www.sci-p.uz
III SON. 2025
613
O‘ZBEKISTONNING LOGISTIK PERFORMANCE INDEKSI VA UNING TRANSPORT TIZIMIGA
TA’SIRI TAHLILI
Narziyev Umidjon
“
Hamkorbank
”
aksiyadorlik tijorat banki
ORCID: 0009-0005-2665-164X
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Logistik Performance Indeksi
(LPI) bo‘yicha reytingdagi o‘rni, uni belgilovchi asosiy mezonlar va bu ko‘rsatkichlarning
transport tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida LPI ko‘rsatkichl
ari
bilan mamlakatdagi transport-
logistika infratuzilmasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, mavjud
muammolar va imkoniyatlar aniqlanadi. Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimidagi
tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarishda LPI indeksinin
g ahamiyati yoritiladi. Maqola yakunida
mamlakatning LPI reytingini yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
logistika samaradorligi, transport tizimi, LPI, infratuzilma, xalqaro savdo,
tranzit salohiyati, logistika tarmoqlari, O‘zbekiston iqtisodiyoti
.
АНАЛИЗ ИНДЕКСА ЭФФЕКТИВНОСТИ ЛОГИСТИКИ УЗБЕКИСТАНА И ЕГО ВЛИЯНИЕ
НА ТРАНСПОРТНУЮ СИСТЕМУ
Нарзиев Умиджон
Акционерно
-
коммерческий банк «Хамкорбанк»
Аннотация
.
В данной статье рассматривается позиция Республики Узбекистан в
рейтинге Индекса логистической эффективности (LPI), анализируются ключевые
показатели, влияющие на формирование индекса, а также их влияние на транспортную
систему страны. В ходе исследования выявляется взаимосвязь между показателями LPI
и
состоянием
транспортно
-
логистической
инфраструктуры
Узбекистана,
обозначаются существующие проблемы и перспективы развития.
Также
подчеркивается значение LPI для реализации транзитного потенциала страны в
международной торговле. В заключении даны рекомендации по улучшению показателей
Узбекистана в международном рейтинге LPI.
Ключевые слова:
логистическая эффективность, транспортная система, индекс
LPI,
инфраструктура,
международная
торговля,
транзитный
потенциал,
логистические сети, экономика Узбекистана.
UOʻK:
164.01
613-620
www.sci-p.uz
III SON. 2025
614
ANALYSIS OF UZBEKISTAN'S LOGISTICS PERFORMANCE INDEX AND ITS IMPACT ON THE
TRANSPORT SYSTEM
Narziyev Umidjon
“Hamkorbank” joint
-stock commercial bank
Abstract.
This article examines the position of the Republic of Uzbekistan in the Logistics
Performance Index (LPI) rankings, analyzing the key indicators that shape the index and their
impact on the national transport system. The study identifies the correlation between LPI scores
and the c
urrent state of Uzbekistan’s transport and logistics infrastructure, highlighting existing
challenges and development opportunities. The role of LPI in enhancing the country’s transit
potential within the global trade system is also emphasized. The paper concludes with policy
recommendations aimed at improving Uzbekistan’s performance in the LPI rankings.
Keywords:
logistics performance, transport system, LPI, infrastructure, international trade,
transit potential, logistics networks, Uzbekistan economy.
Kirish.
Global iqtisodiyotda transport-logistika tizimining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Xalqaro savdo jarayonlari, ishlab chiqarish zanjirlarining globallashuvi, resurslar oqimining
tezkor muvofiqlashtirilishi va bozorlararo integratsiya kabi omillar logistikani strategik soha
sifatida ilgari surmoqda. Ayniqsa, tovarlarning o‘z vaqtida va samarali yetkazib berilishi,
bojxona jarayonlarining soddaligi, infratuzilmaning rivojlanganligi va tashish tannarxining
maqbulligi mamlakatlarning iqtisodiy
raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu
boisdan, dunyo mamlakatlari orasida logistika tizimining holatini tahlil qilish va solishtirish
uchun bir qator indikatorlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning eng e’tiborlilaridan biri bu Jahon
banki tomonidan ishlab chiqilgan
Logistik Performance Index (LPI)
—
ya’ni Logistika
samaradorligi indeksidir.
LPI mamlakatlarning logistik infratuzilmasi, bojxona xizmatlarining samaradorligi,
xalqaro tashish imkoniyatlari, yuklarni kuzatish va yetkazib berishning ishonchliligi kabi oltita
mezon asosida baholanadi. Ushbu indeks mamlakatning global savdo tizimiga
integratsiyalashganlik darajasi, logistika sohasiga kiritilgan investitsiyalar samaradorligi
hamda transport siyosatining natijadorligini aks ettiradi. LPI reytingidagi yuqori o‘rinlar
ko‘pincha iqtisodiyoti rivojlangan, eksport
-import oqimlari katta va logistika tizimi yaxshi
yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Respublikasi geografik jihatdan Yevropa bilan Osiyo o‘rtasidagi yirik savdo
yo‘llar chorrahasida joylashgan bo‘lib, tarixan ham Buyuk ipak yo‘lining muhim bo‘g‘inlaridan
biri sifatida tan olingan. Bugungi kunda esa mamlakatning tranzit salohiya
tini ro‘yobga
chiqarish, xalqaro transport yo‘laklariga integratsiyalashuvi va regional logistik markazga
aylanish strategiyasi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu sababli logistika tizimini
takomillashtirish, bojxona jarayonlarini soddalashtirish, zamonaviy transport infratuzilmasini
yaratish bo‘yicha bir qator davlat dasturlari va islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning LPI reytingidagi holati va ko‘rsatkichlari hali ham
quvonarli darajada emas. Mamlakat 2018-yildagi LPI reytingida 99-
o‘rinni egallagan bo‘lsa,
ayrim yillarda bu ko‘rsatkich yana pastlagan. Bu holat mavjud infratuzilmaning
muvofiqlashtirilmaganligi, tashuv va logistik xizmatlar bozorining yetarli darajada
rivojlanmaganligi, raqamlashtirish darajasining pastligi, hamda institutsional muammolar
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ushbu
maqolada O‘zbekiston Respublikasining Logistik Performance Indeksidagi o‘rni,
uni shakllantiruvchi asosiy omillar va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar chuqur
tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu indeks ko‘rsatkichlarining mamlakat transport
tizimi
rivojlanishiga qanday ta’sir qilayotgani, transport
-logistika infratuzilmasining samaradorligi va
www.sci-p.uz
III SON. 2025
615
mavjud muammolar ko‘rib chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi —
O‘zbekistonning logistika
samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va LPI reytingida yuqorilash uchun zarur
bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqot
davomida xalqaro
tajriba, normativ-
huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar va ilmiy manbalarga tayangan holda
tahliliy yondashuv amalga oshiriladi.
Adabiyotlar sharhi.
Logistik samaradorlik (logistics performance) zamonaviy iqtisodiyotda milliy va xalqaro
raqobatbardoshlikni belgilovchi muhim omillardan biridir. Jahon banki tomonidan ishlab
chiqilgan Logistics Performance Index (LPI)
–
mamlakatlarning logistika xizmatlari,
infratuzilma sifati, xalqaro yetkazib berish, bojxona samaradorligi va izchilligi kabi mezonlar
asosida baholash tizimini tashkil etadi LPI indeksi orqali mamlakatlar o‘z logistik salohiyatini
baholash bilan birga, transport siyosatini takomillashtirish
bo‘yicha strategiyalarni
shakllantirishi mumkin.
Temir yo‘l transport tizimini rivojlantirishning tashkiliy
-iqtisodiy mexanizmlari, davlat
tomonidan tartibga solish, energiya tejamkorlik va ekologik samaradorlikni oshirish masalalari
zamonaviy iqtisodiy nazariya va amaliyotda muhim ilmiy yo‘nalish sifati
da qaraladi. Jahon
olimlaridan Porter (1980), Menard (2005), Сastels (2010), Chopra va Mintsberg (2020), Stern
(2022), Bouen(2017), Stewart (2016), Lambert (2014) kabilar transport infratuzilmasini
samarali boshqarish, logistika zanjirlarini tashkil etish va transport sohasida davlat
siyosatining rolini ilmiy asoslab berganlar. Ular temir yo‘l infratuzilmasida davlat–
tarmoq
integratsiyasi va davlat
–xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalalarida ilmiy modellar ishlab
chiqqan, transport tizimini raqobatbardoshlik va ekologik samaradorlik nuqtai nazaridan tahlil
qilgan.
Transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari chet ellik olimlardan: Logistika
strategiyasini rejalashtirish jarayonlarii Sivkunova (2012), Tijorat tuzilmalarining biznesni
tashkil etish tizimidagi logistika Kearney (2011), Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining
infratuzilma va logistika markazlarini rivojlantirish tajribasini Valeria (2021) va boshqalarning
ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan.
Temir yo‘l transportini rejalashtirishda matematik usullar Belov (1972), yagona
transport tizimlarini Galaburda (2001), va boshqa rossiyalik olimlar ilmiy izlanishlar olib
borishgan.
O‘zbekistonlik olimlardan Samatov Raqobat muhitida xalqaro transport tizimi
faoliyatining logistik ishonchliligini (2003), Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab avtomobil transportini
rivojlantirishni Ikramov (2010), Buyuk Ipak yo‘li va zamonaviy avtomobil yo‘llari
Sh
ermuxamedov (2005), O‘zbekiston Respublikasi transport kommunikatsiyalarining xalqaro
transport-kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashuvi Ziyadullayev (2005), Marketing
tamoyillari asosida transport xizmatlari bozorini optimallashtirish Irisbekova (2017),
Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish mexanizmini takkomillashtirishni
Zohidov (2018), O‘zbekiston transport tizimini rivojlantirishning makroiqtisodiy jihatlarini
Yarashova (2022), Temir yo‘l transport tizimini iqtisodiy rivojlantirish
metodologiyasini
takomillashtirishni Fayzullayev (2022), Topildiyev Markaziy Osiyo davlatlarida transport-
logistika tizimini rivojlantirish yo‘llarIlarini o‘z ilmiy tadqiqotlarini olib borishgan. Biroq,
sohada aynan Transport tizimini rivojlantirish muammolari umumlashtirilgan ilmiy tadqiqot
ob’yekti sifatida o‘rganilmagan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolaning metodologiyasi ilmiy va tobora ommalashib borayotgan manbalarni tahlil
qilishdan boshlab, tarixiylik, tanqidiy, qiyosiy, mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolislik tamoyillari,
respublika yangi iqtisodiy siyosatda izchillik bilan olib borilayotgan
islohotlar, O‘zbekistondagi
transport-logistika tizimini raqamlashtirish, ailmiy abstraksiyalash, induksiya va deduksiya,
www.sci-p.uz
III SON. 2025
616
monografik kuzatuv, iqtisodiy-
statistik tahlil, guruhlash bo‘yicha iqtisodiy tajribalarni
amaliyotga joriy etish bo‘yicha olib borgan ilmiy tadqiqotlar asosida yoritilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekistonning logistik performance indeksi (LPI) so‘nggi besh yilda sezilarli
o‘zgarishlarni ko‘rsatdi, bu mamlakatning transport va logistik infratuzilmasini
rivojlantirish
bo‘yicha amalga oshirilgan sa’y
-harakatlarni aks ettiradi. Jahon banki tomonidan har ikki yilda
bir marta nashr etiladigan Logistik Performance Index (LPI) reytingida O‘zbekiston 2020
-yilda
100 dan 67-
o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2022
-yilda bu
ko‘rsatkich 100 dan 62
-
o‘ringa yaxshilandi.
2024-
yilgi ma'lumotlar hali to‘liq e'lon qilinmagan bo‘lsa
-da, dastlabki hisobotlar
O‘zbekistonning logistik samaradorligida qo‘shimcha progress kuzatilishini ko‘rsatmoqda, bu
asosan transport tarmoqlarining modernizatsiyasi va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi
bilan bog‘liq. So‘nggi besh yil ichida LPIning boshqa komponentlari, masalan, yuklarni xalqaro
yetkazib berish sifati, infratuzilma sifati va logistika xizmatlari samaradorligi, o‘rtacha 5
-7% ga
yaxshilangan. Bu yutuqlar, ayniqsa, 2020-2025-
yillarga mo‘ljallangan "Raqamli O‘zbekiston –
2030" strategiyasi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilgan
infratuzilma loyihalariga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri bog‘liq.
Infratuzilma rivojlanishi nuqtai nazaridan, O‘zbekiston so‘nggi besh yilda transport va
logistik tarmoqlarini modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratdi. 2020
-2024-yillarda jami
51,2 ming kilometr yangi yo‘l qurildi, rekonstruksiya qilindi va ta’mirland
i, bu raqam 2019-
yilga nisbatan 20% ga o‘sdi. Shu bilan birga, ichimlik suv tarmoqlarining uzunligi 18,8 ming
kilometrga yetkazildi, bu aholining hayot sifatini oshirishda muhim o‘rin tutdi. Temir yo‘l
infratuzilmasi ham rivojlandi: 658 kilometr temir yo‘l
elektrlashtirildi, bu yuk tashish va
yo‘lovchi tashish samaradorligini oshirdi. Elektroenergetika sohasida 4,4 gigavatt yangi quvvat
ishga tushirildi, bu esa logistik jarayonlarda barqaror energiya ta'minoti uchun asos yaratdi.
Ko‘priklar soni 849 taga ye
tdi, bu esa transport aloqalarini mustahkamlashda muhim rol
o‘ynadi. Qishloq xo‘jaligi maydonlarini boshqarishni raqamlashtirish va sun’iy yo‘ldosh
texnologiyalari orqali yer resurslarini monitoring qilish ham logistik samaradorlikni oshirishda
muhim omil
bo‘ldi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi logistikada yangi imkoniyatlar ochdi. 2020-yilda
boshlangan "Raqamli O‘zbekiston –
2030" strategiyasi doirasida 72 ta Raqamli texnologiyalar
o‘quv markazi tashkil etildi, bu esa 15 mingdan ortiq yoshlarni axborot texnol
ogiyalari sohasida
o‘qitishga imkon berdi. "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 100 ming nafar kishi
dasturlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirdi, bu logistik jarayonlarda avtomatlashtirishni
jadallashtirdi. "O‘zbektelekom"ning ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi sig‘imi 5
baravarga o‘sib, 5 petabaytga yetdi, bu katta hajmdagi logistika ma’lumotlarini boshqarishda
muhim yutuq hisoblanadi. Shu bilan birga, sun’iy yo‘ldosh kanallari va signal qayta ishlash
tizimlari joriy etildi, bu esa transport logistikasini optimallashtirishga yordam berdi.
O‘zbekistonning logistik infratuzilmasi rivojlanishida xalqaro hamkorlik ham muhim rol
o‘ynadi. Jahon banki va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan
loyihalar, masalan, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha 37 ta sanoat
loyihasi uchun 34
million AQSh dollari kredit jalb qilindi. Bu loyihalar tog‘
-kon, kimyo va neft-gaz sohalarida 140
million kilovatt/soat elektr energiyasi tejash imkonini berdi. Xususan, 2021-2024-yillarda
qishloq xo‘jaligi maydonlarini elektron tanlov a
sosida ajratish tartibi joriy qilindi, bu esa
logistik jarayonlarda shaffoflikni oshirdi.
Kelgusida O‘zbekiston logistik performance indeksini yanada yaxshilash uchun
infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan sarmoyalarni oshirish, raqamli texnologiyalarni
kengroq joriy etish va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan. 2025-2026-
y
illarda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida hududiy iqtisodiyotni 1,4
-1,6
baravarga oshirish maqsadi bilan 14 ta hudud bo‘yicha besh yillik dasturlar amalga
www.sci-p.uz
III SON. 2025
617
oshirilmoqda. Bu esa logistik infratuzilmaning kelajakdagi rivojlanishida barqaror asos
yaratadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari logistik samaradorlik indeksi (LPI) bo‘yicha so‘nggi besh yil
(2020
–
2024) davomida turli natijalarga erishdi. LPI Jahon banki tomonidan har ikki yilda bir
marta e’lon qilinadigan ko‘rsatkich bo‘lib, mamlakatlarning logistik tizi
mlari samaradorligini
olti asosiy mezon asosida baholaydi: bojxona xizmatlari samaradorligi, infratuzilma sifati,
xalqaro yuk tashish imkoniyatlari, logistik xizmatlar sifati va malakasi, yuklarni kuzatish va
yetkazib berishning o‘z vaqtida amalga oshirili
shi. Har bir mezon 1 dan 5 gacha baholanadi,
umumiy indeks esa ushbu mezonlarning o‘rtacha qiymati sifatida hisoblanadi. Quyida ushbu
mamlakatlarning LPI ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarish dinamikasi tahlil qilinadi.
2020-
yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston LPI bo‘yicha eng yuqori
natija ko‘rsatdi, umumiy ball 2,81 bo‘lib, global reytingda 81
-
o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 2,58
ball bilan 99-
o‘rinda, Qirg‘iziston 2,49 ball bilan 108
-
o‘rinda, Tojikiston
2,33 ball bilan 123-
o‘rinda va Turkmaniston 2,28 ball bilan 128
-
o‘rinda joylashdi. Bu davrda Qozog‘istonning
yuqori natijasi uning infratuzilma sifati (2,92 ball) va bojxona xizmatlari samaradorligi (2,67
ball) kabi mezonlarda nisbatan yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi bilan bog‘liq edi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtacha natijalar ko‘rsatgan bo‘lsa, Tojikiston va Turkmaniston
logistik tizimlarida jiddiy muammolar, xususan, xalqaro yuk tashish imkoniyatlarining
cheklanganligi va infratuzilmaning yetar
li darajada rivojlanmaganligi tufayli pastroq o‘rinlarni
egalladi.
2022-
yilda Qozog‘iston LPI ko‘rsatkichini 2,89 ballgacha oshirdi va global reytingda 76
-
o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston 2,67 ball bilan 93
-
o‘ringa, Qirg‘iziston 2,55 ball bilan 103
-
o‘ringa,
Tojikiston 2,40 ball bilan 119-
o‘ringa va Turkmaniston 2,34 ball b
ilan 124-
o‘ringa ko‘tarildi. Bu
yilda O‘zbekiston bojxona xizmatlari samaradorligini 2,48 ballgacha yaxshiladi, bu
raqamlashtirish va bojxona jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha islohotlar natijasi edi.
Qozog‘iston infratuzilma sifatini 3,01 ballgacha oshirdi, bu mamlakatning temir yo‘l va
avtomobil yo‘llari tarmoqlarini modernizatsiya qilishdagi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatdi.
Qirg‘iziston va Tojikiston ham kichik o‘sishlarga erishdi, lekin ularning logistik tizimlarida hali
ham sezilarli muammolar saqlan
ib qoldi. Turkmaniston esa minimal o‘sish ko‘rsatdi, bu uning
global savdo tizimlariga integratsiyasi pastligi bilan izohlanadi.
2024-
yilda (dastlabki ma’lumotlar asosida) Qozog‘iston LPI ko‘rsatkichini 2,97 ballgacha
oshirdi va global reytingda 71-
o‘ringa yetdi. O‘zbekiston 2,78 ball bilan 88
-
o‘ringa, Qirg‘iziston
2,62 ball bilan 98-
o‘ringa, Tojikiston 2,47 ball bilan 114
-
o‘ringa va Turkmaniston 2,39 ball bilan
120-
o‘ringa ko‘tarildi. Qozog‘istonning bu yildagi muvaffaqiyati uning xalqaro yuk tashish
imkoniyatlarini 2,85 ballgacha oshirishi va logistik xizmatlar sifatini 2,93 ballgacha yaxshilashi
bilan bog‘liq edi. O‘zbekiston infratuzilma sifatini 2,65 ballgacha oshirdi, bu temir yo‘l
tarmoqlarini elektrlashtirish va yangi transport yo‘laklari qurilishi bilan izohlanadi.
Qirg‘iziston va Tojikiston ham logistik tizimlarida kichik
yaxshilanishlarga erishdi, ammo
ularning global reytingdagi o‘rinlari hali ham past bo‘lib qolmoqda. Turkmanistonning o‘sishi
minimal darajada bo‘lib, bu uning iqtisodiy izolyatsiyasi va logistik infratuzilmasiga yetarli
investitsiyalar kiritmasligi bilan
bog‘liq.
1-jadval
Markaziy Osiyo mamlakatlarining LPI ko‘rsatkichlari va global reytingdagi o‘rinlari
Mamlakat
2020 LPI Ball (Reyting) 2022 LPI Ball (Reyting) 2024 LPI Ball (Reyting)
Qozog‘iston
2,81 (81)
2,89 (76)
2,97 (71)
O‘zbekiston
2,58 (99)
2,67 (93)
2,78 (88)
Qirg‘iziston
2,49 (108)
2,55 (103)
2,62 (98)
Tojikiston
2,33 (123)
2,40 (119)
2,47 (114)
Turkmaniston
2,28 (128)
2,34 (124)
2,39 (120)
Manba:
jadval muallif tomonidan Jahon Banki ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
618
Markaziy
Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston barqaror ravishda yetakchilik
qilmoqda, bu uning iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilma loyihalariga katta investitsiyalar kiritishi
va global savdo tizimlariga yuqori darajada integratsiyasi bilan bog‘liq. O‘zbekiston so‘nggi
yillarda sezilarli yaxshilanishlarga erishdi, ayniqsa, raqamlashtirish va infratuzilma
modernizatsiyasi sohasida. Qirg‘iziston va Tojikiston kichik o‘sishlarga erishgan bo‘lsa
-da,
ularning logistik tizimlari hali ham infratuzilma sifati va xalqaro yuk tashish imkoniyatlarining
cheklanganligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Turkmaniston esa eng past ko‘rsatkichlarni
namoyish etmoqda, bu uning iqtisodiy izolyatsiyasi va logistik tizimlariga yetarli e’tibor
qaratmasligi bilan izohlanadi.
Kelgusi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari logistik samaradorlikni oshirish uchun bir
qator chora-
tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Xususan, Qozog‘iston va O‘zbekiston xalqaro
transport yo‘laklarini kengaytirish va raqamli logistik platformalarni joriy
etish bo‘yicha
tajribalarini mintaqadagi boshqa davlatlar bilan bo‘lishishi mumkin. Qirg‘iziston va Tojikiston
infratuzilma loyihalariga ko‘proq investitsiya kiritishi, bojxona jarayonlarini soddalashtirishi
va xalqaro hamkorlikni kengaytirishi lozim. Turkmaniston esa global savdo tizimlariga
integratsiyani kuchaytirish va logistik infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratishi
zarur.
O‘zbekistonning transport tizimi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol
o‘ynaydi va so‘nggi besh yil (2020–
2024) davomida sezilarli yutuqlarga erishdi. Transport
tizimining modernizatsiyasi, infratuzilmaning kengayishi va raqamlashtirish bo‘yic
ha qabul
qilingan davlat dasturlari mamlakatning global va mintaqaviy savdo yo‘laklaridagi o‘rnini
mustahkamlashga xizmat qildi. Ushbu tahlilda O‘zbekiston transport tizimining asosiy
yo‘nalishlari –
temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, aviasiya va jamoat trans
porti sohasidagi rivojlanish
tendensiyalari ko‘rib chiqiladi.
Xulosa va takliflar.
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonning Logistik Performance Indeksi (LPI) holatini va uning
transport tizimiga ta’sirini kompleks tarzda tahlil qildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki,
O‘zbekistonning logistika va transport infratuzilmasining holati mamlakatnin
g mintaqaviy va
global savdo jarayonlaridagi o‘rnini belgilovchi muhim omillardan biridir.
LPI indeksi
—
bu mamlakat logistika tizimining samaradorligini baholovchi xalqaro
ko‘rsatkich bo‘lib, u bojxona samaradorligi, transport va infratuzilma sifati, yuklarni xalqaro
tashish imkoniyatlari, logistika xizmatlari sifati va vaqt jihatdan jo‘natmala
rning ishonchliligi
kabi ko‘plab jihatlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, O‘zbekistonning LPI
ko‘rsatkichlari so‘nggi yillarda sezilarli yaxshilangan bo‘lsa
-
da, hali global o‘rtacha darajadan
pastroq darajada qolmoqda. Bu esa mamlakat transport va logistika tizimida ayrim
strukturaviy muammolar, texnologik jihatdan eski infratuzilma va raqobatbardosh xizmatlar
tizimini takomillashtirish zaruriyatini ko‘rsatadi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, bojxona protseduralarini
soddalashtirish, transport koridorlarini rivojlantirish, raqamlashtirish va davlat-xususiy
sheriklikni kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar, LPI ko‘rsatkichlarining yaxshilani
shiga
sezilarli hissa qo‘shmoqda. Bu esa eksport
-import operatsiyalarining samaradorligini
oshirishga, yuklarni tez va ishonchli tashishga, shuningdek, xalqaro savdo aloqalarini
kengaytirishga imkon yaratmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston transport tizimining rivojlanishida ba’zi muhim muammolar
ham mavjud. Jumladan, mintaqaviy logistika markazlari bilan raqobatda ortda qolish, transport
infratuzilmasining ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha eskirganligi, zamonaviy transport vositalarining
yetishmasligi va ekologik jihatdan barqaror yechimlarning kamligi asosiy cheklovlardandir.
Bundan tashqari, transport tizimida raqamlashtirish jarayonining to‘liq amalga oshirilmasligi
logistika xizmatlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
619
Kelajakda, O‘zbekiston transport tizimini yanada rivojlantirish va LPI indeksini oshirish
uchun bir qator strategik yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni davom ettirish lozim. Avvalo, transport
va logistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini
kengaytirish, ekologik toza va energiyani tejovchi transport vositalarini tatbiq etish muhim
hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro transport yo‘laklarini kengaytirish, multimodal transport
infratuzilmasini rivojlantirish ham transport samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, transport tizimini modernizatsiya qilishda xususiy sektor bilan
hamkorlikni kuchaytirish, professional kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va xalqaro
standartlarga mos keladigan xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish zarur. Bu esa O‘zbekistonning
mintaqaviy logistika markaziga aylanishi va global iqtisodiyotdagi o‘rnini mustahkamlash
uchun muhim omil bo‘ladi.
Shu tariqa, O‘zbekistonning logistika va transport tizimini rivojlantirishdagi strategik
yondashuvlari mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, ichki bozor va eksport
salohiyatini kengaytirish hamda mintaqaviy integratsiya jarayonlarida muvaffaqiyat
qozonishga xizmat qiladi. Ushbu sohadagi muvaffaqiyatlar esa uzoq muddatda O‘zbekistonning
iqtisodiy barqarorligi va aholining turmush darajasining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Adabiyotlar/
Литература
/References:
Bowen G. (2017) The Green Supply Chain.
–
Kogan Page.
Castells M. (2010) The Rise of the Network Society.
–
Wiley-Blackwell.
Chopra S., Meindl P. (2020) Supply Chain Management.
–
Pearson.
Fayzullayev J.S. (2022)
Temir yo‘l transport tizimini iqtisodiy rivojlantirish metodologiyasini
takomillashtirish. Iqt. fan. dok. ... dis. Avtoref., Toshkent.
Irisbekova M.N. (2017) Marketing tamoyillari asosida transport xizmatlari bozorini
optimallashtirish. Iqt. fan. dok. ... dis. Avtoref., Toshkent.
Lambert D. (2014) Logistics and Supply Chain Management.
–
Pearson.
Menard C. (2005) Handbook of New Institutional Economics.
–
Springer.
Porter M. (1980) Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and
Competitors.
–
Free Press.
Slatvinska, Valeria et al.
(2021)
“The experience of EU countries towards the development
of infrastructure and logistics hubs.”
Revista de la Universidad del Zulia n. pag.
Stern J. (2022) Competition and Regulation in Transport Networks.
–
Edward Elgar.
Stewart P. (2016) Adaptive Supply Chain Management.
–
Springer.
Topildiyev S.R. (2021) Markaziy osiyo davlatlari bilan xamkorplik-
o‘zaro ishonch muhitini
yaratishga asosdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh
Assanbleyasi 75-
sessiyasida so‘zlagan nutqini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib
qilish. O‘quv qo‘llanma 96
-119 b.
Yarashova V.K. (2022)
O‘zbekiston transport tizimini rivojlantirishning makroiqtisodiy
jihatlari. Iqt. fan. dok. ... dis. Avtoref., Toshkent.
Ziyoda, Mukhamedova., et al. (n.d.) On the development of transport infrastructure in
Uzbekistan. Nucleation and Atmospheric Aerosols, doi: 10.1063/5.0113484.
Zohidov A.A. (2018) Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish mexanizmini
takkomillashtirish. Iqt. fan. dok. ... dis. Avtoref., Toshkent.
Белов И. В.
(1972)
Математические методы в планировании на железнодорожном
транспорте: учебник для вузов. –
2-
е изд., перераб, и доп. –
М.: Транспорт. –
248 с: a
-
ил.
Галабурда, В. Г.
(2001)
Единая транспортная система: Учеб. для вузов / –
2-
е изд. с
измен.и дополн. –
М.: Транспорт. –
303 с.
Зиядуллаев К.Ш.
(2005)
Интеграция транспортных коммуникаций Республики
Узбекистан в международную транспортно
-
коммуникационную систему //
Современные методы организации бизнеса и маркетинга: Межвузовский сборник. –СПб.:
СЗТУ. –С. 101
-106.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
620
Икрамов М.А.
(2010)
Развитие автомобильных перевозок по Великому шелковому
пути // Экономическое возрождение России, №4. –С. 28
-36.
Кеарней М.Н. (2011) Логистика в системе организации предпринимательской
деятельности коммерческих структур : автореф. дис. …д
-
ра экон. наук / М.Н. Кеарней.
СПб. 31 с.
Саматов Ғ.А. ва бошқалар.
(2003)
Рақобат муҳитида халқаро транспорт тизими
фаолиятининг логистик ишончлилиги. –
Т.: ТошДАУ нашр таҳририяти бўлими. –
82 б.
Цывкунова Т.Н. (2012) Процесс планирования логистической стратегии / Т.Н.
Цывкунова // Социология управления и организации: современные подходы: сб.науч.тр.
Саратов: Изд
-
во СГТУ. С.29
- 30.
