www.sci-p.uz
III SON. 2025
126
MUZEY VA MADANIY MEROS OBYEKTLARIDA KO‘RSATILADIGAN XIZMATLARNI
RIVOJLANTIRISH VA TURIZM INTEGRATSIYASINING USLUBIY ASOSLARI
Asadova Nigora
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
ORCID: 0009-0002-7690-5474
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqotda muzeylar va madaniy meros obyektlarida ko‘rsatiladigan
xizmatlarni rivojlantirish hamda ularni turizm sohasi bilan integratsiyalash uslubiy asoslari
o‘rganilgan. Asosiy e’tibor, madaniy ob
yektlarning turizmda samarali foydalanilishi, xizmatlar
sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlar joriy etish va xorijiy
tajribalarni o‘rganishga
qaratilgan. Tadqiqot natijasida turizm infratuzilmasi, marketing strategiyalari, raqamli
texnologiyalar va mahalliy hamjamiyat ishtirokining muhimligi aniqlangan. Xulosa va takliflarda
O‘zbekiston sharoitida muzey va madaniy meros
obyektlari faoliyatini turizm bilan
uyg‘unlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
turizm, madaniy meros obyektlari, muzeylar, xizmatlar, muzey turlari, turizm
integratsiyasi.
МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ УСЛУГ, ПРЕДОСТАВЛЯЕМЫХ В МУЗЕЯХ
И ОБЪЕКТАХ КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ, И ИНТЕГРАЦИЯ ТУРИЗМА
Асадова Нигора
Международный университет туризма
и культурного наследия «Шелковый путь»
Аннотация
.
В данном исследовании рассматриваются методологические основы
развития услуг, предоставляемых музеями и объектами культурного наследия, и их
интеграции с туристическим сектором. Основное внимание уделяется эффективному
использованию культурных объектов в туризме, повышению качества услуг, внедрению
инновационных подходов и изучению зарубежного опыта. Исследование выявило
важность туристической инфраструктуры, маркетинговых стратегий, цифровых
технологий и участия местного сообщества. В выводах и предложениях разработаны
рекомендации по совмещению деятельности музеев и объектов культурного наследия с
туризмом в условиях Узбекистана.
Ключевые слова:
туризм, объекты культурного наследия, музеи, услуги, типы
музеев, интеграция туризма.
UOʻK:
379.85
126-130
www.sci-p.uz
III SON. 2025
127
METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPMENT OF SERVICES PROVIDED IN
MUSEUMS AND CULTURAL HERITAGE SITES AND INTEGRATION OF TOURISM
Asadova Nigora
“
Silk Road
”
International University of
Tourism and Cultural Heritage
Abstract.
This study studies the methodological foundations of development of services
provided in museums and cultural heritage sites and their integration with the tourism sector. The
main focus is on the effective use of cultural sites in tourism, improving the quality of services,
introducing innovative approaches and studying foreign experiences. As a result of the study, the
importance of tourism infrastructure, marketing strategies, digital technologies and local
community participation was identified. The conclusions and proposals develop recommendations
for harmonizing the activities of museums and cultural heritage sites with tourism in the
conditions of Uzbekistan.
Keywords:
tourism, cultural heritage sites, museums, services, types of museums, tourism
integration.
Kirish.
O‘zbekiston boy tarixiy va madaniy merosga ega bo‘lib, bu resurslar turizm salohiyatini
oshirishda muhim omildir. Mamlakatimizda joylashgan ko‘plab muzeylar, tarixiy yodgorliklar,
ziyoratgohlar va arxitektura obidalari xalqaro miqyosda katta qiziqish uyg‘o
tmoqda. Shu bilan
birga, ushbu obyektlarda ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi va ularning turizm tizimiga
integratsiyasi hali to‘liq shakllanmagan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, u zamonaviy
xizmatlar modelini yaratish, turizmni diversifikatsiyalash va madaniy meros obyektlarining
iqtisodiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan. Ishning asosiy maqsadi –
muzey va madaniy meros
obyektlarida xizmat ko‘rsatish tizimini zamonaviy usullar asosida takomillashtirish va ularni
turizm bilan uyg‘unlashtirishning il
miy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishdir.
Adabiyotlar sharhi.
Muzeylar va madaniy meros obyektlarini turizm sohasi bilan uyg‘unlashtirish
O‘zbekistonning madaniy salohiyatini namoyon etish va iqtisodiyoti rivojiga xizmat qiladi
(Qaror, 2017)
. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ushbu obyektlarda zamonaviy xizmatlar joriy etilishi,
raqamli texnologiyalardan foydalanish, xalqaro tajribani o‘rganish va mahalliy hamjamiyatni
jalb etish orqali turizmni rivojlantirish mumkin. Shu bois, madaniy merosni asrab-avaylash
bilan birga undan samarali foydalanish strategiyasi dolzarb hisoblanadi. Muzeylar va madaniy
meros obyektlarini turizm rivojiga faol jalb qilishga doir davlat siyosati
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
tashabbusi bilan
2017-yil 7-fevralda qabul
qilingan “Harakatlar strategiyasi” (PQ–
4947-sonli Farmon)
(2017) asosida ilgari surilgan.
Ushbu hujjatda turizm sohasini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini saqlash va ulardan
samarali foydalanish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangandi.
Iqtisodiy adabiyotdlarda tarixiy-madaniy turizmga oid masalalar qator olimlar
tomonidan o‘rganilgan va turlicha ta’riflar berilgan. Gollandiyalik tadqiqotchi Richard Greg
(1996) tarixiy-
madaniy turizmni “kishilarning o‘z madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun yangi
ma’lumotlar va tajriba to‘plash maqsadida odatiy yashash joyidan uzoqda joylashgan madaniy,
diqqatga sazovor joylarga borishi” deya ta’riflaydi. Rossiyalik mutaxassis Ko
lotova (2016)
tarixiy-
madaniy turizmni “mamlakatning barcha imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan an’ana va urf
-
odatlari, uy xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘langan ijtimoiy
-madaniy muhit
salohiyati” deya ta’riflaydi. I.T. Frolova esa tarixiy madaniy turizmga global miqyosda xalqlarni
bir-biriga yaqinlashtiruvchi omil va
vosita sifatida qarab, rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va
bir-
birini to‘ldiruvchi uchta: 1) madaniyat va madaniy merosga oid bilimlarni boyitish, 2)
www.sci-p.uz
III SON. 2025
128
madaniyatni muhofaza qilish va qayta tiklash, 3) madaniyatlar muloqoti kabi yo‘nalishlardan
iborat deya hisoblaydi (
Дмитриевский
, 2000). Boshqacha aytganda, hozirgi vaqtda madaniy
turizmning asosiy gumanitar funksiyalari, sifatida quyidagilar qayd etiladi: - madaniy-
ma’rifiy
va ta’limiy;
- madaniy muhofaza va saqlash; -
aloqalar o‘rnatish va tinchlikparvarlik
(
Ro’ziyev
,
2023).
Mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari I.To‘xliyev, R.Amriddinova, Sh.Ro‘ziyev,
O.Xamidov, N. Ibadullayev F.Aziztoyeva, B. Mamatov va boshqalar boshqalarning ilmiy
asarlarida turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlariga doir ko‘plab
masalalar yoritilgan lekin, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishga oid ayrim masalalar
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr
-dekabr, 2021 yil
6/2021 (№ 00056) http://iqtisodiyot.tsue.uz 428 yetarlicha o‘rganilmaganligi bois ba’zi
muammolar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda
(
Ro’ziyev
, 2023). Xususan,
To‘xliyev
(2001)
: “Turizm (frans. tour –
sayr, sayohat) sayyohlik-sayohat (safar) qilish, faol dam
olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan
sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy amaliy yoki boshqa maqsadlarga borilgan joyda
(mamlakat
da) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan holda jo‘nab ketishi
tushuniladi” deb hisoblaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot ishi mobaynida qiyosiy taxlil va tizimli qiyoslash, ekspert baholash kabi
ko‘plab usullardan keng foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tarixiy va madaniy turizm - bu
faol turizmning eng keng tarqalgan turi. U ta’lim va axborot
maqsadlariga yo‘naltirilgan barcha turizm turlarini o‘z ichiga oladi. Bunday turizm dasturlari
insoniyatning turli xil tabiiy tarixiy va madaniy meroslariga qiziqishiga asoslangan. Bunda
turistik
mahsulot madaniy tajribalar shaklida taklif etiladi. Etnik va etnografik turizmni o‘ziga
xos tarixiy-
madaniy turizm deb hisoblash mumkin, bu o‘z maqsadlariga (saqlab qolish, zarar
yetkazmaslik) ko‘ra, ekologik turizmga yaqin turadi. Mamlakatlar va xalqlar
madaniyati turistik
qiziqishning asosiy elementlaridan biridir. Turistlarning turli shaharlarga, dunyoning chekka
burchaklariga va ularda istiqomat qiladigan xalqlarga bo‘lgan qiziqishi sayohat qilishning eng
kuchli rag‘batlantiruvchisidir. Shuning uchun
turizm boshqa madaniyatlar bilan, boshqa
xalqlarning tarixi va hayoti bilan, badiiy asarlar bilan tanishishning eng yaxshi usuli
hisoblanadi. Boshqa mamlakat tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish insonning
ma’naviy dunyosini boyitadi.
1-rasm. Muzey va madaniy meros obyektlari turizm sohasida
Manba:
muallif ishlanmasi.
Tarixiy
obidalarni
tomosha
qilish
Madaniy
tadbirlarda
qatnashish
orqali o‘z
sayohatlarini
boyitishadi
Muzeylarga
tashrif
buyurish
www.sci-p.uz
III SON. 2025
129
Muzey va madaniy meros obyektlari turizm sohasida sayyohlarning tarixiy obidalar,
muzeylar, qadimiy shaharlarga tashrifi orqali o‘zga xalqlar madaniyati, tarixi va san’atini
o‘rganishga qaratilgan turizm shaklidir.
Uning boshqa dam olish turlaridan farqli jihati
mavsumiy emasligi, ya’ni yilning istalgan faslida dolzarb bo‘lib, barqaror talabga ega.
Ushbu rasmda, muzey va madaniy meros obyektlarining tusrizm sohasidagi shakli keltirib
o‘tilga. Bundan tashqari, O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy va
madaniy merosi bilan nafaqat
Markaziy Osiyo, balki butun dunyo miqyosida turizm markazlaridan biri sifatida tan olingan.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi qadimiy shaharlardagi obidalar, muzeylar va
ziyoratgohlar jahon ahamiyatiga ega.
1-jadval
O‘zbekistondagi muzeylar soni va turlari
Muzey turi
Umumiy soni
(2024)
Qisqacha tavsif
Tarixiy muzeylar
42 ta
O‘zbekiston va dunyo tarixiga oid eksponatlar
San’at muzeylari
17 ta
Rassomchilik, haykaltaroshlik, amaliy san’at
namunalarini saqlaydi
Adabiyot va allomalar muzeylari
14 ta
Buyuk adib va olimlarga bag‘ishlangan
Arxitektura
va
arxeologik
muzeylar
10 ta
Qadimiy yodgorliklar, qazilmalar
Madaniyat tarixi muzeylari
12 ta
Turli davrlar madaniyatini yoritadi
Zamonaviy muzeylar
8 ta
Raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan
Shaxsiy muzeylar (xususiy)
30 dan ortiq
Xususiy kolleksiya va mulk asosida faoliyat
yuritadi
Ushbu 2-
rasmda jami muzeylar soni (2024): 130 dan ortiq, ulardan 30% dan ko‘prog‘i
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Farg‘ona hududlarida joylashgan. Tarixiy
-madaniy
turizm O‘zbekistonda yil davomida faol talabga ega bo‘lgan, barqaror va istiqbolli yo‘n
alishdir.
Muzeylar esa bu turizmning markaziy komponenti bo‘lib, ularning soni va sifati yil sayin
oshmoqda. YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan
ishlar milliy merosni asrash, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish va global turizm
xaritasida O‘zbekistonning o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekistonning boy tarixiy
-madaniy merosi, jumladan muzeylar, tarixiy obidalar va
ziyoratgohlar, mamlakat turizm salohiyatining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tarixiy-
madaniy turizm boshqa dam olish turlaridan farqli ravishda mavsumiy emasligi bilan ajralib
turadi va yil davomida barqaror talabga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, muzeylar va
madaniy meros obyektlarining soni yildan-yilga ortib bormoqda, lekin ularning xizmat
ko‘rsatish tizimi va turizm tizimiga integratsiyasi hali to‘liq shakllanmagan. YUNESKO va
boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar milliy merosni asrashda
muhim ahamiyatga ega b
o‘lib, muzeylarning ilmiy, ma’rifiy va iqtisodiy faoliyatini
kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi,
raqamli xizmatlar, interaktiv eksponatlar va mahalliy hamjamiyatni jalb qilish orqali muzeylar
turizmga yanada faol jalb qilinmoqda.
Yuqoridagi malumotlar asosida quyidagilarni taflif qilishimiz mumkun, xizmat sifatini
oshirish va raqamli transformatsiya, ya’ni muzeylarda zamonaviy IT echimlar (raqamli gidlar,
virtual ekskursiyalar, mobil ilovalar) joriy etilishi lozim. Bundan yashqari
turizm va ta’lim
integratsiyasi ya’ni muzeylar ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy
-
ma’rifiy dasturlarni
amalga oshirsin. Bugungi kunda topm usullardan biri xalqaro tajriba va brendlashuvni taklif
qilsak bo‘ladi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
130
Adabiyotlar /
Литература
/Reference:
Farmon
(2017)
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “
Harakatlar
strategiyasi” PQ–
4947-sonli Farmon 23.11.2017 yil// https://www.norma.uz
Qaror (2017) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro,
Samarqand, Xiva
va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora
-
tadbirlari to’g’risida”gi 939
-son
qarori. 23.11.2017 yil// https://www.norma.uz
Richards, G. (1996) Cultural Tourism in Europe. CABI, Wallingford. [1, с. 45]
Ro’ziyev Sh. (2023) “O‘zbekistonda tarixiy
-madaniy turizmni rivojlantirishning
tashkiliyiqtisodiy mexanizmini indikativ boshqarish metodikasi” J. Экономика и финансы.
https://cyberleninka.ru/.
Дмитриевский Ю.Д.
(2000)
Туристские районы мира. Смоленск,
-
224 с.
Колотова Е.В.
(2016)
Рекреационное ресурсоведение: Учеб. пособие.
-
М.: РМАТС. [1, с.
92-93]
Тухлиев Н., Таксанов А.
(2001)
Экономика большого туризма. Т.: «Узбекистон миллий
энциклопедияси»,
-208
с. Стр. 13
