SOLIQ RISKINING IQTISODIY MOHIYATI VA UNGA OID ILMIY QARASHLARNING NAZARIY TALQINI

Annotasiya

Maqolada soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlarning ahamiyati, O‘zbekistonda iqtisodiy xatti-harakatlar va natijalarni shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati ko‘rsatilgan. Ular yuqori soliq stavkalari, murakkab qoidalar va past soliq axloqi tadbirkorlik faolligi va rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi jihatdan o‘rganilgan hamda ilmiy xulosa va takliflar shakllantirilib, soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlar nazarda tutilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nasimov , R. (2025). SOLIQ RISKINING IQTISODIY MOHIYATI VA UNGA OID ILMIY QARASHLARNING NAZARIY TALQINI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(3), 552–560. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/124059
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlarning ahamiyati, O‘zbekistonda iqtisodiy xatti-harakatlar va natijalarni shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati ko‘rsatilgan. Ular yuqori soliq stavkalari, murakkab qoidalar va past soliq axloqi tadbirkorlik faolligi va rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi jihatdan o‘rganilgan hamda ilmiy xulosa va takliflar shakllantirilib, soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlar nazarda tutilgan.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

552



SOLIQ RISKINING IQTISODIY MOHIYATI VA UNGA OID ILMIY QARASHLARNING NAZARIY

TALQINI

PhD

Nasimov Ravshanjon

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ravshanjonnasimov2020@gmail.com

ORCID: 0009-0006-5663-1604

Annotatsiya.

Maqolada soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlarning

ahamiyati, O‘zbekistonda iqtisodiy xatti

-harakatlar va natijalarni shakllantirishda soliq siyosatining

ahamiyati ko‘rsatilgan. Ular yuqori soliq stavkalari, murakkab qoidalar va past soliq axloqi
tadbirkorlik faolligi va rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi jihatdan o‘rganilgan hamda ilmiy xulosa va

takliflar shakllantirilib, soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlar nazarda

tutilgan.

Kalit so‘zlar:

soliq stavkasi, soliq hisoboti, soliq riski, soliq stavkalari, byudjet xarajatlari, resurs

soliqlari, yer solig‘i, mahalliy soliqlar, soliq, byudjet, soliq imtiyozlari.

ЭКОНОМИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ НАЛОГОВОГО РИСКА И ТЕОРЕТИЧЕСКАЯ

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ НАУЧНЫХ ВЗГЛЯДОВ НА НЕГО

PhD

Насимов Равшанжон

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В статье показаны экономическая сущность налогового риска и значение

научных взглядов на него, значение налоговой политики в формировании экономического
поведения и результатов в Узбекистане. Они изучаются с точки зрения высоких налоговых

ставок, сложных правил и низкой налоговой этики как серьезных препятствий

предпринимательской деятельности и развитию, а также сформулированы научные
выводы и предложения с учетом экономической сущности налогового риска и научных

взглядов на него.

Ключевые слова:

налоговая ставка, налоговая отчетность, налоговый риск,

налоговые ставки, бюджетные расходы, ресурсные налоги, земельный налог, местные

налоги, налог, бюджет, налоговые льготы.

THE ECONOMIC ESSENCE OF TAX RISK AND THEORETICAL INTERPRETATION OF

SCIENTIFIC VIEWS ON IT

PhD

Nasimov Ravshanjon

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The article shows the economic essence of tax risk and the importance of scientific

views on it, the importance of tax policy in shaping economic behavior and results in Uzbekistan. They
are studied from the point of view of high tax rates, complex rules and low tax ethics as serious

obstacles to entrepreneurial activity and development, and scientific conclusions and proposals are

formulated, taking into account the economic essence of tax risk and scientific views on it.

Keywords:

tax rate, tax reporting, tax risk, tax rates, budget expenditures, resource taxes, land

tax, local taxes, tax, budget, tax benefits.

UOʻK:

336.221

552-560


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

553

Kirish.

O'zbekiston sharoitida soliq to'lovchilar faoliyatini rag'batlantirish asosida ularda ishlab

chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda ularda yuzaga

keladigan soliq xavfini optimal baholash orqali davlat byudjetining zarar ko'rish holatlarini

kamaytirishga qaratilgan amaliy choralarni samarali amalga oshirilishga keng urg'u
berilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi "Tadbirkorlik

sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5490-son 2019-yil 10-iyuldagi "Soliq
ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-

4389-son qarorida respublikamiz soliq tizimida soliq xavfini baholash va soliq to'lovchilarni

insoflilik mezonlari asosida segmentlash tizimini joriy qilish, soliq to'lovchilarning iqtisodiy

faoliyatini ularning moliyaviy va soliq hisobotlari asosida ular duch kelishi mumkin bo'lgan
turli xil iqtisodiy risklar (xavflar)ni baholashning turli mezonlarini ishlab chiqish, soliq
risklarini aniqlab berishga xizmat qiluvchi mezonlar esa, soliq to'lovchilarning turli xil

ko'rsatkichlarini o'zaro solishtirish orqali aniqlanishi ustuvor vazifalar sifatida belgilab berildi.

Adabiyotlar sharhi.

O'zbekistonlik iqtisodchi olim Elmirzaev (2018) bu boradagi ilmiy tadqiqotlari alohida

kasb etadi. Ushbu olimning fikriga ko'ra, "soliq riski bu soliq munosabatlarida qatnashuvchi

sub'ektlarning o'z majburiyatlarini bajarish borasidagi faoliyati davomida yuzaga kelishi

mumkin bo'lgan va soliq to'lovchilar, shuningdek davlat budjeti moliyaviy yo'qotishlariga
sabab bo'luvchi xavf-xatar" dir deb ta'riflab, soliq risklari, avvalambor, sub'ektlar bo'yicha

tasniflanadi, bunda soliq munosabatlari davlat va soliq to'lovchilar o'rtasidagi o'zaro

munosabat natijasida yuzaga kelishi tufayli soliq riski tushunchasiga ikki xil nuqtai nazardan

yondashish mumkinligi kelib chiqadi.

Shuningdek, o'zbek olimlaridan Boboev (2020) o'zining ilmiy tadqiqotlarida soliqlarni

prognoz qilish jarayoni soliq riski bilan doimiy bog'liq bo'ladi, agar, soliq riski to'g'ri baholansa,

soliqlarni prognoz qilish jarayonidagi xatoliklar yoki aniqlikka ega ko'rsatkichlarning haqiqiy

soliq tushumlari o'rtasidagi mutanosiblik ta'minlanadi degan fikrni bildiradi

Ashurov bu borada (2020) "Risk", "tavakkalchilik" kabi tushunchalarni bir xil ma'nodagi

tushunchalar deb qarash o'rinli emas, risk-birinchi navbatda xavf-xatar, tavakkalchilik,

yo'qotish va zarar yoki foydani yuzaga keltiruvchi omil hisoblanib, ushbu iqtisodiy

tushunchalar mazmunini o'zida aks ettiradi. U korxonalar faoliyatini xavf, xatar, tavakkalchilik,
yo'qotish va zarar yoki foydaga olib borishda va ularning yuzaga kelishida boshlang'ich manbaa

bo'lib xizmat qilgani holda, noaniqlik asosidagi ob'ektiv harakterga ega iqtisodiy kategoriya

hisoblanadi. Bunga sabab ishlab chiqaruvchi tomonidan qabul qilingan qaror oldindan ko'rib

bo'lmaydigan va kutilmaydigan bir necha noaniq omillar ta'sirida bo'ladi

Ojegov va Shvedova (2006) Risk bu ―muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid‖ degan

ma'noni anglatadi.

Usoskin (1994) Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, o'z navbatida, oldindan ko'ra bilish

qiyin yoki mumkin bo'lmagan voqealar bilan bog'liq bo'ladi.

Sevruk (2006) Risk - bu zarar ko'rish yoki manfaatni qo'ldan chiqarish bilan bog'liq

ehtimollar o'lchamidir.

Grabovoy, Petrova va Poltavtsev (2006) Risk - bu korxona resurslarining bir qismini

yo'qotish yoki daromad ola olmaslik, qo'shimcha xarajatlar qilish xavfidir.

Lavrushin (2007) Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat o'lchovi bo'lib, u yo'qotishlarga

olib keladi.

Panova (2014)Risk kutilmagan hodisalar yuzaga kelganida yo'qotish xavfi yoki

imkoniyatidir.

Sey (2007) Risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

554

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolada qiyosiy tahlil hamda induksiya va deduksiya baholash usullaridan

foydalanildi. Qiyosiy usuldan foydalanilib, soliq riskining tadbirkorlik sub’ektlariga ta’siriga

doir ma’lumotlar va

ularni tahlillar amalga oshirilib ilmiy xulosalar berildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Insoniyat iqtisodiyotda o'zaro munosabatlarga kirishishi bir tekisda bo'lmaydi, bu esa

risklarning yuzaga kelishini ta'minlaydi, boshqa tomondan iqtisodiyotdagi ob'ektiv

qonuniyatlarning "buyrug'i"ni barcha qatnashuvchilar ham "bajara olmaydi", bundan tashqari
ular bozorda mustahkam mavqega ega bo'lish uchun o'zaro kurashadilar, ya'ni raqobat

muhitini shakllantiradi. Bu kabi holatlar esa, risk deb ataladigan ijtimoiy-iqtisodiy va sosial

holat bilan hisoblashishlarni taqozo etadi. O'zbekistonlik olimlardan professor Malikov va

iqtisod fanlari bo'yicha falsafa doktori Xidirovlar "Moliya" nomli o'quv qo'llanmasida
risklarning rag'batlantiruvchi va himoyalovchi funktsiyalarini keltirib o'tadiki, bu risklarni
faqat salbiy holat sifatida baholash o'rinli emas degan xulosalarni berib o'tadi.

Ushbu mualliflar risklarni tasniflab ularni iqtisodiy risk, ijtimoiy-siyosiy risk va fiskal-

monetar risklarga ajratadi hamda "fiskal-monetar risk davlat o'tkazayotgan moliyaviy va
budjet siyosati yordamida, narxlar darajasini barqarorlashtirish va optimal soliq me'yorlarini,

pul massasining ta'minoti va kon'yukturasini tartibga solish bo'yicha Markaziy bankning

samarali aralashuvi va boshqalar orqali yirik, murakkab tizimlar barqarorligi va iqtisodiy

o'sishini ta'minlash bo'yicha masalalarni yechishda yuzaga keladigan risklar majmuidan iborat,

moliyaviy risklarni esa, korxonalarning boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan o'zaro
munosabatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan risklar "dir (Malikov, 2022)deb

ta'rif bergan.

1

-

rasm. Moliyaviy risklar (Malikov, 2022)

Moliyaviy risklar

Moliyaviy bitimlarni amalga oshirish (bankka

mablag'larni qo'yish, Aksiyalar muomalasi, birja

faoliyati va hokazo) chog'ida vujudga keladigan

risklar tushuniladi

Qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining

bajarilmasligi ya'ni kredit summasining (qisman yoki to'liq) va

u bo'yicha foizlarning shartnomada ko'rsatilgan muddatlarda

to'lanmasligi

Kredit riski

Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayirboshlash kurslari

o'zgarishidan yoki boshqa turli valyuta operasiyalari amalga

oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yo'qotishlar (yoki

daromad olish)

Valyuta riski

Korxonalarda ma'lum bir faoliyat turlari bo'yicha uning foiz

ko'rsatkichlari ѐki to'lovlarini oshib

ketishligi hamda kamayib

ketishligi ehtimolligi natijasida foyda hajmini belgilangan

darajada ololmaslik ehtimolligidir

Foiz riski

Korxonaning investision faoliyatlarni amalga oshirish natijasida
kutilgan daromadlarni ololmaslik ehtimolligidir

Investision risklar

Inflyasiya ning o'sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi
daromadlarning qadrsizlanishidir

Inflyasiya riski


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

555

Moliyaviy risklarning muhim turlaridan yana biri bu soliq risklaridir. Soliq riskining

o'zagini bizningcha, markazlashgan pul fondlarini moliyaviy resurslar bilan ta'minlashning

asosiy omillaridan biri sifatida soliqlarning mavjudligidan izlash lozim. Soliqlarning o'zi esa

majburiy xarakterda ekanligi va uni to'lashdagi notekisliklar hamda soliq to'lovchilar

madaniyatining etarli emasligi, qolaversa, soliq to'lovchilarning faoliyati bozor qonunlari
asosida kechishligi soliqlarningbudjetga kelib tushmaslik riskini yuzaga keltiradi.

Chunki, bozorda iqtisodiy munosabatlar notekis amal qiladiki, buning natijasida unda

faoliyat ko'rsatuvchilarning daromad olishi ham turlicha bo'ladi. Soliq to'lovchi hisoblanlangan

xo'jalik yurituvchi sub'ektlar esa, bu jarayonda ularga yuklatilgan soliqlarni o'z vaqtida to'lashi
ham notekislashadi, ya'ni davlat budjetiga soliqlarning kelib tushmaslik riski yuzaga keladi.

Bundan tashqari soliqlarning muhim elementlaridan bo'lgan ekvivalentsizlik kim qancha soliq

to'lasa, shuncha ijtimoiy xizmat oladi degan qoidani bermasligi, davlat budjetiga kelib

tushadigan soliqlarning bir maromda tushmasligini ko'rsatadi, bu esa soliq riskini keltirib
chiqaruvchi omil sifatida maydonga chiqadi.

Bozor munosabatlari sharoitida soliq majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy

shaxslarja iqtisodiy egoizmning doimiy mavjud bo'ladi, bu esa soliq to'lashdan ko'ra,

daromadlarni o'z manfaatlariga ko'proq sarflashni taqozo etadi, vaholanki, bu holat soliq riskini
keltirib chiqaradi, bundan tashqari, soliq to'lovchilarda soliqlarni o'z vaqtida va xalol to'lash

madaniyatining etarli emasligi turli darajadagi budjetlarga soliq to'lovlarining kelib tushmaslik

riskini paydo qiladi.

Ma'lumki, soliq to'lovchilarning faoliyati bozor qoidalariga mos amal qilishi va daromad

olishning kafolatlanmagan bo'ladi, bu esa, ularning daromad olishini tabaqalashtiradi,
daromadlar bo'yicha tabaqalashuv esa, soliqlarning o'z vaqtida to'lanmaslik riskini yuzaga

keltiradi. Bulardan tashqari, bizning fikrimizcha, soliqqa oid qonunchilikdan soliq

to'lovchilarning yetarli xabardor bo'lmasligi turli xil moliyaviy buzilishlarni keltirib chiqarib,

natijada soliq riskini vujudga keltiradi, budjet-soliq siyosatining barqaror bo'lmasligi va uning
tez o'zgaruvchanligi soliq to'lovchilarda xavotir o'yg'otadi yoki ishonchsizlikni keltirib

chiqaradi, shuningdek, davlatning import-eksport borasidagi siyosatidagi o'zgarishlar ahm

xuddi shunday holatni keltirib chiqaradiki, oqibatda bu jarayonlar soliq riskini keltirib

chiqaradi.

Demak, shunday xulosa chiqarish mumkinki, soliq riski moliyaviy risklarning muhim

bo'g'ini sifatida u doimiy mavjud bo'ladi. Davlat budjetining asosiy daromad manbalaridan biri

sifatida soliqlar amal qilar ekan, yuqoridagi omillarga ko'ra soliq riski doim saqlanib turadi.

Qachonki, jamiyatda soliq to'lash majburiyatlari yuklatilgan soliq to'lovchilarda soliq to'lash
madaniyati juda yuqori darajada to'lanib, budjetga soliqlar o'z vaqtida to'lanib turilsada, ammo

bozor munosabatlari sharoitida notekisliklarning doimiy amal qilishi soliq riskini ham doimiy

bo'lishini taqozo etadi.

Agar, biz soliq riskini budjet manfaatlari nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, unda ikki

xil holatdagi soliq riskini farqlashimiz kerak bo'ladi. Birinchisi, bu budjetlarga soliq
tushumlarining kelib tushmaslik bo'yicha soliq riski bo'lsa, ikkinchisi, soliq to'lovchilarning

Qonunchilik bilan ularning zimmasiga yuklatilgan soliq majburiyatlarini o'z vatqida to'lay

olmaslik doirasidagi soliq riskidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda soliq riskini bir tomonlama

tushunish to'g'ri emas. Biz tadiqiqot ishimizda soliq riskini tadqiq etishda ana shu jihatdan
yondoshishga harakat qilamiz.

Ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko'rsatadaki, tijorat risklari soliq risklarining asosi

hisoblanadi. Iqtisodiyotda inflyasiya ko'rsatkichlarining oshishi hisobiga pul daromadlarining

qadrsizlanishi, korxonalarning investision faoliyatlari bo'yicha ular kutgan daromadlarni
ololmasligi, korxonalarda iqtisodiy faoliyati natijasida foiz ko'rsatkichlari, to'lovlarini oshib

ketishligi yoki kamayib ketishligi ehtimolligi tufayli ko'zlangan foyda hajmini ololmaslik

ehtimolligi va shu kabilar tijorat risklari doirasida vujudga keladi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

556

1-jadval

Risklarning talqini

1.

Ojegov va

Shvedova

Risk bu ―muvaffaqiyatga intilish, baxtli

hodisa, umid‖ degan ma'noni

anglatadi

Ojegov S.I., Shvedova N.Yu.

Tolkoviy slovar russkogo yazika.

M.: OOO ―A TEMP‖, 2006.

2.

Usoskin

Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib,

o'z navbatida, oldindan ko'ra bilish qiyin

yoki mumkin bo'lmagan voqealar bilan

bog'liq bo'ladi

Usoskin V.M. Sovremenniy

kommercheskiy bank: upravlenie i

operasii. - M.: IPS "vazar-Ferro",

1994.

3.

Sevruk

Risk - bu zarar ko'rish yoki manfaatni

qo'ldan chiqarish bilan bog'liq ehtimollar

o'lchamidir

Sevruk V.T. Bankovskie riski. M.:

―Delo

-

LTD‖, 2006.

4.

Grabovoy,

Petrova,

Poltavtsev

Risk - bu korxona resurslarining bir

qismini yo'qotish yoki daromad ola

olmaslik, qo'shimcha xarajatlar qilish

xavfidir

Grabovoy P.G., Petrova S.N.,

Poltavtsev S.I. Riski v

sovremennom biznesa.

M.: ―Alans,

2006.

5.

Lavrushin

Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat

o'lchovi bo'lib, u yo'qotishlarga olib

keladi

Lavrushin O.I. Bankovskie riski. -

M.: ―Knorus, 2007.

6.

Panova

Risk kutilmagan hodisalar yuzaga

kelganida yo'qotish xavfi yoki

imkoniyatidir

Panova G.S. Kreditnaya politika

kommercheskogo banka. - M.:

―Yurayt, 2014.

7.

Sey

Risk foydaning faqat bir qismini

shakllantirish omili hisoblanadi

Sey, J.B. Traktat po politicheskoy

ekonomii.

M.: ―Direkt

-Media,

2007.

Bu risklar esa, iqtisodiy oqibatlarga ko'ra soliq risklarining darajasini ham belgilab beradi.
Soliq riskini anglashimiz uchun ularning mohiyatini tadqiq etish talab etiladi, bu esa

ularning ilmiy-tadqiqotlarda qanday talqin etilganligini tahlil qilishni taqozo etadi.

O'zbekistonlik iqtisodchi olim Elmirzaevning bu boradagi ilmiy tadqiqotlari alohida kasb etadi.

Ushbu olimning fikriga ko'ra, "soliq riski bu soliq munosabatlarida qatnashuvchi sub'ektlarning

o'z majburiyatlarini bajarish borasidagi faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan va
soliq to'lovchilar, shuningdek davlat budjeti moliyaviy yo'qotishlariga sabab bo'luvchi xavf-

xatar"dir deb ta'riflab, soliq risklari, avvalambor, sub'ektlar bo'yicha tasniflanadi, bunda soliq

munosabatlari davlat va soliq to'lovchilar o'rtasidagi o'zaro munosabat natijasida yuzaga

kelishi tufayli soliq riski tushunchasiga ikki xil nuqtai nazardan yondashish mumkinligi kelib
chiqadi. Ya'ni soliq risklari bir tomondan davlat boshqaruv organlarining soliqqa tortish

borasidagi faoliyati davomida (bunda soliq riski Qonunchilik, ijro etuvchi va sud organlari

faoliyati orqali vujudga kelishi ko'rib chiqiladi), ikkinchi tomondan soliq to'lovchilarning soliq

munosabatlariga kirishishi natijasidagi qonunchilikka zid xatti-harakatlari oqibatida yuzaga
kelishi ko'rib chiqiladi degan g'oyani ilgari suradi.

Shuningdek, o'zbek olimlaridan Boboev (2020) o'zining ilmiy tadqiqotlarida soliqlarni

prognoz qilish jarayoni soliq riski bilan doimiy bog'liq bo'ladi, agar, soliq riski to'g'ri baholansa,

soliqlarni prognoz qilish jarayonidagi xatoliklar yoki aniqlikka ega ko'rsatkichlarning haqiqiy
soliq tushumlari o'rtasidagi mutanosiblik ta'minlanadi degan fikrni bildiradi. Xorijiy

olimlarining ilmiy qarashlarini tahlil qiladigan bo'lsak, masalan, "soliq riski

bu moliyaviy

faoliyati jarayonida soliq qonunchiligidagi noqulay o'zgarishlar yoki soliq to'lovlarini

hisoblashdagi xatolar oqibatida iqtisodiyot sub'ekti duch kelishi mumkin bo'lgan zarar ehtimoli

(xavfi)dir" deb ta'rif bergan Filin (2002) soliq riskini moliyaviy xatoliklar asnosida baholagan.

Shunday olimlardan biri Kalashnikovaning (2007) fikrichia, "soliq riski, bizning

nazarimizda

bu soliqqa tortish jarayonida soliq to'lovchi noqulay iqtisodiy oqibatlar, mol-

mulkini qo'shimcha soliq summasi shaklida budjet foydasiga musodara etishni ham qo'shib,
inson faktori, axborot asimmetriyasi natijasidagi soliq sanktsiyalari va peniyalar, soliq


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

557

to'lovchining moliyaviy-xo'jalik faoliyatidagi negativ o'zgarishlar oqibatida ehtimoliy shaklda
duch kelishi mumkin bo'lgan tavakkalchilikdir". Bunday tavsif risklar tizimidagi soliq

risklarining tabiatini nisbatan to'liqroq ochib beradi. Bizning fikrimizcha, soliq risklarini tadqiq

etish maqsadida birlamchi o'zgarish sifatida moliyaviy-xo'jalik faoliyatidagi o'zgarishlar,

siyosiy vaziyat o'zgarishi hamda qonunchilikdagi o'zgarish va boshqa shu kabi tushunchalarini
birlashtirish mumkin. Soliq risklarining ajralib turuvchi xususiyati shuki, soliq stavkalarining

o'sishi bilan soliq riski summasining oshishi ham ro'y beradi deb hisoblaydi muallif.

Boshqalardan farqli o'laroq, rosiyalik olim Leushev esa, soliq risklarini keng ma'noda,

salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisalar boshlanish ehtimoli, ya'ni aynan soliqlarni
hisoblash va to'lash jarayoni bilan bog'liq moliyaviy (yoki boshqacha) zarar ehtimoli sifatida

qo'llash lozim degan taklifnii ilgari suradi va o'z navbatida soliq risklarini soliq organlari

tomonidan soliqlar, jarimalar, peniya (ustama)lar va boshqa moliyaviy sanktsiyalarni

hisoblashgacha bo'lgan ehtimol sifatida belgilash mazmundagi ta'rifni keltirib o'tadi.

Tshekin soliq riskini huquqiy tavakkalchilikning bir bo'lagi sifatida qaraydi, ya'ni, uning

fikriga ko'ra, "soliq riski huquqiy tavakkalchilikning qismi sifatida tushunilib, chunki soliqqa

tortish nafaqat moliyaviy kategoriya, balki huquqiy va bundan tashqari, u alohida

kodlashtirilgan huquq sohasidir. Afsuski, an'anaviy tavakkalchilik tizimida huquqiy risk
kamdan-kam tilga olinadi, tizimda huquqiy risklar (yuridik risklar), ya'ni qonunchilikning

noaniqligi yoki amaldagi qonunchilikning qonuniy talablari buzilishi natijasida yuzaga kelishi

mumkin bo'lgan yo'qotishlar riskidir".

Tixonov (2004) esa, soliq riskini "soliq to'lovchining soliqlarni to'lash va optimallashtirish

jarayoni bilan bog'liq pul shaklida ifodalangan moliyaviy va boshqa yo'qotishlarga duchor
bo'lish imkoniyati" sifatida baholasa, Filina (2007) soliq riskining negizini "soliq huquqiy

munosabatlar sub'ektining amaldagi huquq normalariga asoslanib, ushbu sub'ektning o'zi

qabul qilgan kelajakdagi holatlardan salbiy chetga chiqishi tufayli soliqqa tortish jarayoni bilan

bog'liq moliyaviy va boshqa yo'qotishlarga duchor bo'lish tavakkalchiligi asosida uning hozirgi
paytdagi qarorlar qabul qilishidir" deb ta'riflaydi. Soliq riski bo'yicha chuqur tadqiqotlar olib

borgan Tyutyugina Anna Viktorovna esa, soliq riskini "soliq muhitining kutilayotgan holatdan

to'satdan yoki kutilayotgan salbiy o'zgarishlari, shuningdek, soliq muhitidagi huquqiy

noaniqlik tufayli soliq huquqiy munosabatlari sub'ektining moliyaviy va boshqa yo'qotishlarga
duchor bo'lmaslik uchun qaror qabul qilish imkoniyati" deb ifodalagan.

Shu erda shu narsani alohida ta'kidlashimiz kerakki, Tyutyuginaning (2013) soliq riski

borasidagi tadqiqotlari anchayin ilmiy jihatdan ahamiyatlidir. Ushbu olim soliq riskining turlari

va o'ziga xos xususiyatlarini boshqa olimlarga nisbatan anchayin to'laroq ochib bergan. Ya'ni,
uning ta'kidlashicha, "qarorlarni qabul qilishda salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligini

bilish darajasiga ko'ra, soliq riski qasddan va qasddan bo'lmagan risklarga bo'linadi. Qasddan

soliq riski, qoida tariqasida, faqat soliq to'lovchilar faoliyatiga xosdir. Bunda soliq to'lovchi soliq

solishdan bo'yin tovlaydi, ya'ni soliqlarni budjet tizimiga to'lashdan yashirishning ataylab
noqonuniy usullaridan foydalanadi. Shu nuqtai nazardan, vijdonli soliq to'lovchi - soliq va
yig'imlarni to'lashga majbur bo'lgan, o'zi hisoblagan barcha soliq va yig'imlarni to'laydigan,

soliq to'lovlarini optimallashtirishning shubhali usullarini ("soliq sxemalari") ataylab

qo'llamaydigan, faqat shulardan foydalangan holda soliq to'lovchidir. Qasddan soliq

tavakkalchiligi noaniqlik omillari: atrof-muhitning ob'ektiv noaniqligi, atrof-muhitning
qarama-qarshiligining noaniqligi va shaxsiy noaniqlik bilan bog'liq".

Filina (2007) soliq riskini turlarini soliq riskining mohiyati va turlarini hisobga olgan

holda, davlat, soliq to'lovchilar, soliq agentlari, o'zaro bog'liq shaxslarning soliq

tavakkalchiligini ajratib ko'rsatadi. Gratoviy (1994) esa, "bashorat qilish imkoniyati nuqtai
nazaridan soliq riski bashorat qilinadigan va oldindan aytib bo'lmaydigan tavakkalchiligiga

bo'linadi" deb hisoblaydi., shuningdek, uning fikricha, vaqt muddati nuqtai nazaridan soliq

riskini qisqa muddatli va doimiyga bo'lish mumkin, soliq riskining maqbullik darajasiga ko'ra

qabul qilinadigan, tanqidiy va halokatli riskka ajratiladi. Migunova (2006) o'zining "soliq


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

558

nazoratidagi risklarni baholash va guruhlash" nomli asarida soliq riskini tavakkalchilikning
maqsadga muvofiqligi (riskni o'z zimmasiga olish asoslari) bo'yicha quyidagilarga bo'lish

mumkin: oqlangan (asosli) risk va asossiz tavakkalchilik (xatarli oqibatlar tahdidi bilan bog'liq

bo'lgan risk), soliq riski yuzaga kelish doirasiga ko'ra tashqi va ichki"ga bo'ladi.

Soliq riskining mohiyatini tadqiq qilish fikrimizcha, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni

baholashni ham taqozo etadi. Bu borada iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha yondoshuvlar

mavjud. Jumladan, Leushev (2007) soliq risklarining paydo bo'lish omillari sifatida: soliqqa

tortish jarayonida yo'l qo'yilgan xatolar, soliq qonunchiligi normalarini turlicha tushunish va

o'ziga tegishli soliq majburiyatlarini bajarish imkoni yo'qligida deb tushuntiradi. Rossiyalik
olimlar Tsirkunova (2005) va Migunovalar ham Leushev yondoshuviga o'xshash omillari

keltirib o'tadi, ya'ni ushbu olimning fikricha, soliq riskining ichki omillari sifatida quyidagilarni

keltiradi:

-

soliqni rejalashtirishda yo'l qo'yilgan xatolar;

-

soliq qonunchiligini turlicha tushunish;

-

inson omili (soliq xatolari);

-

xo'jalik-moliyaviy faoliyatdagi negativ o'zgarishlar.

Soliq riski bo'yicha tadqiqotlar olib borgan Kalashnikovaning (2007) fikricha, "soliq riski

bu soliqqa tortish jarayonida soliq to'lovchi noqulay iqtisodiy oqibatlar, mol-mulkini

qo'shimcha soliq summasi shaklida budjet foydasiga musodara etishni ham qo'shib, inson

faktori, axborot asimmetriyasi natijasidagi soliq sanktsiyalari va penyalar, soliq to'lovchining

moliyaviy-xo'jalik faoliyatidagi negativ o'zgarishlar oqibatida ehtimoliy shaklda duch kelishi

mumkin bo'lgan tavakkalchilikdir" deb izohlash bilan birga, soliq riskining avvalboshdagi
sababi soliq to'lovlarini optimallashtirish shaklida minimizasiya qilish emas, balki soliq

to'lovchi ba'zan soliqni to'lashdan bo'yin tovlash va soliqlarni optimallashtirish o'rtasidagi

nozik chegarani ilg'ay olmay qolgan holatlardir" deb tavsiflaydi.

Aksariyat olimlar soliq riskining omillari sifatida soliq qonunchiligini turlicha tushunish

va uni ikki xil o'qish, jumladan soliqlarni optimallashtirish mezonlaridagi noaniqliklarni

keltirib o'tadi. Bu borada Bublikning (1999) fikri ahamiyatlidir. Ya'ni, uning ta'kidlashicha,

riskni belgilash uni aniqlash va noaniqlik bilan chegaralanishi kerak. Bu uchun muallif risk

sharoitida qarorlar qabul qilish vaziyatlari belgilarini ajratib ko'rsatishni taklif etadi:

-

qaror qabul qiluvchi shaxs (qqqsh) bir nechta ehtimoliy harakatlardan birini tanlash

zarurati oldida turibdi;

-

harakatlardan biri kutilmagan oqibatlarga olib kelish ehimoli bor;

-

qqqsh o'zini barcha ehtimoliy harakatlarning oqibati borasida xabardor hisoblaydi va

bir natija ikkinchisi ortidan kelishini maqbul ko'radi, ya'ni oqibatlarni ularning o'ziga foydalilik

nuqtai nazaridan tizimlaydi.

Bir qator mualliflar, turli sabablarga ko'ra soliq risklarini moliyaviy risklar sirasiga

kiritishgan:

-

soliq risklarining realizasiyasi (oqibati) aksar hollarda soliq to'lovchining moliyaviy

zarari shaklida namoyon bo'ladi;

-

soliq risklarining asosiy qismi bevosita pul muaomalasi shaklida baholanishi mumkin;

-

soliq risklarida pul muomalasi bor va u ortiqcha xarajatga sabab bo'ladi.

Soliq risklari soliqqa tortish jarayonida soliq nazoratini amalga oshirish bosqichi shaklida

namoyon bo'ladi. Tixonov va Lipnik amaliyot nuqtai nazaridan, o'z spesifikasi bilan

farqlanuvchi bir nechta soliq risklari turlarini ajratib ko'rsatishadi. Bular

soliq nazorati

risklari, soliqlar og'irlashuvining kuchayish risklari, soliqqa oid jinoyatlar ta'qibi risklari.

Fikrimizcha, jinoiy ta'qib risklari soliq nazorati riskining bevosita oqibati bo'lib, shu vaqtning
o'zida soliqlar og'irlashuvining kuchayish riski soliqqa tortish shartlarining soliq to'lovchi

uchun noqulay bo'lgan variantidir, xolos.

Soliq to'lovchining u uchun sezilarli ahamiyatga ega bo'lgan, soliq to'lamaslikka olib

keladigan harakati yoxud harakatsizligining sababi (inson omili, axborot asimmetriyasi yoki


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

559

bevosita niyat) ko'pincha soliq sanktsiyalari hajmiga ta'sir ko'rsatmaydi. Soliqqa tortish
jarayonida axborot asimmetriyasiga duch kelgan qonunni hurmat qiluvchi soliq to'lovchida

soliq risklari (soliq nazorati natijalariga ko'ra) ham etarlicha yirik va u soliqlarni hisoblashda

tasodifiy xatolarning paydo bo'lishiga hamda uning soliq organlari tomonidan aniqlanish

ehtimoliga olib keladi. Soliqlarni minimizasiya qilishga faol urinadigan soliq to'lovchilarda bu
risklar sezilarli ortadi.

-

Ayrim olimlar, masalan, Stigler (1961) soliq riskini keltirib chiqaruvchi va unga ta'sir

etuvchi omillar sirasiga axborot etishmovchiligi (axborot asimmetriyasi)ni keltirib o'tadi.

Uning ta'kidlashicha, "soliqqa tortish jarayonidagi axborot asimmetriyasi

bu soliq to'lovchi va

soliq organlarining soliq majburiyatlari to'lanishi borasidagi to'liq bo'lmagan yoxud ko'p

variantli xabardorligidir. Soliq nazorati jarayonida u soliq organlariga to'liq axborotga ega

bo'lmagan yoki turlicha (mavhum) axborot olganligi bois soliq majburiyatlarini to'liq to'lay

olmagan soliq to'lovchilarga soliqlar, peniya va jarimalarni oxirigacha hisoblash imkonini
yaratadi. Soliq to'lovchining to'g'ri xulq-atvorini qiyinlashtirib, qo'shimcha transaktsiya
xarajatlarni (axborot izlash xarajati) tug'dirib, axborot asimmetriyasi soliq riskiga va soliqqa

tortish jarayonining samarasiz faoliyatiga olib keladi". Bundan farqli o'larov, Antipin (2003)

esa, axborot asimmetriyasining sabablari sifatida: axborot olish, boshqa taqchil ne'matlar
singari, qo'shimcha xarajatlarni talab etishi, axborot ma'nan umri qisqaligi bilan

xarakterlanishi, har qanday iqtisodiy sub'ekt zarur axborotdan o'ziga mos ravishda foydalanish

uchun uni ulkan hajmli axborot zahirasidan ajratib ola bilishi, ehtimolki, qayta mulohaza qilishi

va qayta ishlay olishi kabi omillarni keltirib o'tadi.

Bizningcha, soliq riski bu-har qaysi davlatning budjet-soliq siyosatida asosiy maqsad qilib

belgilangan maqsadlarga erishish borasida ham budjet ham soliq to'lovchi manfaatlariga

iqtisodiy-moliyaviy zid keladigan moliyaviy noaniqlik, xavf, mavhumlik holatlarini keltirib

chiqaruvchi omillar majmuasi va ularning namoyon bo'lishidir.

Xulosa va takliflar.

Xavf, noaniqlik, stixiyalilik, mavhumlik kabi tabiiy-ob'ektiv jarayonlar jamiyatning boshqa

jabhalari singari iqtisodiy munosabatlarda ham doimo mavjud bo'ladi. Iqtisodiyotning o'z o'ta

murakkab munosabatlar va o'ziga xos qonuniyatlarga ega bo'lgani kabi unda amal qiladigan
turli xil iqtisodiy risklar ham shunchalik murakkab bo'ladi. Insoniyat iqtisodiyotda o'zaro

munosabatlarga kirishishi bir tekisda bo'lmaydi, bu esa risklarning yuzaga kelishini

ta'minlaydi.

Xavf tushunchasi bu riskni vujudga kelishini keltirib chiqaruvchi oraliq holat sifatida

baholash o'rinlidir. Shu jihatdan olganda xavf bu salbiy oqibatlarga olib keluvchi oraliq jarayon

(hodisa) bo'lsa, risk bu natijaviy holatdir. risklar ichida tadbirkorlik riski o'ziga xos

murakkablik va xususiyatga ega. Avvalo tadbirkorlik faoliyati bu murakkab raqobat muhitidagi

noaniq konyukturaga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida amal qilishi bu borada juda
ko'plab risklarni keltirib chiqaradi. Tadbirkorlik riskining darajasi esa, bir tomondan tashqi
omillarga bog'liq bo'lsa, boshqa tomondan tadbirkorning iqtisodiy siyosati, uning bilim va

malakasi hamda bozor qonunlariga hamda jamiyatdagi qabul qilingan milliy qonunlarga amal

qilishiga bog'liq bo'ladi.

birinchidan, risklar doimo salbiy holat sifatida baholanadi;
ikkinchidan, noaniqlik, mavhumlik, ehtimollik, xavf kabi tushunalarni risklarning

mavjudligi sifatida izohlanadi;

uchinchidan, risklar ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ega bo'lib, ular turli xid omillar hisobiga

yuzaga keladi va ularning darajasini belgilab turadi;

to'rtinchidan, risklar ichida tadbirkorlik riski o'zining turli tumanligi, kechishining

noaniqligi, uni boshqarishning murakkabligi hamda bozor qonunlariga muvofiqligi va boshqa

omillar ta'sirida bo'lishligi bo'yicha ko'plab ilmiy qarashlarda uyg'unlik mavjuddir;


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

560

beshinchidan, iqtisodiy risklarni boshqarish menejment sohasidagi dolzarb masalalar

sifatida keng tadqiq etib kelinmoqda.

Bizningcha, risk bu-tabiat va jamiyatning ob'ektiv qonunlari, ijtimoiy hayotni tashkil etish

mazmunidan kelib chiqib, insonlarning hayotining bir maromda kechishi, iqtisodiy

munosabatlarning insoniyat manfaatlariga mos kelishiga turlicha ta'sir etadigan va asosiy
maqsadga erishishda to'sqinlik qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va sosial holat bo'lsa, soliq riski

deganda har qaysi davlatning budjet-soliq siyosatida asosiy maqsad qilib belgilangan

maqsadlarga erishish borasida ham budjet ham soliq to'lovchi manfaatlariga iqtisodiy-

moliyaviy zid keladigan moliyaviy noaniqlik, xavf, mavhumlik holatlarini keltirib chiqaruvchi
omillar majmuasi va ularning namoyon bo'lishi tushuniladi.

Adabiyotlar/Литература/References:

Antipina O. H. (2003) axborot assimetriyasi / Antipina O. H./ / xabar. Moskva un-ti. 6-seriya,

Iqtisodiyot, -

№ 2

.

Ashurov Maxammadjon Sotvoldievich. (2020) Risk muhitida sanoat korxonalarining barqaror

rivojlanishini ta'minlash yo'nalishlari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron

jurnali. № 3, may

-iyun.

Boboev Sh.B. (2020) Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bo'yicha tushumlarni prognoz

qilish mexanizmini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi

Avtoreferati. Toshkent. 19 b.

Elmirzaev S. (2018) korporativ soliqlarni rejalashtirish. O'quv qo'llanma.

T.:,

59 bet.

Filin S. A. (2002) Moliviy risk va moliaviy risklarni samarali boshkarish va taminlash jarayonida

moliaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi tarkibi.

// Moliya va kredit № 3. 26b.

Grabovoy P.G., Petrova S.N., Poltavtsev S.I. (2006)

Riski v sovremennom biznesa. M.: ―Alans.

Lavrushin O.I. (2007) Bankovskie riski. -

M.: ―Knorus.

Ojegov S.I., Shvedova N.Yu. (2006)Tolkoviy slovar russkogo yazika.

M.: OOO ―A TEMP‖.

Panova G.S. (2014) Kreditnaya politika kommercheskogo banka. -

M.: ―Yurayt.

Sevruk V.T. (2006)

Bankovskie riski. M.: ―Delo

-

LTD‖

.

Sey, J.B. (2007) Traktat po politicheskoy ekonomii.

M.: ―Direkt

-Media.

Stigler G. (1961) The Economies ofInformation.-Journal ofPolitical Economy.

v. 69.№ 3.P.35

Usoskin V.M. (1994) Sovremenniy kommercheskiy bank: upravlenie i operasii. - M.: IPS "vazar-

Ferro", 1994.

Бублик Д.

(1999)

Риск

-

ресурс:

проблемы венчурно

-

стохастической деятельности. Уфа,

с.37

.

Гратовый П.Г.

(1994)

Риски в современном бизнесе / Гратовый П.Г., Петрова С.Н.,

Полтавцев С.И., и др.

-

М.: Алане,

-

200 с.

Калашникова Эльвира Леонидовна.

(2007)

Налоговые риски: оценка и их финансовые

последствия. Диссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук.

Иркутск. стр. 83.

Кодекс (2020) Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси

-

Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёт

уйи.

-

640 б.

Леушев А. А.

(2007)

Методологические подходы к анализу и управлению налоговыми

рисками // Финансы и кредит.

-

№ 17.

-

с.40.

Мигунова М.И.

(2006)

Классификация и оценка рисков налогового контроля / М.И.

Мигунова, Т.А. Цыркунова // Проблемы современной экономики.

-

№ 1/2 (17/18).

Насимов Р.А. (2024) “Солиқ юкини оптималлаштириш йўллари” (phd) илмий

даражасини олиш учун ёзилган дисс. автореферати. –

Тошкент.

Тихонов Д. Н.

(2004)

Налоговое планирование и оптимизация налоговых рисков.

с.106.

Тютюгина Анна Викторовна.

(2013)

Оценка и минимизация налоговых рисков,

связанных с планированием и проведением выездных налоговых проверок. Диссертация на

соискание учёной степени кандидата экономических наук. Иркутск

-

С.37

.

Филина Ф.Н.

(2007)

Анализ налоговых рисков / Российский бухгалтер, №11.

Цыкунова Т. А.

(2005)

Налоговые риски: сущность и классификация / Т. А. Цыкунова, М.

И. Мигунова // Молия ва кредит.

-

№ 33. С.48.

Bibliografik manbalar

Antipina O. H. (2003) axborot assimetriyasi / Antipina O. H./ / xabar. Moskva un-ti. 6-seriya, Iqtisodiyot, - № 2.

Ashurov Maxammadjon Sotvoldievich. (2020) Risk muhitida sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishini ta'minlash yo'nalishlari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun.

Boboev Sh.B. (2020) Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bo'yicha tushumlarni prognoz qilish mexanizmini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi Avtoreferati. Toshkent. 19 b.

Elmirzaev S. (2018) korporativ soliqlarni rejalashtirish. O'quv qo'llanma. – T.:,– 59 bet.

Filin S. A. (2002) Moliviy risk va moliaviy risklarni samarali boshkarish va taminlash jarayonida moliaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi tarkibi. // Moliya va kredit № 3. 26b.

Grabovoy P.G., Petrova S.N., Poltavtsev S.I. (2006) Riski v sovremennom biznesa. M.: ―Alans.

Lavrushin O.I. (2007) Bankovskie riski. - M.: ―Knorus.

Ojegov S.I., Shvedova N.Yu. (2006)Tolkoviy slovar russkogo yazika. — M.: OOO ―A TEMP‖.

Panova G.S. (2014) Kreditnaya politika kommercheskogo banka. - M.: ―Yurayt.

Sevruk V.T. (2006) Bankovskie riski. M.: ―Delo-LTD‖.

Sey, J.B. (2007) Traktat po politicheskoy ekonomii. – M.: ―Direkt-Media.

Stigler G. (1961) The Economies ofInformation.-Journal ofPolitical Economy. v. 69.№ 3.P.35

Usoskin V.M. (1994) Sovremenniy kommercheskiy bank: upravlenie i operasii. - M.: IPS "vazar-Ferro", 1994.

Бублик Д.(1999) Риск-ресурс: проблемы венчурно-стохастической деятельности. Уфа, с.37.

Гратовый П.Г. (1994) Риски в современном бизнесе / Гратовый П.Г., Петрова С.Н., Полтавцев С.И., и др. - М.: Алане, - 200 с.

Калашникова Эльвира Леонидовна. (2007) Налоговые риски: оценка и их финансовые последствия. Диссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук. Иркутск. стр. 83.

Кодекс (2020) Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси- Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёт уйи.- 640 б.

Леушев А. А. (2007) Методологические подходы к анализу и управлению налоговыми рисками // Финансы и кредит.-№ 17.- с.40.

Мигунова М.И. (2006) Классификация и оценка рисков налогового контроля / М.И. Мигунова, Т.А. Цыркунова // Проблемы современной экономики. - № 1/2 (17/18).

Насимов Р.А. (2024) “Солиқ юкини оптималлаштириш йўллари” (phd) илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. автореферати. – Тошкент.

Тихонов Д. Н. (2004) Налоговое планирование и оптимизация налоговых рисков. с.106.

Тютюгина Анна Викторовна. (2013) Оценка и минимизация налоговых рисков, связанных с планированием и проведением выездных налоговых проверок. Диссертация на соискание учёной степени кандидата экономических наук. Иркутск - С.37.

Филина Ф.Н. (2007) Анализ налоговых рисков / Российский бухгалтер, №11.

Цыкунова Т. А. (2005) Налоговые риски: сущность и классификация / Т. А. Цыкунова, М. И. Мигунова // Молия ва кредит. - № 33. С.48.