4
TOKDOSHLAR OILASINING ASOSIY TURLARI VA ULARNING AHAMIYATI
Ziyoiddinova Salomatxon Shavkatbek qizi
ADPI Biologiya yo’nalishi talabasi
Tojiboyev Murodali Umaraliyevich
ADPI Biologiya yo‘nalishi dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15165195
Annotatsiya.
Mazkur tezisda Tokdoshlar ( Vitaceace ) oilasining asosiy turlari, biologik
xususiyatlari va iqtisodiy ahamiyati keltirilgan.
Abstract:
This thesis presents the main species, biological characteristics, and economic
importance of the Vitaceae family.
Kalit so’zlar:
Tokdoshlar, uzumchilik, rezavor, mayiz, vino, liana, Kishmish, subtropik,
tropik.
Keywords:
Vines, viticulture, berries, raisins, wine, vine, Kishmish, subtropics, tropics.
Tokdoshlar
(Vitaceace)
— ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Daraxtsimon, ilashuvchi
lianalar. Barglari oddiy, panjasimon murakkab, navbatlashib joilashgan, yonbargchali.
Novdasida poyaning oʻzgarishidan hosil boʻlgan gajaklar bor. Tupgullari kichik, roʻvak. Gullari
ikki jinsli yoki bir jinsli, mayda, koʻkimtir. Mevasi rezavor yoki juda quruq. Ko'pincha
subtropik va tropik mamlakatlarda o‘sadi. Muhim iqtisodiy ahamiyatga ega yirik
turkumlaridan biri tok (uzum) hisoblanadi.
Toknamolar qabilasi ikkita oilani birlashtiradi. Tokdoshlar
( Vitaceace)
oilasi bu oila 12
ta turkumga mansub 700 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda 2ta turkumga mansub
ikki turi òsadi. O‘zbekistonda keng tarqalgan vakili tok
( Vitis
vinifera).
Gulqo‘rg‘onsiz ikki
jinsli mevasi rezavor. Mevasi iste’mol qilinadi.O‘zbekistonda eng keng tarqalgan tok vakili bu
madaniy tokdir. Uning baquvvat ildizi 7 m va undan ortiq chuqurlikkacha boradi. Tok tanasi
— liana. Uning koʻp yillik novdalari (zang va madang) turli yoʻgʻonlikda boʻladi. Bir yillik
novdalari uzun (3–5 m) va ingichka boʻlib, boʻgʻimida barg, barg qoʻltigʻida kurtaklar
rivojlanadi. Novdaning pastki, asosan 3—5 boʻgʻimlarida gul toʻplami, ustkilarida gajaklar
(bargning qaramaqarshi tomonida) paydo boʻladi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5
boʻlakli, navbat bilan joylashgan. Shoʻralari shokila yoki roʻvaksimon. Gullari mayda,
koʻkimtirsargʻish, madaniy turlariniki, asosan, ikki jinsli, ayrimlariniki bir jinsli. Hasharotlar,
shamol yordamida va oʻz oʻzidan changlanadi. Gʻujumi (uzumi) rezavor, 1—4 urugʻli, etli,
sersuv yoki kamsuv. Urugʻsiz navlari (kishmishlar) ham bor. Gʻujumlari turli shakl va rangda,
shingilga toʻplangan.
O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: O‘zbekiston muskati, G‘alaba, Oktyabr, VIR1,
Xishrov kishmishi, Samarqand kishmishi, Jo‘rauzum, Tarnoye, Rizamat, Aleatiko, Aleksandriya
muskati, Aligote, Andijon qora uzumi, Anzob, Bastardo, Bihishti, Buvaki, Charos, Chillaki,
Daroyi, Dili kabutar, Echkiemar, Go'zal qora, Hasayni, Husayni, Kishmish, Marmar kishmish,
Murvedr, Muskat, Narekatsi, Obaki, Oq kishmish, Parkent, Pobeda, Qorajanjal, Rizamat,
Saperavi, Shuturangur, Suramush, Sohibi, Soyaki, Sultoniy, Tuyatish, Venger muskati, Xaliliy,
Xoja ahroriy, Xurmoy, Xusayni, Nimrang, Kattaqo'rg'on, Qirraburun, Toyfi, Tuyatishi, Chillaki,
Ozbekiston muskati, Xo’ja Axrori.
Uzumchilik — bogʻdorchilikning tok oʻstirish va uzum yetishtirish bilan
shugʻullanadigan tarmogʻi. Uzumchilik aholini yangi uzum, mayiz bilan, vinochilik, konserva
5
sanoatlarini xom-ashyo bilan taʼminlaydi. Uzumchilikning 4 ta asosiy yoʻnalishi: xoʻraki uzum
yetishtirish, mayiz quritish, texnik maqsadlarda uzum yetishtirish (konserva mahsulotlari,
sharbatlar, konsentratlar tayyorlash), vinochilik (xom-ashyo tayyorlash) sohalari mavjud.
Demak, Tokdoshlar oilasi (Vitaceae) o‘zining biologik xilma-xilligi va iqtisodiy ahamiyati
bilan ajralib turadi. Oila tarkibiga kiruvchi o‘simliklar asosan tropik va subtropik
mintaqalarda keng tarqalgan bo‘lib, uzum kabi qimmatbaho mevali ekinlar bilan mashhurdir.
Tokdoshlar oilasining vakillari oziq-ovqat sanoatida, xususan, vinochilik va sharbat ishlab
chiqarishda katta rol o‘ynaydi. Mevalari yuqori oziqaviy qiymatga ega bo‘lib, vitaminlar va
minerallar manbai hisoblanadi. Shuningdek, dekorativ va ekologik jihatdan ham muhimdir,
chunki ular yashil landshaftni bezashda va tuproq eroziyasini oldini olishda qo‘llaniladi.Ushbu
oila vakillarining ko‘plab turlari qishloq xo‘jaligida, dorivor o‘simlik sifatida va atrof-muhitni
muhofaza qilishda keng foydalaniladi. Shuning uchun tokdoshlar oilasini yanada chuqurroq
o‘rganish va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Oʻ.Pratov, Q.Jumayev - Yuksak oʻsimliklar sistematikasi 2003.
2.
Oʻ.Pratov - Botanika. Morfologiya, Anatomiya, Sistematika, Geobotanika 2010.
3.
Tokdoshlar. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tokdoshlar
4.
Uzumchilik. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Uzumchilik
5.
Uzum. https://uzbekfoodtour.uz/uz/fruit/show/13
6.
O‘zbekiston
hududida
yetishtiriladigan
Tokdoshlar
oilasi
vakillari.