Mirzachoʻlni oʻzlashtirishdagi yangi bosqich (1956-1990-yillarda)

CC BY f
556-558
185
14
Поделиться
Джураев, М. (2022). Mirzachoʻlni oʻzlashtirishdagi yangi bosqich (1956-1990-yillarda). Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 556–558. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5314
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yil 6-avgusta "Paxta yetishtirishni ko‘paytirish uchun O‘zbekistan SSR va Qozog‘iston SSRdagi Mirzacho‘l yerlarini sug‘orish va o'zlashtirish haqida" va 1958-yil 14-iyundagi O‘zbekistan SSR, Qozog‘iston SSR, Tojikiston SSRdagi Mirzachoʻl yerlarini sugʻorish va o'zlashtirish sohasidagi ishlarni yanada kengaytirish va tezlashtirish xaqida" chiqargan qarorlarining ijrosi haqida hamda islohotlarning Mirzacho‘ldagi keyingi istiqbollariga salbiy va ijobiy ta‘siri to‘g‘risida bayon qilingan.


background image

556

kasb etadi. Iqtisodiy uchraydigan muammolar va salbiy omillarni aniqlash borasida tahlillar va
tadqiqotlar o‗tkazish, uning ilmiy yo‗nalishlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
iqtisodiy ehtiyojlar, manfaatlarini aniqlash, iqtisodiy barqarorlikka tahdid soladigan salbiy
omillarni tahlil etishning jamlangan ifodasi sifatida tavsiflanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:

1.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‗zbekiston Respublikasi

mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Т., 2017 y.

2.

Туляков Э. Тараққиѐт стратегияси: иқтисодий барқарорлик ва фаровонлик йўлида.

https://uza.uz/uz/posts/taraqqiyot-strategiyasi-iqtisodiy-barqarorlik-va-farovonlik-yolida.

3.

Каримов И. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тахдид, барқарорлик

шартлари ва тараққиѐт кафолатлари.-Т.:‖Ўзбекистон‖ 1999, 152 бет.

4.

Саитқосимов А. Жамият барқарорлиги ва ижтимоий муаммоларни ҳал этиш. –

Тошкент, ―Тафаккур‖, 2018. – Б. 8.

MIRZACHOʻLNI OʻZLASHTIRISHDAGI YANGI BOSQICH

(1956-1990-yillarda)

Isaxonov Shoxijaxon Qosim oʻgʻli

Guliston davlat universiteti tarix (yo‗nalishlar va

faoliyat turi bo‗yicha) mutaxassisligi magistranti

Annotatsiya:

Maqolada

KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yil

6-avgusta "Paxta yetishtirishni ko‘paytirish uchun O‘zbekistan SSR va Qozog‘iston SSRdagi
Mirzacho‘l yerlarini sug‘orish va o'zlashtirish haqida" va 1958-yil 14-iyundagi O‘zbekistan
SSR, Qozog‘iston SSR, Tojikiston SSRdagi Mirzachoʻl yerlarini sugʻorish va o'zlashtirish
sohasidagi ishlarni yanada kengaytirish va tezlashtirish xaqida" chiqargan qarorlarining ijrosi
haqida hamda islohotlarning Mirzacho‘ldagi keyingi istiqbollariga salbiy va ijobiy ta‘siri
to‘g‘risida bayon qilingan.

Kalit soʻzlar:

Mirzachoʻl, Farhod, G.Pechenki, Shoʻroʻzak, N.S.Xrushchev, Leninobod,

Zaporoje, Smolensk.


Kommunistik partiya va Sovet hukumatining 1956-yilgi va 1958-yilgi Mirzacho‘l yerlarini
sug‘orish va o'zlashtirish sohasidagi ishlarni yanada kengaytirish va tezlashtirish xaqida qarorlari
Mirzacho‘lni o'zlashtirishda yangi eng katta bosqichga qadam qo‘yilganligini ko‘rsatadi.
Mirzacho‘lni o‘zlashtirishni davom ettirish texnika jihatdan juda murakkab ishlarni amalga
oshirishni taqazo qilgan[1]. Mirzacho‘lni bundan buyongi(1956-yildan) sug‘orish tizimida
Janubiy kanal markaziy o'rinni egallaganini quyidagi qilingan ishlardan bilib olish mumkin.
Janubiy kanal O‘zbekiston va Qozog‘istonning 290 ming gektardan ortiq yeriga suv chiqarishni
ta'minladi. Kanalning janub tomonida joylashgan maydonlarga suv mashina bilan beriladi. Shu
maqsadda Boyovut tumanida yirik nasos stansiyasi qurildi. Mirzacho'ldagi Jizzax, Bekobod,
Yangiyer shaharlarida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi katta-katta zavodlar qurilib,
mirzacho‘l yerlarini o‘zlashtirish ishlari kun sayin kengaytirildi. Masalan, 1957-yilda
Mirzacho‘lda olib boriladigan ishlar uchun 250 million so‘mga yaqin pul ajratilgan bo‘lsa, 1959-
yilda 430 mln so‘mdan ortiq pul ajratildi. Bu esa Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishini qanchalik
muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. 1955-1959-yillar esa eski zonadagi yerlarning
melioratsiya holatini tubdan yaxshilash va yangi ekin maydonlarini kengaytirish uchun katta suv
xo'jaligi ishlarini avj oldirish yili bo‘ldi. O‘sha vaqtdan e‘tiboran tajriba uchun 4 sovxoz qurish
ishlari keng avj oldirib yuborilgan[2]. 4-sovxozning tajribasi II va III navbatda o‘zlashtiriladigan
yerlarni o‘zlashtirishda keng foydalanildi. Sug‘orish texnikasi asosida "Farhod" sovxozida 4


background image

557

ming tektar yer tayyorlandi. Mirzacho‘lning sug‘oriladigan qismidagi birmuncha yer ko‘p
yillardan beri meliorativ jihatdan yomon holatda yotdi. Shu davrdan Markaziy Mirzacho'l
kollektorining ikkinchi navbati qurilishi boshlandi.
Mirzacho‘lga komsomol putyovkasi bilan kelganlarning ko‘pchiligi Toshkent, Samarqand,
Nukus, Andijon, Leninoboddan va boshqa shahar hamda tumanlardan kelgan kishilar edi.
Zaporojye, Smolensk, Kurgan, Kiyev va mamlakatimizning boshqa ko‘p shaharlaridagi fabrika-
zavod ta‘lim maktablarini bitirib chiqqanlar Mirzacho‘lda ishlamoqchi ekanliklarini izhor
qilganlar. Qisqa vaqt ichida yangi yerlarni o'zlashtirish uchun Mirzacho‘lga 12 mingdan ortiq
vatanparvar kelib joylashgan. Bular orasida Toshkentlik Oʻzbek Joʻra Abdullayev va rus qizi
Raya Sicheva, armiyadan demobilizatsiya qilingan rus askarlari Grigoriy Pechenkin va tatar
Axtam Isxokov, ukrainalik Petr Kazanovskiy, Tojik Xamid Mirzaxmedov, qozoq Abduhamid
Boymuhamedov, belaruslik Leonid Dyundin, Ilgari kolxozchi bo‘lgan, hozir mashhur betonchi,
Sosialistik Mehnat Qahramoni Madamin Mamadaliyev va boshqa yuzga yaqin vatanparvarlar
Mirzacho‘lni o‘zlashtirishning har xil obe‘ktlarida mehnat qilganlar. Mirzacho‘lni
o'zlashtiruvchilarning mehnati bilan 1957-1958-yillarda 140 ming kvadrat metrga yaqin turar joy
binolari, o'nlab oshxona va magazinlar, yozgi va qishki klublar, stadionlar, raqs maydonlari,
maktablari, kitob magazinlari qurdilar. Ularning g‘ayrati bilan 160 kilometrdan ziyod yangi
yo‘llar, 50 million kub metr yaqin yer qazish ishlari va 80 ming kubometr beton va temir-beton
ishlari bajarildi Mirzacho'l yerlarida 6 ta paxtachilik sovxozi tashkil qilindi, 20 min gektardan
ortiq yangi yer ochilib ekinzorga aylantirildi[3]. 60-yillarning boshida asosiy e‘tibor, yuqorida
ta'kidlab o'tganimizdek, Mirzacho‘lni o'zlashtirishga qaratildi va bu maqsad uchun u yerga 280 ta
ekskavator, 270 ta skreper, 297 ta buldozer, 1600 ta yuk mashinalari, 200 ta yuk traktor va katta
miqdorda boshqa texnika jo‘natildi. 1964-yili Mirzacho‘lda mehnat qilgan 20 ming kishidan 4
minggini mexanizatorlar tashkil qilardi[4].
Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining XXI qurultoyi mamlakatimiz hayotida juda katta
tarixiy voqea bo‘ldi. Partiya qurultoyi KPSS Markaziy Komitetining birinchi sekretari o‘rtok
N.S.Xrushchevning xalq xo‘jaligini rivojlantirishning 1959-1965-yillarga mo‘ljallangan nazorat
raqamlari haqidagi hisobotini muhokama qilib, yetti yillik xalq xo‘jaligi rejasini tasdiqladi.
Kommunistik partiyaning XXI Kongressi hamda KPSS Markaziy Komitetining dekabr Plenumi
(1958-yil) qishloq xo‘jalik ekinlarining, shu jumladan paxtaning hosilini oshirishga katta
ahamiyat berdi. Ana shular asosida Mirzacho‘lning o‘zlashtirilgan qismining melioratsiya
ahvolini tubdan yaxshilash sohasida Glavgolodnostepstroy katta ish olib bordi. 1959-1960-
yillarda bu yerda suv xoʻjaligi organlari bilan birgalikda irrigatsiya-melioratsiya ishlarining
butun kompleksini oʻtkazish va shu bilan paxta hosilini 1958-yilga nisbatan har gektaridan 5-6
sentner oshirish mo‘ljallangan edi.
Xullas, 1959-1965-yillar shu

vaqtgacha Mirzacho‘lning O‘zbekiston qismida

o‘zlashtirilgan yerga baravar keladigan yer o‘zlashtirildi. Bu haqiqatan ham juda katta ish
hisoblanadi. 1956-yildayoq O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlar hajmi 2,7 mln gektarni tashkil
qilardi. Ayniqsa paxtachilikka xaddan ziyod ko‘p maydon ajratildi. Uning maydoni oktabr
inqilobidan avvalgi davrga qaraganda besh marta oshdi va 1956-yilga kelib 1 million 300 ming
gektarni tashkil qildi[5].
Xulosa uchun shuni aytish mumkinki KPSS dasturida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini keskin
oshirish va aholining bu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish vazifalari belgilangan.
Bu vazifani bajarishda KPSS Markaziy Komitetining may (1966) Plenumi muhim bosqich
bo‘lgan. Plenum qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirishni ishlab chiqarish uchun yangi
yerlarni o'zlashtirish va melioratiyalash ishlarini keng ko‘lamda olib borish bo‘yicha aniq rejalar
belgilab bergan. O‘zbekiston SSRda paxta va boshqa ekinlarning yalpi hosilini ko‘paytirishda
Mirzacho‘l, Qarshi va Markaziy Farg‘ona cho‘llarini o‘zlashtirish katta ahamiyat kasb etganligi
ushbu amaliy ishlardan yaqqol ko‘rinib turibdi. O'zbekiston SSR Fanlar akademiyasi ishlab
chiqarish kuchlarini o'rganish sovetining materiallariga Mirzacho‘lda o'zlashtirishga yaroqli
yerlar 850 ming gektarni tashkil qilganligi ham sir emas. Nafaqat Mirzacho‘lni o'zlashtirishda
baliki, yurtimizdagi boshqa tashlandiq, cho‘l, chakalakzor, dasht zonalarini o‘zlashtirish va


background image

558

ko‘kalamlashtirish, o‘lkamizning obod maskanga aylanishiga olib keldi. Shu bilan birga bu
ko‘kalamzor hududlarning qiyofasi boshqa bir obod bo‘lib turgan maskanlarni xarobazorga
aylantirdi. Bu o‘sha hammamizga ma‘lum bo‘lgan Orol dengizining qurishi va fojiasi bo‘ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

A.G‘.Abdunabiyev. ,, Mirzacho‘lni o'zlashtirish tarixidan‘‘ ,,Qizil O‘zbekiston‘‘,

,,Правда востока‘‘ va ,, O‘zbekiston Surx‘‘birlashgan nashriyoti. Toshkent-1959:.B-31-33-35;

2.

,,Mirzacho‘lning buguni, ertasi‘‘ O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining birlashgan

nashriyoti. Toshkent-1964:.B-11-12-13;

3.

A.Abdunabiyev ,, Karl Marks sug‘orish to‘g‘risida‘‘ O‘zbekiston SSR bilim yurti

jamiyati. Toshkent-1967:.B-38-39;

4.

A.Razzoqov ,, O‘zbekiston paxtachiligi tarixi‘‘ Toshkent. ,,O‘zbekiston‘‘-1994:.B-

232-234;

5.

A.Razzoqov ,, O‘zbekiston melioratsiyasi: o‘tmish, bugun, kelajak. Toshkent.

O‘zbekiston SSR ,,Fan‘‘ nashriyoti-1988:.B-34.

INTERACTIVE METHODS IN TEACHING VOCABULARY

Juraev Mukhammadrakhimkhon

Jizzakh branch of National university of

Uzbekistan named after Mirzo Ulug‗bek

Annotation:

The given article represents information about vocabulary as it is essential

for language learners to enhance their language skills. To improve it, all learners should know
how to teach and learn words at ease, so that several methods are included in this article.
According to researchers‘ opinion, language should be taught at very young age by using
several techniques such as poems, gestures, singings.

Key words:

vocabulary,

language, methods, techniques, teachers, learners, activities,

words, strategy, TPR, ESL classroom.


Learners aged six to eight obviously have a shorter attention span. They consider it is very

boring to remember English vocabulary words if they are presented as a list reinforced by
repetitious drill. Activities play an important role in learning the meanings of vocabulary words,
and these teaching tasks are important to make connections among words, concepts and learning
strategies to make word-learners be more participative in the class [Blachowicz, C., Fisher, P.,
Ogle, D., & Watts-Taffe, 2006. Vocabulary: Questions from the Classroom. Reading Research
Quarterly, 41, 524-539. p. 530]. Teachers should try to design various teaching activities in class
that allow for the use of physical action, phonological interest, and excitement of the
imagination. Here are some activities that support all three of the above elements.

Using children‘s Poems

Teachers can try to use the vocabulary words they have learned to make up some

children‘s poems that appeal to younger students‘ level of comprehension. Such poems mostly
have their own rhymes, interests and artistic quality. Primary students aged six to eight are fond
of reading and reciting poems. Children‘s poems also offer abundant cultural content. It is
impossible for primary pupils to focus all their attention for the length of a class period.
Therefore, the success of such poetry depends on both the content and the method that the
teacher use in the class to convey the poems. This type of material can teach about the target
culture as well as teaching vocabulary.

Using gestures

Gestures play an important part in human sensation and constitute a pervasive element of

human communication across culture. And Piaget said [Roth, M. 2001. Gestures: Their Role in

Библиографические ссылки

A.G’.Abdunabiyev. „ Mirzacho’lni o'zlashtirish tarixidan” „Qizil O’zbekiston”, „Правда востока” va „ O’zbekiston Surx”birlashgan nashriyoti. Toshkent-1959:.B-31-33-35;

„Mirzacho’lning buguni, ertasi” O’zbekiston KP Markaziy Komitetining birlashgan nashriyoti. Toshkent-1964:.B-11-12-13;

A.Abdunabiyev „ Karl Marks sug’orish to’g’risida” O’zbekiston SSR bilim yurti jamiyati. Toshkent-1967:.B-38-39;

A.Razzoqov „ O’zbekiston paxtachiligi tarixi” Toshkent. „O’zbekiston”-1994:.B-232-234;

A.Razzoqov „ O’zbekiston melioratsiyasi: o’tmish, bugun, kelajak. Toshkent. O’zbekiston SSR „Fan” nashriyoti-1988:.B-34.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов