87
MUSIQA DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYAT TURINI TASHKIL ETISH
METODIKASI
Karimov Saxob Baxromovich
Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
E-mail address: karimovsaxob1@gmail.com.
Tel: +998990834259 +998888356007
https://doi.org/10.5281/zenodo.15486791
Musiqa savodi faoliyat turning asosini nota yozuvini o’rganish tashkil etadi.Har bir
sinf musiqa madaniyati darslarida oz-ozdan nota yozuvi, uning sanalishi,tovush,
tovushqator, kalitlar, notalar cho’zimini uzaytiruvchi belgilar, nota yozuvini qisqartiruvchi
belgilar, dinamik belgilar, temp iboralari, ritm, metr, o’lchov, drijiorlik qoidalari va shu kabi
mavzular umumta’lim maktablari o’quv dasturidan joy olgan va o’rgatib boriladi.
Fikrimizcha har o’quv yilining boshdagi dastlabki musiqa madaniyati darslarida
sinflar osha, oddiydan murakkabga tomon kengaytirilgan holda musiqa nim? U qachon
paydo bo’lgan? Musiqaning inson va jamiyatdagi o’rni qanday? Musiqiy asarlarni yozib
olishga urunish qachondan boshlangan? Qo’shiqchilik tarixi qachondan boshlangan?
Maqomlar qachon paydo bo’lgan? Raqs san’ati qachon paydo bo’lgan va qanday sharoitda
takomillashgan? Kabi mavzuli savollar javoblarini ham musiqa savodi faoliyat turiga
kiritish lozim. O’quvchilar umumta’lim maktablarini tugatish jarayonida yuqoridagi
savollar to’grisida tushunchaga ega bo’lishi va bemalol javob bera olishi zarur.
Dunyo bo’ylab olib borilayotgan arxeologik qidiruv ishlari natijasida eramizdan
oldingi XI- asrga oid musiqiy belgilar topilgan , shunigdek eramizdan oldingi II asrga oid
musiqaning nazariy asoslariga oid musiqiy belgilar Xitoydan topilgan. O’rta Osiyoda esa
musiqaning nazariy asoslariga oid ilmiy ma’lumotlar dastlab Muso al- Xorazmiy(780-850)
so’ngra Abu Nasr Forobiy(873-950) , keyin Abu Ali ibn- Sino (980- 1037), Sayfiddin
Urmaviy(XIIasr),Abdulqodir Marog’iy(XIVasr), Abdurahmon Jomiy(XV asr), Najmiddin
Kavkabiy(XV-XVIasr),Darvishali Changiy(XVIIasr) Komil Xorazmiy(XIXasr) ijodida uchraydi.
Ularning har biri musiqaning nazariy masalalariga, cholg’u sozlar, maqomlar, mashhur
ijrochilar ijodi to’grisida ma’lumot beruvchi ko’plab ilmiy risolalar yaratganlar.
Yuqorida keltirilgan dalillar va musiqaning nazariyotiga oid boshqa ko’plab
ma’lumotlarni o’quvchilar bilishi zaruru deb o’ylayman. Shu sababli bunday
ma’lumotlarni darsdan-darsga, sinfdan-sinfga oddiydsan murakkabga tomon prinsipi
asosida o’quvchilar ongiga singdira borishi zarur.
Pedagogik amaliyotim jarayonida umumta’lim maktablarida uchrayotgan va hal
qilinishi zarur bo’lgan yana bir necha muammoni bilib oldim. Muammonig birinchisi
shulkim; O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’grisida”gi qonunida Umumta’lim maktablarida
o’qitiladigan barcha fanlarning uzluksizligini ta’minlash ko’zda tutilgan, lekin ularning
ayrimlari, shu jumladan “musiqa madaniyati” darslari 7- sinfdan so’ng to’xtatligan.
Ikkinchisi umumta’lim maktablari 1- sinfiga qabul qilinayotgan o’quvchilarning ma’lum
qismi ancha aqliy rivojlangan va ma’lum darajada savodli chunki ular kichik yoshdan
bolalar bogchasi ya’ni maktabgacha tarbiya muassasasi ta;lim-tarbiyasini olgan bo’lib,
ularning bilm va dunyoqarashi qolgan o’quvchilardan tubdan farq qiladi. Bu esa 1-sinf
o’quvchilariga ta’lim berishda nomutanosiblikni keltirib chiqarmoqda. Uchunchisi
88
umumta’lim maktablari o’quv dasturiga kiritilgan barcha asarlarni o’qituvchi cholgu
sozida ijro etishga qodir emas. Shu sababli maktab fonotekasini tashkil qilish va unda
turli sahna asarlari, jumladan operalar, baletlar, musiqali dramalar, qo’girchoq
spektakllaridan parchlar yozib olingan nusxalari, shuningdek orkestr, ansanbl, akademik
ijro uslubidagi musiqiy asarlr, maqomlar, xalq qo’shiqlari, doston qo’shiqlari va
hokazolardan namunalar saqlanishi va darsda o’tilayotgan mavzuga ko’ra ulardan
foydalanish zarur.
Xulosa qilib aytganimizda umumta’lim maktablari har sinfida, har bir musiqa
madaniyati darsida har bir to’garak mashgulotida va har bir o’tkazilayotgan ommaviy-
musiqiy tadbirlarda dars, mashgulot yoki musiqa tarixiga oid manbalardan,
ma’lumotlardan bildirilayotgan fikrlarga dalil sifatida va shu fikrlarni, to’ldirish,
tushunarliroq qilish, ta’sir etish kuchini oshirish maqsadida foydalanish mumkin. Bu esa
darsdan, mashgulotdan va tadbir o’tkazishdan ko’zlangan maqsadimizga tezroq
etishimizga, ulardan o’quvchilar tassurot va bilimlar olishni engillashtirishimizga va shu
orqali o’quvchilar umumiy va musiqiy dunyoqarashining shakllanishi hamda kengayishiga
erishishimiz mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Vaxromeyev V.A - "Musiqaning elementar nazariyasi" Toshkent.: O'qituvchi 1980-yil.
2.
Dmitreyeva L.G, Chernoivanenko N.M - "Metodika muzikalnogo vospitaniya".
3.
Anisimov V.P - "Texnologiya slushaniya muziki: Ucheb, programma i metodicheskiye
blok-sxemi spets kursa"
4.
Davlat o'quv dasturi - "Ilk qadam" Toshkent.: 2018-yil 3-iyul.
5.
Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari(O’quv uslubiy qo’llanma) Toshkent
2020-yil 186-bet.
6.
Musiqa o'qitish metodikasi /T.Ortiqov; mas’ul muharrir O.Azizov. - T .: Muharrir
nashriyoti, 2011. - 196 b. Toshkent. 2010.
7.
Musiqa o‘qitish metodikasi [Matn] : o‘quv qo‘llanma / J. Yarashev, D. Murotova. - Buxoro:
"Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona,2021.-72 b.Buxoro 2021.
8.
Sharipova G.f Xodjayeva Z. Musiqa o'qitish metodikasi I darslik / - Toshkent - ”NIF MSH”
- 2020,136 b. Toshkent 2020.
9.
Musiqa o’qitish nazariyasi va metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent 2009.