ekib o‘stiriladi.
Tuyatovonnamolar (Zygophyllales) qabilasi tarkibiga bir qancha oilalar kiradi.
Jumladan, tuyatovondoshlar, oqchangaldoshlar, isiriqdoshlar oilalari.
Tuyatovondoshlar (Zygophyllaceae) oilasi 22 turkumga kiruvchi 220 dan ortiq turdan
tashkil topgan. Ushbu oila vakillari tropik va subtropiklarda keng tarqalgan. Undan tashqari
quruq iqlimda o'suvchi turlari ham bor.O'zbekistonda 2 turkumiga mansub 14 ta turi o'sadi.
Isiriqdoshlar (Peganaceae) oilasiga 2 turkumga oid 6 ta tur kiradi. Oila vakillari ko'p yillik o't
va yarim butalar hisoblanadi. Uning barglari qirqilgan, gullari oqish, changchilari 10-15 ta,
mevasi sharsimon ko'sakcha.
91
O'zbekistonda tarqalgan isiriq (Peganum harmala) cho'l va tog'oldi xududlarida
o'sadi.Tarkibida ko'plab alkaloidlar mavjudligi sabab qimmatli dorivor o'simlik sanaladi va
ko'plab kasalliklarni davolashda qo'llaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
https://uz.wikipedia.org/wiki/o’simliklar_sistematikasi
2.
Mustafayev S. M. Botanika.- Toshkent: O’zbekiston, 2002
3.
Sahobiddinov S. S. O’simliklar sistematikasi. – Toshkent 1963
4.
http.//www.ziyonet.uz
5.
Ikromov M.I., Normurodov X.N , Yuldashev A.S. Botanika. – T.:O’zbekiston 2002
