40
LOVIYA BIOLOGIYASI VA EKISH MEYYORI
Tadjiyev K.M.
q.x.f.d., dotsent
Salomova Rayxona Asqar qizi
Talaba
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15194608
Markaziy Osiyo aholisi loviyani juda qadimdan oziq-ovqat uchun ishlatib kelgan. Loviya
suyuq, ovqatlarga mastava, go’ja, ugra oshlarga ishlatiladi. Loviya solinib butqa va shirin
kulchalar tayyorlanadi. Loviya donidan un tayyorlab javdar yoki bugdoy uniga qo’shib non
tayyorlash mumkin. Toza pishib yetilmagan dukkaklardan konserva sanoati foydalanadi.
Loviya juda kaloriyali oziq-ovqat maxsuloti xisoblanadi, 1 kg loviya urug’ida 3300 kaloriya
bor. Loviyadan faqatgina oziq-ovqat sanoatida emas, balki yem-xashak sanoatida xam
foydalanish mumkin. Ko’p miqdorda pichan ko’k poya beradi. Loviyaning ko’k poyasi
tarkibida oqsil miqdori ko’p. Loviyadan ko’kat o’git sifatida foydalanilganda tuproq
unumdorligi ortadi, ayniqsa fizik xossalari o’zgaradi, og’ir tuproqlar yengil tuproqlarga
aylansa, qumoq tuproqlar zichlashadi. Loviya o’simligining o’suv davri qisqa bo’lgani bilan
serxosil o’simlik hisoblanadi.
Loviya – dukkaklilar oilasiga mansub ko‘p yillik don ekini. Ildizi o‘q ildiz, yaxshi
rivojlanadi, tuproqqa 1,5-2 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi.
Poyasi o‘tsimon shoxlanadi, ayrim turlari chirmashib, 3-4 m. gacha yetadi. Mevasi dukkak,
rangi och pushti yoki to‘q jigarrang, qora. Dukkagida 6-12 ta urug‘ bo‘ladi. Urug‘i
buyraksimon, rangi oq, sariq, pushti.
Loviya issiqsevar o‘simlik, urug‘i 8-10°S da unib chiqadi. Maysasi 0,5-1°S sovuqda nobud
bo‘ladi. Loviya namsevar, unumdor tuproq sharoitlariga talabchan. O‘suv davri 75-120 kunni
tashkil etadi. Loviya yormasi oqsilga boy, yuqori kaloriyaga ega bo’lib, doni tarkibida oqsil 20-
31%, moy 0,7-3,6%, kraxmal 50%, kletchatka 2,3-7,1% tashkil etadi. Poyasi chorva mollari
uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Hosildorligi gektar hisobida 2,5-4,0 tonnaga olinadi. Ildizida
tuganaklar rivojlanadi.
loviyaning ildizi o’q ildiz, 1,5-2 m chuqurlikka kirib boradi. ildizlarda tuganak
bakteriyalar uchraydi. lldizida yon ildizchalar ham kuchli rivojlangan, ildizning asosiy massasi
tuproqning 40 sm chuqurligida joylashadi.
Loviyaning gullari shingil holatida bo’lib, bir qultiqda 2 tadan 12 tagacha gul joylashadi.
Gullari yirik oq yoki binafsha rangda bo’ladi. Barglari uchtalik bo’ladi.
Asosiy o’g’it sifatida dukkakli don ekinlariga fosfor va kaliy solinadi. Ular o’simliklarning
rivojlanishi yaxshilash bilan birga, azot to’plovchi bakteriyalar faoliyatini kuchaytiradi. Ba’zi
dukkakli don ekinlari masalan, lyupin, ko’k no’xat tuproqdagi qiyin eriydigan fosfatlar
tarkibidagi fosforni yaxshi o’zlashtirishni hisobga olib, ularga fosforit kukunini solish mumkin.
Loviya kulga talabchan bo’lib gektariga 4-6 s kul solinsa hosildorlik sezilarli darajada oshadi.
Loviya urug’larini ekishdan oldin fosforli hamda organik o’gitlar bilan o’gitlanib
tuproqlar sifatli haydalib tayyorlanishi lozim. Tuproq harorati +12-14
0
S bo'lganda urug'larni
10-15 santimetr oralig’ida, 3-5 sm chuqurlikda, qatorlari 60-70 sm kenglikda jo‘yaklar olinib
60x20 yoki 60x15 sm, 70x20 yoki 70x15 sm sxemalarda ekiladi. Bunda bir metr masofaga 5-6
donadan urug’ ekiladi.
41
Loviya urug'larini ekishdan oldin iliq suvda 6-12 soat davomida ivitish yoki nitrolin
bilan ishlov berilib ekilsa nihollarni unib chiqishini tezlashtiradi. 1 gektar maydonga 40-50 kg
meyyorlarda ekiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, loviya urug’lari tuproq harorati +12-14
0
S bo'lganda, sifatli
tayyorlangan maydonlarga qatororalari 60-70 sm kenglikda jo‘yaklar olinib o’simliklar oralig’i
10-15 sm da, 3-5 sm chuqurlikda, 60x20 yoki 60x15 sm, 70x20 yoki 70x15 sm sxemalarda
ekish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Отабоева Ҳ., Умаров 3., Бўриев Ҳ., Дўстмуродова С., Қурбонов Ғ., Алимов А., Раҳимов
Ғ., Массино И., Қодирхўжаев О. Ўсимликшунослик. Дарслик. Тошкент “Меҳнат”. 2000
2.
Yormatova D. Дала экинлари биологияси ва етиштириш технологияси. Darslik,
Toshkent, 2000
3.
Tadjiyev , K., & Salomova , R. (2025). Loviya (PHASÉOLUS) biologiyasi va yetishtirish
texnologiyasi. International Conference On Higher Education Teaching, 3(2), 18–20. Retrieved
from https://aidlix.org/index.php/de/article/view/1069
4.
Toshpo‘latova H. Loviya (PHASEOLUS L) turkum vakillarining botanik belgilari va
ahamiyati// “Perspectives for the integration of natural sciences” Republican scientific and
practical conference november 22, 2024. Pp. 316-317
5.
Ловия экиш ва парваришлаш. https://agronet.uz/loviya-ekish-va-parvarishlash/