Авторы

  • Saxob Karimov
    Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.91931

Аннотация

Ma’lumki, insonning ongi, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotining shakllanishida musiqa sana’ti o‘zining qudrati, ta’sir kuchi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz I.Karimov o‘zining “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”  asarida haqli ravishda ta’kidlaganlaridek "Bizning vatanimizda musiqaning sehrli kuchini his etmay yashayotgan kishini topish qiyin”. Bugungi kunda ayniqsa musiqa san’ati boshqa san’at turlariga nisbatan yoshlarning tarbiyasiga ko‘proq va kuchliroq ta’sir etmoqda. Haqiqatdan ham, musiqa insonning ahloqiy va estetik hissiyotlariga kuchli va betakror ta’sir etish hususiyati bilan pedagogik fanlar tizimida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham musiqa ta’limida ushbu fanni o‘qitilishida  eng avvalo tarbiyaviy maqsadlar bosh vazifa hisoblanadi .


background image

84

MUSIQA DARSLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA FANLARARO

INTEGRATSIYALASHUV JARAYONINI TASHKIL ETISH MEXANIZMLARI

Karimov Saxob Baxromovich

Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi

Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti

E-mail address: karimovsaxob1@gmail.com.

Tel: +998990834259 +998888356007

https://doi.org/10.5281/zenodo.15486788

Ma’lumki, insonning ongi, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotining shakllanishida

musiqa sana’ti o‘zining qudrati, ta’sir kuchi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz
I.Karimov o‘zining “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida haqli ravishda
ta’kidlaganlaridek "Bizning vatanimizda musiqaning sehrli kuchini his etmay yashayotgan
kishini topish qiyin”. Bugungi kunda ayniqsa musiqa san’ati boshqa san’at turlariga nisbatan
yoshlarning tarbiyasiga ko‘proq va kuchliroq ta’sir etmoqda. Haqiqatdan ham, musiqa
insonning ahloqiy va estetik hissiyotlariga kuchli va betakror ta’sir etish hususiyati bilan
pedagogik fanlar tizimida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham musiqa ta’limida ushbu
fanni o‘qitilishida eng avvalo tarbiyaviy maqsadlar bosh vazifa hisoblanadi .

Musiqa darslarida xalq musiqa ijodiyotiga tegishli tarixiy, ijtimoiy, mavzulardagi

shuningdek mumtoz va maqom namunalarini o‘rganish, ular yaratilgan davr, mashhur
ijrochilari, mualliflari, qanday sharoit va vaziyatda aytilishi kabi dalillarga murojat qilinganda
albatta tarix faniga oid bilimlarga suyanish kerak bo‘ladi. Musiqa darslarini o‘tishda bevosita
musiqa tarixiga oid ma’lumotlarni ham qisqa tarzda bo‘lsa ham berib borish har jihatdan
maqsadga muvofiq bo‘ladi . Jahon musiqa ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar
Abu Nasr Forobiy, Ibn - Sino, Ibn Zayla, SayfuddinUrmaviy, Abdulqodir Marog‘iy, Darvish Ali
Changiy, Abdurahmon Jomiy, A.Navoiy, Komil Xorazmiylarning musiqa ilmi rivojiga qo‘shgan
hissalari, yaratgan asarlari, halqimiz musiqa madaniyatining gultoji bo‘lmish maqomlar,
cholg‘u sozlari va ularning yevropaga yoyilishi tarixi tog‘risidagi ma’lumotlar o‘quvchi –
yoshlari musiqa san’atimizning naqadar boy o‘lmas hazina ekanligihaqida, uni sevish,
qadrlash, o‘rganish, rivojlantirish va vorislik qilish tuyg‘ularini tarbiyalashda benazr ahamiyat
kasb yetadi albatta.

1. Boshlang‘ich siflarda darsalarni bolalaming xarakteri, dunyoqarashi , psixologiyasi

(diqqati, xotirasi, jismonan ham yaxshi rivojlanganligi) fizologik hususiyatlaridan kelib chiqib
qiziqarli, o‘yin – raqs harakatlarini bajarish orqali tashkil etishga ko‘proq ahamiyat beriladi.
Bu jarayonda jismoniy madaniyat fani talablariga mos ritmik harakatlartanlash, raqs
elementlaridan mohirona foydalanish ham fanlararo aloqadorlik mazmun va mohiyatiga mos
keladi .

2. Musiqa tinglash jarayonida asarlarni tahlil qilish, so‘ngra o‘quvchilarga musiqa

asaridan olgan ta’surotlariga ko‘ra asar g‘oyaviy badiy mazmunida ifodalangan obrazlarni o‘z
tasavvurlarida gavdalantirish va unga mos rasmlar chizish kabi topshiriqlar o‘quvchilardan
rasm chizmachilik fanlaridan olgan bilmlarga tayanib ish tutishlarini taqozo yetadi. Nota
belgilarini chiroyli qilib ifodali ,musiqada ifoda etilgan obrazlar (gullar, qushlar, tabiat
manzaralari, hayvonlar, daraxtlar va hokazo)ni rasmlarda ifodalash o‘quvchilarni ushbu
fanlarga qiziqishlarini ortishi va munosabatlarida yaxshi o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga turtki
beradi .


background image

85

Xuddi shuningdek, musiqa darslarida matematikaga oid ( notalar cho‘zimi, bo‘linishi ,

sanalishi, intervallar, ladlarni ton tuzulishi ) bilimlardan foydalanishni ham keng
imkoniyatlari mavjud .

3. Musiqa darslarini bevosita musiqa san’atiga tegishli fanlar bilan bog‘liqlik

hususiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, hech mubolog‘asiz aytish mumkunki, musiqiy ta’lim
o‘qituvchilarini tayyorlashga mo‘ljallangan oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejasining ixtisoslashgan
fanlari" sirasiga kiruvchi barcha fanlar o‘z o‘rnida musiqa darsining u yoki bu komponentida
ishtirok etadi, ularning ishtirokisiz musiqa darslarini o‘tish aslo mumkin emas. Qo‘shiq
kuylash faoliyatida vokal - xor ishlari asosiy o‘ringa chiqsa, jamoaviy ijroni boshqarishda
dirijyorlik fani yordamga keladi. Musiqa savodi faoliyatida garmoniya, musiqa asarlari tahlili,
solfedjio fanlariga oid bilmlar asosida ish ko‘riladi. Musiqa tinglash faoliyati esa bevosita
musiqa asarlari tahlili, musiqa tarixi, sana’ashunoslik, folklor shunoslikka oid manbalar,
materiallar va ma’lumotlarga asoslanib ish tutishni taqozo etadi. O‘qituvchi tomonidan
musiqa asarini chalib berilishi, bolalar ijrosiga cholg‘u asbobida jo‘r bo‘lish darsni
muvoffaqiyatini ta’minlovchi bosh omillardan hisoblanadi .

Ko‘rinadiki, musiqa fani o‘z ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini juda keng doiradagi fanlar

aloqadorligisiz amalga oshirishni tasavvur etish va bu haqda fikr yuritish ham aslo mumkin
yemas.

Bunday ish tutish musiqiy asar ( vokal qo‘shiq )ni o‘rganish jarayonida olib boriladigan

asar matni usulida ishlashda g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Deylik,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini o‘rgatishda sh’yeriy matndagi har bir misrani
o‘qish va uqish uchun she’r ifodali o‘qilgandan so‘ng birinchi banda nimani ko‘z oldingizga
keltirdingiz", "ikkinchi band orqali ko‘z oldingizda nima gavdalandi" kabi savollar berish
orqali o‘quvchilarning tasavvurlarini aniqlab berish mumkin .

4. Musiqa darslari birinchi sinfdan boshlab" O‘zbekiston davlat madhiyasini tinglash

bilan boshlanishi nazarda tutiladigan bo‘lsa, asar tinglangandan so‘ng u haqdagi suhbatda
birinchi sinf " Konistitusiya alifbosi" darsligidagi Davlat va uning ramzlari" mavzusiga murojat
qilish va davlat nima, uning vazifalari nimalardan iborat, bizning davlatimiz "O‘zbekiston
Respublikasi" deb nomlanishi, davlat ramzlari ( gerb, bayroq , madhiya ) bilan yaqindan
tanishtirish o‘quvchilarning asar haqidagi tushuncha va tasavvurlar ko‘lamini
teranroqanglashlariga olib keladi .

"O‘zbekiston mening vatanim", "Ozodvatan - obod vatan", "Navro‘zim sho‘x sozim", "

Paxta qo‘shigi, "Hur respublikam ", "Istiqlol haqida qo‘shiq", "O‘zbekiston ona onajon", "Sharq
taronalari" xalqaro musiqa festivali madhiyasi kabi asarlarni tinglash, kuylash jarayonida
"Konstitusiya alifbosi" dagi o‘quv materiallariga murojat qilish natijasida o‘quvchilarda vatan,
burch, huquqiybilmlarni anglash , ularga amal qilish ko‘nikmalari tarbiyalanadi .

5. Umumta’lim maktablari musiqa fani o‘quv darsliklarida juda ko‘plab tabiat haqidagi

qo‘shiqlarga o‘rin beilgan "Boychechak", "Kuz", "Navro‘z bayramiga", "Oppoqqish", "Sumalak",
"Quyosh bilan suhbat", "Chumandagi gullarmiz", "Kapalak", "Parvozdagi qushchalar",
"Yomgiryog‘uloq", "Binafsha" "Bahorsog‘inchi", "Bahorvalsi", “O‘lkamizga bahor keldi" kabi
kuy qo‘shiqlar jumlasidandir . Bu kabi asarlari tinglash va kuylashdan so‘nggi asar haqidagi
suhbatlarda fanlararo aloqadorlik , bilmlar integrasiyasi o‘quv materiallarini umumlashgan
tizimda, biologiya , botanika , ekologik bilimlar bilan bog‘lab bayon qilish o‘quvchilarning
tabiiy – ilmiy dunyoqarashlarini biologiya, botanika fanlari bilan bog‘lab o‘qitishda ekologik


background image

86

mazmundagi bilimlarni o‘ziga xos hususiyatlari chuqurroq anglanishi tufayli o‘quvchilarning
ekologik madaniyalari shakllana boradi .

6. Musiqa daslarini o‘qitishda tarix fani yoki tarixiy dalillarga murojaat qilish,

o‘rganilayotgan yoki tinglanayotgan asarlarni yaratilish tarixi, davri, mualliflari tog‘risida
ma’lumotlar beriladi . Hattoki, musiqa savodi faoliyatida ham musiqa ilmi, uning nazariyasi
bilan shug‘ullangan olimu - allomalar, yaratgan ilmiy risolalalari asosida vujudga kelgan
hozirgi nota yozuvi to‘g‘risida ma’lumotlar berish o‘rinli bo‘ladi. O‘zbek mumtoz musiqusi,
shashmaqom, o‘zbek musiqa madaniyati rivojiga kata hissa qo‘shgan musiqashunos olimlar,
allomalar, bastakor kompozitorlar hayoti va ijodi haqida zarur bilm va tushunchalarni
berishda tarixiy ma’lumotlarga murojat qilish, fkrlarni dalillovchi vosita sifatida foydalanish
pedagogikaning didaktik prinsiplariga mos keladi .

Ijtimoiy gumanitar fanlar ichida tarix fani alohida o‘ rin tutadi. Bu fan yer yuzida hayot

nishonalari paydo bo‘lgan davrdan boshlab, to hozir gi kunlarda kechayotgan voqea va
hodisalar sabablarini, voqealar kechishi jarayonini, ulardan kelib chiqqan oqibatlarni ilmiy
asosda, isbot dalillarga tayangan holda o‘rganuvchi fandir.

Biz bilamizki, barcha san’at turlarida bo‘lgani kabi musiqa san’ati ham hayotni , insonlar

hayoti bilan bog‘liq voqea, hodisa , jarayonlarni musiqiy – badiy obrazlarda ifoda yetadi.
Musiqa san’atida u yaratilgan davr ruhi o‘z aksini topad. Shu ma’noda musiqa fanining tarix
fani bilan aloqadorlikda bog‘lanishini qo‘ydagicha izohlashimiz mumkin :

Barcha xalqlar musiqa madaniyatini o‘z rivojlanish tarixi, qonuniyatlari mavjud. Musiqa

madaniyatining rivojlanish tarixi yesa shu xalq tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir .

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Vaxromeyev V.A - "Musiqaning elementar nazariyasi" Toshkent.: O'qituvchi 1980-yil.

2.

Dmitreyeva L.G, Chernoivanenko N.M - "Metodika muzikalnogo vospitaniya".

3.

Anisimov V.P - "Texnologiya slushaniya muziki: Ucheb, programma i metodicheskiye

blok-sxemi spets kursa"
4.

Davlat o'quv dasturi - "Ilk qadam" Toshkent.: 2018-yil 3-iyul.

5.

Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari(O’quv uslubiy qo’llanma) Toshkent

2020-yil 186-bet.
6.

Musiqa o'qitish metodikasi /T.Ortiqov; mas’ul muharrir O.Azizov. - T .: Muharrir

nashriyoti, 2011. - 196 b. Toshkent. 2010.
7.

Musiqa o‘qitish metodikasi [Matn] : o‘quv qo‘llanma / J. Yarashev, D. Murotova. - Buxoro:

"Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona,2021.-72 b.Buxoro 2021.
8.

Sharipova G.f Xodjayeva Z. Musiqa o'qitish metodikasi I darslik / - Toshkent - ”NIF MSH”

- 2020,136 b. Toshkent 2020.
9.

Musiqa o’qitish nazariyasi va metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent 2009.

Библиографические ссылки

Vaxromeyev V.A - "Musiqaning elementar nazariyasi" Toshkent.: O'qituvchi 1980-yil.

Dmitreyeva L.G, Chernoivanenko N.M - "Metodika muzikalnogo vospitaniya".

Anisimov V.P - "Texnologiya slushaniya muziki: Ucheb, programma i metodicheskiye blok-sxemi spets kursa"

Davlat o'quv dasturi - "Ilk qadam" Toshkent.: 2018-yil 3-iyul.

Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari(O’quv uslubiy qo’llanma) Toshkent 2020-yil 186-bet.

Musiqa o'qitish metodikasi /T.Ortiqov; mas’ul muharrir O.Azizov. - T .: Muharrir nashriyoti, 2011. - 196 b. Toshkent. 2010.

Musiqa o‘qitish metodikasi [Matn] : o‘quv qo‘llanma / J. Yarashev, D. Murotova. - Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona,2021.-72 b.Buxoro 2021.

Sharipova G.f Xodjayeva Z. Musiqa o'qitish metodikasi I darslik / - Toshkent - ”NIF MSH” - 2020,136 b. Toshkent 2020.

Musiqa o’qitish nazariyasi va metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent 2009.