
169
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Вайндорф-Сысоева, М.Е. Организация виртуальной образовательной среды: теория и
практика [Текст] : моногр. / М.Е. Вайндорф-Сысоева. – Germany: LAP LAMBERT
Academic Publishing GmbH & Co. KG, 2011. – 368 с.
2. Tangirov K. E., Jomurodov D. M., Murodkasimova S. K. The importance of e-learning and e-
learning resources in individualized learning //Asian Journal of Multidimensional Research
(AJMR). – 2021. – Т. 10. – №. 3. – С. 464-469.
3. Тангиров Х. Э., Жомуродов Д. М., Муродкосимова Ш. Х. Aхборот-таълим муҳитида
ўқитишни индивидуаллаштиришнинг муҳим жиҳатлари //инновации в педагогике и
психологии. – 2021. – Т. 4. – №. 6.
FIZIKA FANINI O‗QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‗LLASH
Fayzullayev Orif Turg‗un oʻg‗li
O‗zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali
Annotatsiya:
Maqolada fizika fanini o‗qitishda zamonaviy raqamli innovatsion interaktiv
―Multisim‖ dasturidan foydalanib ta‘limni tashkil etish usuli bayon etilgan. Ilmiy tadqiqot
ishlariga talabalarni qiziqtirish bo‗yicha ma‘lumotlar keltirilgan
.
Kalit so‗zlar:
multisim dasturi, zamonaviy axborot texnologiyalari, pedagogika,
innovatsion texnologiya
.
Ta‘lim amaliyotida zamonaviy texnologiyalarning qo‗llanilishi ta‘lim tizimi
modernizatsiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta‘lim tarbiya
jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‗lga
kiritishga imkon beradi, o‗qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ham pedagogik jarayon bo‗lib, talaba va
o‗qituvchi faoliyatidagi o‗zgarish, yangilik kiritish, o‗quv jarayonida interfaol metodlardan to‗liq
foydalanishni o‗z ichiga oladi. Oliy ta‘limda fizika va elektrotexnika mashg‗ulotlari jarayonida
interaktiv elektron ―Multisim‖ dasturidan foydalanish o‗quv jarayoniga yangi sifat darajasini olib
kiradi. Bu esa o‗qituvchiga nafaqat dars mashg‗ulotiga tayyorgarlik ko‗rishni va darsni olib
borishni yengillashtiradi, balki yangi imkoniyatlarni ham yaratib beradi.
Fizika fanidan o‗qitishning kafolatli natijaga erishish uchun o‗qitishning axborot-ta‘lim
tizimi sharoitini tashkil etishda texnik, elektron dasturiy, didaktik va tayyorgarlik muhitiga ega
bo‗lish kerak. Bunda: Texnik muhit: kompyuter xonasi, internet tarmoqlariga ulangan
kompyuterlar va interaktiv ―Multisim‖ dasturi o‗rnatilgan bo‗lishi kerak.
Didaktik muhit:
―Multisim‖ boshqarish imkoniyatiga ega bo‗lgan[3], dasturlardan to‗liq foydalanish uchun
o‗quv-uslubiy qo‗llanmalar, o‗rgatuvchi va nazorat qiluvchi elektron ta‘lim ashyolari, uslubiy
ko‗rsatmalar bo‗lishi kerak[1].
Fizka mashg‗ulotlarda, ―Multisim‖ dasturi orqali o‗tkaziladigan
mashg‗ulotlarda har
qanday elektrotexnik sxemalarni (zanjirlarni) yig‗ish mumkin[2].
Bunda talabalar yakka, katta va kichik bo‗lingan holda va hamkorlikda
ishlaydilar. Multisim dasturida ishlash talabalarga estetik zavq bag‗ishlaydi, fanga
bo‗lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. O‗yin usullarini qo‗llash orqali o‗zlashtirish
qiyin bo‗lgan mavzularni talabalarni o‗zlari bemalol o‗zlashtirish imkoni yaratiladi.
Agar bu ―Multisim‖ dasturlarida ma‘ruza mashg‗ulotlarida ham qo‗llanilsa yaxshi
samara beradi. Bu dasturlardan uzviy foydalanish hatto past o‗zlashtiruvchi talabalarning fanni
yaxshi o‗zlashtirishga zamin bo‗ladi. Natijada barcha tinglovchilarda
fizika fanidan dars
samaradorliligiga erishish imkonini yaratish mumkin.
Ayrim talabalarnig fanni yaxshi o‗zlashtirmagani uni yaxshi bilmasligida emas,
balki
ularda tortinchoqlik, qo‗rquv alomatlari bo‗lishi sabablidir. ―Multisim‖ dasturi
talabalarni

170
bunday xislatlarini bartaraf etishga yordam beradi. Bu dastur orqali talabalardan o‗tgan darslarni
so‗rash, elektrotexnik zanjir yig‗ish, sxemadagi jarayonlarni
kuzatish, xar-xil qidirilayotgan
qiymatlarni olish,
grafiklar chizish va olingan natijalarni taxlil qilishda keng foydalanish
mumkin[3]. Shuni alohida takidlash joizki tajribalarni o‗tkazish jarayonida fizika laboratoriya va
amaliy mashg‗ulotlarda jihozlar yetishmasa, asboblar nosoz bo‗lsa yoki umuman mavjud
bo‗lmasa,
o‗tkaziladigan tajribani virtual laboratoriya orqali o‗tkazish imkoni mavjud.
Bunday usullarning o‗ziga hosligi shundaki, ular faqat talaba va
o‗qituvchilarning
birgalikdagi faoliyat ko‗rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday
hamkorlik jarayoni o‗ziga hos
xususiyatlarga ega. Ya‘ni:
-talabalarning
o‗quv
jarayonida
fanga
bo‗lgan
qiziqishlari
doimiyligini
ta‘minlash;
-talabalarning dars davomida mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga imkon
yaratish;
-talabalarning fanga bo‗lgan qiziqishlarini mustaqil holda har bir masalaga
ijodiy yondashgan holda bilimga ega bo‗lgan intilishlarini kuchaytirish;
Natija
2021-2022 o‗quv yilida O‗zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Amaliy matematika
fakulteti Axborat tizimlari va texnalogiyalari yo‗nalishiga Kompyuterning fizik asoslari fani
laborotoriya mashg‗ulotlari ―Multisim‖ dasturi asosida o‗tqazildi.
Kompyuterning fizik asoslari fanidan laborotoriya mashg‗ulotlarni, ―Multisim‖ dasturi
asosida
o‗tkazilganda talabaning
shu fanga bo‗lgan qiziqishlari yanada oshirib, dars
samaradorligiga
erishish, talabalarning tafakkuri, anglash erkin va mustaqil fikrlash
qobilyatlarini
yanada rivojlantirdi. Amalda ko‗rib bo‗lmaydigan jarayonlarni vertuval
laborotoriya orqali ko‗rish imkoniga ega bo‗lishdi.
Yuqoridagi
pedagogik
tajriba
sinov
natijalaridan
kelib
chiqib
quydagi
xulosalarga keldik.
XULOSA
―Multisim‖ dasturi bilan sodda yoki murakkab anolog va raqamli qurilmalarni
yaratish, modellashtirish va o‗rganish mumkin[3].
Elektrotexnik zanjirlarni tuzish, qidirilayotgan natijalarni qisqa vaqtda aniq olish va
grafiklarni jozibali namoyish etish imkonini beradi. Fizika fanidan Multisim dasturi asosida
mashg‗ulotlar olib borilganda talabalarning fikrlashi mustaqil rivojlanadi.
Ma‘ruza mashg‗ulotida olingan nazariy bilimlar mustaxkamlanadi. Amaliy
mashg‗ulotlarda bajarilgan ishlar orqali olingan natijalarni tahlil qilish ko‗nikmalariga ega
bo‗ladi. Bu esa talabalarning fanga va ilmiy tadqiqot ishlariga qiziqishlari ortadi.
Xozirgi davrda masofaviy o‗qitishga bo‗lgan ehtiyoj juda yuqoriligi sababli fizika
fanining barcha mashg‗ulotlarida Multisim dasturidan samarali foydalanish mumkin. Talabalarni
doimiy ravishda ilmiy faoliyatga qiziqishini rivojlantiradi va vaqtdan unumli foydalanishni
o‗rgatadi.
―Multisim‖ dasturi bilan bo‗lajak mutaxassislarning mustaqil o‗quv faoliyatlarini
rivojlantirish, o‗quv va ilmiy ishlarining mushtarakligini taminlash, talabalarni ilmiy tadqiqot
ishlariga jalb qilish, shular asosida yetuk mutaxassis tayyorlash va sifatini oshirishga erishish
mumkin bo‗ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.I.Mustafoyev, O.T.Fayzullayev ―Kompyuterning fizik asoslari‖
bo‗yicha o‗quv-uslubiy
majmua. O‗zMUJf 2020.
2. https://www.ni.com/pdf/manuals/374483d.pdf
3. Multisim 14 User Guide для версии 10.0.144/ Rukovodstvo polzovatelya multisim, 2007. -
714 с.