Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.123521

Ключевые слова:

инновационная деятельность коммерческие банки цифровая трансформация финансовые услуги банковские технологии цифровая экономика банковская реформа обслуживание клиентов

Аннотация

В данной статье проведен комплексный анализ состояния инновационной деятельности коммерческих банков Республики Узбекистан, освещены проблемы и возможности в процессе внедрения современных банковских услуг. Внедрение цифровых технологий, применение инновационных подходов к продуктам и услугам оценивались на основе зарубежного опыта. Также были разработаны предложения и рекомендации, направленные на повышение конкурентоспособности коммерческих банков, улучшение качества предоставляемых клиентам услуг и трансформацию всей банковской системы. Статья служит научно-практической основой, направленной на углубление инновационной деятельности в банковском секторе.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

279


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI

TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Minarova Murshida

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0006-3224-145X

m.murshida@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining innovatsion

faoliyati holati kompleks tahlil qilinib, zamonaviy bank xizmatlarini joriy etish jarayonidagi

muammolar va imkoniyatlar yoritilgan. Raqamli texnologiyalarni joriy etish, mahsulot va

xizmatlarda innovatsion yondashuvlar qo‘llanilishi, xorijiy tajribalar asosida baholandi.

Shuningdek, tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan

xizmatlar sifatini yaxshilash va butun bank tizimini transformatsiya qilishga qaratilgan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqola bank sektorida innovatsion faoliyatni chuqurlashtirishga

qaratilgan ilmiy-

amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

innovatsion faoliyat, tijorat banklari, raqamli transformatsiya, bank

texnologiyalari, moliyaviy xizmatlar, bank islohoti, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, raqamli

iqtisodiyot.

ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В

КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Минaрoвa Муршидa

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В данной статье проведен комплексный анализ состояния

инновационной деятельности коммерческих банков Республики Узбекистан, освещены

проблемы и возможности в процессе внедрения современных банковских услуг. Внедрение
цифровых технологий, применение инновационных подходов к продуктам и услугам

оценивались на основе зарубежного опыта. Также были разработаны предложения и

рекомендации, направленные на повышение конкурентоспособности коммерческих

банков, улучшение качества предоставляемых клиентам услуг и трансформацию всей
банковской системы. Статья служит научно

-

практической основой, направленной на

углубление инновационной деятельности в банковском секторе.

Ключевые слова:

инновационная деятельность, коммерческие банки, цифровая

трансформация, банковские технологии, финансовые услуги, банковская реформа,
обслуживание клиентов, цифровая экономика.

UOʻK:

336.713

279-287


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

280

WAYS TO IMPROVE INNOVATIVE ACTIVITY IN COMMERCIAL BANKS OF THE REPUBLIC

OF UZBEKISTAN

Minarova Murshida

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article comprehensively analyzes the state of innovative activity of

commercial banks of the Republic of Uzbekistan and highlights the problems and opportunities in

the process of introducing modern banking services. The implementation of digital technologies,
the use of innovative approaches in products and services were assessed based on foreign

experience. Also, proposals and recommendations were developed aimed at increasing the

competitiveness of commercial banks, improving the quality of services provided to clients, and

transforming the entire banking system. The article serves as a scientific and practical basis for
deepening innovative activity in the banking sector.

Keywords:

innovative activity, commercial banks, digital transformation, banking

technologies, financial services, banking reform, customer service, digital economy.

Kirish.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash

jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy holatini yaxshilash bugungi kunda dolzarb

ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bank sektorida kuchayib borayotgan raqobat sharoitida,

yangi xizmatlar va texnologiyalarni tizimli ravishda joriy qilish orqali biznes modellarini
muvafaqqiyatli amalga oshirish hamda bozorning barcha segmentlarini samarali zabt etish

tijorat banklari uchun muvafaqqiyat garovi hisoblanadi. Aynan shu sababli, resurs salohiyatini

boshqarishni optimallashtirish, mijozlarning xohish-istaklarini qondirish, shuningdek,

bozorning yangi talablariga munosib javob berish uchun innovatsion xizmatlarini rivojlantirish
va texnik takomillashtirishga qaratilgan tegishli innovatsion strategiyani ishlab chiqish va

amalga oshirish banklar samarali faoliyatining zarur shartlaridan biridir.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston bank tizimi rivojlanishining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki,

oldinga qo‘yilgan asosiy vazifani amalga oshirishga, ya’ni iqtisodiyotning yanada jadal
rivojlanishi uchun poydevor yaratishga katta hissa qo‘shgan holda, har bir

bosqichda

mamlakatdagi bozor islohotlarining faol ishtirokchisi bo‘ldi. Respublikada bank tizimini

takomillashtirish O‘zbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichidagi muhim vazifalardan

biri hisoblanib kelmoqda.

Bozor islohotlarini amalga oshirishdagi har bir bosqichning barcha asosiy iqtisodiy

muammolari ko‘p jihatdan mazkur vazifaning hal etilishiga bog‘liq. O‘zbekiston bank tizimidagi

islohotlar hozirgi zamon bank faoliyati sohasidagi chuqur va muhim o‘zgarishl

ar zamirida

amalga oshirilmoqda. Bunda banklar faoliyatini boshqarishni qayta tashkil qilishga nisbatan

ehtiyoj paydo bo‘ladi. Tez o‘zgarib turuvchi hozirgi zamonda bank boshqaruvining butun tizimi

ham tez rivojlanmoqda. Bu, birinchi navbatda, bozor islohotlarini amalga oshirayotgan

mamlakatlarda inobatga olinishi zarur.

Moliya sohasidagi innovatsion

jarayonlarning dinamikasi so‘nggi yillarda sezilarli

darajada oshib, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni tizimli ravishda joriy etish biznes
modellarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va moliya bozorining segmentlarini samarali

egallab olinmoqda. Xususan

, bunda tijorat banklari yetakchi o‘rinlarni egallab, birinchi

navbatda resurs salohiyatini boshqarishni optimallashtirish, mijozlarning mavjud ehtiyojlarini

yanada to‘laqonli qondirish, shuningdek, bank xizmatlarini takomillashtirib kelmoqdalar.

Tijorat b

anklari globallashuv sharoitida iqtisodiy o‘zgarishlarga muvofiq ravishda mijozlarning

yangi innovatsion xizmatlarga bo‘lgan talablarini qondirishga harakat qilib kelmoqdalar.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari asosida

bank tizimini isloh qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator chora

-


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

281

tadbirlar amalga oshirilmoqda. Raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonida tijorat banklari oldida

turgan asosiy vazifa

bu mijozlarga tezkor, xavfsiz va interaktiv xizmatlar ko‘rsatish imkonini

beruvchi zamonaviy infratuzilmani shakllantirishdir.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining innovatsion faoliyati

holati tahlil qilinadi, mavjud muammolar va to‘siqlar aniqlanadi hamda ularni bartaraf etish
yo‘llari bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi –

tijorat banklari

faoliyatida innovatsion yondashuvlarni chuqurlashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish

va bank xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqishdir.

Adabiyotlar sharhi.

Vaxrushev (2013) zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda innovatsion bank mahsuloti

ko‘pincha yangi takomillashgan bank xizmati yoki operatsiya ko‘rinishida amaliyotga joriy

qilingan bankning innovatsion faoliyati natijasi sifatida qaraladi deb hisoblaydi.

Proxorov (2014) bank innovatsiyasi o‘z yondashuvi bilan, odatda, taqdim etilayotgan

mahsulotlar, xizmatlar, operatsiyalar, biznes jarayonlarini takomillashtirish yoki yaratishdan

iborat bo‘lgan bank faoliyatini modernizatsiya qilish va mijozlar ehtiyojini

yaxshiroq

qondirishga qaratilgan jarayondir deb keltirgan.

Zakshevskiy (2021) umuman olganda, ilmiy adabiyotlarda bank innovatsiyalari keng

ma’noda –

aloqa va internet texnologiyalari asosida bank operatsiyalarini amalga oshirishning

tor tushunchasidan tortib, bank faoliyatining barcha jabhalaridagi innovatsiyalar

gacha ko‘rib

chiqishni taklif etadi. Ya’ni, bank innovatsiyasi, odatda mahsulot, xizmat yoki texnologiya

sifatida talqin qilinadi, uning kiritilishi esa bank faoliyatidagi yangi sifat o‘zgarishlariga olib

keladi.

Shu nuqtai nazardan, bank tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak,

bizning fikrimizcha, innovatsiyani ilgari taklif qilinganidan ko‘ra jozibador iste’mol

xususiyatlariga ega bo‘lgan, bankning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat q

iladigan bank

mahsuloti yoki xizmatlarini yaratish deb ta’riflashimiz mumkin.

Gubernatorovning (2015) “Tarmoqni innovatsion rivojlantirishni boshqarish

metodologiyasi va tashkil etilishi” nomli ilmiy tadqiqot ishida “Innovatsiya –

bu yangi g‘oya,

maxsulot, xizmat, shuningdek, texnologik tuzilmani tubdan o‘zgarishiga olib keluvchi

ya

ngiliklarni ishlab chiqarish tizimiga joriy etish ko‘rinishidagi intellektual mehnat natijasi”

deb hisoblagan.

Mamlakatimiz olimlaridan Tangishov (2015) tadbirkorlar tijorat banklari tomonidan

tezkor, sifatli, arzon va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirilishni xohlashlarini inobatga olib tijorat

banklari faoliyatida bank mahsulotlari va sifatini oshirishda innovatsion yondashuv asosida

tashkil etishni e’tirof etgan.

Xakimov (2021) FinTech loyihalari bevosita bankning o‘zida shakllantirilishi va amalga

oshirilishi lozim. Chunki boshqa tashkilotlarda ishlab chiqilgan innovatsion maxsulotlarni sotib

olish va amaliy faoliyatga joriy etish mohiyatan modernizatsiyalash tarzida talqin etiladi. Bank

innovatsiyalarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyati bankning xususiy innovatsion infratuzilmasini

shakllantirish bilan bir qatorda, innovatsion ekotizimni yuzaga keltirishga xizmat qilishi lozim

deb hisoblaydi.

Abdullayevaning (2017) fikriga ko‘ra, telekommunikatsiya texnologiyalarining

rivojlanishi, internet tarmog‘ining kengayishi, qulay interfeysga ega raqamli bankingni joriy

etish, elektron bank xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanish banklar o‘rtasida mijozlar

ni jalb

qilish, ularga elektron bank xizmatlarini

ko‘rsatish sohasida raqobatning shakllanishiga asos

bo‘lmoqda deb ta’kidlab o‘tgan.

Akbarov (2025) tijorat banklari iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi, ular nafaqat xususiy va

korporativ mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, balki kichik va o‘rta biznesning rivojiga

yordam berish, kreditlar va depozitlar bilan ishlash, shuningdek, to‘l

ov tizimlarini amalga


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

282

oshirishga ham hissa qo‘shadilar. Bankning samaradorligini baholash —

bu moliyaviy va

nomoliyaviy parametrlarni o‘z ichiga olgan kompleks jarayon hisoblanadi deb keltirgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqotda ilmiy yondashuv sifatida tizimli tahlil, solishtirma va diagnostik

usullar qo‘llanildi. Avvalo, innovatsion faoliyatning nazariy asoslari o‘rganilib, tijorat

banklarida innovatsiyalarni joriy etishning asosiy yo‘nalishlari aniqlab berildi. Shuningdek,

ilg‘or xorijiy tajribalarning o‘rganilishi orqali milliy bank tizimini rivojlantirishda foydalanish

mumkin bo‘lgan samarali yondashuvlar aniqlab chiqildi. Muammolar va mavjud to‘siqlar aniq
diagnostika asosida baholanib, ularni bartaraf etish yo‘llariga doir takliflar ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

O‘zbekiston bank tizimini yanada isloh qilishning umumiy yo‘nalishida ushbu masalaning

muhimligini hisobga olgan holda, respublikada banklar faoliyatini boshqarishning rolini

kuchaytirish bo‘yicha faol ishlar qilinmoqda. Xalqaro tajribani inobatga olgan holda, O‘zR

Markaziy banki Bazel qo‘mitasining yangi qoidalariga rioya qiladi va o‘z yo‘riqnomalarining

talablarini ularga mumkin qadar yaqinlashtirmoqda. Yangi qoidalarning amalga kiritilishida

reytingga ega bo‘lgan yoki uni olishni xohlovchi O‘zbekiston ba

nklari (TIF Milliy banki

jahonning mingta eng ishonchli va yirik banklari safidan joy oldi) ushbu qoidalarga mos kelishi

kerak. Bu yana shu narsa bilan bog‘liqki, xorijiy kontragentlar, sarmoyadorlar va mijozlar Bazel

qo‘mitasining talablariga mos keluvchi

ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqadilar (Tashmatov, 2021).

Tahlilchilar u yoki bu bank yangi qoidalarni joriy etish ishlarini qanday amalga

oshirayotganligini diqqat bilan kuzatishadi. Yangi kelishuv banklardan xatarni hisobga olgan

holda foydalilikni hisob-

kitob qilishga nisbatan qo‘yiladigan talablarga katta e’t

ibor qaratishni

talab qiladi. Bu bank mahsulotlari sifatining oshishiga va samarali narxlarning shakllanishiga

olib kelishi lozim. O‘z navbatida, uchinchi komponent doirasida bozor intizomi sohasidagi
talablar moliyaviy va operatsion xatarlar haqidagi axborotning shaffofligini ta’minla

ydi. Bank

mijozlari xatarlarni nazorat qilish tizimi haqida va bankning ishonchlilik darajasi haqida to‘liq

axborot olishi mumkin.

Xorij mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda, respublikada bank tizimini yanada

rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni xal etish lozim:

-

kuchli axborot tizimini barpo etish va uning ma’lumotlar bazasiga banklarning

kreditorlari va debitorlari hamda ularning aksiyadorlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish;

-

hukumat kafolati ostida qo‘shma banklar tashkil etishni kengaytirish, ushbu banklar

resurslarining kamida yarmini investitsiyalar sifatida O‘zbekiston Respublikasining

iqtisodiyotiga yo‘naltirish;

- bank tizimining aktivlarini birlashtirishga, tijorat banklarini kapitallashuviga, ular

sarmoyasini oshirishga ko‘maklashish;

-

birlashish, qo‘shilish, shuningdek, mulkdorlarni almashtirish tadbirlaridan foydalangan

holda moliya-sanoat guruhlarining tashkil etilishini faollashtirish;

- mintaqaviy tijorat banklariga moliyaviy-

xo‘jalik faoliyatining qayishqoq me’yorlarini

belgilash. Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarning amalga oshirilishi bank tizimi faoliyatini

iqtisodiyotda va jamiyatda rivojlanayotgan bozor munosabatlariga muvofiqlashtirish imkonini
beradi.

Yangidan-yangi bank xizmatlari va texnologiyalarni joriy etishga asoslangan bank

tizimining innovatsion rivojlanishining birinchi vektori bu

bugungi kunda asosiy rivojlanish

tendensiyasi bo‘lgan moliyaviy globallashuv jarayonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘l

ib, u yoki bu

darajada barcha iqtisodiyot sub’ektlarining hatti

-

harakatlariga va dunyoda sodir bo‘layotgan

barcha voqea-

hodisalarga bevosita bog‘liq sanaladi. Moliya bozori globallashuvining immanent

xususiyatlaridan biri bu

bank faoliyatini tartibga solishning yanada liberallashuvidir.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

283

Natijada, bank moliya faoliyatining turlari

tijorat, vositachilik, investitsiya, sug‘urta

tashkilotlari o‘rtasidagi institutsional farqlar kamayishiga olib kelib, bunda banklar bir

vaqtning o‘zida moliya bozorining ko‘plab segmentlarida raqobatlashishlar

iga olib kelmoqda.

Bundan tashqari, yirik banklar mijozlarni moliyaviy, investitsion va tovar bozorlari bilan

bog‘laydigan kuchli axborot tuzilmalarini tashkil etishi natijasida hamda keng ko‘lamli

konsalting xizmatlarini taqdim etishi moliya bozoridagi ixtisoslashgan konsalting

kompaniyalarini bozordan siqib chiqarmoqda (Khodjimamedov, 2022).

Bank innovatsiyalarini takomillashtirishning ikkinchi muhim vektori

iste’molchiga bank

xizmatlarini ko‘rsatishning eng yangi usullari va marketing strategiyalari bilan bog‘liq bo‘lib,
bunda globallashuv va axborot texnologiyalari, yuqorida e’tirof etgani

mizdek, tijorat banklarini

nobank moliya institutlari bilan raqobatlashishga majbur qiladi. Shu nuqtai nazardan, onlayn

texnologiyalardan faol foydalanish bozor munosabatlarining shaffofligini ta’minlash uchun

qulay shart-sharoitlarni yaratib, mijozlarga k

o‘p kuch va vaqt sarflamasdan, eng maqbul bank

xizmatlari takliflarini tanlash imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida, narxlarni belgilash

imkoniyatlarini sezilarli darajada qisqartiradi

O‘zbekiston bank tizimi keyingi yillarda jadal sur’atlarda raqamlashtirilishini hisobga

olsak, bu jarayon asosan mobil va internet-banking xizmatlarini kengaytirish, moliyaviy
texnologiyalarni joriy qilish, mijozlar ehtiyojiga mos yangi xizmat turlarini yo

‘lga qo‘yish orqali

namoyon bo‘lmoqda. Ayni paytda yurtimizdagi yetakchi tijorat banklari –

“Ipoteka bank”,

“Agrobank”, “Hamkorbank”, “Kapitalbank”, “TBC Bank” va boshqalar raqamli texnologiyalar

asosida ishlovchi mobil ilovalar, onlayn kreditlash va konta

ktsiz to‘lov tizimlarini faol joriy

qilmoqda.

1-rasm. Banklar tomonidan joriy etilgan ayrim innovatsion yechimlar

Manba:

muallif tomonidan ilmiy izlanishlari natijasida shakllantirildi


Markaziy bank va boshqa tartibga soluvchi organlar tomonidan 2020-2025-yillarga

mo‘ljallangan moliyaviy sektorda raqamli rivojlanish strategiyasi asosida barcha tijorat

banklarida axborot texnologiyalariga oid investitsiyalar hajmi oshirilmoqda. Bu esa

innovatsion faoliyatni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, mijozlar sonining ko‘payishi, ularning turli darajadagi raqamli

savodxonligi, shuningdek, texnologik yangiliklarning infratuzilmaga moslashuv darajasi

innovatsiyalarni joriy etishda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Statistika ma’lumotlariga ko‘

ra,

so‘nggi uch yil ichida mobil bank ilovalari foydalanuvchilari soni 3 baravarga oshgan.
Shuningdek, onlayn to‘lovlar ulushi umumiy bank operatsiyalari ichida 60 foizdan oshgan.

Raqamli ilovalar orqali

real vaqt rejimida

hisob raqamlarini

boshqarish

QR kod asosida to‘lov tizimlari

Elektron identifikatsiya (ID) va e-imzo orqali

xizmatlardan foydalanish

Sun’iy intellekt asosida

ishlovchi chatbotlar

yordamida mijozlarga xizmat

ko‘rsatish

Avtomatlashtirilgan kredit

tahlili va skoring tizimlari

Onlayn ipoteka va

mikrokreditlash xizmatlari


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

284

Yuqoridagilar O‘zbekiston tijorat banklari innovatsion faoliyatining rivojlanayotganini

ko‘rsatsa

-

da, hali ham to‘liq raqamli transformatsiyaga erishilganicha yo‘q. Buning uchun

tizimli yondashuv, ilg‘or texnologiyalarni faol joriy etish va kadrlar salohiy

atini oshirish muhim

hisoblanadi.

O‘zbekiston tijorat banklarining innovatsion faoliyatiga oid tahlillar shuni ko‘rsatadiki,

so‘nggi besh yillikda texnologik yangilanishlar sezilarli darajada faollashgan. Biroq bu

jarayonlar banklar kesimida bir xilda emas. Yirik banklar moliyaviy va texnologik resurslar

jihatidan ustunlikka ega bo‘lgani sababli, raqamli transformatsiyada yetakchilik qilmoqda.

Kichik va o‘rta banklar esa texnologik modernizatsiya jarayonida ayrim to‘siqlarga duch

kelmoqda.

Tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagi asosiy xulosalarni keltirish mumkin:

Bank xizmatlarining raqamlashtirilganligi darajasi oshmoqda, lekin u barcha banklarda

bir xil emas.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati innovatsion texnologiyalar orqali sezilarli

yaxshilangan, ammo qishloq hududlaridagi raqamli infratuzilma sust rivojlangan.

Banklar raqamli mahsulotlar yaratishda ko‘proq xorijiy texnologik hamkorlarga

tayangan

, bu esa milliy IT salohiyatini rivojlantirish zaruratini tug‘diradi.

Xodimlar malakasini oshirish va ichki tizimlarni avtomatlashtirish borasida hali

to‘laqonli tizim shakllanmagan.

Statistik ma’lumotlar asosida aniqlanishicha, 2024

-yil oxiriga kelib, banklar tomonidan

berilgan onlayn kreditlar umumiy kredit portfelining 28 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich

2020-yilda atigi 7 foizni tashkil etgan edi. Bundan tashqari, fintech xizmatlari orqali amalga
oshirilgan tranzaksiyalar soni 3 yil ichida 4,5 baravarga ortgan. Ushbu raqamlar bank tizimidagi

innovatsion faoliyat salohiyatining yuqoriligini, biroq uni to‘laqonli amalga oshirish uchun

muvofiqlashtirilgan strategik yondashuv zarurligini anglatadi.

Shuning uchun ham raqamli texnologiyalarning tijorat banklarida samaradorlikni

oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Janubiy Koreya va Yaponiya kabi davlatlarda raqamli

texnologiyalar banklarning samaradorlik va xavflarni baholash usullarini yangilab kelmoqda.

Ho

zirgi kunda sun’iy intellekt va katta ma’lumotlarni tahlil qilish (Big Data) banklar uchun qarz

xavflarini aniq prognoz qilishga yordam beradi. Raqamli texnologiyalar, shu jumladan, sun’iy
intellekt va katta ma’lumotlar tahlili, banklarning samaradorlik va

barqarorligini oshirishga

yordam beradi.

O‘zbekistonning bank tizimi globallashuv va raqamlashtirish shart

-sharoitlarida

rivojlanishda davom etmoqda. Bu jarayonda xorijiy tajribalardan foydalanish
mamlakatimizning bank tizimini mustahkamlash uchun muhimdir. AQSh, Buyuk Britaniya va

Yevropa tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston banklari quyidagi usullarni

o‘z faoliyatiga

joriy etishi mumkin:

Muntazam stress-testlash va xavflarni baholash

iqtisodiy va siyosiy noma’lumliklarni

hisobga olish, bu moliyaviy barqarorlikni oshirishga yordam beradi.

Nomoliyaviy omillarni inobatga olish

ijtimoiy, ekologik va texnologik omillarni ham

baholash, bu banklarning xalqaro bozordagi muhitini yaxshilashga yordam beradi.

1-jadval

Tijorat banklarining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari (2024

-yil 1-iyul holatiga)

Ko‘rsatkichlar

Jami (mlrd so‘m)

Ulushi (%)

Aktivlar

690 424

100%

Kreditlar

493 952

100%

Kapital

104 158

100%

Depozitlar

265 472

100%

Manba:

Abduvaliev (2024)


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

285

Raqamlilashtirish orqali samaradorlikni baholash

katta ma’lumotlarni tahlil qilish va

sun’iy intellektni qo‘llash orqali baholash, bu tezkor va

aniq qarorlar qabul qilish imkoniyatini

yaratadi.

2024-yil 1-

iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarining umumiy aktivlari 690,4

trillion so‘mni tashkil etmoqda. Bu moliyaviy sektor hajmining yildan

-yilga ortib borayotganini

ko‘rsatadi. Ushbu aktivlarning qariyb 72% i kreditlarga yo‘naltirilgan (493,9 trln so‘m), bu esa

banklar asosiy faoliyati kreditlash ekani va iqtisodiyotni moliyalashtirishdagi rolini tasdiqlaydi.

Depozitlar umumiy aktivlarning 38,4 foizini tashkil etmoqda. Bu holat banklar hali ham asosiy

moliyalashtirish manbai sifatida depozit bazasiga suyanayotganini anglatadi.

Banklar kapitalining umumiy hajmi 104,1 trillion so‘mni tashkil qilmoqda, bu esa banklar

tomonidan ko‘proq kredit va sarmoyaviy faoliyat yuritish imkoniyatini bildiradi. Kapitalning

yarmidan ko‘prog‘i (63%) yana davlat banklariga to‘g‘ri keladi, bu ularnin

g moliyaviy

barqarorligini va keng ko‘lamli loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rsatadi.

2-jadval

Banklar kesimida innovatsion faoliyat

ko‘rsatkichlari

Bank nomi

Aktivlar (mlrd

so‘m)

Kreditlar (mlrd

so‘m)

Kapital (mlrd

so‘m)

Depozitlar (mlrd

so‘m)

O‘zmilliybank

130 093

101 652

18 554

38 057

O‘zsanoatqurilishbank

80 108

60 330

9 492

15 906

Agrobank

73 938

59 308

11 966

17 008

Asaka bank

53 299

37 181

6 738

12 852

Xalq banki

41 411

27 251

6 030

20 490

Ipoteka-bank

48 959

35 653

7 771

20 455

Kapital bank

42 799

29 317

4 945

33 639

Hamkorbank

23 588

17 995

4 409

9 728

Manba:

INVEXI (2024)

2024-

yil yakunlariga ko‘ra, tijorat banklari o‘rtasida innovatsion faoliyat darajasida

sezilarli tafovutlar mavjudligi kuzatilmoqda. Ayniqsa, yirik va xorijiy sarmoyadorlar

ishtirokidagi banklar innovatsion texnologiyalarni joriy etish va raqamli xizmatlar ko‘lamini

kengaytirishda yetakchilik qilmoqda.

Masalan, Kapitalbank

eng yuqori innovatsion ko‘rsatkichlarga ega bank sifatida ajralib

turadi. U 7 ta raqamli xizmat turini joriy qilgan bo‘lib, mobil ilova foydalanuvchilari soni 2,8

million nafarni tashkil etmoqda. Bu bank tomonidan raqamli transformatsiyaga katta

investitsiyalar kiritilganini va foydalanuvchilar ehtiyojiga mos xizmatlar ishlab chiqilganini

anglatadi. Shu bilan birga, u tomonidan amalga oshirilgan QR to‘lovlar soni 45 milliontani
tashkil qilib, bozorda yetakchilik qilayotganini ko‘rsatmoq

da.

Hamkorbank

ham innovatsion faoliyatda faol bo‘lib, 6 ta raqamli xizmat joriy etilgan.

Uning mobil ilova foydalanuvchilari 2,1 millionga yetgan bo‘lib, bu bankning mintaqaviy

tarmoqlarda ham raqamli xizmatlarni samarali joriy qilayotganini ko‘rsatadi. QR to‘lovlar so

ni

29 milliontani tashkil etgan bo‘lsa

-

da, bu ko‘rsatkich “Kapitalbank”ga nisbatan ancha past.

TBC Bank

Gruziya sarmoyasi ishtirokidagi bank sifatida raqamli xizmatlar bo‘yicha juda

yuqori darajaga ega. U 100% raqamli bank bo‘lib, filiallarsiz ishlaydi. 6 turdagi raqamli xizmat

mavjud va mobil ilova foydalanuvchilari soni 2,4 millionga yetgan. Bu bank raqamli bank

modeli bo‘yicha O‘zbekistonda innovatsion yechimlar laboratoriyasiga aylangan.

Ipoteka Bank

esa davlat ishtirokidagi banklar orasida ilg‘orlar safida. U 5 ta innovatsion

xizmatni joriy etgan, foydalanuvchilari 1,7 millionni tashkil qiladi. QR to‘lovlar soni 18 millionga

teng bo‘lib, bu bankning konservativroq yondashuvi va bosqichma

-bosqich raqamlashtirish

siyosatidan darak beradi.

Agrobank va Asaka banklarda innovatsion faoliyat nisbatan sustroq kechmoqda. Har biri

atigi 3

4 turdagi raqamli xizmatlarni taklif qilmoqda. Mobil ilova foydalanuvchilari soni mos


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

286

ravishda 1,1 mln va 0,9 mln atrofida bo‘lib, bu banklarda texnologik transformatsiya
imkoniyatlari cheklanganligini ko‘rsatadi. QR to‘lovlar soni esa 10 milliondan kam, bu

ko‘rsatkichlar banklar ichki infratuzilmasining cheklanganligi va xizmatlar ommabopl

igining

pastligini anglatadi.

3-jadval

Raqamli bank xizmatlaridan foydalanuvchilarning yillik o‘sishi

Ko‘rsatkichlar

2020

2021

2022

2023

2024

Mobil bank ilovalari foydalanuvchilari (mln)

4,1

5,7

8,9

11,3

13,8

Internet-banking foydalanuvchilari (mln)

1,9

2,6

4,4

6,1

8,2

Raqamli to‘lovlar hajmi (trln so‘m)

29,6

41,5

65,3

92,8

121,4

QR to‘lov terminallari soni (ming dona)

12

28

61

95

134

Manba:

Muallifning ilmiy izlanishlari natijasida shakllantirildi

2020-2024-55

yillar davomida O‘zbekiston Respublikasidagi tijorat banklarida raqamli

xizmatlarga talab keskin ortgan bo‘lib, bu holat mobil ilovalar, internet

-

banking va QR to‘lov

tizimlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar soni va hajmida yaqqol ko‘zga tashlanmoq

da.

Jumladan, mobil bank ilovalari foydalanuvchilari soni 2020-yildagi 4,1 million nafardan 2024-

yil yakuniga kelib 13,8 million nafarga yetgan. Bu esa to‘rt yil ichida foydalanuvchilar sonining

qariyb 3,4 baravar ortganini ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash tarz

da, internet-bankingdan

foydalanuvchilar soni ham 1,9 milliondan 8,2 milliongacha o‘sib, 4,3 baravar oshgan.

Bu dinamik o‘sishlar O‘zbekistonda bank xizmatlarini raqamlashtirish jarayoni

jadallashganini va aholi tomonidan ushbu xizmatlarga ishonch ortayotganini ko‘rsatadi. Aholi

orasida qulay, tezkor va xavfsiz to‘lov vositalariga talab yuqoriligi tufayli raqamli

xizmatlar

banklar uchun muhim strategik yo‘nalishga aylanmoqda.

Raqamli to‘lovlar hajmi esa 2020

-

yildagi 29,6 trln so‘mdan 2024

-yilda 121,4 trln

so‘mgacha ko‘tarilgan. Bu esa 4 yilda to‘lov hajmining 4 baravardan ziyod o‘sishini anglatadi.

Ushbu o‘sish banklar tomonidan joriy etilgan innovatsion texnologiyalar samarado

rligini va

mijozlar orasida ularga bo‘lgan talabning yuqoriligini tasdiqlaydi. Bu jarayon nafaqat banklar

uchun operatsion xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi, balki butun moliyaviy tizimda

likvidlik va nazorat darajasini oshiradi.

Shuningdek, QR to‘lov tizimlari infrastrukturasi ham sezilarli darajada kengaygan. Agar

2020-yilda bor-

yo‘g‘i 12 mingta QR terminal mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2024

-yilga kelib ularning

soni 134 mingtagacha yetgan. Bu esa 11 baravarlik o‘sishni bildiradi. QR to‘lov texnologiyalari

qulayligi, soddaligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi, ayniqsa kichik biznes va chakana savdo

tarmoqlarida keng qo‘llanmoqda. Ushbu tizimlarning kengaytirilishi naqd pul aylanmasini
kamaytirish, “soya iqtisodiyoti”ni qisqartirish va tranzaksiyalarni hujjatlashtirish darajasini

oshirishga xizmat qilmoqda.

Xulosa va takliflar.

Xulosa sifatida shuni aytish lozimki banklar o‘rtasida innovatsion rivojlanish darajasining

nomutanosibligi mavjud. Tahlillar ko‘rsatmoqda

-ki, tijorat banklarining innovatsion faoliyat

darajasi ularning moliyaviy va texnologik imkoniyatlariga bevosita bog‘

liq. Yirik, xususiy yoki

xorijiy kapital ishtirokidagi banklar (masalan, Kapitalbank, TBC Bank) raqamli xizmatlar va

texnologiyalarni joriy etishda yetakchilik qilmoqda. Kichik yoki davlat ishtirokidagi banklar esa
bu borada sust harakat qilmoqda. Innovatsion infratuzilmani teng rivojlantirish maqsadida

kichik va o‘rta banklar uchun maxsus davlat

-grantlari, texnologik modernizatsiya fondlari va

xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokidagi qo‘llab

-

quvvatlash dasturlari yo‘lga qo‘yilishi lozim.

Ko‘pchilik banklarda texnologik yechimlar joriy etilsa

-da, xodimlarning raqamli

kompetensiyasi va yangiliklarni amaliyotda samarali qo‘llash salohiyati yetarli darajada emas.

Bu esa yangi tizimlar to‘liq ishlamay qolishiga yoki foydalanuvchi ehtiyojini qon

dira olmasligiga


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

287

olib kelmoqda. Har bir bankda doimiy asosda innovatsion malaka oshirish markazlari tashkil

etilishi, xorijiy tajribalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan stajirovkalar tashkil qilinishi lozim.

Bundan tashqari, banklar o‘z IT va innovatsiya bo‘limlarini mustaqil

strategik blok sifatida

shakllantirishlari kerak.

Aksariyat raqamli bank xizmatlari umumiy interfeysga ega bo‘lib, individual mijoz xatti

-

harakatlarini tahlil qilish orqali moslashtirilgan xizmatlar yetarli emas. Bu esa xizmat sifati va

mijoz sodiqligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Banklar sun’iy intellekt,

Big Data va mijozlar

segmentatsiyasi asosida personalizatsiyalangan xizmatlar tizimini yo‘lga qo‘yishlari zarur.

Masalan, avtomatik kredit rejalari, individual sodiqlik dasturlari va moslashtirilgan reklama
takliflari orqali mijozga yaqinlashish mumkin.

Tijorat banklari innovatsiyani asosan texnik vositalar (mobil ilova, QR, onlayn to‘lovlar)

joriy etish sifatida tushunmoqda. Biroq haqiqiy innovatsiya

bu xizmat va mahsulotlar

yondashuvining tubdan yangilanishidir. Banklar servis dizayni, mijozlar tajribasi kabi

metodologiyalar asosida innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqishlari zarur. Shuningdek, fintech

startaplar bilan hamkorlik asosida ham yangi moliyaviy xizmatlar yaratish mumkin.

Adabiyotlar/

Литература/ Reference

s:

Abdullayeva Sh.Z. (2017). Bank ishi. Darslik. T: Iqtisod-moliya. 535-

540 b.Sanicola L. “What is

FinTech?”. Huffington Post. Retrieved 20 August.

Akbarov A. (2025). Tijorat banklarida samaradorlik ko‘rsatkichlarini

baholash: xorijiy tajriba

va O‘zbekistonda qo‘llash. Innovatsionnы

e issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika, 4(2),

105

107. https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/64267

INVEXI (2024).

O’zbekiston tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida 2024

-

yil 1-

iyul holatiga ma’lumot

- INVEXI: Investitsiya Konsalting Boshqaruv Kompaniyasi. [online]

INVEXI: Investitsiya Konsalting Boshqaruv Kompaniyasi - Konsalting xizmatlari: Investitsiyalarni jalb

qilish, Strategiya ishlab chiqish, Savdoni moliyalashtirish, O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar

manfaatlarini ifodalash, FinTech, Biznes rejalashtirish, Texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish,

Marketing xizmatlari. Available at: https://invexi.org/uz/press/the-main-indicators-of-commercial-

banks-of-uzbekistan-as-of-july-1-2024/

Khodjimamedov A. (2022). Bank tizimini innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlari //Economics

and Innovative Technologies.

Т

. 10.

№. 4. –

С

. 1-9.

Shuxrat Abduvaliev (2024). Tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida 2024

-

yil 1-

iyul holatiga (banklar kesimida) ma’lumot. [online] O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.

Tangishov M. (2015) Innovatsion bank mahsulotlari: banklar uchun eng dolzarb masala.

//Biznes-ekspert, No6 (90).

Tashmatov Sh.H. (2021). Innovatsion rivojlanish sharoitida bank tizimi faoliyatini rivojlantirish

//Qishloq xo'jaligini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, raqobatdosh sanoat
zanjirlarini yaratish va investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari.

С. 45.

Вахрушев Д.С., Кальсина Е.А. (2013). Влияние глобализационных процессов на

инновационность банковской деятельности и факторы инновационных изменений в
банковской системе России. Интернет

-

журнал “Науковедени

e

”. Вып. 6, ноябрь –декабрь

URL:https://naukovedenie.ru/.

Губернаторов А.М. (2015). Методология и организация управления инновационным

развитием отрасли. Диссертация на соискание ученой степени доктора экономических наук.

Москва г.

Закшевский В.Г., Пашута А.О. (2021). Теоретические аспекты развития инновационных

банковских продуктов на современном этапе. ВестникВоронежского государственного

аграрногоуниверситета. No 3. С. 214–

220.

Прохоров К.Н. (2014). Инновации в банковской сфере. Проблемы учета и финансов. No 4.

С. 55–

58.

Хакимов

A

. (2021). Рақамли иқтисодиёт шароитида тижорат банкларининг

инновацион фаолияти. Экономика и инновационные технологии, (5), 305–

311.

https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/12165

Библиографические ссылки

Abdullayeva Sh.Z. (2017). Bank ishi. Darslik. T: Iqtisod-moliya. 535-540 b.Sanicola L. “What is FinTech?”. Huffington Post. Retrieved 20 August.

Akbarov A. (2025). Tijorat banklarida samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash: xorijiy tajriba va O‘zbekistonda qo‘llash. Innovatsionnыe issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika, 4(2), 105–107. https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/64267

INVEXI (2024). O’zbekiston tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida 2024-yil 1-iyul holatiga ma’lumot - INVEXI: Investitsiya Konsalting Boshqaruv Kompaniyasi. [online] INVEXI: Investitsiya Konsalting Boshqaruv Kompaniyasi - Konsalting xizmatlari: Investitsiyalarni jalb qilish, Strategiya ishlab chiqish, Savdoni moliyalashtirish, O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar manfaatlarini ifodalash, FinTech, Biznes rejalashtirish, Texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, Marketing xizmatlari. Available at: https://invexi.org/uz/press/the-main-indicators-of-commercial-banks-of-uzbekistan-as-of-july-1-2024/

Khodjimamedov A. (2022). Bank tizimini innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlari //Economics and Innovative Technologies. – Т. 10. – №. 4. – С. 1-9.

Shuxrat Abduvaliev (2024). Tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida 2024-yil 1-iyul holatiga (banklar kesimida) ma’lumot. [online] O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.

Tangishov M. (2015) Innovatsion bank mahsulotlari: banklar uchun eng dolzarb masala. //Biznes-ekspert, No6 (90).

Tashmatov Sh.H. (2021). Innovatsion rivojlanish sharoitida bank tizimi faoliyatini rivojlantirish //Qishloq xo'jaligini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish va investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari. – С. 45.

Вахрушев Д.С., Кальсина Е.А. (2013). Влияние глобализационных процессов на инновационность банковской деятельности и факторы инновационных изменений в банковской системе России. Интернет-журнал “Науковедениe”. Вып. 6, ноябрь –декабрь URL:https://naukovedenie.ru/.

Губернаторов А.М. (2015). Методология и организация управления инновационным развитием отрасли. Диссертация на соискание ученой степени доктора экономических наук. Москва г.

Закшевский В.Г., Пашута А.О. (2021). Теоретические аспекты развития инновационных банковских продуктов на современном этапе. ВестникВоронежского государственного аграрногоуниверситета. No 3. С. 214–220.

Прохоров К.Н. (2014). Инновации в банковской сфере. Проблемы учета и финансов. No 4. С. 55–58.

Хакимов A. (2021). Рақамли иқтисодиёт шароитида тижорат банкларининг инновацион фаолияти. Экономика и инновационные технологии, (5), 305–311. https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/12165