www.sci-p.uz
III SON. 2025
775
MINTAQALARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI PROGNOZLASHTIRISHGA
METODOLOGIK YONDASHUVLAR
Fazliddinova Zulxumor
Toshkent davlat iqtisodiyit universiteti huzuridagi
“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy
asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0008-9940-1731
zulxumor.fazliddonova@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashda
zamonaviy yondashuvlar, jumladan iqtisodiy-
matematik modellar, sun’iy intellekt va geoaxborot
texnologiyalarining qo‘llanilishi tahlil qilingan. Tadqiqotda barqaror rivojlanishni ta’m
inlashda
integratsiyalashgan indikatorlar, maqsadli va empirik yondashuvlar uyg‘unligining ahamiyati
yoritilgan. Hududlararo nomutanosibliklarni kamaytirish, investitsion faollikni kuchaytirish
hamda siyosiy qarorlar uchun ishonchli prognozlar tayyorlash muhim ilmiy-amaliy vazifa sifatida
baholangan. Shu orqali prognozlash va rejalashtirish jarayonlari strategik boshqaruvning ilmiy
asosini tashkil etishi asoslab berilgan.
Kalit so’zlar:
geoaxborot texnologiyalari, iqtisodiy-
matematik modellar sun’iy intellekt,
prognozlash metodlari, an’anaviy prognozlas
h modellari, maqsadli prognozlash.
МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ПРОГНОЗИРОВАНИЮ СОЦИАЛЬНО
-
ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ РЕГИОНОВ
Фазлиддинова Зулхумор
Научно
-
исследовательский центр
«Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана»
при Ташкентском государственном экономическом университете
Аннотация.
В данной статье проанализированы современные подходы к
прогнозированию регионального социально
-
экономического развития, включая
использование экономико
-
математических моделей, искусственного интеллекта и
геоинформационных технологий. В исследовании подчёркнута важность интеграции
целевых и эмпирических подходов и комплексных индикаторов для обеспечения
устойчивого развития. Подчёркивается, что снижение межрегиональных диспропорций,
активизация инвестиционной деятельности и подготовка достоверных прогнозов для
политических решений являются важной научно
-
практической задачей. Таким образом,
обоснована роль процессов прогнозирования и планирования как научной базы
стратегического управления.
Ключевые слова:
геоинформационные технологии, экономико
-
математические
модели, искусственный интеллект, методы прогнозирования, традиционные модели
прогнозирования, целевое прогнозирование.
UOʻK:
332.144
775-785
www.sci-p.uz
III SON. 2025
776
METHODOLOGICAL APPROACHES TO FORECASTING THE SOCIO-ECONOMIC
DEVELOPMENT OF REGIONS
Fazliddinova Zulhumor
Scientific Research Center "Scientific Foundations and Problems
of the Development of the Economy of Uzbekistan"
under Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes modern approaches to forecasting regional socio-economic
development, including the use of economic-mathematical models, artificial intelligence, and
geoinformation technologies. The study highlights the significance of integrating targeted and
empirical approaches with composite indicators to ensure sustainable development. Reducing
interregional disparities, stimulating investment activity, and preparing reliable forecasts for
policymaking are considered important scientific and practical tasks. Thus, the role of forecasting
and planning processes as a scientific foundation for strategic governance is substantiated.
Keywords:
geoinformation technologies, economic-mathematical models, artificial
intelligence, forecasting methods, traditional forecasting models, targeted forecasting.
К
irish.
Jаhоndа mintаqаviy iqtisоdiyоtning bаrqаrоr rivоjlаnishini tа’minlаsh glоbаl miqyоsdаgi
еng muhim mаsаlа bоʻlib turibdi. Global iqtisodiy o‘sish 2024
-yilda 2,6% darajasida saqlanib
qolgan bo’lsa, 2025–
2026-
yillarda o‘rtacha 2,7% gacha oshishi
kutilmoqda. Bu COVID-19
pandemiyasidan oldingi oʻn yillikdagi oʻrtacha 3
,
1% koʻrsatkichdan ancha past. Prognoz shuni
ko'rsatadiki, 2024
–2026 yillarda dunyo aholisi va global YaIMning 80% dan ortig’ini tashkil
etuvchi mamlakatlarda o‘sish sur’atlari COVID
-
19 pandemiyasidan oldingi o‘n yillikdagidan
past bo'lib qoladi (World Bank, 2024). Ushbu jarayonlarni samarali boshqarish va prognozlash
uchun geoaxborot texnologiyalari (GAT) muhim vositaga aylangan. AQSh Milliy Fan
jamg’armasi geoaxborot texnologiyaning rivojlanishi va o'sishida markaziy rol o‘ynagan va bu
qo‘llab
-
quvvatlash bugungi kunda ham davom etmoqda. Faqat so‘nggi 2 yil ichida NSF (National
Science Foundation) geografiyadan matematika, informatika, geologiya, antropologiya va
ta’limgacha bo’lgan sohalarda GAT bilan bog’liq tadqiqotlarni qo‘llab
-quvvatlash uchun
umumiy qiymati 83 million dollardan ortiq bo‘lgan 180 ga yaqin grant ajratdi
(National Science
Foundation, 2023).
Geoaxborot texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish, kartografik
vizualizatsiya qilish va geografik obyektlar bo'yicha prognozlar tuzish imkoniyati mavjud.
Bugungi kunda Xitoy va Germaniya kabi rivojlangan davlatlar ushbu texnologiyalardan
ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal qilishda keng foydalanmoqda. Masalan, 1993-
yildan beri GATdan foydalanish hisobiga
Xitoyning yer usti transport tarmog‘i uzunligi uch
baravardan ko‘proqqa oshgan.
Tumanlar darajasidagi aloqa (connectivity) va markaziylik
(centrality) ko‘rsatkichlari mos ravishda 22% va 115% ga oshgan
(Barrero va boshq., 2025).
Yevropa dunyodagi eng yirik Yer kuzatuvi (Earth Observation
–
EO) dasturlaridan biriga ega
bo‘lgani sababli, geoaxborot texnologiyalar tezda joriy qilinmoqda. EO (Yer kuzatuvi)
texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishda tub o‘zgarishl
ar olib kelmoqda va
bu insonlarning hayot tarziga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. 2025
-yilda Germaniyaning
geofazoviy tahlil (Geospatial Analytics) bozori hajmi 1,45 milliard AQSh dollariga
baholanmoqda va bu ko‘rsatkich 2030
-yilga kelib 2,55 milliard dollarga yetishi kutilmoqda
(Mordor Intelligence, 2024).
O‘zbekistonda ham ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlanishni prognozlash masalalari dolzarb
ahamiyatga ega. “O‘zbekiston
-
2030”
strategiyaga ko‘ra,
mamlakatda raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish va hududiy rivojlanishni samarali boshqarish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida
belgilangan. Raqamli
texnologiyalar mamlakatda urbanizatsiya, demografik o‘zgarishlar va
www.sci-p.uz
III SON. 2025
777
iqtisodiy o‘sish jarayonlarini prognozlashda muhim rol o‘ynashi mumkin va undan oqilona
foydalanish ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Shu sababli, GAT
texnologiyalari asosida mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni prognozlash masalasini
takomillashtirish bugungi kunning eng dolzarb va zarur masalalaridan biridir.
А
dabiyotlar sharhi.
Prognozlash jarayonida muhim yondashuvlardan biri
–
bu modellashtirish
texnologiyalaridir. Masalan, iqtisodiy-matematik modellar mintaqaning iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlashga yordam beradi.
Ushbu modellar turli ssenariylarni ishlab chiqish va ulardan eng maqbulini tanlash imkonini
beradi. Xususan, vaqt seriyalari va regressiya tahlillari iqtisodiy prognozlashda keng qo‘llanilib,
asosiy iqtisod
iy ko‘rsatkichlarning o‘zgaruvchanligini oldindan bilishga zamin yaratadi.
Bundan tashqari, prognozlashda tizimli yondashuvning ahamiyati katta. Ushbu uslub
mintaqaning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik tizimlarini yagona butun sifatida ko‘rib chiqadi. Bu
yo
ndashuv hududning iqtisodiy rivojlanishida mavjud bo‘lgan ichki va tashqi omillarni
kompleks tahlil qilishni ta’minlaydi. Natijada, nafaqat iqtisodiy rivojlanish ssenariylari, balki bu
rivojlanishning hudud aholisiga va atrof-
muhitga ta’siri ham hisobga ol
inadi.
Mintaqaning barqaror rivojlanishini prognoz qilishda har bir hududning ijtimoiy,
ekologik va iqtisodiy xususiyatlari hisobga olingan integratsiyalashgan yondashuv zarur. Biz
ishlab chiqqan metodologik model bu omillarni o‘z ichiga olgan holda, regressiya t
ahliliga
asoslanadi va aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan natijalarni beradi. Ushbu yondashuv hududlar
bo‘yicha ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash va mahalliy hokimiyatlar uchun samarali
siyosat ishlab chiqish imkonini beradi
(Rudenko, 2024 ).
Hududiy ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishni prognozlashda sun’iy intellekt modellaridan
foydalanish zamonaviy talabdir. Bu model yordamida asosiy rivojlanish omillari aniqlanadi va
ularni boshqarish mexanizmlari taklif qilinadi. Bizning
tadqiqotimizda, Altay o‘lkasi misolida
adaptiv prognozlar ishlab chiqildi. Bu uslub strategik rejalashtirishda aniqlik va
moslashuvchanlikni oshiradi, ayniqsa YaHM (GRP, yalpi hududiy mahsulot) kabi
ko‘rsatkichlarni rejalashtirishda foydalidir (Krayushkin,
2024).
Milliy darajadagi barqaror rivojlanishni strategik rejalashtirishda prognozlash
metodlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Holt-Winters kabi statistik usullar bilan,
atrof-
muhitga bosimni iqtisodiy o‘sishdan ajratib ko‘rsatish, ekologik jihatdan barqar
or
strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi. Bu yondashuv, ayniqsa Yevropa Ittifoqi kabi
yashil iqtisodiyot yetakchilari uchun, uzoq muddatli maqsadlarga erishishda qo‘llanilishi
mumkin (Korolchuk, 2023).
Mintaqalarning innovatsion faolligini prognoz qilish orqali barqaror rivojlanishning yangi
bosqichiga chiqish mumkin. Biz taklif qilgan metodologiya integratsiyalashgan innovatsion
indekslar va ssenariyli yondashuv asosida tuzilgan. Bu yondashuv innovatsiy
aga ta’sir qiluvchi
eng muhim omillarni aniqlashga va hududiy siyosatni moslashtirishga xizmat qiladi (Popelo va
boshq., 2021).
Shimoliy hududlar, ayniqsa Arktika mintaqalari, barqaror rivojlanishda o‘ziga xos
muammolarga ega. Zonalashtirish va prognozlash usullari bu hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
holatini tahlil qilish va kelajakdagi rivojlanish ssenariylarini aniqlash imkonini beradi. Bu
yondashuv inson kapitalining past darajasi, infratuzilma muammolari kabi ‘tor joylar’ni
aniqlash orqali zarur islohotlarni asoslab beradi (Karginova-Gubinova va boshq., 2023).
Hududlarni baholash va prognozlashda adolatli va ilmiy asoslangan yondashuvlar muhim.
Biz taklif qilgan usul sifatli va miqdoriy indikatorlar asosida ishlaydi. Ushbu metodologiya
mintaqaning haqiqiy holatini aniqlash, salohiyatli investorlar uchun ishonchli axborot taqdim
etish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash imkonini yaratadi. Noto‘g‘ri metodlar esa
rivojlanishga to‘siq bo‘ladi (Makarenko va boshq
., 2020).
www.sci-p.uz
III SON. 2025
778
Neural tarmoq asosidagi prognozlash modellarining ustunligi shundaki, ular
o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi noma’lum bog‘liqliklarni aniqlab, yuqori aniqlikdagi natijalarni
beradi. Iqtisodiy tizimdagi xavf omillarini bashorat qilishda bu yondashuv an’anaviy stat
istik
modellarga qaraganda ko‘proq ishonchli bo‘lib, makroiqtisodiy siyosatni shakllantirishda
foydalidir (Kotsiubivska va boshq.
, 2021)deb izohlab o’tishgan.
Hududlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zamonaviy metodologik
yondashuvlar zarur. Bu yondashuvlar raqamli platformalar, axborot texnologiyalari va inson
kapitali kabi omillarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Ayni paytda sektorlararo va hudu
dlararo
ustuvorliklarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan vositalar yetarlicha rivojlanmagan
(Uskova,
2022).
Mahalliy darajada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlash uchun statistik asosga
qurilgan iqtisodiy-modellashtirish zarur. Kirov shahri misolida qurilgan modelimiz turli
ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib, budjet parametrlarining uzoq m
uddatli
prognozlarini yaratishga yordam beradi. Bu usul barcha turdagi munitsipalitetlarga mos keladi
(Fattakhov va boshq., 2023).
An’anaviy prognozlash modellarining asosiy kamchiligi
-
ular o‘zgaruvchanlik va
noaniqlikni to‘liq hisobga olmaydi. Biz taklif qilgan foresight yondashuvi esa turli ssenariylar
asosida kelajakdagi rivojlanishni bashorat qiladi. Bu uslub Iqtisodiy siyosatni yanada
moslashuvchan va barqaror qiladi, xususan, Irlandiya tajribasi bu fikrni tasdiqlaydi (O’Mahony
va boshq., 2023).
Shuningdek, prognozlashda geoaxborot texnologiyalari (GAT) kabi zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish keng tarqalmoqda. GAT yordamida hududiy iqtisodiyotning
joylashuvi, tabiiy resurslar, infratuzilma holati kabi ko‘plab ma’lumotlarni vizual tahlil qilis
h va
hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy prognozlarni aniqlash mumkin.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish jarayonida iqtisodiyotning davlat
sektorini alohida tartibda tahlil qilish va uning istiqbolli rivojlanishini prognozlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunday prognozlash holati mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini
ta’minlash, ijtimoiy sohadagi muammolarni oldindan aniqlash va ularni hal etishga
yo‘naltirilgan samarali strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish keng qamrovli tahlillarga asoslanadi va
demografik jarayonlar, ekologik holat, ilmiy-
texnikaviy taraqqiyot sur’atlari, tashqi iqtisodiy
aloqalar, ijtimoiy sohaning holati, iqtisodiyotning tarmoqlararo va hududlararo tarkibi,
shuningdek, qiymat va moddiy balanslar kabi tizimlarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga oladi.
Mazkur prognozlar mamlakat ichki va tashqi siyosatining yo‘nalishlari, global iqtisodiy
jarayonlar, moliyaviy-iqtisodiy omillar hamda ijtimoiy-siyosiy holatlardan kelib chiqib, bir
nechta ssenariy asosida shakllantiriladi. Prognozlash natijalari iqtisodiy o‘sishning sifat va
miqdor ko‘rsatkichlarini, ilmiy
-texnikaviy rivojlanish dinamikasini, tashqi iqtisodiy faoliyat
ko‘lamini, ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarini, aholi turmush darajasi va farovonligini,
ekologik vaziyatni, ijtimoiy infratuzilma holatini, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari
rivojlanishini, shuningdek, aholining ijtimoiy ta'minoti bilan bog‘liq mezonlarni o‘z ichiga oladi
.
Prognozlar umumiy milliy darajada hamda iqtisodiyotning alohida tarmoqlari va hududiy
birliklari kesimida ishlab chiqiladi. Ular strategik rejalashtirish doirasida uzoq muddatli (10-20
yil), o‘rta muddatli (3
-5 yil) va qisqa muddatli (1 yilgacha) istiqbollarni qamrab oladi. Mazkur
yondashuv ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatning izchil va kompleks tarzda olib borilishini ta’minlashga
xizmat qiladi.
Mintaqalarni prognozlashtirish zamonaviy iqtisodiyotni boshqarish nazariyasi va
amaliyotida muhim o‘rin tutadi. Bu jarayon mintaqaviy iqtisodiy siyosatni shakllantirishda
ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosli yo‘
nalishlarni
belgilash imkonini beradi. Prognozlash orqali mavjud iqtisodiy holat tahlil qilinadi, mavjud
www.sci-p.uz
III SON. 2025
779
resurslar va salohiyat aniqlanadi, shuningdek, kelgusidagi rivojlanish maqsadlariga erishish
uchun zarur bo‘lgan strategik harakatlar belgilanadi.
Hududlar miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish siyosiy qaror qabul
qiluvchilar, biznes subyektlari va fuqarolik jamiyati institutlari uchun murakkab, biroq
strategik jihatdan nihoyatda muhim ilmiy-amaliy masaladir. Prognozlash jarayoni nafaqat
iqtisodiy o‘sishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, balki hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy
-
iqtisodiy nomutanosibliklarni kamaytirish, investitsion faollikni kuchaytirish, resurslardan
maqbul va samarali foydalanishni ta’minlash hamda hududiy rivojlanishni izchil va barqaror
boshqarish uchun ilmiy asos yaratadi. Shu jihatdan, prognozlash mintaqaviy siyosatni
shakllantirishda kompleks va tarmoqlararo yondashuvni talab qiluvchi metodologik vosita
sifatida qaraladi.
Mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek mintaqaviy
rivojlanishga strategik yondashuvlar topish masalalari koʻp hollarda ilmiy asoslangan
prognozlash usullari orqali hal etiladi (Белкина, 2008).
Prognozlash va rejalashtirish mintaqaviy siyosatni samarali olib borishning muhim
vositalaridan biri boʻlib, Oʻzbekiston viloyatlari, tumanlari va shaharlari uchun ijtimoiy
-
iqtisodiy rivojlanishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbollarini aniqlashga x
izmat qiladi.
Shu tariqa, prognozlash va rejalashtirish Oʻzbekiston hududlarining ijtimoiy
-iqtisodiy
kelajagini ichki va tashqi omillar ta’sirini inobatga olgan holda modellashtirish va boshqarishga
xizmat qiladi (Захарова, 2010).
Har qanday mahalliy yoki milliy darajadagi rejalashtirish jarayoni prognozlash bosqichi
bilan boshlanadi. Uning mazmuni shundan iboratki, mavjud ma’lumotlarga tayanib,
kuzatilayotgan iqtisodiy-
ijtimoiy holatning qonuniyat va tendensiyalari aniqlanadi, so‘n
gra
ularning asosida kelajakdagi rivojlanish holatini ifodalovchi prognoz modellar tuziladi.
Mintaqaviy tizimlarning rivojlanishini prognozlashda ikki asosiy yondashuv qo‘llaniladi:
1.
Tadqiqotga asoslangan (empirik) yondashuv
–
mavjud va tarixiy statistik ma’lumotlar
asosida prognozlar tuziladi;
2.
Maqsadli (normativ) yondashuv
–
erishilishi lozim bo‘lgan natijalar belgilab olinadi va
ularga yetishish yo‘llari prognoz qilinadi (Ивантер и др., 2007).
Maqsadli prognozlashda
–
aniq belgilangan maqsadlar asos qilib olinadi va ularga erishish
yo‘llari aniqlanadi. Bu yondashuv uzoq muddatli strategik rejalar ishlab chiqishda qo‘llaniladi.
Tadqiqotga asoslangan prognozlash esa, ko‘proq iqtisodiy va statistik tahlillarga
suyanadi. Bu yondashuvda real holat, mavjud resurslar va avvalgi yillarning dinamikasi asosida
bashoratlar qilinadi. Bu ikki yondashuv bir-
birini to‘ldiradi va ko‘pincha uyg‘
unlikda
qo‘llaniladi, chunki real holatga tayanish va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar prognozning
ishonchliligini oshiradi (1-rasm).
Ushbu yondashuvlar mintaqaviy rivojlanish prognozlarini aniqroq qilishga va
hududlarning ijtimoiy-
iqtisodiy barqarorligini oshirishga xizmat qiladi (Краснов, 2014).
Nihoyat, prognozlashda xalqaro tajribalarni o‘rganish va mintaqaviy xususiyatlarga
moslashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu ikki yondashuv - biri real holatga
(resurslarga), ikkinchisi esa maqsadlarga asoslanadi. Har ikkisi mintaqaviy rejalashtirish
u
chun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi va o‘zaro bog‘liq holda qo‘llaniladi.
Shunday qilib, prognozlash jarayoni har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizim, jumladan
mintaqaning rivojlanishida ham asosiy va boshlang‘ich bosqich hisoblanadi. Prognozlashning
muvaffaqiyat darajasi nafaqat mintaqaviy, balki umumdavlat (milliy) darajadagi qabul
qilinadigan qarorlarning samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
780
1-
rasm. Prognozlashga ikki yondashuvning o‘zaro bog’liqligi
Mavjud prognozlash metodologik tamoyillariga qaramay, mintaqaviy prognozlash
tizimida ko‘plab muammolar yuzaga kelmoqda (2
-rasmga qarang).
2-rasm. Mintaqaviy prognozlash tizimidagi aniqlangan muammolar
Prognozlash tizimida mavjud muammolar ushbu jarayonning metodologik va uslubiy
jihatdan chuqur ishlab chiqilishi zarurligini tasdiqlaydi.
Mintaqaning mavjud
resurslari (omillari)
Rivojlanishning erishilishi
lozim bo‘lgan natijalari
Maqsadli mintaqaviy
prognozlash
Tadqiqotga asoslangan
mintaqaviy prognozlash
Rivojlanishning mumkin
bo‘lgan natijalari
Rivojlanish uchun zarur
bo‘lgan resurslar
Mintaqaviy rivojlanish
modellarini qurish
Mintaqaviy rivojlanishni
rejalashtirish
Prognozlash tizimining institutsional zaifligi
Metodologik yondashuvlarning yagona standartlari mavjud emasligi
Prognozlar amaliy siyosiy qarorlar bilan yetarlicha
integratsiyalashmagan
Matematik modellashtirish va raqamli texnologiyalar salohiyatidan to‘liq
foydalanilmasligi
Hududiy va milliy prognozlar o‘rtasida uzviy
integratsiyaning
yetishmasligi
Prognozlashda aniqlik va asoslanganlikni ta'minlovchi baholash
mezonlari mavjud emas
www.sci-p.uz
III SON. 2025
781
Mintaqaviy prognozlash tizimida kuzatilayotgan muammolar ushbu jarayonni chuqurroq
tahlil qilish, metodologik va amaliy asoslarini mukammallashtirish zaruriyatini ochiq namoyon
qilmoqda. Shundan kelib chiqib, mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni samarali
prognozlash uchun zarur bo‘lgan asosiy shart
-sharoitlarni quyidagicha ajratish mumkin:
Birinchidan, mintaqa oddiy geografik yoki ma’muriy birlik sifatida emas, balki o‘zaro
bog‘langan tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan murakkab tashkiliy
-iqtisodiy tizim sifatida qaralishi
lozim. Bunda rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari mavjud resurslar va mint
aqaning ichki
salohiyati bilan uzviy bog‘liq holda belgilanadi.
Ikkinchidan, prognozlash jarayonida mintaqani rivojlantiruvchi omillar o‘zaro qanday
ta’sirlashayotgani va ularning rivojlanish darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi kompleks tahlil
asosida aniqlanishi shart. Bu esa ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni to‘g‘ri tushunishga
xizmat qiladi.
Uchinchidan, prognozlash faqat statistik ko‘rsatkichlarni hisoblashdan iborat bo‘lmasligi
kerak. Aksincha, mavjud qonuniyatlarga asoslanib, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning xatti-
harakatini ifodalovchi, imitatsion modellar ishlab chiqilishi lozim. Bu modellar turli rivojlanish
ssenariylariga mintaqaning qanday javob berishini oldindan baholash imkonini beradi va qaror
qabul qilish jarayonida real yordam beradi.
To‘rtinchidan, prognozlashda faqat iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga emas, balki
mintaqaning sifat jihatdan o‘zgarishlariga, ya’ni ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlanishning kompleks
holatiga e’tibor qaratilishi kerak. Bu esa inson salohiyatining yuksalishi, infr
atuzilmaning
takomillashuvi, ekologik barqarorlik kabi mezonlarni ham qamrab olgan yondashuvni taqozo
etadi.
Mintaqaviy rivojlanish amaliyotida prognozlash vositalarini tanlash, asosan, ikki
metodologik yondashuv prinsiplari asosida belgilanadi (3-rasm).
3-rasm.
Metodologik yondashuv asosida prognozlash vositalarini tanlash
Mintaqaviy rivojlanishni prognozlashdagi metodologik yondashuvlar
Tadqiqotga asoslangan yondashuv
Maqsadli yondashuv
Yondashuvlarning xususiyatlari
Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga oid tendensiyalar va
qonuniyatlarni aniqlash
Tanlangan yondashuvga mos prognozlash usullari
-
Informatsionlashtirilgan usullar
-Iqtisodiy-statistik usullar
-Ekspert baholari
-Ssenariy metodi
-
Maqsadga yo‘naltirilgan rejalashtirish
usuli
-Normativ yondashuv
-Dasturlar va loyihalar usuli
Mintaqaning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish maqsadlarini belgilash,
ularning strategik yo‘nalishlari va ularga
erishish uchun zarur bo‘lgan resurslar
hamda mezonlarni aniqlash
www.sci-p.uz
III SON. 2025
782
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning rivojlanish prognozlarini metodologik jihatdan tuzishda
ikkita asosiy yo‘nalish mavjudligini hisobga olgan holda, eng maqbul prognozlash variantini
tanlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqaviy rivojlanishni prognozlashda
qo‘llaniladigan vositalarni tanlash bevosita tanlangan metodologik yondashuv turiga bog‘liq.
Bu jarayonda ikki asosiy yondashuv
–
tadqiqotga asoslangan va maqsadli yondashuv o‘ziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Har ikki yondashuv turli strategik ehtiyojlarga mos keladi va
ularni o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali moslashuvchan, puxta asoslangan va amaliy prognoz
tizimini shakllantirish mumkin bo‘ladi. Shunday yondashuv mintaqaning resurs salohiyati,
rivojlanish maqsadlari va xavf omillarini chuqur tahlil qilish imkonini beradi.
1-jadval
Prognozlashning metodologik yondashuvlarini taqqoslovchi tavsif
Ko‘rsatkichlar
Prognozlashtirishga yondashuvlar
Tadqiqotga asoslangan
yondashuv
Maqsadli yondashuv
1
2
3
1.Mintaqaviy rivojlanishni
prognozlash konsepsiyasi
Indikativ (
yo‘naltiruvchi)
prognozlash
Optimal va ko‘p variantli prognozlar
2.Prognozlashning nazariy
asoslari (prognozlash
texnikasi)
Ko‘p omilli modellarni
matematik nazariyalar asosida
o‘rganish
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar
dinamikasini tahlil qilish,
formallashtirilgan usullardan keng
foydalanish
3.Prognozlash davri
Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli
prognozlar; ijtimoiy sohaga
ustuvorlik beriladi
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi
xavflarni hisobga olgan holda
istiqboldagi tahlil
4.Boshqa prognozlar bilan
uyg‘unlashish imkoniyati
Rejalararo muvofiqlikni
inobatga olgan holda ko‘p
variantlilik va ko‘p bosqichlilik
Individual prognoz variantlari
global prognozlar bilan
uyg‘unlashtiriladi
Tadqiqotga asoslangan yondashuv mavjud holatni chuqur tahlil qilishga, faktlarga
asoslangan prognozlar tuzishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ko‘proq matematik modellar va ko‘p omilli
tahlillar asosiy o‘rin tutadi. Bu yondashuvda asosan ijtimoiy sohalarga ustuvor
lik beradi va bir
nechta prognozlar bilan integratsiyalashishga mos keladi, ya’ni sektoral yoki reja bo‘yicha
farqlanuvchi variantlarni qo‘llab
-quvvatlaydi.
Maqsadli yondashuv esa erishilishi lozim bo‘lgan natijalarni belgilash va ularga olib
boruvchi yo‘llarni bashorat qilishga qaratilgan. Bu yondashuvda
formallashtirilgan metodlar,
siyosiy strategiyalar bilan integratsiyalashgan holda keng qo‘llaniladi.
Uzoq muddatli
istiqbollarni, xavflarni inobatga olgan holda, rivojlanishning kompleks ssenariylarini ishlab
chiqadi va global strategiyalar bilan mos ravishda individual hududiy prognozlar ishlab
chiqishni ta’minlaydi.
Prognozlashning yana bir muhim prinsipi (ayniqsa kompleks prognozlashda) - bu
adekvatlik tamoyili
hisoblanadi. U shuni nazarda tutadiki, prognozlarni ishlab chiqishda
qo‘llaniladigan metod va modellarning ijtimoiy
-
iqtisodiy obyekt va jarayonlar o‘rtasidagi real
mavjud miqdoriy va sifat bog‘liqliklarni iloji boricha aniqlik bilan aks ettirishi kerak. Bu
albatta,
faktik va nazariy trayektoriyalarning to‘liq mosligini emas, balki uzoq muddatli, barqaror va
muhim qonuniyatlarni aniqlash imkonini beradigan moslikni anglatadi.
Amaliyotda bu prinsipni amalga oshirish shuni anglatadiki, prognoz ko‘rsatkichlarini
olish jarayoniga obyektning rivojlanishini retrospektiv ravishda chuqur miqdoriy va sifatli
tahlil qilish bosqichi oldindan kiradi. Bunday tahlilning maqsadi - obyekt rivojlanishi uchun eng
muhim parametrlar, bog‘liqliklar, ichki va tashqi ta’sirlar, uzoq muddatli tendensiyalardan
chetga chiqish sabablari va h.k.larni aniqlashdan iborat bo‘lib, ular keyinchalik prognoz
variantlarini ishlab chiqish va baholashda qo‘llaniladi
.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
783
2-jadval
Barqaror iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini prognozlashtirishda ta’sir qiluvchi omillar
№
Ko‘rsatkichlar
Ichki omillar
Tashqi omillar
1.
Yalpi ichki mahsulot
(YaIM) o‘sish
Sarmoyalar, fiskal siyosat,
texnologik yangilanish
Global iqtisodiy konyunktura,
eksport bozorlar
2.
Ishsizlik darajasi
Bandlik siyosati, ta’lim sifati,
mehnat bozori islohotlari
Migratsiya, xalqaro mehnat
bozoridagi
o‘zgarishlar
3.
Inflyatsiya darajasi
Pul-kredit siyosati, davlat
xarajatlari
Xalqaro narx shoklari, import
inflyatsiyasi
4.
Investitsiyalarning
YaIMdagi ulushi
Infratuzilma loyihalari,
texnologik modernizatsiya
Xorijiy investitsiyalar, xalqaro
moliyaviy tashkilotlar
5.
Sanoat va xizmatlar
ulushi
Tarmoq siyosati,
innovatsiyalarni rag‘batlantirish
Xalqaro texnologiyalar,
sektorlararo raqobat
6.
Byudjet va tashqi savdo
balansi
Byudjet intizomi, iqtisodiy
boshqaruv sifati
Tashqi qarzlar, savdo shartlari,
kurslar
7.
Energiya samaradorligi
Yashil iqtisodiyotga o‘tish,
energiya tejamkor
texnologiyalar
Xalqaro ekologik talablar, iqlim
o‘zgarishi
8.
Aholi daromadlari va
iste’mol hajmi
Daromad siyosati, iste’mol
kreditlari, aholi bandligi
Global xarid qobiliyati, chet el
narxlari
9.
Mehnat unumdorligi
Ishlab chiqarish texnologiyasi,
raqamli transformatsiya
Xalqaro texnologik oqimlar,
innovatsiyalar
10.
Iqtisodiy turli xillik
(diversifikatsiya)
Ichki bozorni kengaytirish,
sektorlararo muvozanat
Xalqaro savdo aloqalari, tashqi
bozor diversifikatsiyasi
Prognozlash jarayonida aniqlangan o‘sish sur’atlari, tarmoqdagi o‘zgarishlar, investitsiya
oqimlari va iste’mol talabining yo‘nalishi strategik rejalashtirish uchun ishonchli asos bo‘lib
xizmat qiladi. Bu esa resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, ustuvor sohalar
ni belgilash va iqtisodiy
salohiyatni safarbar etishda muhim rol o‘ynaydi. Prognozlash vositalari orqali iqtisodiy
muvozanatni saqlash mumkin bo‘ladi, chunki ular inflyatsiya, ishsizlik darajasi, valyuta kursi
va tashqi savdo balansi kabi muhim ko‘rsatkich
larning kelajakdagi holatini baholash imkonini
beradi. Shu asosda pul-kredit siyosati, byudjet siyosati va soliq yengilliklari kabi choralar
oldindan belgilanadi. Bu esa iqtisodiy o‘sishning barqarorligini mustahkamlab, iqtisodiy
tizimda keskin tebranishlarning oldini oladi.
Bundan tashqari, prognozlash tashqi iqtisodiy muhitdagi o‘zgarishlarga tayyor turish,
ya’ni geosiyosiy xavflar, global narxlar, talabning pasayishi yoki valyuta risklariga qarshi
moslashuvchanlikni oshiradi. Prognoz natijalariga asoslangan holda xalqaro zaxiralarni
shakllantirish, import-eksport siyosatini optimallashtirish va tranzit imkoniyatlaridan
samarali foydalanish orqali iqtisodiy barqarorlik mustahkamlanadi.
Mintaqaviy prognozlashning barqaror iqtisodiy o‘sish bilan o‘zaro bog‘liqligi shundaki, bu
jarayon hududlararo resurslar muvozanatini ta’minlash, investitsiyaviy faoliyatni
rag‘batlantirish, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash va iqtisodiy faollikni hududlar bo‘yicha
optimal taqsimlash imkonini beradi.
Ayniqsa, innovatsion texnologiyalar, GIS va sun’iy intellekt asosida tayyorlangan
prognozlar barqarorlikni ta’minlashda aniqlik va moslashuvchanlikni oshiradi. Shu boisdan,
mintaqalarni rivojlantirish prognozini barqaror o‘sish strategiyalari bilan uyg‘unl
ashtirish,
zamonaviy iqtisodiy boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
784
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, prognozlash ijtimoiy barqarorlikni ham ta’minlashga
xizmat qiladi. Aholi daromadlari, bandlik darajasi, mehnat bozorining holati va ijtimoiy
xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasiga oid prognozlar asosida hukumat zarur cho
ralarni
oldindan rejalashtiradi. Bu esa ijtimoiy norozilikning oldini olish, turmush darajasini barqaror
saqlash va iqtisodiy o‘sishga fuqarolik ishonchini mustahkamlash imkonini beradi.
Shu sababli,
iqtisodiy o‘sishni prognozlash barqaror taraqqiyot siyos
atining ajralmas elementi hisoblanadi.
U nafaqat iqtisodiy tendensiyalarni kuzatish, balki ular asosida ilmiy asoslangan qarorlar qabul
qilish, xavflarni kamaytirish va iqtisodiyotda ijobiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash vositasidir.
Bashoratlash orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish
–
zamonaviy iqtisodiy siyosatning asosiy
mezonlaridan biridir. So‘nggi yillarda katta ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt (AI)
texnologiyalari iqtisodiy prognozlashda keng qo‘llanilmoqda. Katta ma’lumotlar tahlili
yord
amida iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni real vaqtda kuzatish va katta hajmdagi
ma'lumotlardan kelib chiqib, turli xulosalar chiqarish mumkin.
Sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlar modellashtirilib, iqtisodiy prognozlar aniqligi
oshiriladi. Mintaqa iqtisodini prognozlash va uni GAT texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi
mintaqaning iqtisodiy barqarorligini oshirishda va kelajakdagi rivojlanish imkoniyatlarini aniq
baholashda muhim o‘rin tutadi. GAT texnologiyalari yordamida iqtisodiy faoliyatlar
samaradorligini oshirish, resurslarni boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish jarayonida
ilg‘or yechimlar joriy etilishi mumkin.
GAT mintaqaviy prognozlashning ajralmas vositasiga aylandi, aniq geografik
hududlardagi kelajakdagi tendensiyalarning aniqligi, tafsilotlari va tushunchalarini oshirdi.
Turli xil ma'lumotlar manbalarini birlashtirish, murakkab fazoviy tahlilni ta‘minlash v
a
ma‘lumotlarga asoslangan qarorlarni qabul qilishni qo‘llab
-quvvatlash orqali GIS manfaatdor
tomonlarga kelajak uchun yanada barqaror va barqaror jamoalarni yaratish imkoniyatini
beradi.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Barrero, et al. (2025) A Comprehensive GIS Database for China's Surface Transport Network
with Implications for Transport and Socioeconomics Research. University of Chicago, Becker
Friedman Institute for Economics Working Paper No. 2025-32.
Fattakhov, R., et al. (2023). Forecasting the socio-economic development of the municipality:
The budgetary aspect. Finance: Theory and Practice. https://doi.org/10.26794/2587-5671-2022-
Karginova-Gubinova, V., Vasilyeva, A., & Moroshkina, M. (2023). Zoning and forecasting as
the basis for sustainable spatial development (on the example of the territories of the Republic of
Karelia). MIR (Modernization. Innovation. Research). https://doi.org/10.18184/2079-
4665.2023.14.3.450-466.
Korolchuk, L. (2023). Application of forecasting methods in harmonising strategic planning
for
sustainable
development
of
the
state.
Economic
Forum.
https://doi.org/10.62763/cb/1.2024.50.
Kotsiubivska, K., et al. (2021). Neural network approximation in forecasting economic risks.
Linguistics and Culture Review. https://doi.org/10.21744/lingcure.v5ns4.1875.
Krayushkin, M. (2024). IMPROVING THE FORECASTING OF SOCIO-ECONOMIC
DEVELOPMENT OF THE REGION. EKONOMIKA I UPRAVLENIE: PROBLEMY, RESHENIYA.
https://doi.org/10.36871/ek.up.p.r.2024.04.02.015.
Makarenko, S., Oliinyk, N., & Kazakova, T. (2020). FEATURES OF ASSESSMENT AND
FORECASTING OF SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF REGIONS IN UKRAINE. Baltic Journal of
Economic Studies, 6, 129-136. https://doi.org/10.30525/2256-0742/2020-6-5-129-136.
Mordor
Intelligence
(2024).
www.sci-p.uz
III SON. 2025
785
National Science Foundation (2023). Mapping science: How GIS transformed our view of the
world https://www.nsf.gov/science-matters/mapping-science-how-gis-transformed-our-view-
O’Mahony, T., et al. (2023). Time to build a new practice of foresight for national economies?
Ireland, and uncertain futures in forecasts and scenarios. foresight. https://doi.org/10.1108/fs-
10-2021-0191.
Popelo, O., et al. (2021). Modeling and forecasting of the integrated index of innovation
activity of regions. Management Theory and Studies for Rural Business and Infrastructure
Development. https://doi.org/10.15544/mts.2021.27.
Rudenko, L. (2024). Formation of a methodological approach to forecasting the sustainable
development of the region. Market economy problems. https://doi.org/10.33051/2500-2325-
Uskova, T. (2022). REVISITING THE ISSUE OF SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL
SUPPORT FOR SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS. The economy of the North-West:
problems and prospects of development. https://doi.org/10.52897/2411-4588-2021-4-19-26.
World Bank (2024). Global Economic Prospects, June 2024. Washington, DC: World Bank.
doi:10.1596/978-1-4648-2058-8.
https://openknowledge.worldbank.org/server/api/core/bitstreams/d644659c-2e22-410e-98a5
b8a40dc6c183/content.
Белкина Т. Д. (2008) Управление реализацией стратегического плана городского
развития //Проблемы прогнозирования. –
№ 1.
Захарова А. В. (2010), Отечественный опыт прогнозирования социально
-
экономического развития // Балтийский экономический журнал. Вып. 1 (3). –
Калининград: Изд
-
во НОУ ВПО «Балтийский институт экономики и финансов» (БИЭФ), С.
29
–
39.
Ивантер В. В и др (2007), Прикладное прогнозирование национальной экономики:
Учебное пособие. / Под ред. В. В. Ивантера и др. –
М.: Экономист.
Краснов
Г.И.
(2014),
МЕТОДОЛОГИЯ
ПРОГНОЗИРОВАНИЯ
СОЦИАЛЬНО
-
ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ // Научное обозрение. Экономические науки.№1.С.132
-133;
URL: https://scienceeconomy.ru/ru/article/view?id=195
(дата обращения: 23.06.2025).
