6
SUKSESSIYA AHAMIYATI VA TIPLARI
Ziyoiddinova Salomatxon Shavkatbek qizi
ADPI Biologiya yo’nalishi talabasi
salomatoyziyoiddinova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15165200
Annotatsiya.
Mazkur tesizda suksessiya jarayoni, uning asosiy turlari va ahamiyati
tahlil qilinadi. Birlamchi va ikkilamchi suksessiyaning tabiiy muhitga ta’siri va ekotizimlarni
tiklashdagi roli yoritiladi.
Abstract:
This thesis analyzes the process of succession, its main types and importance.
The impact of primary and secondary succession on the natural environment and its role in
the restoration of ecosystems are highlighted.
Kalit so’zlar:
Ekologik suksessiya, autogen suksessiya, allogen suksessiya,
ekzometobalitlar, birlamchi va ikkilamchi suksessiya.
Keywords:
Ecological succession, autogenic succession, allogenic succession,
exometabolites, primary and secondary succession.
Ekosistemalar rivojlanadi, o'zgarib turadi, ular ichidagi organizmlar o'ladi, ularning
o'rniga boshqasi keladi. Ekosistemalardan tinimsiz energiya va ozuqa moddalari o'tib turadi.
Shunga qaramasdan ko'pchilik sistemalaming tashqi qiyofasi va tarkibi o'zgarmaydi. Mabodo,
sistema buziladigan bo'lsa (o'tloqzorni haydab tashlashda), ularning tiklanishi sekin bo'ladi.
Buzilgan joylarga moslashib
o'sadigan birinchi turlar oldingi turlarning o'rnini bosadi, asta-ekin rivojlanadi va
oldingi tarkibini hosil qiladi. Bunday jarayon
ekologik suksessiya
deb ataladi.
Agar suksession o'zgarish ichki munosabatlar orqali aniqlansa, u
autogen suksessiya
deyiladi. Agar o'zlashtirilgan tashqi muhit kuchlari doim ta’sir qilsa yoki boshqarib tursa
(qattiq shamol, yong'in), bu
allogen suksessiya
deb ataladi. Suksessiya o'zgarishining asta-
sekin rivojlanishi quyidagi yo'llar bilan bo‘lib o'tadi:
1. Ekosistemaning energiyasi, sistemada asta-sekin organizmlar biomassasi va ularning
organik chirindilar miqdori ortib boradi;
2. Biogen elementlarning aylanishi sistema ichida aylanish borgan sari xalqa ichiga
o'tadi va ularning aylanish vaqti ortadi;
3. Ekosistemaning tuzilishi murakkablashadi va turlar tarkibi o'zgaradi, ularning boyligi
ortib boradi.
Suksessiyani sodir bo‘lishida yashil o‘simliklar muhim rol uynaydi. Chunki ularning
ko‘pchiligi o‘z hayot faoliyati davomida va olgandan so‘ng o‘zidan biologik aktiv moddalar —
ekzometabolitlar ajratadi.
Tuproq tarkibida ekzometabolitni ko‘p miqdorda to‘planishi tuproqning ozishiga va bir
ijobiy fitosenozni ikkinchisi bilan almashinishi hamda o‘simlik qoplami tarkibidagi ko‘p yillik
o’simliklami ko‘payishi va hukmronlikni egallashiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida shu
o‘simliklar bilan hayot kechiradigan hayvonlar tarkibini o‘zgarishiga olib kelishi muqarrar.
Hukmron turlaming konkurensiya asosida almashinishi asta sekin turg‘un abiotik muhit
sharoitiga mos biosenozlarning shakllanishiga sabab boladi. Biosenoz murakkablasha borishi
bilan uning tarkibidagi populyatsiyalaming o‘zaro munosabati ham murakkablasha boradi.
Ularning muhitga to‘liq moslashmaganlari boshqa to’liq moslashish imkoni mavjud bo‘lganlari
7
bilan almashinadi. Bu holat tashqi muhit sharoitiga toliq moslashgan, barqaror turlar tegishli
muhit egallamaganga qadar davom etadi. Biosenozlaming shunga o‘xshash bir-birini
almashtirib turadigan zanjiri biosenozning suksession qatori deb yuritiladi.
Ko‘pchilik hollarda ikki xil suksessiya farq qilinadi.
1. Avtotrof va geterotrof organizmlar ishtiroki mavjud suksessiya.
2. Faqat geterotrof organizmlar ishtiroki mavjud suksessiya.
Birinchi turdagi suksessiya faqat organik moddalar jamg‘armasi ko‘p bo‘lgan yoki bu
moddalar doimiy ravishda surunkasiga hosil bo‘lib turadigan (organik moddalarga boy
havzalar, go‘ng uyumlari, kompost) joylarda mavjud. Hayot holati va xossasiga ko‘ra birlamchi
va ikkilamchi suksessiya bo‘lishi mumkin.
Birlamchi suksessiya
biologik faol bo‘lmagan joylar, o‘chgan lavalar o‘mida qirlar, qum
uyumlari, daryo seli tufayli to‘plangan tuproq uyumlari singari yerlarda shakllanayotgan
suksessiya. Bunday yerlarda o‘simliklar tomonidan egallanish jarayonida biosenozlaming ko‘p
martalab almashinuvi kuzatiladi va tuproq sharoitlarida qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
O’simlik va hayvon qoldiqlarining asta-sekinlik bilan to‘plana borishi tuproq qatlamini
shakllanishi va mavjud joyninggidrologik tartibini o‘zgarishiga olib keladi.
Lava vulqonlar og‘zidan otiladi va u yo‘lida uchragan hamma narsalami yo‘q qila
oladigan darajada juda qaynoq. U sovigandan so‘ng esa toshdan iborat bo‘lgan yeming bir
shakliga kiradi. Bir kun kelib bu yerlar o‘rmon yoki maysazorga aylanishini tasavvur qilish
qiyin. Bu jarayon dastlab asosiy ketma-ketlik deb nomlangan o‘simlik mavjud bo‘lmagan
joylardan boshlanadi. Bu jarayon uchib kelgan lishayniklar bilan birga boshlanadi. Bu turlar
doimiy turlar deb ataladi qaysiki bir joyda doim yashovchi turlardir. Ular qurg‘ochilikdan,
yuqori haroratdan, sovuqdan va noqulay sharoitdan jon saqlab qolishadi va tez-tez tuproqqa
aylanishadi (Peter Rillero, Dinah Zike. Ecology, 2005)
Ikkilamchi suksessiya
oldindan mavjud bo‘lgan va ma‘lum tashqi ta‘sir (yong‘in, suv
toshqini) tufayli tuzilmasi o‘zgargan biosenoz o‘mida shakllanadi. Bunday yerlarda boy hayot
zahiralari saqlanadi. Shuningdek, bunday yerlarda suksessiya almashinuvi va biosenozning
tiklanishi jadal ravishda boradi.Suksessiyalar davomida asta-sekin turlar (flora) boyligi va
yaruslilik tiklanadi. Bunda bir yarusli o‘simliklar qoplamidan ko‘p yarusli o‘simlik jamoalari
shakllanadi.
Demak, suksessiya – bu ekotizimlarning tabiiy ravishda rivojlanishi va o‘zgarishi
jarayoni bo‘lib, muayyan hududdagi biologik xilma-xillikning shakllanishi va barqaror
ekotizimlarning paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. Uning ahamiyati ekologik muvozanatni tiklash,
tuproq unumdorligini oshirish va yashash muhitini yaxshilashda muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
To’xtaev A. S. Xamidov A. “Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish”.
2.
S. Mustofayev, S. O’roqov, P. Suvonov “Umumiy ekologiya”
3.
A. Ergashev, T.Ergashev “Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish”