www.sci-p.uz
III SON. 2025
519
KICHIK VA O‘RTA BIZNES SUBYEKTLARINI QO‘LLAB
-
QUVVATLASHDA SUG‘URTANING
ROLI VA UNI KUCHAYTIRISH CHORALARI
Usmonov Sarvarbek
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
ORCID: 0009-0003-1302-8934
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kichik va o‘rta biznes subyektlarini iqtisodiy jihatdan
qo‘llab
-
quvvatlashda sug‘urta tizimining tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Muallif sug‘urtaning KO‘
B
uchun xavflarni boshqarish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va investitsion muhitni
yaxshilashdagi ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, O‘zbekistonda ushbu tizimning mavjud holati,
asosiy muammolari va uni rivojlantirish bo‘yicha taklif etilayotgan chora
-tadbirlar bayon etiladi.
Maqola kichik biznesni himoyalash va sug‘urta mexanizmlarini yanada faollashtirish bo‘yicha
ilmiy-
amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar:
kichik biznes, o‘rta biznes, sug‘urta, moliyaviy barqarorlik, tadbirkorlikni
qo‘llab
-
quvvatlash, iqtisodiy xavflar, sug‘urta mexanizmlari.
РОЛЬ СТРАХОВАНИЯ В ПОДДЕРЖКЕ МАЛОГО И СРЕДНЕГО БИЗНЕСА
И МЕРЫ ПО ЕГО УКРЕПЛЕНИЮ
Усмонов Сарварбек
Высшая школа бизнеса и предпринимательства при
Кабинете Министров Республики Узбекистан
Аннотация.
В данной статье рассматривается роль страхования в экономической
поддержке субъектов малого и среднего бизнеса. Автор раскрывает значение страховых
механизмов в управлении рисками, обеспечении финансовой устойчивости и улучшении
инвестиционного климата для МСБ. Также анализируется текущее состояние
страхового сектора в Узбекистане, выявляются основные проблемы и предлагаются
меры по его дальнейшему развитию. Статья содержит научно
-
практические
рекомендации
по
укреплению
системы
страховой
защиты
малого
предпринимательства.
Ключевые слова:
малый бизнес, средний бизнес, страхование, финансовая
устойчивость, поддержка предпринимательства, экономические риски, страховые
механизмы.
UOʻK:
368.12
519-526
www.sci-p.uz
III SON. 2025
520
THE ROLE OF INSURANCE IN SUPPORTING SMALL AND MEDIUM
BUSINESSES AND MEASURES TO STRENGTHEN IT
Usmonov Sarvarbek
Graduate School of Business and Entrepreneurship under the
Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan
Abstract.
This article explores the role of insurance in providing economic support to small
and medium-sized enterprises (SMEs). The author highlights the importance of insurance
mechanisms in risk management, ensuring financial stability, and improving the investment
environment for SMEs. The paper also analyzes the current state of the insurance sector in
Uzbekistan, identifies key challenges, and proposes measures for its further development. The
article offers practical and research-based recommendations to strengthen insurance protection
for small businesses.
Keywords:
small business, medium-sized business, insurance, financial stability,
entrepreneurship support, economic risks, insurance mechanisms.
Kirish.
Kichik va o‘rta biznes (KOB) zamonaviy iqtisodiyotning tayanch ustunlaridan biri sifatida
nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratishda, balki iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish, aholi
daromadlarini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda ham muhim
o‘rin tutadi.
Ushbu biznes subyektlari, odatda, moslashuvchanligi, innovatsion yondashuvga tayangan
faoliyati va past xarajatlilik darajasi bilan ajralib turadi. Raqobatbardosh bozor iqtisodiyotida
KOBlar ichki ishlab chiqarishni kengaytirish, import o‘rn
ini bosuvchi mahsulotlar ishlab
chiqarish va eksport salohiyatini oshirishda ham sezilarli ulushga ega.
O‘zbekiston iqtisodiy siyosatida ham KOB subyektlarini har tomonlama qo‘llab
-
quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanib, bu borada soliq imtiyozlari,
imtiyozli kreditlar, yer va mol-mulkdan foydalanishdagi qulayliklar, yengillashtirilgan
litsenziyalash va infratuzilmaviy yordam kabi bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramay, bu subyektlarning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash, ularni kutilmagan
iqtisodiy va tabiiy xavflardan himoya qilishda sug‘urta tizimi yetarlic
ha faol ishtirok etmayapti.
Kichik tadbirkorlar ko‘pincha sug‘urtaning ahamiyatini to‘liq anglab yetmaydi yoki undan
foydalanishda turli to‘siqlar, jumladan moliyaviy va ma'muriy qiyinchiliklarga duch keladilar.
Aslida esa, sug‘urta mexanizmlari kichik va o‘rta biznes faoliyatida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish, tashqi xatarlarni yengillashtirish va umumiy
iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashda asosiy vositalardan biri hisobla
nadi. Sug‘urtaning
mavjudligi biznes subyektlari uchun kafolatli muhit yaratadi, investorlar va kreditorlar
ishonchini oshiradi, shuningdek, kredit olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida,
KOBlarning moliyaviy resurslarga kirish darajasini oshirib, ularni yanada faol rivojlanishiga
yo‘l ochadi.
Bugungi globallashuv va o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarda –
jumladan pandemiya, iqlim
o‘zgarishi, tabiiy ofatlar, logistika uzilishlari va geosiyosiy beqarorlik sharoitida –
kichik biznes
subyektlari eng ko‘p zarar ko‘radigan qatlamga aylanmoqda. Aynan shunday tahlikali muhitda
sug‘urtaning funksiyasi passiv moliyaviy himoya vositasi sifatidangina iborat bo‘lib qolmay,
balki faol risk boshqaruv mexanizmiga aylanishi lozim. Shu bois KOB sekt
orida sug‘urta
madaniyatini shakllantirish, uni rag‘batlantirish va institutsional asoslarini mustahkamlash
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Kichik va o‘rta biznesni (KOB) rivojlantirishda ularning moliyaviy barqarorligini
ta’minlovchi institutsional mexanizmlar muhim o‘rin tutadi. Bu borada sug‘urta tizimi nafaqat
www.sci-p.uz
III SON. 2025
521
xavf-xatarlarni kamaytirish, balki biznes muhitining barqarorligini oshirish vositasi sifatida
ham ko‘rilmoqda. So‘nggi yillarda xalqaro ilmiy adabiyotlarda sug‘urtaning KOB faoliyatidagi
o‘rni, uning iqtisodiy samaradorligi va davlat siyosatidagi roli atr
oflicha tahlil qilinmoqda.
Taniqli iqtisodchi olim Skipper (2008) sug‘urtani iqtisodiy o‘sishning moliyaviy
katalizatori sifatida baholab, ayniqsa kichik biznes uchun u resurslarni xavfsiz muhitda jalb
etishga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, sug‘urta ishtirok etgan joy
da kreditlash
imkoniyatlari kengayadi, investitsiya muhiti yaxshilanadi, moliyaviy xavflar kamayadi. Muallif
ushbu nuqtai nazarni qo‘llab
-quvvatlaydi, chunki aynan KOBlar faoliyatida kredit oluvchanlik
masalasi doimiy muammo bo‘lib qolmoqda.
Outreville (2013) esa rivojlanayotgan davlatlar kontekstida sug‘urtaning iqtisodiyotdagi
roli haqida fikr bildiradi. U KOB sektorining barqaror faoliyati ko‘p jihatdan ijtimoiy himoya va
xavfsizlik infratuzilmasiga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Outreville fik
richa, davlat tomonidan
sug‘urta bozorini qo‘llab
-quvvatlash orqali kichik tadbirkorlarning aktivlarini himoyalash,
ularning kutilmagan yo‘qotishlarga bardosh berishini kuchaytirish mumkin. Ushbu fikr muallif
nuqtai nazari bilan hamohang bo‘lib, aynan davlatning faolligi sug‘urta vositalarining KOB
sektorida ommalashuviga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Sug‘urta va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik masalasini chuqur o‘rgangan Arena
(2008) o‘z tadqiqotida hayot va mol
-
mulk sug‘urtasining iqtisodiy o‘sishga bevosita ijobiy ta’sir
ko‘rsatishini aniqlagan. Ayniqsa, kichik biznes uchun mulkni sug‘ur
talash mexanizmi ularning
uzoq muddatli faoliyatini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Muallif bu fikrni to‘liq
qo‘llab
-quvvatlaydi, chunki mulkiy xavfsizliksiz kichik biznesda kapital aylanishi va tashabbus
barqarorligi ta’minlanmaydi.
Holzheu va Turner (2018) esa kichik bizneslarda risklarni boshqarish nuqtai nazaridan
sug‘urtaning o‘rni haqida batafsil ma’lumot beradi. Ularning fikriga ko‘ra, sug‘urtalangan
KOBlar bozor beqarorligiga va iqlim xavflariga nisbatan chidamliroq bo‘ladi. Ay
niqsa, qishloq
xo‘jaligi yoki kichik ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlar uchun ixtisoslashgan sug‘urta
mahsulotlari zarurdir. Bu jihat muallif tomonidan qo‘llab
-
quvvatlanadi, chunki O‘zbekiston
sharoitida aynan ushbu segmentlar ko‘proq tabiiy va iqtisodiy xatarlar ta’siriga uchraydi.
Xalqaro tajriba nuqtai nazaridan, Xitoy va Hindiston kabi yirik iqtisodiyotlarda KOB
subyektlari uchun davlat subsidiyalari orqali sug‘urtaning joriy etilishi iqtisodiy o‘sish
ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani haqida Li va Wang (2016) o‘z tadqiqotida e’tirof etadi.
Ularning fikricha, KOBlar uchun maxsus sug‘urta paketlari yaratish va ularni raqamli
platformalar orqali taklif etish soha qamrovini oshiradi. Ushbu fikr bugungi raqamlashtirish
sharoitida ayniqsa dolzarb bo‘lib, O‘zbekiston sug‘urta bo
zorining ham zamonaviy
texnologiyalar orqali KOB sektoriga yaqinlashuvi zarurligini ko‘rsatadi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan e’lon qilingan “SMEs and Insurance” hisobotida KOBlar
o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish, axborot
-kommunikatsion vositalar orqali ularni
xabardor qilish va soddalashtirilgan sug‘urta mahsulotlari joriy etish bo‘yicha strate
gik
yondashuvlar taklif etiladi. Ushbu yondashuvlar O‘zbekiston uchun ham dolzarb sanaladi,
chunki amaliyotda aksariyat kichik tadbirkorlar sug‘urtaning foydasi, mexanizmlari va
imkoniyatlaridan yetarlicha xabardor emas.
Yuqoridagi olimlar fikrlari xalqaro ilmiy manbalar sug‘urtaning KOB subyektlari
faoliyatida o‘sish va barqarorlikni ta’minlovchi muhim vosita ekanini isbotlaydi. Shu bilan
birga, bu tizimning samarali ishlashi uchun davlat siyosatining izchil qo‘llovi, ins
titutsional
asoslarning mustahkamlanishi va tadbirkorlar orasida sug‘urta madaniyatining keng yoyilishi
zarurligi ta’kidlanadi.
O‘zbekiston sharoitida bu yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks strategiyalar ishlab chiqilishi
KOB sektorining xavfsiz rivojlanishiga asos bo‘lishi mumkin.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
522
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqola ijtimoiy tadbirkorlik haqidagi nazariy bilimlarga asoslangan. Tadqiqot
jarayonida qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, induksiya, deduksiyadan foydalangan holda ilmiy
natijalar ishlab chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, bir tomondan, moliyaviy himoya vositasi sifatida
xatarlarni taqsimlash va ularni kompensatsiyalash mexanizmida namoyon bo‘lsa, boshqa
tomondan, milliy iqtisodiyotda moliyaviy resurslar aylanishining muhim bo‘g‘ini sifatida
ko‘riladi. Sug‘urta tizimi orqali yuzaga kelishi ehtimol bo‘lgan zararlarning iqtisodiy subyektlar
o‘rtasida taqsimlanishi –
iqtisodiy xavflarning makro va mikro darajadagi oqibatlarini
kamaytiradi, bu esa umumiy barqarorlik va ishonch muhiti uchun zamin yaratadi.
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan yig‘iladigan badallar odatda katta hajmdagi moliyaviy
jamg‘armalarni tashkil qiladi. Bu jamg‘armalar nafaqat kelajakdagi tovon to‘lovlari uchun
zaxira sifatida, balki moliya bozorlariga yo‘naltiriladigan investitsiya resurs
lari sifatida ham
xizmat qiladi. Shunday qilib, sug‘urta sektori sarmoya faoliyatining muhim ishtirokchisiga
aylanadi va real iqtisodiyotdagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishda bevosita rol
o‘ynaydi.
Swiss Re (2022)
Institute tomonidan olib borilgan tadqiqotda qayd etilishicha, sug‘urta
kompaniyalari global moliyaviy bozorlar uchun eng yirik institutional investorlar sirasiga
kiradi. Ularning uzoq muddatli yondashuvi iqtisodiyotda sarmoyaning barqaror oqimini
ta’minla
b, iqtisodiy sikllarning keskin tebranishlarini yumshatadi.
Mojon (2010) sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy vositachi sifatidagi rolini tahlil qilar
ekan, ularni iqtisodiy infratuzilmaning “xavf amortizatori” deb ataydi. Mojonning fikriga ko‘ra,
sug‘urta kompaniyalari moliyaviy salohiyatni muayyan iqtisodiy sektorlarga yo‘naltirish orqali
resurslarning optimal taqsimotiga xizmat qiladi. Bu jarayon nafaqat individual himoyani, balki
makroiqtisodiy o‘sishni ham rag‘batlantiradi.
Jappelli va Pistaferri (2007) esa sug‘urtaning iste’mol barqarorligiga ta’sirini o‘rganib, uni
xonadonlar va firmalar darajasida “kutilmagan tebranishlarga qarshi moliyaviy bufer” deb
baholaydi. Ularning tadqiqotida ko‘rsatilishicha, aholi va biznes subyek
tlarining risklardan
himoyalanganligi, ularning iste’mol va investitsiya qarorlarini ishonch bilan qabul qilishiga
zamin yaratadi.
Shu nuqtay
i nazardan, sug‘urta sektori quyidagi yo‘nalishlarda iqtisodiyotga ta’sir
ko‘rsatadi:
•
risklarni qayta taqsimlash orqali moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash;
•
kapital bozorlarining likvidligi va chuqurligini oshirish;
•
uzoq muddatli investitsion resurslarni shakllantirish;
•
ishonchli moliyaviy infratuzilmani barpo etish orqali iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish.
Sug‘urta sohasi bevosita ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmasada, iqtisodiy tizimda
muhim funksiya
–
moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash, sarmoyani rag‘batlantirish va
makroiqtisodiy muvozanatni qo‘llab
-quvvatlash funksiyasini bajaradi.
Umuman olganda, sug‘urta faoliyatining mohiyati uning quyidagi asosiy funksiyalarida
namoyon bo‘ladi (1
-rasm).
Risklarni kompensatsiyalash funksiyasi
–
bu sug‘urtaning asosiy vazifasi bo‘lib, tabiiy
ofatlar, baxtsiz hodisalar, moliyaviy yo‘qotishlar kabi salbiy holatlarda zararlarni qoplashni
ta’minlaydi;
Moliyaviy-stabilizatsion funksiyasi
–
sug‘urta korxonalarning, xonadonlarning va ijtimoiy
guruhlarning iqtisodiy xavfsizligini oshirish orqali moliyaviy barqarorlikka hissa qo‘shadi;
Jamg‘arma
-
yig‘im funksiyasi –
sug‘urta mukofotlari orqali moliyaviy resurslar yig‘iladi va
bu resurslar qayta investitsiya qilinadi;
www.sci-p.uz
III SON. 2025
523
Ijtimoiy himoya funksiyasi
–
aholini turli xil ijtimoiy-iqtisodiy xavflardan himoya qilish,
ijtimoiy tenglikni
ta’minlashga xizmat qiladi;
Profilaktik funksiyasi
–
sug‘urtalangan subyektlarni xavf omillarini kamaytirish, texnik
xavfsizlik va ehtiyot choralari ko‘rishga undaydi.
1-rasm.
Sug‘urta faoliyatining asosiy funksiyalari
Sug‘urta faoliyatining iqtisodiy ahamiyati uni faqat zararlarni qoplash vositasi sifatida
emas, balki moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi, investitsiyaviy muhitni yaxshilovchi va
makroiqtisodiy muvozanatni qo‘llab
-quvvatlovchi muhim institut sifatida qarashga asos
yaratadi.
Shuningdek,
sug‘urta mexanizmlari kichik biznes faoliyatining uzluksizligini ta’minlashda
asosiy omillardan biri bo‘lib, u biznes egalarini turli moliyaviy zararlardan –
mulkiy talofatlar,
texnologik nosozliklar, ishlab chiqarishdagi uzilishlar, tabiiy ofatlar va boshqa tashqi
ta’sirlardan himoya qiladi. Kichik korxonalar ko‘pincha o‘z resurslariga tayanadi, xavflarni
diversifikatsiya qilish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Shu sababli, sug‘urta ularning iqtisodiy
faoliyatidagi noaniqliklarni kamaytiradi va moliyaviy
yo‘qotishlarni minimallashtirish orqali
doimiy ish faoliyatini saqlab qolish imkonini beradi.
Kichik va o‘rta biznes subyektlari iqtisodiy rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida
O‘zbekistonda ham faol qo‘llab
-quvvatlanmoqda. Davlat tomonidan bu sohaga qaratilgan soliq
imtiyozlari, kredit resurslari, infratuzilma yengilliklari va boshqa moliyaviy vositalar mavjud
bo‘lishiga qaramay, KOB subyektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi sug‘urta tizimi
hanuz to‘laqonli faoliyat ko‘rsata olmayapti. Xatarlar va noaniqliklar fonda kuchayib
borayotgan hozirgi global iqtisodiy sharoitda esa sug‘
urta xizmatlarining KOB faoliyatida
ishtirokini kuchaytirish zarurati ortib bormoqda.
O‘zbekiston sug‘urta xizmatlari bozori so‘nggi besh yillikda sezilarli o‘zgarishlarga yuz
tutdi. Sug‘urta kompaniyalari soni nisbatan barqaror bo‘lib qolgan bo‘lsa
-da, ularning
moliyaviy hajmi va operatsion salohiyati ancha oshgani kuzatiladi. Quyidagi asosiy
ko‘rsatkichlar bozorning rivojlanish tendensiyalarini yaqqol ko‘rsatib beradi (1
-jadval).
Sug'urta
faoliyatining
asosiy
funksiyalari
Risklarni
kompensatsi
yalash
funksiyasi
Moliyaviy-
stabilizatsion
funksiyasi
Jamg‘arma
-
yig‘im
funksiyasi
Ijtimoiy
himoya
funksiyasi
Profilaktik
funksiya
www.sci-p.uz
III SON. 2025
524
1-jadval
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozorining asosiy ko‘rsatkichlari
Yil
Ko‘rsatkichlar
Sug‘urta
kompaniyalari
soni
Sug‘urta
mukofotlari
(mlrd.so‘m)
Sug‘urta
qoplamalari
(mlrd.so‘m)
Jami ustav
kapitali
(mlrd.so‘m)
2019
36
2313.9
813.5
755.2
2020
40
2212
732
1439.1
2021
42
3733
1235
1545.7
2022
41
6231.7
2596.9
1884.1
2023
38
8059.7
2022.1
2299.5
2019-
yilda mamlakatda 36 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning jami
yig‘gan sug‘urta mukofotlari hajmi 2313,9 mlrd. so‘mni, to‘langan sug‘urta qoplamalari esa
813,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu davrda jami ustav kapitali 755,2 mlrd. so‘m bo‘lgan.
2020-
yilga kelib kompaniyalar soni 40 taga yetgan bo‘lsa
-
da, yig‘ilgan mukofotlar hajmi
2212 mlrd. so‘mga tushgan. Bu holat pandemiya sharoitida iqtisodiy faollikning pasayishi va
ixtiyoriy sug‘urtaga bo‘lgan talabning qisqarishi bilan izohlanadi. Shunga q
aramay, ustav
kapitalining keskin oshib, 1439,1 mlrd. so‘mga yetgani kompaniyalar moliyaviy barqarorlikni
saqlashga urinayotganini ko‘rsatadi.
2021-
yil bu soha uchun tub burilish yili bo‘ldi. Yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 3733
mlrd. so‘mga, to‘langan qoplamalar esa 1235 mlrd. so‘mga oshdi. Bu o‘sish majburiy sug‘urta
turlarining kengayishi va yangi texnologiyalar joriy etilishi bilan bog‘l
iq. Ustav kapitali esa
1545,7 mlrd. so‘mga yetdi.
2022-
yil esa sug‘urta bozori hajmi bo‘yicha sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Sug‘urta
mukofotlari hajmi bir yil ichida qariyb 2500 mlrd. so‘mga oshib, 6231,7 mlrd. so‘mni tashkil
etdi. Bu davrda qoplamalar miqdori ham ikki baravarga yaqin oshib, 2596,9 mlrd.
so‘mga yetdi.
Kompaniyalar soni 41 taga yetgan bo‘lsa
-da, 2023-
yilga kelib bu ko‘rsatkich yana 38 taga
tushgan, bu sohada ayrim kichik kompaniyalar faoliyatini to‘xtatganini anglatadi.
2023-
yilda esa bozor yana o‘sishni davom ettirib, sug‘urta mukofotlari hajmi 8059,7 mlrd.
so‘mga yetdi. Biroq, bu yilda to‘langan qoplamalar 2022,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, avvalgi
yildagidan pasaygan. Bu holat sug‘urta kompaniyalarining tavakkalchilikni
boshqarish
strategiyalarini qayta ko‘rib chiqayotganini va to‘lovlar siyosatini qat’iylashtirganini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, jami ustav kapitalining 2299,5 mlrd. so‘mga yetgani ushbu sohaning moliyaviy
jihatdan mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Tahlil qilinayotgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston sug‘urta bozori hajman
o‘smoqda, lekin bu o‘sish sifat jihatdan muammosiz kechmayapti. Ayniqsa, to‘lovlar
miqdorining kamayishi, kompaniyalar sonining qisqarishi va KOB sektorining sust ishtiroki
bozorning ichki muammolari mavjudligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bozor hajmining
oshishi ixtiyoriy sug‘urtaning ommalashganini anglatmaydi, chunki o‘sishning katta qismi
majburiy sug‘urta turlariga to‘g‘ri k
elmoqda.
Yuqoridagi statistik tahlil va raqamli ko‘rsatkichlar asosida O‘zbekiston sug‘urta
xizmatlari bozorida bir qator tizimli va amaliy muammolar mavjudligi ayon bo‘ladi. Avvalo,
sohada sifat va hududiy nomutanosiblik muammosi mavjud: sug‘urta mukofotlari hajmi
yildan-
yilga oshayotgan bo‘lsa
-
da, ularning asosiy qismi yirik shaharlarda to‘plangan, chekka
hududlarda esa xizmatlar qamrovi pastligicha qolmoqda. Bu esa hududiy tengsizlik va
infratuzilmaviy cheklovlarga ishora qiladi.
Shuningdek, ixtiyoriy sug‘urtaning ommalashmaganligi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Majburiy sug‘urtalar ulushi yuqori bo‘lishi fonida ixtiyoriy polislar ulushining pastligi,
aholining va ayniqsa kichik biznes vakillarining sug‘urtaga nisbatan sust munosa
batini
ko‘rsatadi. Sug‘urta madaniyati va xabardorlik darajasining pastligi, murakkab shartnomalar,
ishonchsizlik va xizmatlar sifati bo‘yicha shikoyatlar bu holatning asosiy sabablaridandir.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
525
Bundan tashqari, 2023-
yilda sug‘urta qoplamalari miqdorining avvalgi
yildagidan
kamayganligi sug‘urta kompaniyalarining to‘lov siyosatida qat’iylik ortganini ko‘rsatadi, bu esa
mijozlar ishonchiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bilan birga, kompaniyalar sonining
kamayishi (2021-yildagi 42 tadan 2023-yilda 38 taga) sohada raqobat muhitining sustlashuvi
yoki moliyaviy bosimlar ostida kichik subyektlarning chiqib ketayotganidan darak beradi.
Umuman olganda, sug‘urta xizmatlari bozorida mavjud muammolarni quyidagicha
umumlashtirsh mumkin:
-
hududlar bo‘yicha xizmatlar notekis taqsimlangan;
-
ixtiyoriy sug‘urtaning ommalashmaganligi;
-
aholining moliyaviy va sug‘urta savodxonligining pastligi;
-
kompaniyalar va mijozlar o‘rtasidagi ishonch muhitining sustligi;
- mahsulotlar xilma-xilligining yetishmasligi;
-
to‘lov siyosatidagi qat’iylik sababli ishonchni yo‘qotish xavfi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun institutsional islohotlar, sug‘urta xizmatlarini
raqamlashtirish, KOBga mos mahsulotlar ishlab chiqish va aholining xabardorligini oshirish
bo‘yicha kompleks yondashuv zarur.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyaviy himoya qilish, ularning
faoliyatidagi tavakkalchiliklarni kamaytirish va barqarorligini ta’minlashda sug‘urta tizimi
muhim institutsional vosita sifatida qaralmoqda. Biroq tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi
yillarda sug‘urta xizmatlari bozorining umumiy hajmi ortib borayotganiga qaramay, aynan KOB
sektorining bu tizimga integratsiyasi sust darajada saqlanmoqda. Ixtiyoriy sug‘urtaning
ommalashmaganligi, hududlar bo‘yicha xizmatlar nomutanosibligi, sug‘urta xizmatlari bo‘yicha
xabardorlikning pastligi, mahsulotlarning KOB ehtiyojlariga yetarlicha moslashmaganligi
hamda kompaniyalar bilan mijozlar o‘rtasidagi ishonch muhitining zaifligi asosiy tizimli
muammolar sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf etish va sug‘urta xizmatlarini KOB sektori ehtiyojlariga
yaqinlashtirish uchun bir qator yo‘nalishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, KOB uchun
soddalashtirilgan va arzon sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish, aholining mol
iyaviy va
sug‘urta savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot dasturlarini kengaytirish, davlat
tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega KOB subyektlarining sug‘urta xarajatlarini qisman
subsidiyalash, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida xizmatlar sifati va qulayligini
oshirish zarur. Shu bilan birga, sug‘urta kompaniyalari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni
ta’minlash orqali mijozlar ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, sug‘urta xizmatlari bozorini KOB sektorining o‘ziga xos
ehtiyojlariga moslashtirish va tizimli takomillashtirish orqali O‘zbekistonda barqaror, xavfsiz
va raqobatbardosh tadbirkorlik muhitini shakllantirish mumkin.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Arena P. (2008). Does insurance market activity promote economic growth? A cross-country
study for industrialized and developing countries. The Journal of Risk and Insurance, 75(4), 921-
946.
European Commission. (2020). SMEs and insurance: Challenges and opportunities.
European Union Publication Office.
Holzheu T., Turner T. (2018). The natural catastrophe protection gap: Measurement, root
causes, and ways of addressing underinsurance for extreme events. Swiss Re Institute.
Jappelli T., Pistaferri L. (2007). Do people respond to risk? Evidence from the life insurance
market. Journal of the European Economic Association, 5(2
–
3), 396
–
404.
Li J., Wang A. (2016). Insurance and SME development: Evidence from China and India. Asian
Economic Policy Review, 11(2), 238
–
259.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
526
Mojon B. (2010). Insurance companies as financial intermediaries. European Central Bank,
Working Paper Series.
Outreville J.F. (2013). The relationship between insurance and economic development: 85
empirical papers for a review of the literature. Risk Management and Insurance Review, 16(1),
71
–
122.
Skipper H.D. (2008). Insurance in the general agreement on trade in services. American
Enterprise Institute Press.
Swiss Re Institute. (2022). World insurance: Inflation risks front and centre. Sigma Report
No. 4/2022. Retrieved from https://www.swissre.com/institute.
