ЭТАПЫ И НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ВНУТРЕННЕГО ТУРИЗМА В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация

В стране поэтапно реализуются комплексные меры по развитию туризма как одной из стратегических отраслей, которая обеспечит диверсификацию национальной экономики, быстрое развитие регионов, создание новых рабочих мест, рост доходов и уровня жизни населения, инвестиционную привлекательность страны.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
138-145
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Аюбжонов A. (2025). ЭТАПЫ И НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ВНУТРЕННЕГО ТУРИЗМА В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ. Передовая экономика и педагогические технологии, 2(3), 138–145. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/124011
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В стране поэтапно реализуются комплексные меры по развитию туризма как одной из стратегических отраслей, которая обеспечит диверсификацию национальной экономики, быстрое развитие регионов, создание новых рабочих мест, рост доходов и уровня жизни населения, инвестиционную привлекательность страны.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

138


YANGI

O‘ZBEKISTONDA

ICHKI TURIZMNING RIVOJLANISH

BOSQICH

LARI VA YO‘NALISHLARI

prof.

Ayubjonov Abbos

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0003-2154-8971

abbasayubjanov@gmail.com

Annotatsiya.

Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni

jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini

yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini

oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik
tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora

-tadbirlar bosqichma-bosqich

amalga oshirilmoqda.

Kalit so‘zlar:

iqtisodiyot, ichki turizm, smart turizm, logistika, turizm "monetizatsiyasi",

infratuzilma, sayyohlar, turizm maqsadlari, turizmni rivojlantirish.


ЭТАПЫ И НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ВНУТРЕННЕГО

ТУРИЗМА В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ

проф

.

Аюбжонов Аббос

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация

.

В стране поэтапно реализуются комплексные меры по развитию

туризма как одной из стратегических отраслей, которая обеспечит диверсификацию

национальной экономики, быстрое развитие регионов, создание новых рабочих мест,

рост доходов и уровня жизни населения, инвестиционную привлекательность страны.

Ключевые слова:

экономика, внутренний туризм, смарт туризм, логистика,

«монетизация» туризма, инфраструктура, туризма, цели туризма, развитие руризма.

STAGES AND DIRECTIONS OF DOMESTIC TOURISM DEVELOPMENT

IN NEW UZBEKISTAN

prof.

Ayubjonov Abbos

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The country is gradually implementing comprehensive measures to develop

tourism as one of the strategic sectors that will diversify the national economy, accelerate the

development of regions, create new jobs, increase the income and living standards of the

population, and increase the country's investment attractiveness.

Keywords:

economy, domestic tourism, smart tourism, logistics, tourism "monetization",

infrastructure, tourists, tourism goals, development.

UOʻK:

379.85

138-145


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

139

Kirish.

O'zbekiston o'zining boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va go'zal tabiati bilan, turizmni

rivojlantirishga katta e'tibor qaratadigan davlatlar qatoriga kiradi. “O'zbekiston –

2030»

Ctrategiyasida O'zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar

yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish vazifasi qo'yilgan.

Xorijiy turistlar tashrifi bo'yicha O'zbekiston pandemiyadan oldingi darajaning 98 foizini

tashkil etdi. Jumladan, 2019 yilda O'zbekistonga 6 mln. 748 ming nafar xorijiy turistlar tashrif

buyurgan bo'lsa, 2024 yilga kelib 7 mln. 926 ming nafarga yetdi. Bu esa mamlakatimizda turizm

sohasining tez sur'atlar bilan tiklanayotganini ko'rsatadi. O'zbekistonga xorijiy turistlarni
yanada ko'proq jalb qilish maqsadida viza rejimini soddalashtirish chora-tadbirlari, yangi

yo'nalishlarni ishlab chiqish, soha bilan bog'liq loyihalarga investitsiya kiritish, yirik tadbirlarni

o'tkazish kabi amaliy ishlar olib borilmoqda.

XXI asrga kelib turizm dunyoning barcha mamnlakatlarida keng taraqqiy etmoqda.

Bugungi kunda turizm sanoati dunyoda eng ilg`or va serdaromad sohalaridan biriga aylandi.

BMT ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda 200 millionga yaqin kishi ushbu sohada mehnat qiladi,

jahon iqtisodiyotida xalqaro turizmdan tushayotgan daromad 1 trillion AQSh dollaridan

ko`proqni tashkil qilmoqsa, dunyo bo`yicha sayyohlar soni yiliga 4-5 foiz ko`payib, har yili

boshqa davlatlarga sayohat qiluvchilar soni 1 millondan oshmoqda. Yangi O’zb

ekistonni

rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar negizida turizm sohasini

yanada rivojlantirish, uni milliy iqtisodiyot taraqqiyotining yuqori darajasiga aylantirish

siyosatini olib bormoqda. Sababi, O’zbekistonda ulkan turistik salohiyat mavjud bo’lib, hozirgi

kunda undan foydalanish samaradorligi hali juda past. Demak, asrlar davomida

avlodajdodlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga to’plangan va biz uchun o’tmishdan meros

bo’lib qolgan katta boylikdan o’rinli foydalanish,

uni mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab

chiqarishning yetakchi omiliga aylantirish asosida mavjud imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish

muammosi hal qilinadi.

Turizm o‘zida jahon iqtisodiyotining murakkab va majmuaviy

sohalarini mujassam

etganki, bu butun jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir

o‘tkazadi. Aloxida mamlakatlar xo‘jaligiga

ham, hududlarga ham u birday tegishlidir. Ayrim mamlakatlarda xalqaro turizm valyuta

tushumlarining yagona manbai hisoblanadi. Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori

darajasi va xalq turmush farovonligi qo‘llab

-quvvatlanib turiladi.

Keyingi yillarda iqtisodiyotnin tobora integratsiyalashtib borayotganligi, xalqaro

aloqalarning tizimli takomillashuvi natijasida turizm sohasining barqaror rivojlanib

borayotganlgini ko`rish mumkin. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida turizm
sohasining milliy iqtisodiyotdagi o`rni va nufuzi ham tobora ortib bormoqda. Chunki turizm eng

serdaromat sohalardan biri bo`lib hisoblanadi. Bugunda mamlakatimizda turizm salohiyatini

tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish hamda turizm
faoliyatini har tomonlama rivojlantirish bo`yicha ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev turizmni rivojlantirish bo`yicha: “Biz hozir

faqat turizmni rivojlantirish bilan shug`ullanadigan tuzilmaga doir masalalarni tasdiqladik. Bu

choralar turizmaning O`zbekiston iqtisodiyoti rivojiga qo`shadigan hissasini oshirish, tarixiy va

madaniy qadriyatimizni targ`ib qilish, shuningdek, valyuta zahiralarini to`ldirish bo`yicha aniq

chora tadbir

lar bilan kuchaytirilishi zarur” deb ta`kidladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi “

Ichki turizm xizmatlarini

diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” PQ

-232-son qarori hamda

2022 yil 15 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ

-2666-

son qarorida ham O‘zbekiston Respublikasi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib

quyidagilar belgilangan (Qaror, 2022):

mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik

sektori maqomini berishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishiga yo‘naltirilgan


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

140

turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini

ta’minlash;

turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga,

tarixiy-

madaniy merosni keng targ‘ib qilishga, O‘zbekiston Respublikasining turizm qiyofasini

saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm

bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan faol reklama

-axborot siyosatini amalga oshirish;

ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari

ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, turizm

turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvo

fiq bo‘lgan turizm

infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari

va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish (Qaror, 2022) kabi bir qator aniq

vazifalar belgilangan.


Adabiyotlar sharhi.

Kujel (2018)

o‘zining darsligida turizm sohasini mamlakat ijtimoiy–

iqtisodiy

rivojlantirishdagi rolini ochib bergan. Bunda mamlakatning eng tez rivojlanadigan sohasi

sifatida turizmga alohida e’tibor qaratish zarurligini keltirib o‘tadi. Rossiyalik olimlar
N.Morozova va M.Morozovning fikriga ko‘ra zamonaviy turizm industriyasi yangi kompyuter

texnologiyalarini jo

riy etilishi bilan ulkan o‘zgarishlarga ega bo‘ldi. Har qanday tashkilotni

turistik biznes bozorida zamonaviy axborotlar texnologiyasidan foydalanilmasdan

muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi amaliyotda mumkin emas.

Xaydarovning (2022)

fikriga ko‘ra, mamlakatda ta’lim sohasiga xorijlik talabalarni qabul

qilishni keskin ko‘paytirish kerak. Ular kamida 4 yil o‘qish davrida turistlar kabi hayot

kechiradi. Ularni o‘qish davrida ota

-

onalari va yaqin do‘stlari ko‘rib ketish uchun kelib

-ketish

imkoniyati juda katta.

Ko‘rib o‘tilgan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, turizm sohasini rivojlantirish

mamlakatning barcha sektorilarining rivojlanishiga bevosita ta’siri yuqori ekanligi asoslab

berilgan. Hozirgi kunda mamlakatimiz turizm salohiyatini rivojlangan davlatlar

foyda

lanayotgan tajribalar asosida mavjud bo‘lgan turistik salohiyatdan foydalanish orqali

dunyoga namoyon qilish zarur hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Jahon tovarlar va xizmatlar eksportida hozirgi paytda turizm ulushiga butun jahon

eksportining 8%ga yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 11%,

jahon kapital quyilmalarining 9%, jahon iste’mol xarajatlarining 11%, butun dunyo soliq

tushumlarining 5% to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, turizm aholining bandligiga anchagina ta’sir

o‘tkazmoqda. Mutaxassislar bahosicha, hozirgi zamon turizmi va uning bilan bog‘liq sohalarida

jahondagi har sakkizinchi xodim band. Turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining uch yetakchi

eksport sohalari qatoriga kiradi. U faqatgina neft qazib olish va qayta ishlash hamda
avtomobilsozlik sanoatlaridangina keyin turadi.

Turizm

jahonning

ko‘pchilik

davlatlarida

yagona

tizim

sifatida

rivojlanmoqda va mamlakatlar budjetiga salmoqli daromad keltiradi.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Turizm sohasida birinchi mutaxassislardan biri angliyalik Tomas Kuk bo‘lib hisoblanadi.

U baptistlar pasteri (ruhoniysi) bo‘lib, 1843 yilda birinchi marta 570 kishidan iborat etiqod

qiluvchilarni to‘plab Angliyaning Lestera va Lafebaro shaharlari o‘rtasida

turistik guruhni

poezda sayohatga olib chiqadi va ommaviy turizmning tashkil etilishiga asos soladi

(Mamatqulov va bosh. (2007).

1901 yilda tuzilgan Rossiya tyristlar jamiyati mamlakatda turizmni

keng ko‘lamda

rivojlantirish u

chun katta rol o‘ynaydi. T

uristlar jamiyati

a’zolari t

urli xil eksku

rsiyalarni ya’ni


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

141

yayov, (piyoda), vilosipedda, chang‘ida,

otda baydarka va paruslarda tashkil qilganlar. Jamiyat

a’zosi A.Pankratov

vilosipedda birinchi bor yer sharini 15 yilda aylanib chiqadi.

Birinchi jahon

urushidan keyin, ya’ni 1920 yillardan boshlab xalqaro t

urizm yangi

rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Urysh davrida ko‘pgina turistlar Italiya va Shveysariya

mamlakatlariga borgan bo‘lsalar, urushdan so‘ngi yillarda esa ylarning safari bytun Yevropa

mamlakatlarini qamrab oldilar.

II jahon uryshi tugagandan keyin Yevropaning ayrim davlatlarida, AQSh va Kanadada

xalqaro turizm endi rivojlana boshladi. 1951 yilga kelib butyn dunyo bo‘yicha qayd etilgan

turistlarning umymiy soni urushgacha bo‘lgan darajaga yetdi va 25 mln. dan ortiq ki

shini

tashkil qildi.

Xalqaro miqyosda ayriboshlash keng ko‘lamda rivojlana boshladi. T

urizm yakka

tartibdan, uyushgan ommaviy holatga aylana boshladi. 1947 yil Parijda xalqaro tyristik

tashkilotlarning rasmiy Ittifoqi (MSOTO) tasdiqlandi. Uning haqiqiy a’zolari bo‘lib davlat va

nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga 116 davlat kirgan.

1-jadval

Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning (erkaklar)

davlatlar bo‘yicha taqsimlanishi

1

Hududlar

2020

2021

2022

2023

2023-yil 2020 yilga

nisbatan o'zgarishi

( + ; - )

( % )

1

Ozarbayjon

0,6

0,01

5,6

9,2

8,6

1533,3

2

Afg'oniston

0,2

0,4

0,3

0,4

0,2

200,0

3

Germaniya

1

1,2

4,2

3,3

2,3

330,0

4

Qirg'iziston

511,8

691,7

1303,5

1031,3

519,5

201,5

5

Xitoy

0,7

0,05

0,3

7,7

7

1100,0

6

Isroil

0,2

0,2

0,9

1,2

1

600,0

7

Hindiston

2,4

2,5

5,6

5,1

2,7

212,5

8

Italiya

0,1

0,03

0,4

0,9

0,8

900,0

9

Qozog'iston

277,7

137,2

517,6

404,7

127

145,7

10 Janubiy Koreya

6,8

4,2

13,4

9,8

3

144,1

11 Belarusiya

2,5

4,8

3,5

1,5

-1

60,0

12 Latviya

0,8

1,5

3,1

2

1,2

250,0

13 Malayziya

0,8

0

1,6

3

2,2

375,0

14 BAA

15,7

42,8

67

65,3

49,6

415,9

15 Rossiya

31,6

94,6

140,5

119,9

88,3

379,4

16 Saudiya Arabistoni

12,2

0,03

31,8

53

40,8

434,4

17 Buyuk Britaniya

0,4

0,8

2,8

2,5

2,1

625,0

18 AQSH

1,6

3,3

8,1

6,3

4,7

393,8

19 Tojikiston

165,3

96,5

409,2

569,6

404,3

344,6

20 Tailand

3

0,1

1,6

6

3

200,0

21 Turkmaniston

15,4

1,8

2,4

3,9

-11,5

25,3

22 Turkiya

28,8

77,8

142,9

85,2

56,4

295,8

23 Fransiya

0,2

0

0,9

0,7

0,5

350,0

24 Yaponiya

0,1

0,3

0,2

0,7

0,6

700,0

25 Boshqa mamlakatlar

5,3

25,6

40,2

50,8

45,5

958,5


1-

jadval ma’lumotlari asosida ta’kidlash mumkinki, Rossiya —

2020 yildan 2023 yilgacha

O‘zbekiston fuqarolarining eng ko‘p ketgan davlati bo‘lib qolmoqda. 2020 yilda 31,6 ming, 2023

yilda esa 119,9 ming erkak chet elga ketgan. 2023 yildagi o‘zgarish 88,3 m

ing kishini tashkil

1

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.

https://stat.uz

.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

142

qiladi, bu 379,4% o‘sish deganidir. Bu, Rossiyaning iqtisodiy holati, ishchi kuchiga talab va
O‘zbekiston fuqarolarining til va madaniyatga moslashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Qozog‘iston —

2020 yilga nisbatan 2023 yilda ko‘chib ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni

127 ming kishiga kamaygan. Biroq, 2023 yilda 404,7 ming fuqarosi ko‘chib ketgan bo‘lsa ham,

umumiy o‘zgarish 145,7%ni tashkil etadi. Bu Qozog‘istonning iqtisodiy o‘zgar

ishlari va ishchi

kuchiga bo‘lgan talabning barqarorligiga bog‘liq.

BAA (Birlashgan Arab Amirliklari)

2020 yilda 15,7 ming odam ketgan, 2023 yilda esa

65,3 ming odam ketgan. Bu 415,9% o‘sishni tashkil qiladi. BAA iqtisodiyoti va o‘ziga xos ish

imkoniyatlari ko‘plab O‘zbekiston fuqarolarini jalb

qilgan.

Turkiya

O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyaga migratsiyasi ham sezilarli darajada

o‘sdi. 2020 yilda 28,8 ming odam ketgan bo‘lsa, 2023 yilda 85,2 ming odam ketgan. O‘sish

295,8%ni tashkil etdi. Turkiya o‘zining iqtisodiy imkoniyatlari, ta'lim va turizm so

hasidagi

imkoniyatlar bilan O‘zbekiston fuqarolarini jalb etmoqda.

Afg‘oniston —

Afg‘onistonga ketgan fuqarolar soni kichik, ammo barqaror. 2020 yildan

2023 yilga qadar o‘zgarish faqat 0,2 mingni tashkil etadi (200% o‘sish). Bu davlatdagi siyosiy

va iqtisodiy holatning cheklovchi ta’siri mumkin.

Turkmaniston

2020 yilda 15,4 ming odam ketgan, 2023 yilda esa 3,9 ming odam

ketgan. O‘zgarish

-11,5 mingni tashkil etadi (-25,3%). Turkmanistonga ketgan fuqarolar

sonining keskin kamayishi, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy holatlar bilan bog‘

liq

bo‘lishi mumkin.

Belarusiya

2020 yil va 2023 yil o‘rtasidagi o‘zgarishlar kam, 1,5 mingga kamaygan (

-

60,0%). Belarusga ko‘chishning kamayishi, siyosiy holat va mehnat imkoniyatlarining
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ozarbayjon

O‘zbekiston fuqarolarining Ozarbayjonga migratsiyasi 2020 yildan 2023

yilga qadar 1533,3%ga o‘sdi. Bu juda katta o‘sish. Bu, ehtimol, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy

aloqalar va ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kuchayishiga bog‘liq.

Janubiy Koreya

Koreyaga ketgan fuqarolar soni ham katta o‘sishga erishdi. 2020 yilda

6,8 ming odam ketgan, 2023 yilda esa 9,8 ming odam ketgan. O‘sish 144,1%ni tashkil etdi.

Koreyada ishchi kuchiga bo‘lgan talab va ish imkoniyatlari bu o‘sishni izohlaydi

.

Hindiston

Hindistonga migratsiya ham o‘sdi, ammo boshqa davlatlar bilan

solishtirganda unchalik katta emas (212,5% o‘sish). Hindistonning o‘ziga xos iqtisodiy holati va

imkoniyatlaridan foydalanayotgan o‘zbekistonliklar ko‘plab sohalarda ishlamoqdalar.

Yaponiya

Yaponiya O‘zbekiston fuqarolari uchun istiqbolli bozor hisoblanadi. 2020

yilda 0,1 ming odam ketgan, 2023 yilda esa 0,7 ming odam ketgan. O‘sish 700%ni tashkil etadi.
Yaponiyaning texnologik sohalari va malakali ishchi kuchiga talab bunday o‘sis

hning

sabablaridan biri bo‘lishi mumkin.

Ishchi kuchining taqsimlanishi: Ko‘plab o‘zbekistonlik erkaklar o‘zlarining malakalarini

qaysi davlatlarda ishlatishayotganini tahlil qilish zarur. Masalan, Rossiya, Qozog‘iston, BAA, va

Turkiya kabi davlatlar ko‘plab ishchilarni jalb qilmoqda, chunki bu m

amlakatlarda qurilish,

sanoat, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda ishchi kuchiga talab yuqori.

Pul o‘tkazmalari (remittanslar): Bu migratsiya jarayoni, ayniqsa, Rossiya, Qozog‘iston,

BAA va Turkiya kabi davlatlarda yashovchi O‘zbekiston fuqarolaridan o‘tkaziladigan pul

o‘tkazmalari iqtisodiy jihatdan juda muhimdir. Remittanslar O‘zbekiston iqtisodiy

otiga katta

ta'sir ko‘rsatadi va aholining turmush sharoitini yaxshilashga yordam beradi.

Siyosiy va iqtisodiy omillar: Bunday migratsiyaning o‘sishi mamlakatlararo siyosiy va

iqtisodiy holatlar bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbekiston fuqarolarining migratsiyasi,

ko‘pincha, o‘zaro iqtisodiy hamkorlik, ishchi kuchiga talab va siyosiy barqarorlikk

a asoslanadi.

O‘zbekiston fuqarolarining chet elga migratsiyasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga va xalqaro

munosabatlarga katta ta'sir ko‘rsatadi. Boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar o‘sib

borishi bilan birga, migratsiya davomida yuzaga keladigan muammolarni (ishchi kuchi


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

143

malakasi, ijtimoiy ta'sirlar) hisobga olish va migratsiya siyosatini yanada samarali boshqarish
zarur.

1-rasm.

O‘zbekiston Respublikasi

turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan

fuqorolar soni

2

1-rasm

ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 2018

-

2019 yillar o‘rtasida O‘zbekiston

fuqarolarining xorijga turistik safarlari sezilarli darajada o‘sdi: 31,981 mingdan 35,984
minggacha (o‘sish 4,003 ming, ya'ni 12,5%). Bu o‘sish, ehtimol, O‘zbekistonning turizm

sohasi

ga bo‘lgan qiziqishning ortganini va xalqaro turizmni rivojlantirishga qaratilgan

choralarning samarali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlarga

sayohat qilishning oddiy fuqarolar uchun yanada arzonlashganini va qulaylashganini ham
inobatga olish kerak.

2020

yilda turistlar soni keskin pasaygan (35,984 mingdan 6,399 minggacha). Bu

82,2% pasayishni tashkil qiladi. Bu yildagi pasayishning asosiy sababi COVID-19

pandemiyasining ta'siri bo‘ldi. Dunyo bo‘ylab sayohatlar to‘xtadi, chet elga chiqish va kirish
cheklovlari kuchaytirildi. Shuningdek, turizm sohasining to‘liq to‘xtab qolishi va aviatsiya

cheklovlari ham katta rol o‘ynadi.

2021

yildan boshlab turistlar soni tiklanishi boshlandi. 2020 yilning pasayishidan

so‘ng, 2021 yilda safar qilgan fuqarolar soni 16,179 mingga yetdi, bu 2020 yilga nisbatan

151,6% o‘sishni tashkil etdi.

2021 yilga kelib, pandemiya ta'siri biroz kamaydi, lekin hali ham

chet elga sayohat qilishda cheklovlar mavjud edi. 2022 yilda turistlar soni yana ortdi va 19,752

mingga yetdi (2021 yilga nisbatan 22,3% o‘sish). Bu davrda turizm sohasida tiklanish davom

etganini va odamlar sayohat qilishga yana qiziqish bildirish

ayotganini ko‘rsatadi. 2023 yilda

turistlar soni 156,636 mingga yetgan, bu juda katta o‘sish. 2022 yilga nisbatan o‘sish 698,9% ni

tashkil etdi.

Bu yilgi o‘sishning asosiy sabablaridan biri, ehtimol, pandemiyaning yakunlanishi va

xalqaro sayohatlar uchun to‘liq erkinlikning qayta tiklanishi bo‘ldi. Chet elga chiqish

cheklovlarining bekor qilinishi, aviatsiya reyslarining tiklanishi va yangi turistik

imkoniyatlarning paydo bo‘lishi O‘zbekiston fuqarolarini yanada ko‘proq xorijga sayohat

qilishga undadi.

Sayohatlar tiklanishi: 2020 yilda pandemiya ta'sirida turizm deyarli to‘xtaganidan keyin,

2021 yilda va undan keyingi yillarda sayohat qilish sezilarli darajada tiklandi. 2023 yilda esa
turistlar soni rekord darajaga yetdi, bu turizm sohasining yangi bosqi

chga o‘tganini ko‘rsatadi.

Turizm sohasining rivojlanishi: 2023 yilgi katta o‘sish, O‘zbekistonning turizm infratuzilmasini

2

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy Statistika

qo‘mitasi

ma’lumotlari asosida tuzilgan. https://stat.uz.

2 0 1 8

2 0 1 9

2 0 2 0

2 0 2 1

2 0 2 2

2 0 2 3

31981

35984

6399

16179

19752

156636


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

144

yaxshilash, xalqaro sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ularning xavfsizligini

ta'minlashga qaratilgan choralar samarasidir. Bundan tashqari, O‘zbekistonning xorijiy

mamlakatlar bilan turistik aloqalarini mustahkamlash uchun amalga oshirilgan ishlar ham

ijobiy natijalar berdi. Xalqaro turizmni rivojlantirish: 2023 yilda turistik maqsadlarda safar

qilgan fuqarolar sonining keskin o‘sishi, O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi o‘rni
yanada kuchayganini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatnin

g turizm salohiyatining

rivojlanayotganini anglatadi.

O‘zbekiston fuqarolarining xorijga turistik safarlari pandemiya ta'sirida keskin

pasayganidan keyin, 2023 yilga kelib, yuqori o‘sishni ko‘rsatdi. Bunda, davlatning turizm
sohasidagi siyosatlari, xalqaro turizmga qaytish, va xalqaro aviatsiya bilan bog‘liq

cheklovlarning bekor qilinishi o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Bu davrda turizm sanoatining tiklanishi va

rivojlanishi O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

2-rasm. 2022-yilda faoliyat olib borayotgan turistik firma va tashkilotlar soni, dona


2-rasm

ma’lumotlari asosida ta’kidlash mumkinki, 202

3 yilda 593 ta turistik firma va

tashkilotlar faoliyat olib bomoqda va Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p turistik firmalarga ega

hudud 181 ta toshkilot bilan Toshkent shahri yetakchi bo‘lib, oxirgi o‘rinlarda Namangan va

Sirdaryo viloyati egallamoqda.


Xulosa va takliflar.

Turizmning global rivojlanishi dunyo mamlakatlarini yaqinlashtirib, ularning o‘zaro

munosabatlarini faollashtirishda eng ishonchli va eng mustahkam tizimdir. Turizm rivojlanishi

hamma sohalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakat iqtisodiyotining yuqori tarzda o‘sishiga olib
keladi. Shuningdek, sohaga kiritilayotgan sarmoya qisqa fursatda o‘zini oqlashi, turistik

kompaniyalar imkoniyatlari kengayishi hamda yuqori foyda olish mumkinligi sohaga jalb

qilinayotgan investitsiyalar hajmini ortishiga xizmat qilmoqda. Shu sababli, jahon bozorida

rivojlanib kelayotgan ko‘pgina mamlakatlar va tadbirkorlar turizm sohasini rivojlantirishga
katta e’tibor bermoqdalar. Turizmda hozirgi kunda eng katta e’tibor ziyorat turizmiga

bo‘lmoqda. Saudiya A

rabistoni, Tyrkiya, Misp, Malayziya kabi musulmon mamlakatlarida halol

turizmni ommalashtirish uchyn keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, AQSh,

Germaniya, Angliya, Fransiya, Ispaniya va boshqa aholisining kup qismi musulmon bo‘lgan

qator davlatlarida ham halol turizm standartlariga mos turlar jadal rivojlanib bormoqda.

UNWTO

3

ning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda dunyo bo‘ylab 900 milliondan ortiq

sayyoh sayohat qilgan, bu 2021 yildagidan ikki baravar ko‘p, lekin hali ham pandemiyadan

oldingi darajaning 63 foizini tashkil qiladi. Har bir global mintaqa xalqaro sayyohlar sonining

sezilarli o‘sishini qayd etdi. Yaqin Sharqda eng kuchli nisbiy o‘sish kuzatildi, chunki hozirda

pandemiyadan oldingi davrga qaraganda, kelganlarning soni 83 foiziga oshdi. Yevropa 2022-

yilda 585 million kelganni kutib olgani sababli, pandemiyadan oldingi darajaning deyarli 80

foiziga yetdi. Afrika va Amerika pandemiyadan oldingi tashrif buyuruvchilarning taxminan 65

3

UNWTO- jahon turistik tashkiloti

502

517

337

288

348

593

2018

2019

2020

2021

2022

2023


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

145

foizini tikladi, Osiyo va Tinch okeani esa kuchliroq pandemiya tufayli atigi 23 foizga yetdi.

Bunga sabab, pandemiya davridagi cheklovlar bo‘lib oxirgi oylarda cheklovlarni

yengillashtirilmoqda.

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Current

Issues

Of

Tourism

Development

In

Uzbekistan

https://core.ac.uk/download/336866720.pdf (Morozova N., Morozov M., Informatsionnoe

obespechenie turizma. Uchebnik. Moskva, KnoRus, 2016, 7 c).

Kujelya Yu.L. (2018) Current Issues Of Tourism Development In Uzbekistan

https://core.ac.uk/download/336866720.pdf (Kujelya Yu. L. Turizm i gostepriimstvo. Uchebnik:-

M. : Izdatelstvo Yurayt, - 439 s.).

Mamatqulov X.M., Bektemirov A.B. va bosh. (2007) http://arm.sies.uz/wp-

content/uploads/2020/10/12-y-Xalqaro-turizm.-Darslik-X.M.Mamatqulov-A.B.Bektemirov-va-
bosh.-S-2007-.pd.

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini

tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ

-2666-son qarori. https://lex.uz/.

UNWTO- jahon turistik tashkiloti.
Xaydarov N. (2022) Turizmni rivojlantirishda xorijiy davlatlar tajribasi. Ochiq iqtisodiyot:

sog‘lom raqobat, biznes muhiti investitsion muhit jozibadorligi / Xalqaro amaliy anjuman / TDIU

.




Библиографические ссылки

Current Issues Of Tourism Development In Uzbekistan https://core.ac.uk/download/336866720.pdf (Morozova N., Morozov M., Informatsionnoe obespechenie turizma. Uchebnik. Moskva, KnoRus, 2016, 7 c).

Kujelya Yu.L. (2018) Current Issues Of Tourism Development In Uzbekistan https://core.ac.uk/download/336866720.pdf (Kujelya Yu. L. Turizm i gostepriimstvo. Uchebnik:- M. : Izdatelstvo Yurayt, - 439 s.).

Mamatqulov X.M., Bektemirov A.B. va bosh. (2007) http://arm.sies.uz/wp-content/uploads/2020/10/12-y-Xalqaro-turizm.-Darslik-X.M.Mamatqulov-A.B.Bektemirov-va-bosh.-S-2007-.pd.

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2666-son qarori. https://lex.uz/.

UNWTO- jahon turistik tashkiloti.

Xaydarov N. (2022) Turizmni rivojlantirishda xorijiy davlatlar tajribasi. Ochiq iqtisodiyot: sog‘lom raqobat, biznes muhiti investitsion muhit jozibadorligi / Xalqaro amaliy anjuman / TDIU.