Авторы

  • Nozima Abdullayeva
    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.77399

Ключевые слова:

zamburugʻlar mikologiya gifa sporangiy spora lignin sellyuloza jinsiy koʻpayish bazidiomitsetlar tuban zamburugʻlar.

Аннотация

Ushbu tezisda zamburugʻlar boʻlimining umumiy tavsifi, umumiy xususiyatlari anatomik va morfologik tuzilishi, sistematikasi, zamburugʻlarning turlari, tabiatda va inson hayotidagi zamburugʻlarning tutgan oʻrni haqida toʻliq maʼlumot berilgan.


background image

84

ZAMBURUG’LAR BO’LIMI TAVSIFI, VAKILLARINING TUZILISHI, TARQALISHI

VA AHAMIYATI

Abdullayeva Nozima Bohodirjon qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi

101-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15151912

Annotatsiya.

Ushbu tezisda zamburugʻlar boʻlimining umumiy tavsifi, umumiy

xususiyatlari anatomik va morfologik tuzilishi, sistematikasi, zamburugʻlarning turlari,
tabiatda va inson hayotidagi zamburugʻlarning tutgan oʻrni haqida toʻliq maʼlumot berilgan.

Kalit so`zlar

: zamburugʻlar, mikologiya, gifa, sporangiy, spora, lignin ,sellyuloza, jinsiy

koʻpayish, bazidiomitsetlar, tuban zamburugʻlar.

Аннотация

: В данной диссертации даны полные сведения об общей

характеристике отдела грибов, общей характеристике, анатомо-морфологическом
строении, систематике, видах грибов, роли грибов в природе и жизни человека.

Ключевые слова

: грибы, микология, гифы, спорангии, споры, лигнин, целлюлоза,

половое размножение, базидиомицеты, донные грибы.

Abstract

: This thesis provides a general description of the department of fungi, general

characteristics, anatomical and morphological structure, systematics, types of fungi, the role
of fungi in nature and human life.

Keywords

: fungi, mycology, hyphae, sporangia, spores, lignin, cellulose, sexual

reproduction, basidiomycetes, basal fungi.

Zamburug’(Mycetes)

— eukariot organizmlar hisoblanadi. Ular tayyor organik

moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda,
tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga
qarab parazit va saprofit Zamburugʻlarga boʻlinadi. Zamburugʻlarning odamlar va hayvonlar
uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Zambrug’larni o’rganuvchi fan
mikologiya deb ataladi. Ko’pchilik zamburugʻlarning (baʼzi hujayra ichki parazitlaridan
tashqari) vegetativ tanasi mitseliy ko’rinishida, yaʼni oziqlanish substrati sirtiga yoki ichiga
taralib, uchidan oʻsadigan ingichka ipcha — gifalardan iborat. Zamburug’ rivojlanishi uchun
kislorod zarur boʻlib, aerob organizm hisoblanadi. Lekin achitqi zambrug’iiga ozgina kislorod
xam yetarli. Koʻpchilik zambrug’lar turli xil (spirtli, limonli) achitish xususiyatiga ega. 20—25°
da yaxshi oʻsadi, baʼzilari 2— 4° da ham oʻsaveradi. Zamburugʻlarning oʻsishi uchun yorugʻlik
zarur emas, lekin quyosh nuri ularning oʻsishi va spora hosil qilishiga salbiy taʼsir etadi.
Koʻpayishi 3 xil usulda amalga oshadi bular:

1. Vegetativ koʻpayish

- mitseliy ipchalarining boʻlinishi yoki sklerotsiyalar bilan

amalga oshadi. Bu boʻlakchalar har xil yoʻl bilan tarqalib, qulay sharoitga tushganda yangi
mitseliysi hosil boʻladi.

2. Jinssiz koʻpayish

- mitseliyning maxsus shoxchalarida hosil boʻladigan sporalar

orqali roʻy beradi. Sporalar hosil boʻlishiga qarab endogen va ekzogen bo’ladi. Endogen
sporalar odatda gifa (sporangiy yoki zoosporangiy)ning sharsimon uchlarida ko’p miqdorda
rivojlanadi.

3. Jinsiy koʻpayish

- ikkita har xil jinsiy hujayraning qoʻshilishidan hosil boʻladigan

zigotalar orqali roʻy beradi. . hamma joyda keng tarqalgan. Aksari Zamburugʻlarning tabiatda


background image

85

umri kiska. Ularning mitseliysi bir necha sutkada rivojlanib, spora hosil qilgach, oʻsishdan
toʻxtab, nobud boʻladi. Mitseliysi koʻp yil yashaydigan ham bor. Jumladan, patogen va parazit .
mitseliysi bir necha yillab yashaydi. Shuningdek, sklerotsiylari va turlituman sporalari bilan
uzoq vaqtgacha saqlanadigan ham boʻladi.Tuproqda yashaydigan oʻsimlik qoldiqlari
(jumladan qiyin parchalanadigan sellyuloza va lignin)ni yemiradi va minerallashtiradi.
Yogʻochlarni, asosan, poʻkak yemiradi. Koʻpchilik oʻsimliklarda turli kasalliklarni qoʻzgʻatadi.
Odamlardagi qator kasalliklar: kal, qirma temiratki va boshqalarni qoʻzgʻatadi. Foydali ham
koʻp. Penicullium va Aspergillus turkumiga mansub Zamburugʻlardan vitaminlar,
antibiotiklar, limon kislota va steroid preparatlar olishda foydalaniladi. Achitqi vino, non, pivo
tayyorlashda ishlatiladi. Zamburugʻlardan koʻpchilik, toʻqimachilikda va sanoatning boshqa
tarmoqlarida qoʻllaniladigan turli xil fermentlar olinadi. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida
ovqatga ishlatiladi.Isteʼmol qilinadigan Zamburugʻlarning turi 100 dan ortadi.Bulardan
ko’plari qimmatli boʻlib, tarkibida oqsil moddalari, vitaminlar va fermentlar bor.Ularni asosan,
konservalab (quritib, tuzlab, ziralab) isteʼmol qilinadi. Servalab (quritib, tuzlab, ziralab)
isteʼmol qilinadi. Zambrug’larni klassifikatsiyalashda ularni eng muhim belgilariga, jumladan,
xivchinlarining joylashishi va tuzilishiga, jinssiz va jinsiy ko’payish xusussiyatiga, hujayra
devorining tuzilishiga va polisaxaridlar tarkibiga qaraladi shunga kora, zamburug’lar 7ta
sinfga bo’lib o’rganiladi. Bular:

1. Xitridiomitsetsimonlar (Chytridiomycates)

bu sinf vakillarining mitseliysi

boshlang’ich xolda bo’lib, hujayra devoir yo’q. jinssiz ko’payishi zoosporalar orqali bo’ladi.
Jinsiy ko’payishi gametagamiya yoki oogamiya usuli bilan boradi. Hujayra devorida xitin va
glyukan uchraydi.

2. Gifoxitriomitsetsimonlar (Hyphochytriomycetes)

bu sinf vakillarining vegetative

tanasi bir hujayrali bo’lib, yalang’och rizomitseliy hosil qiladi. Jinssiz ko’payishi shoxlangan
bir xivchinli zoosporalar bilan boradi. Hujayra devorida xitin va sellyuloza saqlanadi.

3. Oomitsetsimonlar (Oomycetes)

bu sinf vakillari mitseliysi rivojlangan,lekin

hujayrasiz tuzilishga ega organizmlardir. Jinssiz ko’payishi ikki xivchinli zoosporalar
yordamida boradi. Jinsiy ko’payishi oogamiya usulida amalga oshadi. Hujayra devorida
sellyuloza va glyukan bor.

4. Zigomitsetsimonlar (Zygomycetes)

sinfi vakillarining mitseliysi yaxshi rivojlangan.

Jinssiz ko’payishi sporangiyasporalar orqali boradi. Jinsiy ko’payishi izogamiya yo’li bilan
boradi. Hujayra devorida xitin va xitozan bor.

5. Aksomitsetsimonlar (Ascomycetes)

sinfi vakillarining mitselliysi yaxshi tarqqiy

etgan. Jinssiz ko’payishi konidiyasporalar bilan boradi. Jinsiy ko’payishi gametangiogamiya
usuli bilan boradi.

6. Bazidiomitsetsimonlar (Basidiomycetes)

sinfi vakillarining mitseliysi ko’p

hujayrali. Jinssiz ko’payishi somatogamiya usuli bilan boradi. Jinsiy ko’payish sporalari
bazidiya deb ataladigan hujayralar ustida hosil bo’ladi. zamburug’lar hisoblanadi. Mitselliysi
yaxshi rivojlangan. Jinssiz ko’payishi konidiyasporalar yordamida amalga oshadi. 7.
Derteromitsetsimonlar (Deutermycetes) takomillashmagan zamburug’lar hisoblanadi.
Mitseliysi yaxshi rivojlangan. Jinssiz ko’payishi konidiyasporalar bilan boradi.

XULOSA

. Biz bu tezisda zamburug’larning tuzilishi va ularning sistematikasini bilib

oldik. Zamburug’larning sistematikasi, sinflari haqida va zamburug’larning faqatgina salbiy


background image

86

emas, balki ularni tabiatda va inson hayotidagi ijobiy taraflarini ham batafsil ma’lumotlarni
bilib oldik.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A. Botanika. Toshkent, 2006.

2.

Velikаnov L.I. vа bosh. Tubаn о‘simliklаr. Moskvа, MGU, Toshkent 1995 y. (ruschаdаn

qisqаrtirilgаn tаrjimа).
3.

Sаxobiddinov S.S. о‘simliklаr sistemаtikаsi. 1 tom, Toshkent, «О‘qituvchi», ss1976.

4.

WWW.ziyo.net

5.

WWW.librariy.uz

Библиографические ссылки

Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A. Botanika. Toshkent, 2006.

Velikаnov L.I. vа bosh. Tubаn о‘simliklаr. Moskvа, MGU, Toshkent 1995 y. (ruschаdаn qisqаrtirilgаn tаrjimа).

Sаxobiddinov S.S. о‘simliklаr sistemаtikаsi. 1 tom, Toshkent, «О‘qituvchi», ss1976.

WWW.ziyo.net

WWW.librariy.uz