www.sci-p.uz
III SON. 2025
131
INFRATUZILMANING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI: STANDARTLASHTIRISH
ORQALI SAMARADORLIKNI OSHIRISH
DSc
Umurzakov Jamoliddin
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
ORCID: 0000-0002-7662-4210
jamoliddin.umurzokov@gmail.com
Esonturdiyev Avazbek
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
ORCID: 0009-0002-3897-9034
Annotatsiya.
Ushbu maqola infratuzilmaning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tahlil qiladi va
standartlashtirish orqali samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini o‘rganadi. Infratuzilma,
davlatning iqtisodiy
rivojlanishiga, barqaror o‘sish va raqobatbardoshlikni oshirishga muhim
ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada, infratuzilmaning turli sohalariga –
transport, energetika,
kommunikatsiya va sanoat infratuzilmasiga oid davlat siyosatlari va joriy etilgan standartlarning
samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Standartlashtirish jarayoni, resurslarni samarali boshqarish,
texnologik yangiliklarni joriy etish, hamda sifatni oshirish orqali iqtisodiy o‘sishning
barqarorligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda infratuzilmaning modernizatsi
yasi va shu orqali
iqtisodiy barqarorlikka erishishning amaliy yonda
shuvlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, maqolada davlatning infratuzilma loyihalariga bo‘lgan investitsiyaviy
yonda
shuvlarining iqtisodiy foydalari, shu jumladan, ish o‘rinlari yaratish va turli sohalarda
raqobatni kuchaytirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqola infratuzilma va standartlashtirishning
iqtisodiyotga ijobiy ta’sirini ko‘rsatish bilan birga, bunday siyosatla
rning kelajakdagi
istiqbollarini ham baholaydi.
Kalit so‘zlar:
infratuzilma
, iqtisodiy o‘sish, transport tizimi, investitsiyalar, davlat
-xususiy
hamkorlik, barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik, texnologik innovatsiyalar, infrastrukturani
modernizatsiya qilish, xalqaro standartlar, energetika tizimi, investitsiya iqlimi, kadrlar
tayyorlash, shahar infratuzilmasi, o‘zaro integratsiya, infratuzilma loyihalari.
ВЛИЯНИЕ ИНФРАСТРУКТУРЫ НА ЭКОНОМИЧЕСКИЙ РОСТ: ПОВЫШЕНИЕ
ЭФФЕКТИВНОСТИ ЗА СЧЕТ СТАНДАРТИЗАЦИИ
DSc
Умурзаков Жамолиддин
Ташкентский международный университет
финансового менеджмента и технологий
Эсонтурдиев Авазбек
Ташкентский международный университет
финансового менеджмента и технологий
Аннотация
.
В статье анализируется влияние инфраструктуры на экономический
рост и изучается потенциал повышения эффективности за счет стандартизации.
Инфраструктура оказывает значительное влияние на экономическое развитие страны,
устойчивый рост и повышение конкурентоспособности.
В статье рассматривается
UOʻK:
338.49
131-137
www.sci-p.uz
III SON. 2025
132
эффективность государственной политики и реализуемых стандартов в различных
сферах инфраструктуры —
транспортной, энергетической, коммуникационной,
промышленной.
Процесс стандартизации обеспечивает устойчивый экономический рост
за счет эффективного управления ресурсами, внедрения технологических инноваций и
повышения качества. Особое внимание будет уделено практическим подходам к
модернизации инфраструктуры в Узбекистане и достижению тем самым экономической
стабильности.
В статье также анализируются экономические преимущества
инвестиционного подхода государства к инфраструктурным проектам, включая их роль
в создании рабочих мест и повышении конкуренции в различных секторах. В статье
демонстрируется положительное влияние инфраструктуры и стандартизации на
экономику, а также оцениваются будущие перспективы такой политики.
Ключевые слова:
инфраструктура, экономический рост, транспортная система,
инвестиции, государственно
-
частное партнерство, устойчивое развитие, экологическая
безопасность,
технологические
инновации,
модернизация
инфраструктуры,
международные стандарты, энергетическая система, инвестиционный климат,
подготовка
кадров,
городская
инфраструктура,
взаимная
интеграция,
инфраструктурные проекты.
THE IMPACT OF INFRASTRUCTURE ON ECONOMIC GROWTH:
IMPROVING EFFICIENCY THROUGH STANDARDIZATION
DSc
Umurzakov Jamoliddin
Tashkent International University of Financial Management and Technologies
Esonturdiev Avazbek
Tashkent International University of Financial Management and Technologies
Abstract.
This article analyzes the impact of infrastructure on economic growth and
explores the possibilities of increasing efficiency through standardization. Infrastructure has a
significant impact on the economic development of the state, sustainable growth and
competitiveness. The article reviews the effectiveness of state policies and implemented standards
in various areas of infrastructure - transport, energy, communications and industrial
infrastructure. The standardization process ensures the sustainability of economic growth
through efficient resource management, the introduction of technological innovations and
improving quality. Particular attention is paid to practical approaches to modernizing
infrastructure in Uzbekistan and thereby achieving economic stability. The article also analyzes
the economic benefits of the state's investment approach to infrastructure projects, including their
role in creating jobs and strengthening competition in various sectors. The article, while
demonstrating the positive impact of infrastructure and standardization on the economy, also
assesses the future prospects of such policies.
Keywords:
infrastructure, economic growth, transport system, investments, public-private
partnership, sustainable development, environmental safety, technological innovations,
infrastructure modernization, international standards, energy system, investment climate,
personnel training, urban infrastructure, mutual integration, infrastructure projects.
Kirish.
Infratuzilma
–
bu davlatning iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim
soha hisoblanadi. U, avvalo, iqtisodiy o‘sish, barqarorlik va raqobatbardoshlikni ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan asosiy omil bo‘lib, sanoat, transport, energetika, ko
mmunikatsiya va
ijtimoiy infratuzilma kabi turli sohalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, infratuzilmaning samarali
rivojlanishi va modernizatsiyasi davlatning global raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro
bozorlar bilan aloqalarni mustahkamlash va ichki iqtisodiy jarayonlarni optimallashtirishga
www.sci-p.uz
III SON. 2025
133
yordam beradi. Shuning uchun infratuzilma va uning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish
davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston uchun infratuzilmaning samarali rivojlanishi ayniqsa dolzarb ahamiyatga
ega. Mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi va diversifikatsiyasi uchun infratuzilmaning
modernizatsiyasi zarur. Shuningdek, infratuzilmaning sifatli rivojlanishi orqali xalqaro savdoda
raqobatbardoshlikni oshirish, iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish va eksportni
rivojlantirishga erishish mumkin. Biroq, O‘zbekistonda infratuzilmaning zamonaviy va
samarali ishlashi uchun turli muammolar mavjud. Ularning eng muhimi
–
infratuzilma
tizimlarining o‘zaro uyg‘un ishlamasligi, mavjud texnologiyalarning eskirganligi va innovatsion
yechimlarning joriy etilmasligi hisoblanadi. Shuningdek, transport, energetika va aloqa
sohalaridagi bo‘shliqlar va modernizatsiya jarayonlarining sustligi ma
mlakatning iqtisodiy
o‘sishini sekinlashtiradi.
Standartlashtirish jarayoni infratuzilmaning samaradorligini oshirish uchun muhim
vosita hisoblanadi. Infratuzilma sohasida standartlar joriy etish va ularni amalga oshirish
davlatning iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Standartlashtirish, birinchidan, sifatni ta’minlashga, ikkinchidan, resurslarni samarali
boshqarishga, uchinchidan esa innovatsion texnologiyalarni tezroq joriy etishga yordam
beradi.
Bundan
tashqari,
standartlashtirish
xalqaro
miqyosda
mamlakatning
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Standartlar orqali texnologik jarayonlar, ishlab
chiqarish va xizmatlar sifatining oshishi va shu bilan birga, energiya va resurslarni tejash
imkoniyatlari yaratiladi.
Shuningdek, infratuzilma sohasidagi standartlar nafaqat iqtisodiy samaradorlikni
oshiradi, balki ijtimoiy va ekologik masalalarni hal qilishda ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan,
ekologik xavfsizlikni ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish va barqaror
rivojlanishni
qo‘llab
-
quvvatlash uchun standartlar joriy etilishi zarur. O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish
strategiyasida infratuzilmani modernizatsiya qilish va standartlashtirishning alohida o‘rni bor.
Shu nuqtai nazardan, bu jarayonlar mamlakat iqti
sodiyotining barqaror o‘sishiga va global
iqtisodiy tizimga integratsiyasiga muhim hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Shu sababli, infratuzilmaning samarali rivojlanishi va standartlashtirish jarayonlari
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning yangi bosqichiga olib chiqish uchun zarur. Bu maqolada
infratuzilmaning iqtisodiy o‘sishga ta’siri, standartlashtirishning iqtisodiy sa
maradorligi va
ularning O‘zbekistondagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, infratuzilma va
standartlashtirishning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun bu
jarayonlarning istiqbollarini baholaydi.
Adabiyotlar sharhi.
Infratuzilma va uning iqtisodiyotdagi o‘rni haqida ko‘plab iqtisodchi olimlar tomonidan
turli nazariy yondoshuvlar ishlab chiqilgan.
Aschauer, David Alan (1989) kitobida infratuzilmaviy xarajatlarning umumiy iqtisodiy
o‘sishga bevosita ta’sirini statistik tahlil orqali ko‘rsatadi.
U AQShdagi federal transport va aloqa
infratuzilmasiga sarflangan investitsiyalar mehnat unumdorligini oshirganini ta’kidlaydi.
Aschauer standartlashtirilgan infratuzilma orqali samaradorlik va iqtisodiy faoliyatni
optimallashtirish mumkinligini asoslaydi.
Calderón, César & Servén, Luis (2004) tadqiqotda infratuzilma rivojlanishining iqtisodiy
o‘sish va ijtimoiy tengsizlikka ta’siri baholanadi. Mualliflar yuqori sifatli va standartlashtirilgan
infratuzilma mintaqaviy iqtisodiy faollikni oshirishda muhim rol
o‘ynashini isbotlaydi. Ular,
shuningdek, infratuzilmadagi tengsizliklar iqtisodiy natijalardagi tafovutlarga olib kelishini
ta’kidlaydi.
Straub, Stéphane (2008) asarida muallif rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma va
iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi murakkab aloqalarni yoritadi. Tadqiqotda standartlashtirish
samaradorlikni oshirishi, infratuzilma loyihalari natijadorligini aniqlashda muhim mezon
www.sci-p.uz
III SON. 2025
134
bo‘lishi ko‘rsatilgan. Straub infrastrukturaning sifati va texnik standartlari iqtisodiy
samaradorlikni oshirishda asosiy omillardan ekanini ta’kidlaydi.
Toshpulatov (2018) asarida muallif infratuzilmaning iqtisodiy o‘sishga bevosita va
bilvosita ta’sirini tahlil qiladi. Xususan, transport va aloqa infratuzilmasida yagona
standartlarni joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligi oshishini asoslaydi. Muallif,
shuningdek, O‘zbekiston sharoitida standartlashtirish infratuzilma loyihalarini rejalashtirishda
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi.
Xayitov (2020) innovatsiyalar va infratuzilma o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqilgan. Muallif
standartlashtirilgan infratuzilma muhitini yaratish orqali biznes yuritish qulayligini oshirish
mumkinligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, raqamli infratuzilmadagi texnik st
andartlar samaradorlik va
investitsiya jalb etishda muhim omil sifatida baholanadi.
Abdurahmonov (2016) kitobda iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari sifatida infratuzilma
va uning boshqaruvi keng yoritilgan. Muallif infratuzilmani standartlashtirish orqali iqtisodiy
tizimda uzviylik va samaradorlikka erishish mumkinligini asoslaydi. Ayniqsa, davlat va xususiy
sheriklik doirasidagi infratuzilma loyihalarida standartlar muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolani tayyorlash jarayonida iqtisodiy tizimning barcha sektorlari va turli faoliyatlarni
qo‘llab
-
quvvatlash uchun zarur bo‘lgan asosiy omil sifatida ta’riflanuvchi infratuzilma hamda
uning
iqtisodiy o‘sishga ta’siri, standartlashtirish orqali samaradorlikni oshirishn
ing nazariy va
amaliy asoslari o‘rganildi. Maqolada nazariy mushohada, tizimli yondashuv, kuzatish,
umumlashtirish va tahlil kabi usullar samarali qo‘llanildi, shuningdek tizimda mavjud
muammolar va ularni yechimlari, bu borada amalga oshiril
ishi kerak bo‘llgan vazifalari
borasida xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Infratuzilma
–
bu iqtisodiy tizimning barcha sektorlari va turli faoliyatlarni qo‘llab
-
quvvatlash uchun zarur bo‘lgan asosiy omil sifatida ta’riflanadi. U, bir tomondan, iqtisodiy
o‘sishni ta’minlash uchun zarur shart
-sharoitlar yaratadi, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy
hayotning barcha jabhalarida samaradorlikni oshiradi.
Robert Solowning iqtisodiy o‘sish nazariyasida infratuzilma o‘sishning asosiy omillaridan
biri sifatida qaraladi. U o‘zining modelida texnologik innovatsiyalar va kapitalning samarali
taqsimlanishini o‘sishning asosiy sababi sifatida ko‘rsatgan. Bu nuqtai
nazardan infratuzilma
investitsiyalarini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarini
optimallashtirish iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Shuningdek, infratuzilmaning rivojlanishi
raqobatbardosh iqtisodiyotga olib keladi, chunki u eksport imkoniyatlarini oshiradi va xalqaro
savdodagi samaradorlikni kuchaytiradi.
Standartlashtirish, o‘z navbatida, infratuzilmaning samaradorligini oshirishning muhim
vositasi sifatida ko‘riladi. Iqtisodchi olimlar tomonidan standartlarning ishlab chiqarish va
xizmatlar sohasida o‘zaro muvofiqlikni yaratish, sifatni oshirish va resurs
larni samarali
boshqarish uchun zaruriy me’yorlar sifatida ta’riflanadi. Standardizatsiya nafaqat ishlab
chiqarish jarayonlarining soddalashtirilishiga, balki atrof-
muhitga ta’sirni kamaytirishga ham
yordam beradi. U har tomonlama optimallashtirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Xalqaro tajriba, xususan, Yevropa Ittifoqining infratuzilma va standartlashtirish
sohasidagi yondoshuvlaridan ko‘riladiki, samarali infratuzilma va standartlar iqtisodiy o‘sishga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Infratuzilmaning sifatli rivojlanishi va uni bos
hqarishda yangi
texnologiyalarni joriy etish mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Standartlashtirish orqali amalga oshiriladigan optimallashtirish va texnologik o‘zgarishlar
xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Shu tariqa, infratuzilma va standartlashtirishning o‘zaro bog‘liqligi va ularning iqtisodiy
o‘sishdagi roli iqtisodchi olimlar tomonidan keng o‘rganilgan. Ularning nazariyasi va amaliy
www.sci-p.uz
III SON. 2025
135
yondoshuvlarini hisobga olgan holda, O‘zbekistonning infratuzilma va standartlashtirish
siyosatini takomillashtirish iqtisodiy o‘sish uchun zarur shart
-sharoitlarni yaratadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va barqarorligini ta’minlashda infratuzilmaning o‘rni
beqiyosdir. Biroq, mamlakatda infratuzilma sohasida bir qator jiddiy muammolar mavjud
bo‘lib, ular iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va raqobatbardoshlikni kamaytir
adi. Eng asosiy
muammolardan biri
–
infratuzilmaning eskirganligi va texnologik jihatdan zaifligi. Ko‘plab
sektorlar, ayniqsa transport, energetika va aloqa sohalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy
etish sust amalga oshirilmoqda. Ushbu sohalarda eskirgan uskunalar va texnologiyalar, ishlab
chiqarish va xizmatlar samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi, bu esa umumiy iqtisodiy
rivojlanishning sustlashishiga olib keladi.
Ikkinchi muammo
–
infratuzilmaning sohalararo uyg‘un ishlamasligi. O‘zaro bog‘liq
infratuzilma tizimlarining samarali ishlashi o‘rtasida muvofiqlik yo‘qligi mamlakatning
raqobatbardoshligini sezilarli darajada pasaytiradi. Masalan, transport infratuzilmasi va
energetika tizimlarining o‘zaro bog‘lanishidagi zaifliklar savdoni, logistika va ishlab chiqarishni
to‘g‘ri tashkil etishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Infratuzilmaning bunday muvofiqlikdan mahrum
bo‘lishi iqtisodiyotning samarali ishlashini to‘xtatadi va ishlab chiqarishning to‘xtashiga sabab
bo‘ladi.
Shuningdek, infratuzilma sohasidagi investitsiyalarni jalb qilish va ularni samarali
boshqarish muammosi mavjud. O‘zbekistonning infratuzilma loyihalariga yetarli miqdorda
sarmoya jalb qilinmayapti. Xususan, davlat sektori va xususiy sektor o‘rtasida infra
tuzilma
sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishda o‘zaro ishonch va samarali boshqaruv
mexanizmlarining yo‘qligi, loyihalarning muddatidan kechikishi va ortiqcha byurokratiya
inflyatsiya va boshqa iqtisodiy omillarni yuzaga keltiradi.
Infratuzilmaning me’yorlari va standartlarining etarlicha joriy etilmasligi ham katta
muammo hisoblanadi. Standartlashtirish va me’yorlar ishlab chiqarish va xizmatlarning sifatini
yaxshilash, resurslarni samarali boshqarish va ekologik xavfsizlikni ta’min
lashda muhim rol
o‘ynaydi. Biroq, O‘zbekistonda infratuzilma sohasidagi ko‘plab standartlar eski yoki xalqaro
talablar bilan mos kelmaydi. Natijada, infratuzilma loyihalarining samaradorligi pasayadi va
davlat resurslari noto‘g‘ri sarflanadi.
Bundan tashqari, infratuzilmaning iqtisodiy o‘sishga bo‘lgan ta’siri ko‘pincha qisqa
muddatli va strategik rejalashtirishning etishmasligi sababli cheklangan. Yangi
texnologiyalarni joriy etishning sustligi va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishga
e’tiborsizlik muammolarni kuchaytiradi va barqaror iqtisodiy o‘sishning oldini oladi.
Shu bilan birga, infratuzilma loyihalarida boshqaruvning past sifati, loyiha
muddatlarining uzoqlashishi va byurokratik to‘siqlar ham iqtisodiy jarayonlarni
sekinlashtiradi. O‘zbekistonning infratuzilma sektori uchun zamonaviy boshqaruv tizimlarini
joriy etish zarurati, resurslarni samarali taqsimlash va xalqaro standartlarga moslashtirishni
talab etadi.
Shu sababli, infratuzilma sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish va iqtisodiy
o‘sishni qo‘llab
-quvvatlash uchun kompleks yondoshuvlar va strategik islohotlar zarur.
Infratuzilma va uning iqtisodiyotdagi o‘rni haqida dunyo iqtisodchilari va ekspertlari
tomonidan olib borilgan tahlillar va tadqiqotlar mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida
infratuzilmaning beqiyos ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonning infr
atuzilma
sektori bo‘yicha olib borilgan tahlillar, mavjud holat va kelajakdagi istiqbollarni chuqur
o‘rganish zaruriyatini ta’kidlaydi.
Birinchi navbatda, O‘zbekistonning infratuzilmasi asosan energiya, transport va aloqa
tizimlaridan iborat bo‘lib, bu sektorlarda zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv usullari joriy
etilishi lozim. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2020
-
yilda O‘zbekistonnin
g umumiy ichki
mahsuloti (IIM) 5,6% o‘sgan, ammo bu o‘sish ko‘rsatkichi infratuzilma sektori bilan to‘liq
bog‘liq emas. Masalan, transport infratuzilmasining rivojlanishi iqtisodiyotning barcha
jabhalariga ta’sir qilishi mumkin, ammo O‘zbekistonda bu sekto
r hali rivojlanish bosqichida.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
136
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021
-yilda transport sohasidagi
investitsiyalarning umumiy hajmi 2,3 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa mamlakatning
ehtiyojlariga nisbatan yetarli emas. Yangi transport tizimlarining joriy etilishi va mavjud
infrastruktura ob’ektlarining modernizatsiyasi iqtisodiyotning samarali ishlashini ta’minlaydi.
Xalqaro ekspertlar, xususan, Robert Solov va Paul Romer, iqtisodiy o‘sish uchun
infratuzilmaning muhimligini ta’kidlab, infratuzilma investitsiyalarining samarali bo‘lishi
uchun standartlashtirish va texnologik innovatsiyalarni tez joriy etish zarurligini aytgan.
Solovning iqtisodiy o‘sish nazariyasida infratuzilma samaradorligi texnologik taraqqiyot bilan
bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda shu sohalarda o‘zgarishlar amalga oshirilgan bo‘lsa
-
da, hali ham yangi texnologiyalarni qo‘llash va zamonavi
y standartlarni joriy etish borasida
muammolar mavjud.
Shuningdek, Dunyo bankining 2020-
yilgi tahliliga ko‘ra, infratuzilma sohasidagi xalqaro
standartlarga to‘liq javob beradigan tizimlarning joriy etilishi iqtisodiy samaradorlikni
oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy rivojlanish uchun infratuzilma loyihalarini
moliyalashtirish va investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya iqlimining yaxshilanishiga ta’sir
ko‘rsatadi. O‘zbekistonda infratuzilma sektori uchun xususiy sektor va davlat sektorining
hamkorligi juda muhimdir. Xususan, infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritish va yangi
texnologiyalarni joriy etish uchun sharoit yaratish lozim. O‘zbekiston hukumati va xalqaro
moliya tashkilotlari o‘rtasida mavjud hamkorlikni kengaytirish, investitsiya loyihalarini amalga
oshirishda shaffoflikni ta’minlash iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab
-quvvatlashga yordam beradi.
Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan mamlakatlar infratuzilma sektoriga kirgan
investitsiyalarning samaradorligini doimiy ravishda tahlil qilib, o‘z mamlakatlarida yuqori
sifatli infratuzilma tizimlarini yaratishga erishgan. Yevropadagi rivojlangan davlatlar
o‘zlarining
infratuzilma
siyosatlarida
standartlashtirish
va
texnologiyalarni
optimallashtirishga alohida e’tibor qaratishadi. O‘zbekistonning infratuzilmasi uchun bu
tajribalar juda muhimdir.
Tahliliy tahlillar, shuningdek, infratuzilmaning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun
xalqaro tajribaga asoslangan amaliy yondoshuvlar va sohalararo hamkorlikni kuchaytirish
zarurligini ko‘rsatadi. Yangi infratuzilma loyihalarining muvaffaqiyatli amalg
a oshirilishi va
ulardan samarali foydalanish O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.
Shu bois, infratuzilma va standartlashtirishni yaxshilashda ilg‘or xalqaro tajribalardan
foydalanish O‘zbekiston uchun muhim yo‘nalish bo‘ladi.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekistonning infratuzilma sektori va iqtisodiy rivojlanishidagi muammolarni hal etish
uchun chet el tajribalaridan foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhim
ahamiyatga ega. Dunyo miqyosida iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanish uchun
infratuzilma
muhim omil sifatida qaraladi. Yuqori darajadagi infratuzilma loyihalari nafaqat iqtisodiyotning
barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi, balki mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini ham
oshiradi. Shu bois, O‘zbekistonning infratuzilma sohasida
gi asosiy muammolarni bartaraf
etishda quyidagi chet el tajribalari va aniq takliflarni keltirish mumkin:
1. Xalqaro standartlarga moslashish va texnologik innovatsiyalarni joriy etish.
Germaniya
va Yaponiyaning infratuzilma rivojlanishiga oid tajribalari, ayniqsa, transport va energetika
tizimlarida yangi texnologiyalarni qo‘llashga asoslanadi. Ushbu mamlakatlarda zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish va infratuzilma loyihalarini stand
artlashtirish, shuningdek, ko‘p
yillik rejalashtirish, o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada oshirdi. O‘zbekistonga ham texnologik
yangiliklarni joriy qilish va xalqaro standartlarga mos infratuzilma tizimlarini yaratish zarur.
2. Investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish.
AQSh va
Yevropa Ittifoqi davlatlarida infratuzilma sohasidagi loyihalar uchun davlat va xususiy
sektorning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Investitsiya iqlimini yaxshilash va xususiy
sektorni infratuzilma loyihalariga jalb qilish uchun O‘zbekistonda
shaffof boshqaruv tizimini
www.sci-p.uz
III SON. 2025
137
yaratish zarur. Shu bilan birga, infratuzilma loyihalariga xususiy sektorning ishtirokini oshirish
uchun soliq imtiyozlari, subsidiya va boshqa moliyaviy rag‘batlar berish mumkin.
3. O‘zaro bog‘liq infratuzilma tizimlarining integratsiyasini kuchaytirish.
Infratuzilma
sektorlarining o‘zaro uyg‘un ishlashi muhimdir. Masalan, transport va energetika tizimlarining
samarali integratsiyasi ishlab chiqarish va savdo jarayonlarini soddalashtirishga yordam
beradi. Yaponiyaning yuqori samarali transport tizimi va en
ergetika infratuzilmasi o‘rtasidagi
integratsiya, resurslarni tejash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishda katta ahamiyatga ega.
4. Mahalliy ekspertiza va kadrlar tayyorlash.
Yaponiyaning texnologik infratuzilmasini
rivojlantirishdagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan malakali kadrlar tayyorlash va ularning
bilimlarini yangi texnologiyalar bilan boyitishga asoslanadi. O‘zbekistonda ham infratuzilma
sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun universitetlar va ilmiy-tadqiqot
institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim.
5. Barqaror infratuzilma rejalashtirish va ekologik xavfsizlik.
Yevropa davlatlarida
barqaror infratuzilma va ekologik xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratiladi. Infratuzilma
loyihalarining ekologik jihatlari o‘rganilib, yangi loyihalar ishlab chiqilishida ekologik
muvozanatni saqlashga qaratilgan chora-tadbirl
ar amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ham
infratuzilma loyihalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanish prinsiplari
asosida ish olib borish zarur.
Xulosa sifatida
, O‘zbekistonning infratuzilma sohasida rivojlanish va iqtisodiy o‘sishni
qo‘llab
-quvvatlash uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xalqaro standartlarga mos
infratuzilma tizimlarini yaratish, investitsiya jalb qilish va barqaror rivojlanish tamoyillariga
amal qilish zarur. Bularni amalga oshirish orqali mamlakatning infratuzilma sektori rivojlanib,
umumiy iqtisodiy o‘sish sur’atlari oshadi.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Abdurahmonov, Q.X. (2016) Makroiqtisodiyot.
–
Toshkent: Iqtisodiyot,
–
344 b.
Aschauer, D.A. (1989) Is public expenditure productive? // Journal of Monetary Economics.
–
Vol. 23, No. 2.
–
P. 177
–
200.
Calderón, C., Servén, L. (2004) The effects of infrastructure development on growth and
income distribution // World Bank Policy Research Working Paper No. 3400.
–
Washington D.C.:
World Bank,.
–
40 p.
Straub, S. (2008) Infrastructure and growth in developing countries: Recent advances and
research challenges // Policy Research Working Paper No. 4460.
–
Washington D.C.: World Bank,.
–
45 p.
Toshpulatov, A.A. (2018) Infratuzilmani rivojlantirishning iqtisodiy asoslari.
–
Toshkent:
Iqtisodiyot,
–
164 b.
Umurzakov J. (2023) Analysis of the performance of financial and economic activities of
national oil and gas enterprises (on the example of Uzbekneftegaz JSC). Scientific Journal of
“SOCAR Proceedings” No.4 013
-030, 2022 SCOPUS Cite Score: 2.3, ISSN:2218-6867.
United Nations. (2020). Sustainable Development Goals: Infrastructure and sustainable
cities. New York: United Nations Publications.
Xayitov, M. (2020) Innovatsion iqtisodiyot va infratuzilma rivoji.
–
Toshkent: TDIU,
–
128 b.
Умурзаков Ж.
(2025)
“Корхоналарни рақамлаштириш шароитида инвестиция
фаолияти методологиясини такомиллаштириш йўналишлари”, “Ilg’or iqtisodiyot va
pedagogik texnologiyalar” илмий электрон журнали, UOʻK: 330.322.01, II SON.,
