QIRQBO’G’IMTOIFALAR BO’LIMI TAVSIFI TUZILISHI TARQALISHI SISTEMATIKASI

Аннотация

Ushbu tezisda qirqbo‘g‘imtoifa(Eguisetophyta ) bo’limi vakillarining sistematikasi, tarqalishi, ahamiyatli tomoni, yashash muhiti va ko‘payish xillari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
131-133
11

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Jamoliddinova, R. . (2025). QIRQBO’G’IMTOIFALAR BO’LIMI TAVSIFI TUZILISHI TARQALISHI SISTEMATIKASI. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(3), 131–133. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdtf/article/view/75997
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda qirqbo‘g‘imtoifa(Eguisetophyta ) bo’limi vakillarining sistematikasi, tarqalishi, ahamiyatli tomoni, yashash muhiti va ko‘payish xillari haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

131

QIRQBO’G’IMTOIFALAR BO’LIMI TAVSIFI TUZILISHI TARQALISHI

SISTEMATIKASI

Jamoliddinova Robiya Fazliddin qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 1–bosqich 103- guruh talabasi

Jamoliddinovarobiya3@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15110920

Annotatsiya:

Ushbu tezisda qirqbo‘g‘imtoifa(Eguisetophyta ) bo’limi vakillarining

sistematikasi, tarqalishi, ahamiyatli tomoni, yashash muhiti va ko‘payish xillari haqida
ma’lumotlar keltirilgan.

Аннотация:

В данной диссертации приводятся сведения о систематике,

распространении, значении, среде обитания и типах размножения представителей
ветви ( Eguisetophyta)

Abstract:

This thesis provides information on the systematics, distribution, importance,

habitat, and reproductive types of representatives of the phylum ( Eguisetophyta)

Kalit so’zlar:

Ildizpoya , vegetative organ, generative organ, sporangiy, spora sporafit,

anteridiy, arxegoniy.

Кючевые слова:

Корневище, вегетативный орган, генеративный орган,

спорангий, спора, спорофит, антеридий, архегоний.

Keywords:

Rhizome, vegetative organ, generative organ, sporangium, spore, sporaphyte,

antheridium, archegonium.


Qirqbo’g’im (Eguisetophyta). Bu oilaga birgina qirqbo’g’im (Equisetum) avlodi kiradi.

Uning 25ga yaqin turi bor, bu turlar Avstraliyadan tashqari barcha joylarda o’sadi. Suv
havzalarida juda ko’plab uchraydigan dala qirqbo’g’imi( Equisetum arvense) esa asosiy
vakillardan biri hisoblanadi. Qirqbo’g’im poyasining pastki qismi yerda o’sib, ildizpoyaga
aylanadi. Ildizpoya ham, yer ustidagi novda singari bo’g’imlarga bo’lingan bo’ladi. Ildizpoyaning
bo’g’imlaridan bir talay mayda ildizlar chiqadi. Poya bilan ildizpoyaning uchlarida o’sish
nuqtasi bo’ladi. O’sish nuqtasi bir biriga zich taqalib turadigan qinlar bilan qoplangan.

Qirqbo‘g‘im toifa o‘simliklar bo‘limning sistematikasi ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib,

ular 4 ta sinfga bo‘linadi:

1. Gieniyasimonlar(Hyeniopsida)

. Bu sinfga devon davridagi yotqiziqlarda topilgan eng

qadimiy vakillar kiradi.Bu o‘simliklar bukilgan past bo‘yli butalar bo’lib, shoxlari mayda,
barglari halqasimon joylashgan.Sporangiylari yumshoq boshoqchaga to‘plangan.Sporafillari
dixatomik tipda shoxlangan bo‘lib,sporangiylari orqaga qayrilgan ayrisimon shoxchalarning
uchida joylashgan.Gieniyasimonlar psilofit va bo‘g‘imlilar o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in hisoblanadi

2. Ponabargsimonlar (Sphenophyllopsida)

. Bu sinfga kiruvchi o‘simliklar dastlab

devon davrida paydo bo‘lgan, toshko‘mir va perm davrining boshlarida avj olgan, perm
davrining oxiri trias davrining boshlariga kelib yo‘qolib ketgan.Ular past bo‘yli o‘simlik bo‘lib,
o‘rmon botqoqliklarida o‘sgan.Barglari bandsiz bo‘lib, chetlari butun yoki dixotomik tipda
bo‘ladi. Ko‘payish organi sporangiylardan iborat bo‘lib, sporalar bir xil kattalikda, har qaysi
sporafilda 3-4 tadan sporangiy bo‘ladi.Paleobataniklar ponabargsimonlar botqoqliklarda
o‘sganligi uchun ularni suv o‘simligi deb hisoblashadi.


background image

132

3. Kalamitsimonlar(Calamitopsida)

Bu sinf nafaqat qazilma qirqbo‘g‘imlarni balki

hozirgi zamon qirqbo‘g‘imlarning ham dastlabki ajdodi hisoblangan. Morfologik jihatdan
kalamitlar qirqbo‘g‘imlarni eslatadi, lekin 10 barobar katta bo‘lgan.Qazilma qoldiqlarga ko‘ra,
kalamitsimonlar daraxtsimon o‘simliklar bo‘lgan.Novdalari monopadial shoxlangan.Paleozoy
erasining sernam va iliq iqlimli sharoitida ularning vegetatsiyasi yil bo‘yi davom etganligi
uchun poyasida yillik halqalar hosil bo‘lgan. Balandligi 8-10 m, ba'zan 20 m gacha yetgan.20
metrgacha yetganlarining poyasida bo‘g‘in oraliqlarining ichi g‘ovak bo‘lgan.Kalamitlarda ham
kuchli ildizpoya rivojlangan. Ularda sporafillar qalqonsimon shaklga ega bo‘lgan. Kalamitlar
sporalardan ko‘payadi, sporalar esa sporangiyli boshoqlarda yetiladi. Kalamitlar paleozoyning
oxiri mezozoyning boshlarida iqlimning o‘zgarishi tufayli yo‘q bo‘lib ketgan. Kalamitlarning
toshga aylangan qoldiqlari Primoriya, Koreya yarim oroli, Vyetnam, O‘rta Osiyoda topilgan.

4. Qirqbo‘g‘imsimonlar(Eguisetopsida)

. Bu sinfining bitta oilasi qirqbo‘g‘imdoshlar-

Eguisetaceae boplib, turkumi ham bitta qirqbo‘g‘im Eguisetum hisoblanadi. Oilaning
O‘zbekistonda 2 ta turi o‘sadi.Qirqbo‘g‘imning lotincha nomini birinchi bo‘lib Rim tabiatshunosi
Pliney ishlatgan. U qirqbo‘g‘imning shoxlangan novdasini otning dumiga o‘xshatgan(lotinch
genius- ot, setaqattiq tolasi). Qirbo‘g‘imlar tashqi ko‘rinishi jihatidan o‘zlarining ajdodlari
bo‘lgan kalamitlarning miniatyura shaklini eslatadi.Hozirgi qirqbo‘g‘imlarning ayrimlarini
bo‘yi 12 m ga yetishiga qaramay o‘tsimon o‘simliklardir.Masalan Janubiy Amerikaning tropik
o‘rmonlarida o‘sadigan, poyasining uzunligi 10-12 m ga yetadigan E.giganteumni olish
mumkin.Ularning poyasi ingichka bo‘lganligi uchun atrofidagi buta, daraxtlarga chirmashib
o‘sadi.

Qirqbo‘g‘im sporafitining yer ostidagi ildizpoyasida ildizi va tuganaklari

joylashgan.Ildizpoyalari 2 xil bo‘ladi:gorizontal va vertikal.Gorizontal ildizpoyasi kuchli
rivojlangan, bo‘g‘im oraliqlarining uzunligi 25 sm gacha yetadi.Yer ostida 0,5 m dan 2 m gacha
chuqurlikda joylashgan bo‘ladi.Vertikal ildizpoyasi gorizontal ildizpoyalarning ayrim yon
kurtaklaridan tuganaklar hosil bo‘ladi. Bu tuganaklar kelib chiqishi jihatidan qisqargan va
yo‘g‘onlashgan novda bo‘lib, o‘zida kraxmal to‘playdi va vegetativ ko‘payish vazifasini bajaradi.
Qirqbo‘g‘im turkumining vakillari yer ustki poyasining morfologiyasiga ko‘ra 2ta guruhga
bo‘linadi. Birinchi guruh turlarining poyalari bir xil tuzilishga ega. Ularda spora boshoqlari
poyasining O‘zbekistonda o‘suvchi dala qirqbo‘g‘imi (E. arvense)da spora hosil qiluvchi poya
erta bahorda o‘sib chiqib, spora hosil qilgandan so‘ng quriydi. U ko‘payish uchun xizmat qiladi,
xlorofillsiz, qo‘ng‘ir rangli va shoxlanmaganligi, bitta bosh poyadan iborat ekanligi bilan farq
qiladi. Ikkala poya ham bitta ildizpoyadan o‘sib chiqadi. Vegetativ poyasi yoz oyida taraqqiy
etib, yashil rangda bo‘lishi va sershoxligi bilan ajralib turadi. Bu o‘simlik ko‘p yillik o‘t bo‘lib,
o‘tloqlarda, ekin ekiladigan maydonlarda, zax o‘tloqlarda begona o‘t sifatida o‘sadi. Poyasi tik
o‘suvchi bo‘yi 50 sm gacha yetadi. Ildizpoyasi yer ostida 1 m gacha chuqurlikda joylashadi.
Ildizpoyasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘ladi va har qaysi bo‘g‘indan ildiz tarqqiy etadi.
Ildizpoyadan tuganaklar ham hosil bo‘lib, ozuqa moddalar to‘playdi va vegetativ ko‘payishga
hizmat qiladi. Generativ poyasining ichi bo‘sh bo‘ladi. Barglari poya bo‘g‘imlarida halqasimon
joylashgan, juda mayda asosi qo‘shilgan, xlorofillsiz bo‘ladi. Shuning uchun barg vazifasini
yashil novdalar bajaradi. Poyaning tashqi tomonini po‘st (epidermis) o‘rab turadi. Epidermis
ostida xlorofill donachalariga boy assimilyatsiya to‘qimasi joylashgan. Undan ichkarida yupqa
po‘stli dumaloq shakldagi asosiy parenxima hujayralari joylashgan bo‘ladi. Dala
qirqbo‘g‘imining jinssiz ko‘payishida poyasining uchki qismida ellipsimon shakldagi spora


background image

133

boshog‘i hosil bo‘ladi. Boshoqning markaziy o‘qiga halqasimon shakldagi sporagillar
o‘rnashgan. Har qaysi sporafildagi sporangiylarda teng sporalar hosil bo‘ladi. Ular yetilgandan
so‘ng spor uzunasiga chatnaydi va sporalar tashqi muhitga tarqaladi. Tuproqqa tushgan
sporalar qulay sharoitda o‘sib xlorofilli gametofitni hosil qiladi. Gametofitlari yashil plastinka
shaklida bo‘ladi. Qirqbo‘g‘im sporasi yumaloq to‘q yashil rangli 3 qavat po‘st bilan o‘ralgan.
Ustki po‘stidan spora pishib yetishish oldidan spiral shaklifa elatera hosil bo‘ladi. Sporalari
elateralar bilan ta'minlangan bo‘ladi. Anteridiyda yetilgan spermatazoidlar suv yordamida
harakatlanib, arxegoniydagi urg‘ochi tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘langan tuxum
hujayradan hosil bo‘lgan zigota taraqqiy etib,yangi yosh qirqbo‘g‘imning jinssiz nasl sporofitiga
aylanadi.

Tabiatdagi va inson hayotidagi o’rni.

O‘simliklarning bargi, mevasi, poyasi va ildizidan

tibbiyotda va farmatseftikada keng foydalaniladi. Xususan dala qirqbo‘g‘imi ham dorivor
o‘simlik sifatida xalq tabobatida ko‘plab ishlatiladi. Uning poyasi tarkibida ekvizetonin,
saponin, nikot alkaloidlar, kislotalar, smola, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida
qirqbo‘g‘im damlamasi qon to‘xtatuvchi, o‘pka sili, buyrak, yurak kasalliklarini davolashda
ishlatiladi. Bulardan tashqari yer ustki qismidan (najdak qog‘oz o‘rnida) mebel va muguzlarni
silliqlashda, metall idishlarni tozalashda ishlatiladi. Chunki uning poyasi har-xil zarracha va
qumlarni o‘ziga biriktirib olish xususiyatiga ega. Shimoliy Amerikada hindular qirqbo‘g‘im
ildizpoyalaridan savat idishlarni to‘qishda foydalanishgan. Yevrosiyo kambag‘al aholisi yosh
shoxchalarini ovqatga ishlatishgan. Metallarni zanglab qolishidan, mebel asboblarga pardoz
berish ishlarida ham keng foydalanilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston florasida tarqalgan Qirqbo‘g‘im toifa

(Eguisetophyta) vakillarini o‘rganib bu o‘simliklar xalq xo‘jaligi va xalq tabobatida o‘ziga xos
ahamiyatga ega ekanligini bilib oldik. Dala qirqbo‘g‘imining yon shoxchalari iste'mol qilinishini
va poyasidan tayyorlangan damlama qon to‘xtatuvchi, buyrak, yurak kasalliklarini davolashda
ishlatilishini bilib oldik. Sinf vakillaridan gigant turlari bilan ham tanishdik. Kelgusi
ishlarimizda qirqbo‘g‘im toifa o‘simliklarini qolgan vakillarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini
o‘rganishni rejalashtirdik.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

A. Matkarimova, T.Mahkamov, M. Maxmudova, Hamidjon Azizov, G. Vaisova " Botanika"

Toshkent-2019.
2.

E.T.Berdiyev , M.H.Hakimova G.B.Maxmudova "O‘rmon dorivor o‘simliklari" Tosh. 2016 -

yil.
3.

M.A. Jo‘rayeva "Dorivor o‘simliklar atlasi" Tosh. 2019-yil.

4.

Ahmedov O., Ergashev A., Abzalov A.va boshq. Dorivor o’simliklar yetishtirish

texnologiyasi va ekologiya. Toshkent. Tafakkur-bo’ston. 2018

Библиографические ссылки

A. Matkarimova, T.Mahkamov, M. Maxmudova, Hamidjon Azizov, G. Vaisova " Botanika" Toshkent-2019.

E.T.Berdiyev , M.H.Hakimova G.B.Maxmudova "O‘rmon dorivor o‘simliklari" Tosh. 2016 - yil.

M.A. Jo‘rayeva "Dorivor o‘simliklar atlasi" Tosh. 2019-yil.

Ahmedov O., Ergashev A., Abzalov A.va boshq. Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent. Tafakkur-bo’ston. 2018